|
O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmyschiziqli to‘lov
, mutanosiblik bo‘yicha teng ulushlar bilan to‘lanadi;
•
progressiv (o‘sib boruvchi) to‘lov,
asosan lizingning dastlabki
bosqichida foydalanuvchi lizing to‘lovlarini kichik qismlar bilan amalga
oshirishi oson bo‘lgan, keyinchalik esa asbob-uskunalarning bo‘shashi va
mahsulot ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishi bilan to‘lov miqdorini oshirish
mumkin bo‘lgan, moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lmagan lizing oluvchilar
tomonidan amalga oshiriladi;
•
degressiv (kamayib boruvchi) to‘lov,
lizingning dastlabki bosqichida
foyalanuvchi lizing to‘lovlarining asosiy qismini to‘lashni afzal ko‘rgan,
moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lgan lizing oluvchi tomonidan foydalaniadi;
•
mavsumiy to‘lov
– to‘lov imkoniyatlari hosilni yig‘ib olgandan so‘ng
amalga oshirish yengilliklar yaratuvchi qishloq xo‘jaligida va ishlab chiqarish
jarayoni mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan qayta ishlash tarmoqlarida
qo‘llanadi.
1
To‘lash shakllari bo‘yicha lizing to‘lovlari
pulli, kompensatsion,
ya’ni
lizing oluvchining mahsulotlari yoki xizmatlari orqali, va
aralash
to‘lovlariga
bo‘linadi. Kompensatsion va aralash to‘lovlarda lizing oluvchining mahsutlot va
xizmatlarni narxlari qonuniy o‘rnatilgan qoidalar asosida belgilanadi.
Shartnoma tomonlari quyidagi to‘lash usullarini qo‘llash mumkin:
umumiy summasini belgilangan usuli, avans bilan usuli.
Avans usulida lizing
oluvchi to‘laydigan avans miqdorini shartnomada belgilanadi va lizing to‘lovlari
umumiy summasidan qolgan to‘lovlarini (avans ayrilgan holda) teng qismlarida
to‘lanadi. Umumiy summasini belgilangan usulida lizing muddati davomida
ikki tomon kelishilgan holda to‘lovlarni umumiy summasi teng miqdorda (har
oy, kvartal, yarim yil, yilda) to‘lanadi.
Lizing shartnomasini tuzishda tomonlar muayyan sharoitlarda bitimning
barcha ishtirokchilari talablariga javob beruvchi eng ma’qul variantni tanlashlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|