O’zbеkiston rеspublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi



Yüklə 390,75 Kb.
səhifə1/6
tarix05.04.2018
ölçüsü390,75 Kb.
#35944
  1   2   3   4   5   6

O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO'JALIGI VAZIRLIGI
SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI

«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha 1- prorеktor, dotsent__________ A.A. Elmurodov «___» _avgust__2013 yil


«IQTISODIY TA'LIMOTLAR TARIXI»

fanidan
ISHCHI O’QUV DASTURI
5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit”

bakalvriyat yo’nalishi uchun

S A M A R Q A N D – 2013

Ishchi o’quv dasturi O’zR OO’MTV tomonidan 2011 yil 17- sentabrda tasdiqlangan fan dasturiga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi: katta o’qituvchi Sh. Vaxobova

Fanning ishchi o’quv dasturi
Samarkand Qishloq xo’jalik instituti «Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va boshqaruv» kafеdrasining __ avgust 2013 yil 1-sonli yig’ilishida muxokama qilindi va ma'qullandi.
Kafеdra mudiri, professor_____________ O. Murtazayev
Iqtisodiyot va boshqaruv fakultеti uslubiy kеngashining 2013 yil «__» _avgust__ _1_-sonli yig’ilishida muxokama qilindi va ma’qullandi.
Fakultеt o’quv – uslubiy kеngash raisi, I,f,n., dotsent__________M. Xolmirzayev

Iqtisod va boshqaruv fakultеti olimlar kеngashining 2013 yil «____» avgustdagi _1_- sonli yig’ilishida muxokama qilindi va ma’qullandi.


Fakultеt dеkani, I,f,n., dotsеnt____________ F. Axrorov





Ma’ruza

Amaliy mashg`ulot

Jami

Auditoriya darslari

18

18

36

Mustaqil talim

20

16

36

Jami:

38

34

72



Ma’ruza o’qiydi: katta o’qituvchi Sh. Vaxobova

Amaliy mashg’ulot olib boradi: katta o’qituvchi Sh. Vaxobova

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan ma’ruza uchun soatlar taqsimoti.




Mavzuning nomi

Ma’ruza

Ma’ruza mustaqil ta’lim

1

Kirish. Fanning predmeti va o’rganish usullari

1

2

2

Qadimgi Dunyo feodal jamiyati va ilk kapitalizmning iqtisodiy ta’limotlari

1

2

3

Merkantelizm. Iqtisodiy ta’limoti va uning mohiyati. Klassik maktabning iqtisodiy ta’limotlari

2

2

4

Klassik iqtisodiy maktabning to’la shakllanishi. A. Smit va D. Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari.

2

2

5

Klassik iqtisodiy maktabga muqobil ta’limotlar. Bozor iqtisodiyotiga muholif sosialistik yo’nalishning moxiyati va tarixiy taqdiri.

2

2

6

Xozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari (Institutsionalizm).

2

2

7

Marjinalizm ta’limoti va neoklassik iqtisodiy maktablar.

2

2

8

J.M. Keyns ta’limoti va neokeynschilik

2

2

9

Jahon xo’jaligi to’g’risidagi iqtisodiy ta’limotlar

2

2

10

O’zbekiston Respublikasidagi ma’muriy buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o’tish davri konsepsiyasi.

2

2




Jami:

18 soat

20 soat


“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan soatlar taqsimoti amaliy mashg’ulot uchun.




Mavzuning nomi

Amaliy mashg’ulot

Amaliyot uchun mustaqil ta’lim

1

Qadimgi dunyo va o’rta asr mutafakkirlarning iqtisodiy g’oyalari

2

2

2

Merkantelizm ta’limoti va bosqichlari.

2




3

Ilk klassik maktab ta’limotlari.

1




4

Klassik maktab vakillarining ta’limotlari.

1

2

5

Klassik iqtisodiy ta’limotlarga muxolif g’oyalar va ularning mohiyati.

2

2

6

Xozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarning asosiy yo’nalishlari

2

2

7

Marjinalizm iqtisodiy ta’limoti xususiyatlari.

2

2

8

J.M. Keyns ta’limoti va neokeynschilik

2

2

9

Jahon xo’jaligi to’g’risidagi iqtisodiy ta’limotlar

2

2

10

O’zbekiston Respublikasidagi ma’muriy buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o’tish davri konsepsiyasi.

2

2




Jami:

18 soat

16 soat


Kirish

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiyot yo’nalishlaridagi oily ta’lim muassasalarida asosiy fan sifatida o’qitiladi. Bu fan iqtisodiyotning metodologik asoslarini ta’minlovchi va yaratuvchi fan sifatida xam axamiyatlidir. Shu sababli bu fan iqtisodiyot fanining ajralmas bir tarkibiy qismidir. Ushbu o’quv dasturida fanni o’qitish maqsadi va vazifalari, o’quv tayyorgarlikning mazmuni, seminar mashg’ulotlari mavzulari, mustaqil ish mavzulari, zaruriy va qo’shimcha adabiyotlar keltirilgan. Dasturda keyingi davrda ro’y bergan iqtisodiy tafakkurdagi o’zgarishlar xisobga olingan.

Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida O’zbekiston Respublikasi Prizidenti I. Karimovning <> nomli aarida keltirilgan materiallar qoidalar va xulosalarni puxta o’zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samaralari foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni o’rganish oldida turgan asosiy vazifalardir.

Xususan, Prizident I. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis Qonunuchilik palatasi Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo’shma majlisidagi hamda 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidagitalablardan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning tub mohiyatini anglash, 2011-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bo’lajak mutaxassislar bu fan yordamida avlod-ajdodlarimizning boy merosini o’rganish va uni amaliyotda qo’llash yo’llarini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Chunki talabalarning o’tmishdagi iqtisodiy qarashlar va g’oyalar, hamda olib borilgan iqtisodiy siyosat yuzasidan xolis xulosa chiqarishlari xam nazariy xam amaliy axamiyat kasb etadi.

Shu bois, mamlakatimizda shaklanayotgan milly iqtisodiy tafakkurning insonparvar va umumbashariy bo’lshligi uchun milliy qadriyatlarni ham sinchiklab o’rganish beqiyos ahamiyat kasb etadi va fanning dolzarbligini belgilaydi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o’rganishning dolzarbligi ayniqsa hozirgi kunda ortib bormoqda chunki bu fan insoniyat jamiyati paydo bo’lgandan boshlab yuzaga kelgan ilk iqtisodiy nazariyadan tortib to zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar vujudga kelish jarayoni va mazmunini obyektiv yoritib beradi.


O’quv fanining maqsad va vazifalari

Xozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tish davri iqtisodchilardan shu jumladan xo’jalik xayotidan boshqa soxalarda mashg’ul bo’lgan mutaxassislardan siyosatdan mustasno bo’lgan erkin iqtisodiy fikrlashni, shu asosda amaliy xayotda tegishli tajriba orttirib samarali tadbirlarlarni ishlab chiqarishni amalga oshirishni talab qiladi.

Erkin bozor munosabatlari jarayonini mukammal tushunib olish uchun faqatgina ma’lum darajadagi amaliy fanlarni o’zlashtirish yetarli emasdir. Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti louriyati (1970) Amerikalik olim Samuel’son o’zining <> darsligida iqtisodiyot fani tarixi bilan chambarchas ravishda bog’liqdir deb to’g’ri ta’kidlaydi. Shu sababli iqtisodiyot bo’yicha mutaxassislar tayyorlashda fan aloxida o’rin egallaydi.

O’tish davri iqtisodiy muommolari yechimiga qisqa muddatlarda erishishning zaruriy shartlaridan biri shakllanayotgan milliy iqtisodiy tafakkurning o’tmishda va hozirgi davrdagi ilg’or yondashuvlarga mos kelishidir. Shuning uchun ham milliy oliy tizimimizda dunyo iqtisodiyotining tarixiy tajribasida to’plangan yutuq va muommolarni chuqur va puxta o’rganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Chunonchi, bakalavriat bosqichining barcha iqtisodiy mutaxassisliklar yo’nalishi talabalari o’quv rejasiga kiritilganligi ham diqqatga sazovordir. Darhaqiqat, ushbu fan milliy iqtisodiyotning nazariy asoslarini shakllantirish va rivojlantirishda, puxta iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishishda asosiy uslubiy vosita ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Fanni o’qitishdan asosiy maqsad va vazifalar – talabalar tafakkurida ayrim shaxslar, ijtimoiy guruxlar yoki umumjamiyat manfaatlarini ifodalovchi iqtisodiy fikr, qarash, g’oya, nazariya va ta’limotlarning shakllanishi, rivojlanishi, “yemirilishi” va almashinuvining tarixiy jarayonini izchil yoritish asosida milliy istiqlol mafkurasining moxiyati va mazmuniga mos, tub islohatlar milliy modelining yetuk amaliyotchisiga xos iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.

Bu fan boshqa fanlar bilan, aniq-iqtisodiy fanlar, jumladan tarmoqlar, korxonalar hamda mamlakatlar iqtisodiyoti bilan bog’liqlik tashkil etadi. Ikkinchi guruhda maxsus iqtisodiy tuzilmaviy fanlar (moliya, kredit, marketing), uchinchi guruhda axborot-tahliliy fanlar (iqtisodiy-matematik usullar, statistika va boshqalar), to’rtinchi guruhda umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiyot tarixi fanlari bilan aloqadorlik o’z ifodasini topadi.


Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar.

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalgam oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

-turli davrlar va jamiyatlarda paydo bo’lgan iqtisodiy fikrlar va ta’limotlarning mamlakat rivojiga ta’siri to’g’risida bilishi kerak;

-iqtisodiy taraqqiyotga olib kelgan g’oyalar va iqtisodiy siyosatning mazmunini, iqtisodiy rivojlanishning yuksalish va susutlashuv sabablarini, ijobiy g’oyalarning iqtisodiy ta’limot yoki nazariyalar darajasiga erishmaganligi, iqtisodiy g’oyalari rivojidagi cheklanganlikni batafsil tahlil etish ko’nikmalariga ega bo’lishlari kerak;

-turli davrdagi iqtisodiy g’oyalarni umumlashtirish va tahlil etish, ulardan ilmiy –amaliy xulosalar chiqarish va takliflar bera olish, asosiy iqtisodiy kotegoriyalarga berilgan ta’riflrning o’sha davr va xozirgi zamon uchun axamiyatini ochib berish, xozirgi zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar va nazariyalari bilan solishtira olish malakasiga ega bo’lishlari lozim.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma- ketligi.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani ijtimoiy iqtisodiy fanlardan biri bo’lib bakalavriyat ta’limi bosqichida o’qitiladi. Dasturni amalgam oshirish uchun talabalar bakalvriyatning <> ta’lim soxasidagi boshqa ijtimoiy iqtisodiy fanlarni puxta o’zlashtirishlari xususan <>, << Iqtisodiy nazariya>>, fanlarining tushunchalari bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari talab etiladi.



Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashda puxta asoslangan nazariy yondashuvlardan oqilona foydalanish talab etiladi. Chunonchi, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy ximoya tizimi, davlat iqtisodiyotini boshqarish soxasi, tashqi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish kabilar dolzarb yo’nalishlardan hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarni samaradorligini oshirishda ilg’or xorijiy tajribani tatbiq etish bilan bir qatorda tarix sinovidan o’tgan milliy an’analardan unumli foydalanish muhim axamiyat kasb etadi.


Seminar mashg’ulotlari bo’yicha bajaraladigan ishlarga minimal miqdordagi talablar.

Seminar mashg’ulotlari mavzulari namunaviy dastur asosida tuzilgan bo’lib, talabalarda turli iqtisodiy g’oya va konsepsiyalarning mohiyatini to’laroq tushunish, hamda ularda amaliy ko’nukmalarni shakllantirishga qaratilgan, talabalarning ma’ruzada olgan bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilishi kerak.


Talabalar bilimini baholash uchun o’tkaziladigan nazorat tadbirlari miqdori.

Fan bo’yicha talabalar bilimini baholab berish reyting tizimi asosida amalga oshiriladi.

Nazoratning alohida turlariga ajratilgan reyting ballari ishchi o’quv rejasida ko’zda tutilgan soatlar yuklamasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Joriy baholash uchun ajratiladigan reyting ballari talabalarning seminar darsdagi faolligi, ilmiy referat tayyorlanganligi va boshqa rejalashtirilgan ishlarni (mustaqil ish bajarish, ko’rgazmali qurollar tayyorlash va h.k.) bajarganligi uchun kuyib boriladi.

Oraliq baholashda talabalarning ma’ruza darslaridagi faolligi hisobga olinadi hamda ikki marta oraliq baholash (yozma ish, test yoki baholashning boshqa turi) o’tkazilib, ularga tegishli ball ajratiladi.

Yakuniy baholash ballari talabalarning tayanch tushuncha va iboralar bo’yicha bajargan yozma ishi uchun quyiladi.


Fanni o’qitishdagi yangi pedogogik va axborot texnologiyalari

Talabalarning <> fanini puxta o’zlashtirishlari uchun iqtisodiy ta’limning ilg’or pedogogik texnologiyalaridan foydalaniladi. Fan bo’yicha ishlab chiqilgan << Ta’lim texnologiyasi>>, <> hamda <>dagi zamonaviy usul va vositalar barcha mavzularning ma’ruza va seminar mashg’ulotlariga tatbiq etiladi.



Yüklə 390,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə