O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi OlmazorTibbiyot kolleji
«Kelishildi»
Kollej uslubchisi
G. K. Mannonova
_________
«_____» ___________ 20___
|
|
«Tasdiqlayman»
O’quv ishlar bo’yicha
Direktor o’rinbosari
I. U. Baxromov __________________
«_____» __________20 ___ y
|
Biologiya fanidan ma’ruzalar matni
“Farmatsiya, Hamshiralik ishi,Labaratoriya-diagnostika” yo’nalishlari uchun I kurs I va II semestr 70 soat
O’qituvchilar: Mirzayeva.Z, Qodirova. M. A.
Kafedra yig’ilishida
Ko’rildi va tasdiqlandi.
Kafedra mudiri._________
Bayonnoma № “__” 20 y
Toshkent
Mavzular ro’yhati.
I. Biologik nazariya va qonunlar.
1. Kirish. Biologiya fanining maqsadi va vazifalari, ilmiy-tatqiqot usullari, muammolari.Biologiya fanining qishloq xo’jalik, tibbiyot, san’at, o’rmonchilik, baliqchilik, tabiatni muxofaza qilishdagi ahamiyati.
2. Hujayra nazariyasi. Aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalarning hujayradagi o’rni. Oqsil biosintezining o’rni.
3. Asosiy genetik tushuncha va qonuniyatlar .
4. Genetikaga oid masalalar yechish .
5. O’zgaruvchanlik va uning xillari. Mutatsiyalarning seleksiyadagi ahamiyati.
II. Genetik injeneriya va biotexnologiya.
6. Gen injeneriyasi va biotexnologiya haqida tushuncha.
7. Irsiyatning moddiy asoslarini o’rganish tarixi. Transformatsiya, transduktsiya hodisalari.
8. Ko’chib yuruvchi genetik elementlar – transpozonlar, plazmidalar, restraktsion endonukleozalar. Genetik injeneriya metodlari.
9. Rekombinativ DNK olish. Genlarni klonlash.
10. O’zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida qilinayotgan tadqiqotlar va olingan natijalar. Biotexnologiyaning kelajagi haqida.
III. Evolyutsion ta’limot.
11. Evolyutsion tushunchalarning paydo bo’lishi. Evolyutsion ta’limotning
tabiiy – ilmiy va ijtimoiy – iqtisodiy asoslari.
12. Darvin ta’limotining mohiyati. Organizmlarda irsiyat va o’zgaruvchanlik. Sun’iy tanlash.
13. Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish.
14. Organizmlarning moslanishi va ularning nisbiyligi.
15. Tur evolyutsiyasining asosiy asosiy bosqichi.
16. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi.
IV. Organik olamning evolyutsiya dalillari.
17. Evolyutsiyani isbotlashda molekulyar biologiya dalillari.
18. Evolyutsiyani isbotlashda embriologik solishtirma anatomiya paleontologiya dalillari.
19. Evolyutsiyani biogeografik fan dalillari.
V. Organik olamning paydo bo’lishi va rivojlanishi.
20. Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Hayot tushunchasi hayotning paydo bo’lishi haqida asosiy nazariyalar.
21. Evolyutsion jarayonning turli yo’nalishlari.
22. Turli era va davrlarda o’simliklar va hayvonot dunyosining murakkablashuvi va xilma-xilligi.
VI. Odamning paydo bo’lishi.
23. Antropogenezni harakatlantiruvchi omillar. Odam evolyutsiyasining asosiy yo’nalishlari.
24. Odamning paydo bo’lishida biologik va ijtimoiy omillarning roli va odam irqlari to’g’risida .
VII. Ekologiya asoslari.
25. Ekologiya fani, uning vazifasi va uni o’rganish usullari.
26. Abiotik omillar. Iqlim omillari. Tuproq va topografik omillar. Tabiatda mavsumiylik.
27. Muhitning biotik omillari. Tur va populyatsiyaning ekologik ta’rifi.
28. Turlarni muhofaza qilish.
29. Ekologik tizimlar. Biogeosenozlar va ularning xususiyatlari. Oziq zanjirlari va ekologik piramidalar.
30. Tabiiy va sun’iy ekosistemalar.
31. Inson ekologiyasi.
VIII. Biosfera evolyutsiyasi.
32. Biosfera. Chegaralari, tarkibi, funksiyalari, biomassasi.
33. Biosferada moddalar va energiya aylanishi. Biogen va migratsiya.
34. Biosfera evolyutsiyasi. Biogenez. Noogenez. Noosfera tushunchalari.
35. Insonning biosferaga ta’siri. Biosferani himoya qilish muammolari.
Mavzular ro’yhati.
I - kurs I semestr Nazariy dars - 34 soat
I. Biologik nazariya va qonunlar.
1. Kirish. Biologiya fanining maqsadi va vazifalari, ilmiy-tatqiqot usullari, muammolari.Biologiya fanining qishloq xo’jalik, tibbiyot, san’at, o’rmonchilik, baliqchilik, tabiatni muxofaza qilishdagi ahamiyati.
2. Hujayra nazariyasi. Aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalarning hujayradagi o’rni. Oqsil biosintezining o’rni.
3. Asosiy genetik tushuncha va qonuniyatlar .
4. Genetikaga oid masalalar yechish .
5. O’zgaruvchanlik va uning xillari. Mutatsiyalarning seleksiyadagi ahamiyati.
II. Genetik injeneriya va biotexnologiya.
6. Gen injeneriyasi va biotexnologiya haqida tushuncha.
7. Irsiyatning moddiy asoslarini o’rganish tarixi. Transformatsiya, transduktsiya hodisalari.
8. Ko’chib yuruvchi genetik elementlar – transpozonlar, plazmidalar, restraktsion endonukleozalar. Genetik injeneriya metodlari.
9. Rekombinativ DNK olish. Genlarni klonlash.
10. O’zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida qilinayotgan tadqiqotlar va olingan natijalar. Biotexnologiyaning kelajagi haqida.
III. Evolyutsion ta’limot.
11. Evolyutsion tushunchalarning paydo bo’lishi. Evolyutsion ta’limotning
tabiiy – ilmiy va ijtimoiy – iqtisodiy asoslari.
12. Darvin ta’limotining mohiyati. Organizmlarda irsiyat va o’zgaruvchanlik. Sun’iy tanlash.
13. Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish.
14. Organizmlarning moslanishi va ularning nisbiyligi.
15. Tur evolyutsiyasining asosiy asosiy bosqichi.
16. Evolyutsiyaning sintetik nazariyasi.
IV. Organik olamning evolyutsiya dalillari.
17. Evolyutsiyani isbotlashda molekulyar biologiya dalillari.
Mavzu- 1: Kirish. Biologiya fanining maqsadi va vazifalari, ilmiy – tadqiqot usullari, muammolari. Biologiya fanining qishloq ho’jalik, tibbiyot, sanoat, o’rmonchiliik, baliqchilik, tabiatni muhofaza qilishdagi ahamaiyati.
Reja:
- Biologiya fanining maqsadi va vazifalarini.
- Biologiya fanining qishloq xo’jaligidagi tibbiyotdagi va sanoatdagi ahamiyatini.
- Biologiya fanining o’rmonchilik, baliqchilikdagi tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyatini.
- Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlarini.
- Biologiya fanidagi muammolarni.
Biologiya yunoncha bios – hayot, logos – fan, ya’ni hayot to’g’risidagi fan degan ma’noni anglatadi.
Hayotnining molekula, hujayra, organizm, populatsiya – tur, biogeotsenoz, biosfera darajalari mavjud. Har qanday tirik mavjudod murakkab tuzilishga ega bo’lmasin, u bilogik molekulalar – nuklein kislotalar, oqsillar va boshqa organik moddalardan tashkil topgan. Ana shu darajadan boshlab hayotning o’ziga hos hossalari – modda va energiya almashinuvi, irsiy axborot berilishi amalga oshadi.
Hujayra barcha tirik mavjudotlarning tuzilishi, funksional rivojlanish birligi hisoblanadi. Hayot tuzilishining hujayra darajasida faqat moddalar, energiya almashinuvi, irsiy axborot berilishi ro’y bermasdan, balki tiriklikning bir butunligi ta’minlanadi. Organizm darajasi indivicd hisoblanadi. Hayotnning shu darajasida yuqorida qayd etilgan hayotga hos hossalaridan tashqari, shaxsiy rivojlanish, o’lim kuzatiladi. Organizm tuzilish darajasida har-hil vazifani bajaruvchi organlar sistemasi paydo bo’ladi.
Hayotning populyatsiyasi – tur darajasining birligi populyatsiya sanaladi.Odatda populyatsiya deyilganda tur tarqalgan arealning ma’lum qismida yashashga moslashgan, o’zaro erkin chatishib nasl beradigan, shu turga mansub boshqa organizmlar guruhidan nisbatan alohidalashgan, barqaror organizmlar guruhi tushuniladi. Yaqin populyatsiyalar birlashib,biologik turni hosil qiladilar.
Hayot tuzilishining populyatsiya – tur darajasidan boshlab evolutsion yangilanish ro’y beradi. Tabiatda har bir tur alohida – alohida emas, balki boshqa turlar, anorganik tabiat bilan doimo aloqada bo’ladi. Tuzilishi turlicha murakkablikda bo’lgan har xil sistematik guruhlarga mansub turlarning tarixiy rivojlanish jarayonida anorganik tabiat bilan tarkib topgan nisbatan barqaror sistema “biogeotsenoz” deb nomlanadi.
Biogeotsenoz darajasi o’z – o’zini boshqaradigan biologik sistema hisoblanadi. Biogeotsenozlar birlashib, hayotning biosfera darajasini tashkil etadi.Hayotning biosfera darajasi Yerdagi hayotning barcha shakli va ko’rinishlarini qamrab olgan. Hayot tuzilishining bu darajasida moddalar va energiyaning davra bo’ylab aylanishi sodir bo’ladi. U hamma tirik organizmlar hayot faoliyatlari bilan bog’liq holda ro’y beradi.
Biologiya – fanlar sistemasi. Tekshirish obektiga ko’ra biologiya fani bir qancha sohalarga bo’linadi. Botanika – o’simliklar, zoologiya – hayvonlar, mikrobiologiya – mikroorganizmlar, gidrobiologiya – suv muhitidagi organizmlar, paleontologiya – qazilma holdagi organizmlar, ekologiya esa organizm bilan muhit orasidagi aloqa to’g’risidagi fan hisoblanadi. Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlari bo’yicha ham turlifanlarga ajraladi.
Chunonchi, anatomiya – organizmlar, organlar tuzilishini, fiziologiya esa funksiyasini, embriologiya – murtak rivojlanishini, sistematika – organizmlarning sistematik guruhlarini,o’zaro qarindoshlik munosabatlarini tadqiq etadi. Biologiyaning ba’zi sohalari boshqa tabiiy fanlar hamkorligida paydo bo’lgan. Biologik sistemalarda ro’y beradigan fizik – kimyoviy jarayonlar haqidagi biofizika, organizmlar kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlar to’g’risidagi biokimyo fanlari shular jumlasiga kiradi. Bionika ham biologiyaning bir yo’nalishi bo’lib, organizmlar hayot faoliyatining o’ziga hos jihatlaridan texnik sistemalar yaratilishi, biotexnologiya esa tirik organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo’llashni maqsad qilib qo’yadi.
Biologiyaning ilmiy- tadqiqot metodlari. Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy – tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi.
“Kuzatish metodi” organizmlar va ularning atrof muhitda ro’y beradigan hodisalarni tavsiflash va taxlil qilish imkonini beradi. Mazkur metod biologiya faning ilk rivojlanishdavrdan boshlab qo’llanib kelinmoqda. Hozirgi paytda bu metod o’z mavqeyini yo’qatgani yo’q. U botanika, zoologiya va biologiyaning boshqa ko’pgina sohalarida keng qo’llaniladi.Turli organizmlar sistematik guruhlar, jamoalar, ularning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiy qismlardagi o’xshashlik va farqlar “taqqoslash metodi” yordamida o’rganiladi. Maskur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya, embriologiya va shu singari fanlarda foydalaniladi.Taqqoslash metodi yordamida hujayra nazariyasi biogenetik qonun, irsiy o’zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan.
Turli sistematik guruhlar, organizmlar, ular organlarining ta-rixiy jarayonda paydo bo'lishi, takomillashish qonuniyatlari tarixiy metod yordamida aniqlanadi. Bu metod orqali organik olamning cvolutsion ta'limoti yaratildi. Ma'lum maqsadlarni ko'zlab barpo clilgan sharoitlarda tirik organizmlar tuzilishi, hayot jarayonlarini kuzatish eksperimental metod orqali amalga oshiriladi. Bu metod organizmlar xatti-harakati, tuzilishi, xossalari mohiyatini chuqur-ioq tadqiq qilish imkonini beradi.
Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi biologik tadqiqotlarda modellashtirish metodidan foydalanishni laqozo etmoqda. Modellashtirish metodining mazmuni tirik tabi-atdagi biror voqea-hodisa yoki uning muhim jihatlari matematik belgilarga aylantirilib model tarzida qayta tiklab o'rganishdan ibo-rat. Ma'lum vaqtdan keyin ana shu modelda qanday o'zgarishlar, liodisalar ro'y berishi mumkinligi elektron hisoblash mashinasi yordamida aniqlanadi. Modellashtirish metodining afzalligi shunda-ki, u tirik tabiatda kelgusida bo'lishi mumkin bo'lgan voqea-hodisalarni oldindan bilish imkonini beradi.
Biologiya fanidagi muammolar. Biologiya fanida hali o’z yechimini topmagan bir qancha muammolar mavjud. Ulardan biri hayotning, ikkinchisi odamning paydo bo’lishi, uchinchisi tafakkur va xotira qonuniyatlarini bilish maqsadida bosh miya faoliyati mexanizmlarini o’rganish, to’tinchisi hayvonlar, odamlarning embrional taraqqiyotida genetik axborot tufayli to’qima organlar va organizm rivojlanishini aniqlash, beshinchisi bir hujayrali va ko’p hujayrali organizmlarning boshqarish funksiyalarini aniqlash, oltinchisi odam umrini uzaytirish kabi muammolardir.
Biologiya fanining ahamiyati. Hozirgi davrda insoniyat oldida bir qancha muammolar vujudga kelmoqda. Ulardan biri oziq-ovqat bilan bog’liq muammodir. Ma’lumki, jahon aholisining soni yildan yilga ko’payib bormoqda. XXI asrning boshida sayyoramiz aholsining soni 6 mlrd.dan ortib ketdi. Har kishi normal hayot kechirishi uchun bir kecha-kunduzda 100-120 g oqsil ite’mol qilishi zarur. Vaholanki, ko’pchilik aholining iste’mol qiladigan kunlik oqsili 50-60 g dan oshmaydi. Inson hayoti uchun zarur bo’lgan yog’li, uglevodli oziqalarning yetishmasligi ham sezilmoqda. Binobarin biologiya fani oldida turgan birinchi vazifa insonlarning oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan nazariy va amaliy muammolarni hal etishdan iborat. Bu sohada seleksiyada ko'p yillardan beri qo'llanib kelinayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, genetik injeneriya — genlarni sintez qilish, ko'chirib o'tkazish, somatik hujayralarni duragaylash, allofen organizmlar yetishtirish va boshqa metodlardan foydalanish nihoyatda samarali bo'ladi.
Biologiya fanining ikkinchi vazifasi inson salomatligi bilan alo-qador. Inson genetikasi sohasida tadqiqot olib borayotgan olim-larning e'tirof etishicha, hozirgi vaqtda odamlarda 4000 dan ortiq irsiy kasalliklar mavjud. Ular asosan xromosoma va genlar tuzilishi funksiyasining o'zgarishi bilan bog'liq. Insonlardagi irsiy kasalliklar genetikasini o'rganish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nihoyatda muhim sanaladi. Bu muammoni ijobiy hal etish faqat inson genetikasi emas, shu bilan birga genetik injeneriya va biotexnologiya rivoji bilan uzviy bog'liq.
Hozirgi vaqtda eng xavfli hodisalardan biri tabiatning tobora kambag'allashib borayotganligidir. Bu ayniqsa inson faoliyati uchun nihoyatda foydali bo'lgan o'simlik va hayvon turlarining yil-dan yilga kamayib ketayotganligida ko'zga
yaqqol tashlanadi. Faqat O'zbekistonning o'zida 400 dan ortiq o'simlik turi, 400 ta hayvon turi noyobligi buning yorqin dalilidir.
Keyingi vaqtda yangi navlar va zotlarning tarqalishi hisobiga xalq seleksiyasi tomonidan chiqarilgan mahalliy sharoitga yaxshi moslashgan nav va zotlar kamayib, ba'zan esa tamomila yo'qolib ketmoqda. Xususan, Yevropada mahalliy hayvonlarning 175 ta zotidan 115 tasi tamomila yo'qolib ketish arafasida turibdi.
Binobarin biologiya fani oldida turgan muammolardan yana biri yowoyi, xonakilashtirilgan hayvonlar, madaniy o'simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Yangi shaharlar, sanoat markazlarining bunyod etilishi ilmiy-texnika taraqqiyoti, qishloq xo'jaligi va shaxsiy hayotda turli kimyo-viy moddalardan foydalanish, sanoat, transport va inson chiqindi-lari tufayli tabiatning ifloslanishi avj olmoqda. Tabiatni muhofaza qilishda qishloq xo'jaligida o'z-o'zidan bargini to'kadigan g'o'za navlarini yaratish, almashlab ekishni joriy etish, parazit va zararku-nanda hasharotlar va boshqa organizmlarga qarshi kurashning, shuningdek, suv, havoning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, sho'rla-nishning oldini olishning biologik usullarini izlab topish va amali-volga qo'llash nihoyatda dolzarb hisoblanadi.
Mustahkamlash uchun savollar.
-
Biologiya fani nimani o’rganadi?
-
Biologiya qanday fanlar sistemasini o’z ichiga oladi?
-
Biologiyaning qanday ilmiy – tadqiqot metodlarini bilasiz?
-
Hozirgi kunda biologiya fanidagi qanday muammolarni bilasiz?
-
Biologiya fanining ahamiyatini ayting?
Mavzuga oid tayanch iboralar:
Biologiya – bio – hayot, logos – fan.
Biogeotsenoz – turlarning tarixiy rivojlanish jarayonidagi barqaror sistema
Botanika – o’simlik to’g’risidagi fan
Zoologiya – hayvonlar to’g’risidagi fan
Mikrobiologiya – mikroorganizm haqidagi fan
Ekologiya – ekos – joy, logos- fan
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil
2.G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil
3.Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil
4.J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil
5. Ochil Mavlonov “Biologiya” Toshkent 2008 yil
Mavzu- 2: Hujayra nazariyasi. Aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalarning hujayradagi o’rni. Oqsil biosintezining mohiyati.
Reja:
- Hujayra nazariyasi
- Aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalarning hujayradagi o’rni.
- Nuklein kislotalarning hujayradagi o’rni.
- Oqsil biosintezining mohiyati.
Barcha tirik organizmlar hujayralardan tarkib topgan. Hujayralarning shakli va tuzilishi har xil . Lekin hamma hujayralar qobiq, yadro, stoplazma va unda joylashgan organoidlardan iborat.
Organik olam o’zining hujayraviy tuzilishi bilan anorganik olamdan farq qilsada, kimyoviy
Tarkibi bilan o’xshaydi.O’simlik va hayvon hujayrasida ham ko’p o’xshashliklar bor.
O’simlik va hayvon hujayralarini solishtirish.
elgilari
|
O’simlik hujayrasi
|
Hayvon hujayrasi
|
Plastidlar
|
Xromoplastlar, leykoplastlar, xloroplastlar
|
Yo’q
|
Oziqlanish
|
Aftotrof, fototrof
|
Geterotrof
|
ATF sintezi
|
Xloroplast va mitoxandriyalar
|
Mitoxandriyalar
|
ATF parjalanishi
|
Xloroplastlarda va hujayralarning energiya sarf qilinadigan barja qismida
|
Hujayraning energiya sarf qilinadigan barcha qismlarida
|
Hujayra markazi
|
Tuban o’simliklar hujayrasida
|
Hamma havyon hujayrasida
|
Hujayra qobig’ining sirtqi qavati
|
Sellilozadan iborat
|
Glikokaliksdan iborat
|
Vakuollar
|
Hujayra shirasi bilan to’lgan yirik bo’shliqlar
|
Qisqaruvchi va hazm qiluvchi
|
Lizosomalar
|
Zamburug’ hujayralarida bo’ladi
|
Hamma hayvon hujayrasida bo’ladi
|
Suv va oziq moddalarni hujayra ichiga o’tishi
|
Diffuziya, pinositoz
|
Diffuziya, pinositoz, fagositoz
|
Hujayra tarkibiy qismlarini tuzilishi va funksiyalari
Tarkibiy qismlar
|
Tuzulishi
|
Funksiyalari
|
Hujayra qobig’i
|
Sirtqi glikokaliks yoki selliloza osti plasmatik memranadan iborat
|
Tayanch, himoya,hujayralarni o’zaro bog’lash, retseptorlik.
|
Sitoplazma
|
Tarkibi suv va organik moddadan iborat quyuq modda
|
Hujayra tarkibiy qismlarini bir butun qilib bog’lab turadi
|
Endoplazmatik to’r
|
Naychalar, bo’shliqlar, pufaklarni hosil qiluvchi silliq va donador memranalar sistemasidan iborat
|
Moddalarni tashish, oqsil sinteziga qatnashish, lipidlar va uglevodlar sintezlash ATF tashish
|
Ribosomalar
|
Dumaloq, memranasiz, katta va kichik birliklardan iborat
|
Oqsillar sintezlaydi
|
Gol’ji kompleksi
|
Bir memranali yassi bo’shliqlar, o’roqsimon tanachalar, yirik va mayda pufakchalardan iborat
|
Hujayraga kuradigan sintezlashgan va parchalanish mahsulotlarini pufakchalar holida chiqarish, uglevod sintezlash, hujayra memranasi, lizosomalar hosil qilish
|
Hujayra markazi
|
Memranasiz ikkita sentriol
|
Hujayra bo’linishida bo’linish dukini hosil qiladi
|
Lizosomalar
|
Bir memranali dumaloq organoid
|
Keraksiz hujayra qismlarini avtoliz qilish, hazm vakuollarini hosil qilish
|
Mitoxandriyalar
|
Qo’sh memranali organoid, o’zining DNK, RNK oqsillariga ega
|
Nafas olish va energetik markaz. ATF sintezlaydi
|
Plastidalar
|
Qo’sh memranali organoid
|
FS da ishtiroq etadi, rang beradi,kraxmal to’playdi.
|
Yadro
|
Qo’sh memranali organoid, yadro qobig’i , shirasi, xromosomalar, yadrochadan iborat
|
Irsiy axborotni saqlash va ko’paytirish, hujayradagi moddalar almashinuvini idora qilish
|
Hujayra tarkibida Mendeleyev Davriy sistemasidagi 109 elementdan 60 tasi topilgan. Hujayra tarkibiga kirgan elementlar:
Asosiy elementlar: O2, C, H2, N2. (98 % ni tashkil etadi)
Makroelementlar: K, P, S, Mg, Fe, Cl, Ca, Na.
Mikroelementlar: Zn, Mo, I, Ba, Li, Br
Ultramikroelementlarga farqlanadi.
Hujayra tarkibiga kiradigan moddalarni:
Anorganik moddalarga: suv va mineral tizlar
Organik moddalarga: oqsil, uglevod, yog’lar, nuklein kislotalar, vitaminlar, garmonlar – ga farqlanadi. Hujayrada kechadigan biokimyoviy jarayonlar suv muhitida.
X ususan: 1 gr oqsil parchalanganda 4,2 kkal
1 gr yog’parchalanganda 9,3 kkal energiya ajraladi
1 gr uglevod parchalanganda 4,2 kkal
Metabolizm deb ataladigan kimyoviy jarayonlarda tirik organizmlarda sodir bo’lib turadigan o’sih, rivojlanish, ko’payish, harakatlanish va tashqi muhit bilan munosabatlar ta’minlanadi.
Tabiatda tirik organizmlar ikki hil usulda jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payadi.
Jinssiz ko’payish: 1) oddiy bo’linish orqali (amyoba)
2) kurtaklanish (gidra)
3) tanani bir necha bo’laklarga bo’linishi (oq planariya)
4) sporalar yordamida (yo’sinlar, qirqquloqlar)
5) vegetativ: piyozboshchalar – lola, tugunaklar – kartoshka, ildizpoya – yalpiz ajriq, gulsafsar.
Jinsiy ko’payish – jinsiy gametalar qo’shilishi va urug’lanishidan iborat.
Harbir organizm ma’lum vaqt oralig’ida rivojlanadi, yashaydi, so’ng o’ladi. Lekin organizmlardagi urchish tufayli tur barqarorligi saqlanadi. Irsiyat tufayli har bir tirik organizm o’ziga o’xshash, organizmlarni hosil qiladi. Irsiyat tufayli belgilar nasldan naslga o’tadi va saqlanadi. Organizmlarning individlari rivojlanish jarayonida yangi belgilarni hosil qilish xususiyati o’zgaruvchanlik deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |