O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Lizing kompaniyasi mijozi o‘z hisob raqamini muassis bankda



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Lizing kompaniyasi mijozi o‘z hisob raqamini muassis bankda 
yuritishini talab
qilish hisobiga tavakkalchilik darajasini kamaytirish mumkin. 
Aksari hollarda bunday yo‘l banklar asosiy aksiyador bo‘lgan lizing 
kompaniyalarida qo‘llanadi. Bu holda to‘lov amalga oshirilmaganda bank 
qarzdor mijozning hisob raqamini osongina “muzlatib” qo‘yishi mumkin. 
3. 
Tavakkalchilik darajasini kuzatish va nazorat qilish yo‘li bilan 
ham kamaytirish mumkin.
Lizing kompaniyalari nizom jamg‘armalarining 
katta qismiga egalik qiluvchi banklar lizing oluvchilarning arizalari bankning 
kredit bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilishini talab qiladilar. Mos keluvchi tahlil 
o‘tkazilgandan so‘ng bank har bir muayyan holatda ma’qul bo‘lgan qaror – 
kredit berish yoki lizing bitimini tuzish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini beradi. 
4. 
Lizing kompaniyalari bitimni davlat kafolatlaridan foydalanish 
yo‘li bilan muhofaza qilishga harakat qiladilar.
Masalan, agar mintaqa 
ma’muriyati mintaqadagi muayyan zavod quvvatini kengaytirishga katta e’tibor 
qaratadigan bo‘lsa u lizing oluvchi o‘zining shartnomada ko‘rsatilgan 
majburiyatlarini bajarmagan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan lizing to‘lovlarini 
kafolatlashi mumkin. Biroq bunday kafolatlar doim ham berilavermaydi, chunki 
ma’muriyat ko‘pincha o‘zining bevosita vazifalarini bajarish uchun mablag‘lar 
taqchilligini boshidan kechirali.
5.
Lizing faoliyatini sug‘urtalash
lizing kompaniyalari tavakkalchiligini 
kamaytirsada, sug‘urta kompaniyalarining barqaror va unchalik ishonchli 
emasligi sababli muammolarga boy bo‘ladi. Ijaraga berilgan mulkning eng 
yaxshi sug‘urtasini faqat lizing kompaniyasining o‘zigina ta’minlay oladi.


77 
6.3. Lizing faoliyatini sug‘urtalash 
Lizing munosabatlarining murakkab iqtisodiy-huquqiy tabiati lizing 
obyektini transportirovka qilish, uni o‘rnatish, ishga tushirish, mulkiy va 
moliyaviy tavakkalchiliklarni sug‘urtalash yo‘li bilan lizing operatsiyalarining 
kompleks sug‘urta muhofazasini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik Kodeksiga asosan mulk sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha bir tomon 
(sug‘urtachi) ma’lum bir haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada ko‘zda 
tutilgan 
vaziyat 
(sug‘urta 
holati) 
yuz 
berganda 
ikkinchi 
tomonga 
(sug‘urtalanuvchiga) yoki shartnoma uning foydasiga tuzilgan uchinchi shaxsga 
(foyda 
oluvchiga) 
sug‘urtalangan 
mulkka 
yetkazilgan 
zararni 
yoki 
sug‘urtachining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni shartnomada 
belgilangan miqdorda (sug‘urta miqdori) qoplash majburiyatini oladi. 
Lizing bitimida mulk shartnomasi bo‘yicha quyidagi mulkiy manfaatlar 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə