O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raxbarligida yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari O‘zbekiston Respublikasini



Yüklə 100,43 Kb.
səhifə1/5
tarix18.05.2022
ölçüsü100,43 Kb.
#87361
  1   2   3   4   5
amalga oshirilgan islohotlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raxbarligida yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar ko‘lami

REJA:

  • REJA:
  • Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi.
  • Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi.
  • Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk.
  • O’zbekiston taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichi

Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi

  • Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi. 2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning sentabr oyida Bosh vazirning (pm.gov.uz manzilida) virtual qabulxonasi ochildi. 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi bu sohadagi ishlarni faollashtirdi. Ana shu muloqotni amalda yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta'minlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etildi. 
  • Ijtimoiy adolat ta’minlangan davlatda xalqning bunyodkorlik salohiyati, yaratuvchanlikka intilishi va ishtiyoqi hosil beraveradi.Shu ma’noda mustaqil Vatanimiz tarixida, xalqimiz hayotida yana bir yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi boshlandi, deyishga barcha asosimiz bor. Strategik maqsadlarimiz aniq va ravshan – demokratik, insonparvar davlat qurish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, pirovardida, xalqimizni hayotdan rozi qilish, uning yanada farovon yashashi uchun barcha shart-sharoitni yaratish. Bunday yuksak marralarga xalq bilan muloqot qilib, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash orqaligina erishish mumkin.

Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi

  • 2016-yil 24-sentabrda O‘zbekiston hukumati portalida Bosh vazirning virtual qabulxonasi pm.gov.uz (2017-yil yanvar oyidan Prezident virtual qabulxonasi) ochilishi murojaatlar bilan ishlash tizimini bugungi shiddatli XXI asr talablariga mos holda takomillashtirish imkonini berdi. Hukumat rahbari bilan oddiy odamlar o‘rtasida hech qanday vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yo‘lga qo‘yildi. Shu bois ham mazkur virtual qabulxona ishga tushgan kuniyoq mamlakatimizning turli joylaridan mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar kelib tushdi.
  • Virtual qabulxona ochilgunga qadar ham mamlakatimizda davlat organlarining «Ishonch telefoni», Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mavjud edi. Bu sohada maxsus “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Lekin, ming afsuski, bu qonun amalda to‘la ishlamaganini, uning ijrosini nazorat qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilganini, aniqrog‘i, bu masalaga ikkinchi darajali bir ish sifatida qaralganini bugun ochiq tan olishga majburmiz.

Yüklə 100,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə