O’zbеkiston rеspublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi



Yüklə 390,75 Kb.
səhifə2/6
tarix05.04.2018
ölçüsü390,75 Kb.
#35944
1   2   3   4   5   6


Fanning asosiy qismi


Fan bo’yicha ma’ruza mavzulari va ularning mazmuni

BIRINCHI BO’LIM

1 Mavzu. Kirish. Fanning predmeti va o’rganish usullari.

Itisodiy fikr, g’oya, qarash va ta’limotlarning paydo bo’lishi va rivojlanishining tarixiy jarayoni. Ilmiy davrlash prinsiplari (tamoyillari), boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, iqtisodiy nazariya, xaql xo’jaligi tarixi, ekanomika) bilan chambarchas bog’liqligi. Iqtisodiy fan tarixida maktablar va yo’nalishlar tushunchasi. Yangicha ijobiy dogmatik va zamonakashlik asosida yondashishning oldini olish, iqtisodiy g’oyalarni chuqur o’zlashtirishda va talabalarni tarbiyalashda mana shu fanning ahamiyati.

Adabiyotlar: 1,2,3,4,5,10,11,13,15,16,17,18,21


2 Mavzu. Qadimgi dunyo iqtisodiy g’oyalari


Qadimgi sharq davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining muommolari, xususiyatlari. Qadimgi Bobil davlatining g’oyalari. Qadimgi Misr. Misrning iqtisodiy g’oyalari. Xammurapi qonunlari. Qadimgi Hindistonning iqtisodiy g’oyalari. Manu qonunlari. “Artxashastra” traktati. Qadimgi Xitoy iqtisodiy fikrlari. Konfusiychilar va legistlarning ta’limoti. Guan-szi traktatlari. Ilk sosial (ijtimoiy) utopiyalar. Zardushtizm (Avesto)dagi iqtisodiy g’oyalar. Qadimgi Gretsiya ilk quldorlik jamiyatining iqtisodiy qarashlari. Grek polisi (shahri) iqtisodiy g’oyalarning rivoji (meloddan avvalgi V asr). Ksenofont. Aflotun (Platon)ning iqtisodiy loyihalari. Aristotelning iqtisodiy qarashlari. Iqtisodiy jarayonlarni nazariy jihatdan tushuntirish yo’lidagi ilk urinishlar. Qadimgi Rimning iqtisodiy konsepsiyalari. Katon, Varron, Kolumellaning agronomik asarlarida Rim latifundiyalari muammolari. Aka-uka Grakxlar agrar islohotining iqtisodiy asoslari. Kolonat ilg’orligining tan olinishi.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 10, 15, 16, 17, 18, 21.


Feodal jamiyati va yemirilishi davridagiiqtisodiy qarashlar.

Yangi davr xuxusiyatlari. Quldorlik jamiyatining yemirilishi davrida arab davlatlaridagi iqtisodiy g’oyalar. Islomdagi iqtisodiy qarashlar. Шиш Xoldunning “Kitob-ul-ibar” asaridagi iqtisodiy g’oyalar. Bozor munosabatlari to’g’risidagi fikrlar.

G’arbiy Yevropagi iqtisodiy g’oyalarning asosiy mohiyati. Kropostnoylik xususiyati, natural va tovar ishlab chiqarish xo’jalikto’g’risidagi g’oyalar. Foma Akvinskiy (Italiya) qarashlari “adolatli baxo” masalasi. Foiz va rentaga munosabat. Qadimgi rus davlati iqtisodiy g’oyalari. Yermolay-Yerazm qarashlari, boylik asosi, sutxo’rlikga munosabat. “Domostroy” asarida bozorga xo’jalik yuritish, boshqarish, savdoga munosabat. O’rta asr utopiyalari. Tomas Mor(“Utopiya”). Tomazzo Komponella (“Oftob shaxri”) asarlardagi xayoliy sotsialistik g’oyalar. Larning ijobiy tomoni xatolari.
O’rta Osiyodagi Temuriylar davrigacha bo’lgan iqtisodiy g’oyalar.

Marg’inoniyning <> asari, undagi iqtisodiy fikrlar, iqtisodiy qonunchilik, zakot, chorva mollari, qo’y-qo’zi qoramollardan olinadigan zakot miqdori, Farobiy aarlarida “extiyoj”, mexnat, mexnat taqsimoti, inson omili masalalarining yoritilishi. Beruniyning asarlarida kishilik extiyojlarining paydo bo’lishi va uni qondirish asoslari, mexnat va xunarga munosabatlari. Ibn Sino asarlarida extiyoj, mexnat taqsimoti, mexnat qurollari axamiyati. Fozil davlat to’g’risidagi g’oya. Insonlarning manaviyati va iqtisodiyot o’rtasidagi munosabat. Savobli ish. Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asaridagi iqtisodiy fikrlar. Xazina(byudjet), uni To’lash asrash xisob kitob masalalari. Yusuf Xos Xojibning “qutadg’u bilih” asari, unda raiatning hukmdorga talablari;mulk daxlsizligi, pulning qadr-qiymati, savdo yo’llarining bexatarligi to’g’risiagi fikrlar. Markentilizm va fiziokratizm g’oyalari. Yusuf Xos Xojib va Rabg’uziy g’oyalarining xozirgi davrdagi axamiyati.



Amir Temur va Temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar va iqtisodiy siyosat.

XIV asr oxiridagi ijtimoiy-iqtisodiy axvol. Amir Temurning Iqtisodiy siyosati. “Temur tuzuklari”, undagi iqtisodiy g’oyalar. Rivojlanish omillari: tinchlik-osoyishtalik; meyoridai soliqlar; davlat roli. Ulug’bekning iqtisodiy g’oyalariva iqtisodiy siyosat. Moliya-pul isloxotining axamiyati. Oltin va kumush tangalar o’rniga mis pullarning zarb qilinishi. << Fulusiya pullari>>. Alisher Navoiyning <> va boshqa asarlaridagi iqtisodiy g’oyalar.


Dehqond, xunarmand mexnatining ulug’lanishi. Savdo , savdogar va tovlamachilarga munosabat. Olib- sotarlarning ijobiy va salbiy xizmatlari. Iqtisodiyotva davlat, xukmdorning roli.

3Mavzu. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati va axmiyati.


Merkantilizm tushunchasi, uning mazmuni. Merkantilizm g’oyasi vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari. Boylikning asosi – muomala sohasi. Ilk merkantilizm monetar tizimi. Tomas Mann (Angliya), Kolbertizm, Monkretyen (Fransiya). Merkantilizm va proteksionizm siyosatining ayrim mamlakatlardagi ko’rinishi: Italiya merkantilizmi, Angliya-proteksionizmi, Fransiya-kolbertizmi, Germaniya-kameralistikasi. Pul topishning J. Lou (piramida) usuli. Merkantilizmning tarixiy taqdiri.
IKKINCHI BO’LIM

Klassik maktabning iqtisodiy ta’limotlari. Angliya va Fransiyada (mumtoz) maktabning shakllanishi.

Klassik (mumtoz) iqtisodiy maktab vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va umumiy xarakteristikasi. Angliyadagi shart-sharoit. Boylikning asosi – ishlab chiqarish sohasi, mehnat va yer, tabiat. Vilyam Petti asarlari, uning merkantilizmga munosabati. Petti uslubi (metodi), xususiyatlari qiymatning talqini. Iste’mol va almashuv qiymatiga munosabat, muomiladagi pul miqdorini aniqlash. Ish haqi, yer rentasi, yer bahosi va foiz (prosentning) tahlili. Pyer Buagilberning qiymat talqini, iste’mol va ayirboshlash qiymati, pulga munosabat. Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti mazmuni va axamiyati. “Tabiiy tartib” konsepsiyasi. “Sof mahsulot” nazariyasi. “Unumli va unumsiz mehnat” talqini. Kapital, sinflar, oddiy takror ishlab chiqarish haqidagi g’oyalar. Keening bosh asasri “Iqtisodiy jadval”da ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining tahlil etilishi va uning ahamiyati. A.Tyurgo asarlarida fiziokratik tizimning rivojlantirilishi. Uning qiymati, kapital, ish haqi va siflar to’g’rsidagi g’oyalarining ahamiyati. Fiziokratizm iqtisodiy ta’limotining ahamiyati va tarixiy taqdiri.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 10, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 21.
4 Mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning to’la shakllanishi,

Smit va Rikardolarning iqtisodiy ta’limotlari

A.Smit asarlarida klassik maktab g’oyalarining yanada rivojlantirilishi. A.Smit manufaktura davrining iqtisodchisi sifatida. A.Smit “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari tug’risidagi tadqiqot” nomli asari, fiodalizmga munosabat. Merkantilizm tanqidi va fritrederlik (erkin savdo)ning asoslab berilishi. A.Smit va fiziokratlar. A.Smit uslubi (metodi). Uning mehnat taqsimoti, ayirboshlash va pul haqidagi ta’limotlari. A.Smitning qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirishga qo’shgan hissasi. Qiymatni talqin qilishdagi ziddiyatlar. Daromadlar nazariyasi, ish haqi, foyda, yer rentasining turli xil talqinlari. Foydaning ishchilar mehnatidan chegaralanganligi haqidagi ta’limot. Ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishdagi ziddiyotlar (Smit dogmasi). Unumli va unumsiz mehnat talqini. Ilg’or iqtisodiy dasturning asoslab berilishi. A.Smit va hozirgi zamon. Bozor iqtisodiyoti tug’risidagi ta’limotlar. D.Rikardo-sanoatning fabrika davri mafkurachisi. Uning “Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi” asaridagi asosiy iqtisodiy g’oyalar. Rikardoning Smit g’oyalariga mutanosibligi va farqlari. Qiymatning yangicha talqini, sinflar daromadi o’rtasidagi qarama-qarshilik, erkin savdo-fritrederlik, jahon mehnat taqsimotining ilgari surilishi, ixtisoslashuv, nisbiy afzallik nazariyasi. A.Smit va D.Rikardo g’oyalarining boshqa olimlar tomonidan rivojlantirilishi.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 10, 12, 13, 14, 15, 16, 18, 21.
UCHINCHI BO’LIM

5 Mavzu.Klassik maktabga muqobil ta’limotlar. Klassik iqtisodiy maktabga muqobil g’oyalarning mohiyati

Muqobil iqtisodiy g’oyalar paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari va xarakteristikasi. T.Maltus. Uning “nafus nazariyasi”, qiymat nazariyasi va foyda masalalarining klassik maktabga xos ziddiyatlaridan foydalanish. T.Maltusning realizatsiya nazariyasi. J.Mill (otasi), D.Mak-Kullox va boshqalarning asarlaridagi iqtisodiy g’oyalar. J.S.Mill (o’g’li)ning tadqiqot predmeti va ijtimoiy isloxat dasturi. F.Bastia (Fransiya), G.Keri (AQSh)ning konsepsiyalari. Xizmat ko’rsatish nazariyasi. N.Seniorning “tiyilish” va “so’nggi soat” nazariyalari. J.B.Sey. Uning metodologiyasi, qiymatning tahlili, ishlab chiqarishning uch omili (kapital, yer, mehnat) va kapitalning qiymati unumdorligi haqidagi o’ylar. “Sey qonuni”, umumiy ortiqcha ishlab chiqarish extimolining rad etilishi. F.List va uning “Siyosiy iqtisod” sistemasi. Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschilari V.Rosher, K.Knis, B.Gil’debrand, Sismondi, Prudon va Rodbertus. Mayda ishlab chiqarish nazariyalari mohiyati. XVIII asr oxiri XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, mayda ishlab chiqarish imkoniyatlari, yollanma mehnat kengayishi nazariyalarning rivojlanishi. Sismondi, Prudon va Rodbertus qarashlaridagi umumiylik, xususiylik. Sismondining iqtisodiy qarashlari. Sismondi (1773-1842) mayda ishlab chiqarishga munosabat; mehnat, qiymat va pul,; ijtimoiy fanning ikki qismi: oliy siyosat va siyosiy iqtisod. Sismondi uslubiyati. Kapitalizmga munosabat, milliy daromad va kapital muommosi, uchinchi shaxslar nazariyasi. Prudon va Rodbertusning iqtisodiy g’oyalari. Prudon (1809-1865) kapitalizmni isloh qilish konsepsiyasi, qiymatning abadiy g’oyasi, belgilangan qiymat. Rodbertus (1805-1875) – qo’shimcha qiymat va taqsimot nazariyalari. Iqtisodiyotda matematik uslublar. A.O.Kurno. “Talab qonuni”, talabning elastikligi. I.G.Fon Tyunen. Iqtisodiy model. Optimallashtirish. Ekonometrikaga asos solinishi. Dastlabki marjinalistik g’oyalar (chegaraviy miqdorlar).


Bozor iqtisodiyotiga muxolif-sotsialistik yo’nalish moxiyati va uning tarixiy taqdiri.

XIX asr boshlarida xayoliy sosializm vujudga kelishining shart-sharoitlari va uning umumiy xarakteristikasi.

A.Sen-Simon. Uning tarixiy konsepsiyasi. Burjua jamiyatining tanqidi. Yangi industrial tizim loyihasi. Sen-Simonizm evolyusiyasi. Sh.Furyening tarixiy rivojlanish konsepsiyasi. Furye kapitalizm tanqidchisi sifatida. Bo’lajak uyushma (assosiasia) haqidagi ta’limot. R.Ouen. Uning amaliy faoliyati, kapitalizm tanqidi. Jamiyatni sosialistik o’zgartirish rejalari. “Mehnat pullari” va “adolatli ayirboshlash” loyihasi. Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari, mulk shakllarining tadqiqoti.

Marksizm vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari, mulk shakllarining tadqiqoti. K.Marksning <> asari, undagi asosiy g’oyalar. << Qo’shimcha qiymat nazariyasi>>. Xususiy mulkka munosabat. F.Engelsning <>,<. va boshqa asarlarida sotsialistik jamiyat iqtisodiy asoslari ta’limotining rivoji.

V.I.Leninning << Rossiyada kapitalizmning taraqqiyoti>.. <> va boshqa asarlaridagi iqtisodiy g’oyalar. <,xarbiy kommunizm>. Iqtisodiy siyosatiga berilgan baxo. Yangi iqtisodiy siyosat .<< Oziq-ovqat solig’I to’g’risida>>.<>gi asarlari

Marks, Engels< Lenin iqtisodiy g’oyalarining tarixiy taqdiriva davr sinovidan o’tmaganligi.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 10, 12, 13, 14, 15, 16, 19, 21.
TO’RTINCHI BO’LIM

6.Mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo’nalishlari (institusionalizm)

Institusionalizmning asosiy xususiyatlari, evolyusiyasi. Iqtisodiy kategoriyalarning inkor etilishi. T.Veblen g’oyalari. “Bekorchi sinflar nazariyasi” asaridagi iqtisodiy g’oyalar. J.R.Kommons qarashlari. U.K.Mitchell g’oyalari. Kon’yunktur-statistik institisionalizm oqimi. Iqtisodiyotda bashorat (prognoz) masalalari siklik davriy o’zgarishlar nazariyalarining paydo bo’lishi. Ijtimoiy-institusional yunalish. J.K.Gelbreytning iqtisodiy qarashlari. Nomukammal bozor ta’limotlari. Chemberlen monopolistik raqobat tug’risida. J.Robinsonning nomukammal raqobat nazariyasi. Samaradorlik va adolat dilemmasi. Monetarizm va neoliberalizm evolyusiyasi. Fridmanning monetar maktabi. Xayek va Mizesning sosialistik iqtisodga munosabati. V.Rebkening ordeliberalizmi.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10, 12, 14, 15, 16, 17, 18, 21.
7 Mavzu. Marjinalizm ta’limoti va neoklassik iqtisodiy maktablar

Marjinalizm. Iqtisodiy ta’limotlarda neoklassik yo’nalishning shakllanishi. Marjinalizmning umumiy ta’rifi. Rivojlanish bosqichlari. Avstriya maktabi. K.Menger, Ye.Byom-Baverk, F.Vizer siyosiy iqtisod predmeti va metodlarining subyektiv-psixologik nuqtai-nazardan talqin qilinishi. “Subyektiv” va “obyektiv” boyliklar nazariyasi, prosent (foiz) va foyda manbaining psixologik nuqtai nazardan tushuntirib berilishi. Eng yuqori naf nazariyasining inglizcha varianti. U.Jevons, L.Valras. Kembrij maktabi yoki yangi klassik (neoklassik) yo’nalish. A.Marshallning narxlar va daromadlar nazariyasi, neoklasik mikroiqtisodiyotning asosi, qisqa va uzoq davrlar, narxlar va ularni shakllantirish omillari to’g’rsidagi ta’limot. “Elastiklik koeffisenti uslubi”. J.B.Klarkning iqtisodiy ta’limoti. Uning “boylik va falsafasi” va “Boylik taqsimoti” asarlaridagi iqtisodiy g’oyalar. “Ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumdorligi tug’risidagi qonuni”. Iqtisodiy jarayonlarda vaqt ahamiyatini hisobga olish. J.B.Klarkning iqtisodiy qarashlari. “Statistika” va “dinamika”ning uslubiy (metodologik) konsepsiyasi. Ishlab chiqarish omillari eng yuqori unumdorligi nazariyasi. Lozanna maktabi. Eng yuqori naf va eng yuqori unumdorlik nazariyasining matematik jihatdan tahlili. L.Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat modeli. Ekonometrika. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 7, 8, 9, 10, 12, 14, 15, 16, 18, 19, 20, 21.
8 Mavzu. Jon Meynard Keyns ta’limoti va keynschilik.

Buyuk depressiya, iqtisodiy inqirozlar. J.M. Keyns. “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936) asaridagi iqtisodiy g`oyalar. Bandlik, iste’mol jamg’arishning iqtisodiyot uchun ahamiyati. Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari: ishsizlik va inflyasiya. Iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvining zarurligi. Pul, investisiya, likvidlik, kapitalining eng yuqori samaradorligi, foiz stavkasi, multiplikator effekti. Keynschilik va neokeynschilik. E. Xansen, S. Xarris, J.M. Klark asarlaridagi iqtisodiy g’oyalar. Fransiyadagi keynschilik. Stagnastika nazariyasi, dirijizm. Akselerator tushunchasi. Imperativ va indikativ rejalashtirish. Iqtisodiy o’sish nazariyalari. Postkeynschilik. Keyns g’oyalarining xozirgi davrdagi axamiyati. Iqtisodiy o’sish nazariyalari va keynschilik. Neoliberalizm va keynschilik.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 21.
Nomukammal raqobat bozori nazariyalari

Monopoliyalarning shakllanishi, bozor munosabatlarning evolyutsiyasi. Mukammal bo’lmagan raqobatning xususiyatlari. Erkin bozorning mukammal bo’lmagan raqobat bilan bog’liqligi. Monopoliyalar o’rtasidagi raqobat xususiyatlari.

“Maxsulot Differensiyasi” tushunchasining mohiyati. Tovarlar sifati va reklama axamiyati. E. Chemberlin ( “Monopolistik raqobat nazariyasi”) g’oyalari. Baxolanmaydigan omillar tushunchasi( savdo joyi, alohida savdo uslubi, insoniy omillar va boshqalar.) J. Robinson(“Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi”) g’oyalari, monopoliyaga salbiy munosabat. Monopoliya(xaridor monopoliyasi) tushunchasi. Samaradorlik va adolat muammosi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasi.
Neoliberalizm g’oyalarining mohiyati va axamiyati

Neoliberalizm g’oyalarining J. M. Keyns ta’limotidan farqi. Umumiylik va xususiylik. “tungi qorovul” “sport hakami” tushunchalari. Frayburg, Chikago, London maktablari, “Lippan kollokviumi” g’oyalari. Neol;iberalizm g’oyalarining GFRda qo’llanilishi. Adenauer-Erxard rejalari. “Ordoliberalizm”. Ijtimoiy bozor xo’jaligi konsepsiyasi. Chikago monetarism maktabi. Milton Fridman g’oyalari. Fillips egri chizig’i (ish haqi va ishsizlik o’rtasidagi bog’lanish). “Ishsizlikning tabiiy normasi”. Mizes, Xayeklarning iqtisodiy g’oyalari ahamiyati.


Hozirgi zamon ta’limotlari evalutsiyasi

Ishsizlik, inflyatsiya, inqiroz muommolari P. Samuelson, “Ekanomiks” asari ‘Neoklassik sintez” konsepsiyasining mohiyati. Keynschilik, iqtisodiy taklif nazariyasi va monetarism g’oyalari sembiozi (qorishmasi). Institutsionalizm g’oyalariga e’tiborning kuchayishi. Samuelson asariga iqtisodiy tafakkur tarixiga oid masalalarning tahlili. Iqtisodiy o’sish va adolat muommolariga munosabat. Iqtisodiy taraqqiyotning “to’rt g’ildiragi” (insoniy resurslar, tabiiy resurslar, capital va tehnalogiyalar).


Iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti lauriatlarining g’oyalari

Nobel mukofoti, iqtisodiyot bo’yicha mukofotning ta’sis etilish xususiyatlari. Lauriyatlarning ilmiy ishlariga tavsif. Iqtisodiy modellar bo’yicha mukofotlanganlar (Liontif, Kleyn, Frish, Tenbergen va boshqalar), resurslarni optimal joylashtirish ( Kantorovich, Kupmans, Alle, Gurvits va boshqalar), monetarism va pul siyosati masalalari ( Xiks, Debre, Errou va boshqalar), iqtisodiy o’sish muammolari( Solou, Kuznets), xalqaro bozor va savdo masalalari ( Olin, Krugman), assimetrik axborotning iqtisodiyotdagi roli( Vikri, Mirrlis, Akerlof, Stiglits va boshqalar).

Menejment, boshqarish va qaror qabul qilish, bashorat, prognos muammolariga oid ishlar. Moliya bozori, qimmatli qog’ozlar bo’yicha tadqiqotlar. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti, kambag’allikni yengish, iqtisodiy tarix va iqtisodiy tafakkur masalalariga oid ishlar. Iqtisodiyotda o’yinlar va extimollar nazariyasi, mikro va makroiqtisodiyotga oid tadqiqotlar. Ratsional kutilmalar nazariyasi. Nobel mukofoti laureatlari ilmiy ishlari axamiyati.
9 Mavzu. Jahon xo’jaligi to’g’rsidagi iqtisodiy ta’limotlar

Jahon xo’jaligidagi integrasiya va ixtisoslashuv. Jahon xo’jaligi to’g’risidagi iqtisodiy nazariyaning asosiy xususiyatlari. A.Smitning “mutlaq afzallik nazariyasi”. Tashqi savdoda xarajatlarning roli. D.Rikardoning “nisbiy afzallik nazariyasi”. Mehnat taqsimoti va mehnat unumdorligining o’rni. Solishtirma xarajat ustuvorligi. Ishlab chiqarish omillari nazariyasi. E.Xeksher-B. Oliy nazariyalari. “Tovar hayotining sikli” nazariyalari. J.Xiksning ilmiy-texnik progress bilan bog’liq iqtisodiy qarashlari. Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to’g’risidagi g’oyalar. Insoniy rivojlanish konsepsiyasi. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 15, 16, 18, 21.
BESHINCHI BO’LIM

O’tish davri iqtisodiy ta’limotlari

O’tish davrining moxiyati va axamiyati

O’tish davri mohiyati, uning obektiv zarurati (“sotsialistik” deb atalgan davlatlarning bozor munosabatiga o’tishi). O’tish davrining asosiy xususiyatlari va qonuniyatlari. Iqtisodiy taraqqiyotining bosqichlari, bir tarixiy bosqichdan boshqasiga o’tish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar. Rivojlanish bosqichlarining shakllari( an’anaviy, bozor, kelajak iqtisodiyoti). Iqtisodiy tizimlarning rivoji. Ma’muriy- buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlari. Muqobil(alternativ) g’oyalarning mavjudligi. Eski tizim va yangi tizim elementlarining bir vaqtda yashay olish tamoyillari. “Shok terapiyasi” (revalyutsion) va evolyutsion yo’l tavsifi. Aralash iqtisodiyotning mazmuni. O’tish davrida qarama- qarshiliklarni kuchayishi, uning progressive xarakteri.

O’tish davrining tarixiyligi, shu davrdagi dastlabki iqtisodiy xolatning ahamiyati. Sharq va G’arb xususiyatlari. Sharoitning yetukligi masalasi. O’tish davri qonuniyatlarining turlicha namoyon bo’lish sabalari. Yetakchi mamlakatlardagi ijobiy tajriba ahamiyati.

O’tish davrining davomiyligi, klassik(mumtoz) davlatlar(Angliya, Fransiya, AQSH va boshqalar) tajribasi, xozirgi davrdagi o’tish xususiyatlari( Yaponiya, Korea respublikasi, Singapur va boshqalar). Postsovet davlatlarining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlari, start sharoitlarining turli-tumanligi. Bozorga bosqichma-bosqich o’tishning asosiy belgilari. Xar bir bosqichning davomiyligi masalasi. Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarini bozor munosabatlariga o’tish tajribasi.


10 Mavzu. O’zbekiston Respublikasidagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o’tish davri ta’limotlari

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyati, oqibatlari. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishning obyektiv zaruriyati. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlariga o’tishning xususiyatlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida bozor munosabatlariga o’tish tamoyillarining ishlab chiqilishi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishga tadrijiy (evolyusion) yo’l tutilishi sabablari. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bosqichlari va xususiyatlari. Iqtisodiy islohatlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi. Erishilgan muvofaqqiyatlar, muammo va yechimlar. O’zbekiston iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish (liberallashtirish) vazifalari.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 15, 16, 17, 18, 19, 21.
Amaliy mashg’ulotlar

1 Mavzu. Qadimgi dunyo va o’rta asr mutafakkirlarining iqtisodiy g’oyalari.

Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar. Arab mamlakatlardagi dastlabki iqtisodiy g’oyalar. Ibn Xoldun. O’rta Osiyodagi dastlabki iqtisodiy g’oyalar. Temur va Temuriylar davrdagi iqtisodiy g’oyalar.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 10, 15, 16, 17, 18, 21.
2 Mavzu. Merkantilizm ta’limoti va bosqichlari.

Merkantilizmning moxiyati va uning bosqichlari. Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 10, 12, 14, 15, 16, 18, 21.
3 Mavzu. Ilk klassik maktab ta’limotlari.

P. Buagilbergning iqtisodiy qarashlari. Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti. Fransua Kene va Tyurgo.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 10, 12, 14, 15, 16, 18, 21.
4 Mavzu. Klassik maktab vakillarining ta’limotlari.

A.Smit iqtisodiy g’oyalari. A. Smitning qiymat nazariyasini rivojlanishiga qushgan xissasi. D. Rikardoning iqtisodiy g’oyalari. A. Smit va D. Rikardolarining g’oyalarining rivojlantirilishi. T. Maltusning, J.B. Seyning va J. Millning iqtisodiy g’oyalari.


Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 10, 12, 13, 14, 15, 16, 18, 21.
5 Mavzu. Klassik iqtisodiy ta’limotlarga muxolif g’oyalar va ulraning moxiyati.
S.Sismondining iqtisodiy qarashlari, uning mayda ishlab chiqarish nazariyasi. K.Robertsning iqtisodiy g’oyalari. Bozor iqtisodiyotiga muqobil g’oyalar. Germaniyadagi tarixiy maktablar iqtisodiy g’oyalarning moxiyati.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 6, 10, 12, 14, 15, 16, 18, 21.


6 Mavzu. Marjinalizm iqtisodiy ta’limoti xususiyotlari.
Marjinalizmning umumiy ta’rifi. Ishlab chiqarish omillari eng yuqori unumdorligi nazariyasi. Lozanna maktabi. L. Valrasning umumiy iqtisodiy muvozanat modeli.
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 7, 8, 9, 10, 12, 14, 15, 16, 18, 19, 20, 21.
7 Mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosiy yo’nalishlari.

R. Kommans, K.Mitchel iqtisodiy g’oyalari. Ijtimoiy institutsional yo’nalish. Samuelsonning “Ekonomiks” asaridagi asosiy g’oyalar. Monetarizm va neoliberalizm evolyusiyasi.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10, 12, 14, 15, 16, 17, 18, 21.
8 Mavzu. Keyns ta’limoti va keynschilik.

Bozor iqtisodiyotining kamchiliklari: ishsizlik va inflyatsiya. Keynschilik va neokeynschilikning bir-biridan farqi. Keyns g’oyalarining xozirgi davrdagi ahamiyati.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 21.
9 Mavzu. Jahon xo’jaligi to’g’risidagi iqtisodiy ta’limotlar.

Jahon xo’jaligi to’g’risidagi iqtisodiy nazariyaning asosiy xususiyatlari. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to’g’risidagi g’oyalar. Halqaro iqtisodiy tashkilotlar.


Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 15, 16, 18, 21.
10 Mavzu. O’zbekiston Respublikasidagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o’tish davri ta’limotlari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishga tadrijiy (evolyutsion) yo’l tutilishi sabablari. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bosqichlari va xususiyatlari. O’zbekiston iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish (liberallashtirish) vazifalari.

Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 15, 16, 17, 18, 19, 21.



Mustaqil ta’lim mavzulari:

Qadimgi xitoy iqtisodiy ta’limotlari





Bu fanda asosiy e’tibor referat tayyorlash, ma’ruza qilish, kurgazmali qurollar tayyorlash, test tuzish kabi usullaridan foydalaniladi. Chunki o’quv rejasi bo’yicha ajratilgan o’quv soatlar fandagi mavzularni to’la-to’kis o’zlashtirishga imkon bermaydi.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar

Asosiy

  1. O’zbekiston Respublikasinig Konstitusiyasi.–T .:NMIU,2010 y.40 bet.

  2. Karimov.I.A. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch.T.:Manaviyat,2008-176 bet.

3. Razzaqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Maruzalar matni(lotin yozuvida) – T.”Iqtisod-moliya”, 2007 – 320 bet.

4. Razzaqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Maruzalar matni(lotin yozuvida) – T.: TDIU, 2007 – 256 bet.

5. Razzaqov A. o’rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g’oyalari. O’quv qo’llanma. –T:TDIU, 2009.-270 bet.

6. Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U. “Iqtisodiyot nazariyasi”. Fan va texnologiyalar. – T., 2005, 765 b.

7. O’zbekiston Milliy ensklopediyasi1-12 jild. –T.2000-2006 y

8. O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidagi “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz faravonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma.-T: Iqtisodiyot.-2011. -202 bet


Qo’shimcha

  1. Karimov I. A O’zbekiston Respublikasi . Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning 2010 yil 12-noyabrdagi qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi.-T.: O’zbekiston-56 bet

  2. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish , xalqimiz faravonligini oshirishga xizmat qiladi. Prizident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi-T.: O’zbekiston - 48 bet

  3. Karimov I.A. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari / I.A.Karimov .-T.: O’zbekiston ,2009.-56 bet

  4. O’zbekiston Respublikasi Prizidentining qarori. << Barkamol avlod yili>> Davlat dasturi to’g’risida. 2010 yil 27 yanvar

  5. Karimov I.A “O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li”. Prizident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va prizident devonining O’zbekiston mustaqilligining 16 yilliga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. // Xalq so’zi, 2007 yil 31 avgust.

  6. O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. Tuzuvchilar : B.Y.Xodiyev, A.SH.Bekmurodov, U.V.G’afurov, B.K. Tuxliyev.-T.: Iqtisodiyot 2009-120 bet

  7. Ekonomicheskaya istoriya mira :V 6 t./pod red. M.VKonotopova.-M.: KNORUS, T. 1-2008;-496s; T. 2 -528s;T.3-512s; T.4-384s T.5.-352; T.6-384 str

  8. Istoriya ekonomicheskix ucheniy: Uchebnoe posobie. / Pod redaksi. V. Avtonomova I dr..-M.:INFRA-M, 2009.-784 str.

  9. Bekkin R.I. Islamskaya ekonomika. Kratkiy kurs.- M.: AST: Vostok- Zapad , 2008-288str

  10. Sutirin S.F, i dr.. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. Ucheb. Pos.-M.:Eksmo, 2010-368str

  11. Xolopov A.V. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. Ucheb. Pos.-M.:Eksmo, 2009.-464 str

  12. Vexi Ekonomicheskoy misli (Byukenen-Samuelson) Ekonomika blagosostoyanie i obshestvenniy vibor. T.4.- S-P.burg, 2004. 568 str

  13. Moris Alle. Globalizatsiya. Razrushenie usloviy zanyatosti i ekonomicheskogo rosta . … - M.:TEIS, 2003.-314 str

  14. Fridmen M.. Osnovi monetarizma .- M .:TEIS, 2003.-175 str.

  15. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining tegishli yillar bo;yicha statistic to’plamlari.

16.Razzaqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Toshkent. 2009.

17.Razzaqov A., Toshmatov Sh., O’rmonov N. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi.Toshkent.”Moliya”2002


Internet ma’lumotlari

  1. http://www.uzoumt.uz,

  2. http://www.econ.reviw&cer.uz,

  3. http://www.nobel.ru,

  4. http://www.gov.uz.

Yüklə 390,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə