O’zbekiston Respublikasi prezidentining Maktabgacha ta’limga doir qaror, farmon va farmoyishlari



Yüklə 58,46 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü58,46 Kb.
#157366
1O’zbekiston Respublikasi prezidentining Maktabgacha ta’limga doir qaror, farmon va farmoyishlari


O’zbekiston Respublikasi prezidentining Maktabgacha ta’limga doir qaror, farmon va farmoyishlari
Reja

  1. maktabgacha ta’lim tizizmini takomillashtirish chora-tadbirlari

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ro’yxati

  1. Nodavlat talim xizmatlarini ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
maktabgacha ta’lim tizizmini takomillashtirish chora-tadbirlari
Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik deb ataladi) negizida quyidagilarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga 
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)
b) Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Institutni maktabgacha ta’lim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari bo‘yicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti sifatida belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda — Injiniring kompaniyasi) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Injiniring kompaniyasiga maktabgacha ta’lim tizimi obyektlarini qurish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini yuklash hamda kompaniya xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish;
(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
g) yuridik shaxs tashkil qilmasdan Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish.
Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Respublika budjeti mablag‘lari, shu jumladan, 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan, har chorakda ajratilib, har yili budjet qoidalariga muvofiq indeksatsiyalanadigan jami 100 milliard so‘m miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmayotgan ko‘chmas mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar — 100 foiz miqdorida;
(1-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Vazirlik tuzilmasiga kirgan tashkilotlar va muassasalar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlik ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadiga undirilgan budjet mablag‘larining noqonuniy xarajatlari, o‘g‘irlik, kamomad summalarining 50 foizi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzi), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilab qo‘yilsinki:
a) Jamg‘arma mablag‘lari:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini belgilangan tartibda maqsadli qurilishlar ro‘yxatiga kiritib, ularning tarmog‘ini kengaytirishga;
(1-band ikkinchi qismi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga;
(1-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Vazirlikka ishlash uchun jalb qilishga;
Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, yetakchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchilar sifatida jalb qilishga;
Vazirlik xodimlarini, jumladan, xorijda o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari va Vazirlik tizimidagi tashkilotlarni jihozlash, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga;
(1-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda Jamg‘arma tomonidan xorijiy davlatlar va hukumatlardan, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlaridan, chet ellik fuqarolardan beg‘araz yordam olinishi haqida qarorlar qabul qiladi.
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2324 nafar, shu jumladan, Vazirlik markaziy apparati xodimlari 138 nafar, shuningdek, metodistlar 471 nafar etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziriga:
Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni chegarasida o‘zgartirishlar kiritish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari, boshqa idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ularning boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash huquqlari berilsin.
3. Belgilansinki:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
b) 2019-yil 1-yanvardan:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha faoliyatga litsenziya berish uchun majburiy litsenziyaviy talab maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritishdir;
(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti litsenziyasini to‘xtatish yoki bekor qilish uchun Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotning yo‘qligi asos bo‘ladi.
(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
4. 2018-2019-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgar ekanligi ko‘rsatilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) beg‘arazlik asosida bosqichma-bosqich 10 million AQSh dollari ekvivalentida, shu jumladan, 2018-yilda Markazni joylashtirish, jihozlash va saqlash bilan bog‘liq tashkiliy-amaliy tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2 million AQSh dollari ekvivalentida mablag‘ ajratsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik bilan birgalikda belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan keng polosali internet tarmog‘idan foydalanishini ta’minlasin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
6. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy sheriklar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan, maktabgacha ta’lim sohasida korxonalar tashkil qilish uchun olib kiriladigan tovarlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Markaz, Injiniring kompaniyasi va Institut tomonidan olib kiriladigan maxsus texnika, uskunalar, shu jumladan, asboblar, ehtiyot va butlovchi qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy mahsulotlar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2022-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan tovarlardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti foydasiga undiriladi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi:
2019-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga normativ moliyalashtirishning sinov rejimida joriy etilishini;
2019-yil 15-iyulgacha bo‘lgan muddatda sinov tariqasidagi jon boshiga normativ moliyalashtirish natijalarining batafsil tahlil qilinishini;
2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilgan tahlil natijalarini hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Vazirlik hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda qishloq joylarda bir nechta ko‘p qavatli turarjoy uylari yoki uylar guruhlaridan iborat yangi majmualarni loyihalashtirish normativlari va tartibini ishlab chiqsin hamda ko‘p qavatli turarjoy uylarining birinchi qavatlarida yoki alohida bino ko‘rinishida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lishini nazarda tutsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki:
qishloq joylarda bir nechta ko‘p qavatli turarjoy uylari yoki uylar guruhlaridan iborat yangi qurilayotgan majmualardagi maktabgacha ta’lim tashkilotining eng kam quvvati 50 o‘rindan kam bo‘lmasligi kerak;
qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari yoki xonalari davlat yoki nodavlat ta’lim muassasalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida, turarjoy mulkdorlarining qaroriga muvofiq tashkil qilish uchun foydalanilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish, ularga tegishli yer uchastkalari va ko‘chmas mulkni olib qo‘yish faqat Vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida belgilangan boshqa tartiblar bundan mustasno;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etish yoki tugatish, ularga tegishli yer uchastkalari va ko‘chmas mulkni olib qo‘yish haqida Vazirlik bilan kelishmagan holda qaror qabul qilgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Vazirlik Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda 2019-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda 2025-yilgacha maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ichimlik suvi, isitish tizimi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash dasturi loyihasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
11. “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha:
bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanganda;
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bolalar uchun jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha xizmatni joriy etsin.
12. Vazirlik:
a) o‘n kunlik muddatda Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining Vasiylik kengashlarini tugatsin hamda Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlarini tuzsin;
b) bir oylik muddatda:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin belgilangan dasturdan tashqari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish (bolalarni parvarishlash, qarab turish, o‘qitish bo‘yicha va boshqalar) tartibini tasdiqlasin;
Maktabgacha ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqida nizomni tasdiqlasin va unda, shu jumladan, Kuzatuv kengashiga Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarini saylash huquqi berilishi nazarda tutilsin.
13. Belgilansinki:
a) Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari, tovarlar, ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha umumiy xarajatlar (homiylik, beg‘araz yordam summalaridan tashqari) qoplangandan keyin moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar uchun foydalaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hisobvarag‘iga qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha umumiy xarajatlar qoplangandan keyin:
80 foizi — maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti moddiy-texnika bazasini yaxshilashga (ta’mirlash, inventar va uskunalar, o‘quv-uslubiy materiallar sotib olish va boshqalar);
(13-band “b” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
10 foizi — Jamg‘armaga;
5 foizi — tegishli tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga;
5 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirishni birgalikda moliyalashtirish, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlanadigan 2018-2019-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturini birgalikda moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar va xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘larini (kreditlar, qarzlar, grantlar) davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilishni ta’minlasin.
15. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydigan Hukumat qarorini, bunday vakolatlar berilgan organlarning qat’iy ro‘yxatini, tekshiruvlarni tayinlash va o‘tkazishning huquqiy asoslarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini noqonuniy tekshirishlarga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan nazoratni kuchaytirsin hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlik choralarini qo‘llasin.
Nazorat qiluvchi organlar joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish chog‘ida aniqlangan qoidabuzarliklarning bartaraf etilishi va keyinchalik yo‘l qo‘yilmasligiga har tomonlama yordam ko‘rsatsin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
17. Moliya vazirligi mazkur qarorning amalga oshirilishi uchun zarur mablag‘larni 2018-yilda “Ta’lim” tarmog‘i bo‘yicha Davlat budjeti parametrlari chegarasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida har yili nazarda tutsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-sentabr,
PQ-3955-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining
TASHKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga ko’ra.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparati
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 58,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə