O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 240,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix05.06.2018
ölçüsü240,95 Kb.
#47437
1   2   3   4   5   6   7   8   9

 

gavdaning  tuzilishidagi  asabiylashish  (favqulodda  engillik  yoki  oriqlash  va  hokozalarga 



ko’ra).  Aura  sifatida  murakkab  ruhiy  zo’riqish  holatida,  ya’ni  avvaldan  ko’ringandan 

hayajonlanish  yoki  “hech  qachon  ko’rinmaganning  takrorlanishidan  tashvishlanib 

takrorlanish  mumkin.  Aura  tutqanoq  tutib  yiqilish  darajasida  kuzatiladi,  uning 

simptomlari  tutqanoqning  keingi  bosqichlarida  rivojlanmasligi  mumkin.  Aura  epileptik 

o’choqni aniqlashda va tashhis qo’yishda ahamiyatga ega. 

Auradan  keyin  tutqanoqning  tonik  fazasi  keladi.  U  to’liq  hushidan  ketish, 

boshlang’ich  qichqiriq,  ya’ni  tutqanoq  tutishdan  oldin  havo  nafas  yo’lini  qisqatiradi. 

Kasal odatda, oldingi tomonga yiqiladi, ko’pincha jarohatlanadi, biron a’zosi sinadi yoki 

chiqadi.  Bosh  orqaga  qayriladi  ,  ko’z  katta  ochilgan,  nazari  harakatsiz.  Gavdasi 

kuchlanishli,  qo’l  barmoqlari  mushti  tugilgan  bo’ladi.  Dastlabki  oqarish  tsianoz  bilan 

almashadi. 

Tonik faza 10-30 sekund davom etganidan keyin 1-2 minut  klonik faza keladi. U 

gavda qismi va a’zolarining ketma-ket bukilib yoki yozilib turishi, nafas yo’lida xirillash 

va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. 

Harakatdagi kuchlanish ko’pincha chuqur va og’ir nafas olish bilan yakunlanadi. 

Tutqanoqli  yiqilishdan  keyin  kasal  odamda  yana  bir  necha  minut  es-hushi  tiniq 

bo’lmagan  holatda  bo’ladi.  Ba’zi  kasallar  yiqilganidan  so’ng  o’ziga  kelganidan  keyin 

darhol  turib  o’zining  ishini  davom  ettiradi,  boshqalar  esa  10-20  minut  chuqur  uyquga 

ketadi. Tutqanoq tutib yiqilgandan so’ng  uning to’liq amneziyasi boshlanadi. 

Bolalarda generalizovan yirik tutqanoq epilepsiya formasida tez-tez  uchrab turadi. 

Uch  yoshgacha  bo’lgan  davrida  huruj  xarakterlikdir,  gavdaning  yarmini  qamrab  oladi, 

tonik fazani qamrab olgan holatda. Alohida ko’rinishdagi yana bir holati, bolaning  boshi 

bir tomonga buriladi yoki butun gavdasi o’ng yoki chap tomonga qaragan bo’ladi. 

Uch  yoshdan  katta  bolalarda  esa  yirik  qaltiroq  kattalarda  bo’ladigan  hurujni 

eslatadi.  Aura  kattalarga  qaraganda  bolalarda  kamroq  bo’ladi.  Bolalarda  qaltiroq 

qichqirish bilan emas, ingranish, va  hushdan ketishi bilan boshlanadi, undan keyin tonik 

faza  keladi.  Bu  faza  (odatda,  uzoq  davom  etadi)  tomirlarning  intensiv  tonik  qisqarishi 

bilan  xarakterlanadi.  Bolalarda  tonik  fazadan  klonik  fazaga  o’tish  jarayoni  aniq 

ifodalanmaydi.  Klonik  fazada    tutqanoq  tutishi  generalizovan  holatida  va  ritmik 

xarakterda,  ko’pincha  lokalizatsiya  boshlanishi  ko’rinishiga  ega.  Epileptik    huruj  bir 

necha sekundga cho’ziladi, kamdan-kam bir necha minut bo’ladi. 

Kichik  tutqanoq  (petit  mal)  katta  tutqanoqqa  o’xshagan  tipik  holatlardan  ajratib 

turadi, lekin bunda simptomatlik polimorfizm ko’pdir. 

Absans  tutqanoq  hurujining  oddiyroq  ko’rinishdir.  U  birdaniga  qisqa  vaqtda 

ko’rinadi (bir necha sekundgacha) va to’liq hushdan ketishiga olib keladi. Kasal soviydi, 

lekin  yiqilmaydi,  gavdani  tutqanoq  huruji  boshlanishidan  oldingi  holatda  tutib  turadi. 

Huruj  ba’zida  avtomatik  xususiyatda  ojiz  ko’rinishda  (masalan,  kasal  barmoqlarini 

harakatga keltiradi va labini qimirlatadi). 

Absans  huruji  qanday  tez  boshlangan  bo’lsa, shunday  tez  tuxtaydi.  Kasal  esa  o’z 

faoliyatini hech narsa bo’lmagandek davom etiradi, u nima yuz berganini bilmaydi.  

Absanslarning  bunday  ko’rinishi  bolalar  yoshida  kichik  hurujning  tez 

takrorlanadigan  ko’rinishi  emas.  Ko’pincha  bolalarda  kichik  hurujlar  guruhiga  kiruvchi 

triada, deb nomlangan hurujlar uchraydi. 

Bunga qo’yidagilar kiradi: 




 

a)  Propulsiv  kichik  hurujlar.  Absanslarga  o’xshagan  qisqa  muddatli,  xotirani 



butunlay  yo’qotadi,  ular  turli  harakatlanish  ko’rinishida,  gavdaning  butunligicha  yoki 

qisman  olg’a    intilishga  olib  keladi.  Propulsiv  hurujlar  guruhini  “salaamov”,  “yashin 

tezligida”, “kivatel”, va “astatik”ga ajratiladi. Salaamov huruji oldidan bolaning boshi va 

gavdaning yuqori qismi sekin tonik hurujdek oldinga egiladi, tomirlar atrofga va yuqoriga 

harakatlanadi,  yashin  tezligidagi  hurujdan  intensivligi  bilan  farqlanadi.  Shunday  vaqtda 

harakatlanish  tez  va  birdaniga  yuz  beradi.  Yotganda  bosh  ko’tariladi,  o’tirganda  esa 

kutilmagan paytida oldinga egiladi. 

Astatik yoki akinetik huruj oldidan kasal bir necha daqiqaga xushidan ketar ekan , 

tomirlari bo’shashadi, lekin tezlikda yana ko’tariladi. 

Yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  hurujlar  bolalik  yoshining  ilk  davriga  to’g’ri  keladi, 

ko’pincha bir yoshlarda yuz beradi. U yuqori chastotada xarakterlanadi. 

b)  Retropulsiv  kichik  hurujlar  ko’pincha  6-7  yoshlarda  bo’ladi,  16-17  yoshdan 

keyin ham uchraydi. Umumiy ko’rinishlari: yuqori chastotali (20 dan 100 gacha va undan 

ham yuqori, davomiyligi (2-4 daqiqa), asosiy belgilari (ko’z olmasi yuqoriga qaraydi, shu 

holatda  ba’zan  ritmik  harakati  vertikal  yo’nalishida  bo’ladi).  Bosh  tez-tez  orqaga 

tashlanadi, gavda orqa tomonidan, yoki butun gavda orqadan harakatlanib, egiladi. 

Hozirgi  paytda  ko’pgina  mualliflar  bunga  piknolepsiyani  qo’shadilar,  absans 

hurujlar  tipini,  epileptik  kasallikka  qarshi  davolashda  o’zgarish  yo’qligi,  samara 

bermaganligi uchun ba’zan bemor tuzalishiga olib keladi. 

v)  Impulsiv  (yoki  mioklonik)  kichik  hurujlar  asosan  bolalik  va  o’smirlik 

rivojlanish davrida bo’ladi. Impulsiv huruj tashqi tomondan qaraganda kuchli qo’rquvdan 

birdaniga  qaltirashni  eslatadi.  Bunday  holatda  qo’llar  tez  harakat  bilan  ochilib  yopiladi, 

unda  mavjud  bo’lgan  narsalar  otilib  ketadi.  Agar  kasal  yiqilsa,  yashin  tezligida 

yiqilganidek,  ko’pincha  shu  zahoti  o’rnidan  turadi.  Odatda  qator  itarishlar  ketma-  ket 

keladi, ba’zan yangi holatda bo’ladi. 

Mayda hurujlarning hamma ko’rinishlari og’riq qo’shilishi bilan murakkablashadi 

yoki  kichikroq  holatda  (chaynalish,  yutinish,  ovoz  chiqarish  va  boshqa  oddiy 

harakatlarda). 

Kichik  hurujlar  triadasining  har  bir  shakli  klinik  ko’rinishda  va  oqimda  o’z 

xususiyatiga  ega.  Propulsiv  shaklda  ko’proq  qo’pol  nevrologik  buzilish  va  qisman 

psixikaning  to’liq  rivojlanmaganidan bo’ladi. 

Mioklonik  hurujda  qo’pol  asabiylik  uchramaydi,  lekin  epilepsiya  uchun  xos 

bo’lgan xotirani yo’qotish va boshqalar yuzaga keladi. 

Retropulsiv shakldagi kichik huruj ruhiyatdagi nohushlik ta’siri bilan ajralib turadi, 

bunda  uzoq  davom  etgan  kasallik  natijasida  shaxsning  holatida  o’zgarish  bo’lishi 

mumkin. Qattiqroq  chastota razryadlari, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, keng miqyosda 

bo’lishi mumkin. 

Qattiqroq  huruji  ketma-ket  kelgan  paytda,  hatto  kichik  to’xtashi  bo’lganida  ham 

hotirani  yo’qotish  to’xtamaydi.  Epileptik  status  ko’p    soatda, ba’zan  esa  bir  necha  kun 

davom  etishi  mumkin.  Og’ir  komatoz  holati  rivojlanadi,  gavda  harorati  ko’tarilib  40 

darajagacha etadi, siydikda oqsil paydo bo’ladi, yurak faoliyati buziladi. 

Status  davomida  miyaning  o’tkir  shishi  bo’ladi.  Bo’larning  barchasi  bemor  o’z 

vaqtida  davolanmasa,  hayoti  uchun  havflidir.  Statusdan  so’ng  davolanish  jarayoni  og’ir 

kechadi, terapiya uncha samara bermaydi, ba’zan asablarning buzilishiga olib keladi. 




Yüklə 240,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə