O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 240,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix05.06.2018
ölçüsü240,95 Kb.
#47437
1   2   3   4   5   6   7   8   9

 

11 


paytda  o’tirolmaydi”,  intilish,  qo’liga  tushgan    hamma  narsani  olishga  urinish,  ularga 

qiziqmaslik va faoliyatning natijasiga e’tiborsizlik ularning xususiyatiga xosdir. 

Epileptik  boladagi  hayajonlanish  tez  xafa  bo’lishida  ko’rinadi,  agressiv,  o’ch 

oluvchanlik oddiy sabablardan kelib chikadi. Sabr qilmaslik, ozgina kechikish  yuzasidan 

uning  talabini  qanoatlantirmaslik,  agarda    u  keyinchalik  amalga  oshsa  ham  epileptik 

bolalarda ko’p uchraydi, natijada azoblanishiga, asossiz ravishda atrofdagilar bilan  janjal 

chiqarishiga sabab bo’ladi. 

Uning  diqqatini  boshqa  tomonga  yo’naltirish  qiyin  kechadi,  bola  uzoq  vaqt  bir 

nuqtaga tikilib qoladi, bir xil mashg’ulot bilan shug’ullanadi, muntazam gavdasini silkitib 

turadi. 


Alohida  ta’kidlash  kerakki,  epilepsiya  bilan  kasallangan  bolalarning  ba’zilarida 

asabiylashish  oshgan,  egoizm  kuchaygan,  atrofdagilarni  ta’siriga    beriluvchan, 

erkalanuvchan yoki ortiqcha hotamtoylik xususiyatlari bo’ladi. Ba’zi bolalarda xulq-atvor 

belgilari  kasallik  davomida  bir  xil,  ayrimlarida  esa  qarama-qarshi,  biridan  ikkinchisiga 

tez o’tishi kuzatiladi. Xulq-atvordagi buzilish bir xilda bo’lmasligi xarakterning epileptik 

tizimidagi rang-baranglikni o’z ichiga oladi. 

Epilepsiya  oldidan  bo’ladigan  simptomlarning  xususiyatini  ko’rib  chiqamiz. 

Odatda,  epilepsiyaning  dastlabki  simptomi  qaltirash  huruji.  Bu  fakat  bolalarning 

dastlabki  yoshiga  nisbatdan  to’g’ridir,  chunki  bu  yoshda  epilepsiyani  aniqlash  qiyin, 

sub’ektiv shikoyat bo’lmaydi. 

Maktab  yoshidagi  va  maktab  yoshigacha  bo’lgan  bolalarda  epilepsiyanikng 

boshlanish alomatlari o’rganilganida, epilepsiya qaltiroq huruji boshlanmasidan  oldinroq 

paydo bo’ladi. Epilepsiyaning tutqanoqsiz boshlang’ich davri bir  necha oydan bir necha 

yilgacha cho’ziladi. 

Kasallikni  rivojlanishi  jarayonidagi  dastlabki  bilinadi.  Epilepsiyadan  oldin  uyqu 

buzilishi jihatlari shundan iboratki: 

a) odatdan tashqari yorug’lik 

b) qo’rqish affekti namoyon bo’lishi 

v) uyqu davomiyligning buzilishi, bezovtalanish  

g) tush ko’rishning cho’zilib ketishi 

d) ba’zida uyquni muddatidan o’tkazib yuborishga o’tish, xiralashish holati 

e) ko’rgan tushlari mazmuni xotirasida saqlanib qolishi  

j) shu va boshqa tushlari muntazam takrorlanaverishi. 

Ko’rilgan  tushlari  boshqa  hayajonli  tushlar  simptomi  bilan  uyg’unlashishi 

xarakterli  belgilari  (tushda  gapirish,  tushda  yurish,  yig’lash,  kulish,  tushda  qichqirish) 

umumiy  qaltirash,  bosh  aylanish,  ayniqsa  xotiraning  o’zgarishi.  Bularning  har  biri 

alohida  holatda  epilepsiya  uchun  o’ziga  xos  xususiyati  emas,  ammo  ularning  uygunligi 

epilepsiyaning  dastlabki  alomatlarini  aniqlashga  imkon  beradi.  Epilepsiyaning  dastlabki 

davrida  bosh  og’rigi  ko’pgina  kasallarda  paydo  bo’ladi.  Biroq,  ko’pchilik  kasallarda  u 

intensiv  emas  va  klinik  ko’rinishda  etakchi  o’rin  egallamaydi.  Epilepsiya  oldidan  bosh 

og’rishining  asosiy  farqlanishi  shundaki,  progredientlik  ko’rinishdagi  belgilar 

aniqlanmaydi,  umumiy  jarayonda  o’rin  topgandek.  Shuningdek,  tungi  bosh  og’rig’i 

bo’lmaydi.  Ba’zi  bemorlarda  bosh  og’rig’i  keyinchalik  epileptik  hurujdan  xabar 

beruvchiga aylanadi. 




 

12 


Bolalarda  epilepsiyaning  boshlang’ich  darajasi  kattalarga  qaraganda  ikki  martda 

ko’proq  bo’ladi,  vistsero-vegetativ  paroksizm  kuzatiladi,  qisqa  muddatli  va  ojiz  klinik 

holatda  ajralib  turadi.  Gohida  esa  ular  faqat  vistseral  simptom  bilan  chegaralanadi. 

Masalan, xotirada saqlanib qolgan umumiy muhitda birdaniga qayd qilish ehitiyoji paydo 

bo’ladi va shu zahoti yo’qoladi. Boshqa xolatlarda paroksizm xotiraning o’zgarishi bilan, 

qator vegetativ simptomlardan iborat bo’lib, gohida turli hayajonlanishdan: tonik qaltiroq 

yoki  tomirlarning  bo’shatib  qolishi,  bilmagan  holda  siyib  qo’yish  va  boshqa  holatlar. 

Bolalarda vistsero-vegetativ paroksizmning turli ko’rinishlari shundaki, abdominal xuruj-

qorinda og’riq paydo bo’lishi ba’zida opekular fenomen bilan bog’liq bo’ladi. Bu gohida 

nevropatiya,  glistnoy  invaziya,  ovqat  toksikoinfektsiyasi,  deb  yanglishiladi.  Ajralib 

turadigan belgilari: 

a) ular paydo bo’lishida paroksizmal xarakter 

b) ovqatlanishi va psixogen payti bilan bog’liq emasligi, yo’qligi 

v) qisqa muddatlik (bir necha daqiqa 1-2 minut) 

Kattalarga qaraganda bolalarda generalizovan qaltiroq xuruji, tutqanoq ikki martda 

kam  uchraydi  va  avval    aytib  o’tilgan  holatlarda  kechadi  (tonik  xarakterda,  qisqa 

muddatli). 

Kasallikning  rivojlantirishini  kuzatib,  og’irlashish  chastotasi  va  hurujlarning 

polimorfizmini  aniqlash  mumkin.  Kasallik  hamisha  ham  progredient  holatda 

bo’lavermaydi. Ba’zi hollarda davolanish oqibatida tuzalib ketish mumkin. 

Klinik  xaritada  oldingi  o’rinda  polimorfizm  turadi.  Boshlang’ich  darajasida 

xurujning engil shakllari taqqoslanadi: uyquda paroksizmal hayajonlanish, bosh og’rig’i 

va boshqalar epilepsiya xuruji uchun katta tutqanoqlar oldida xarakterlik emas. 

Kattalarda  uchramaydigan  tonik  qaltirash  va  vistsero-vegetativ  paroksizm, 

bolalardagi  propulsiv  retropulsiv  xurujlar  bosh  miyasining  tula  shakllanmaganligi 

sabablidir. 

Epilepsiya-jiddiy kasallik va tashxos hamisha gumanlidir. Epilepsiya vaqtida o’lim 

ko’pincha  epileptik  status  jarayonida  sodir  bo’ladi,  ayrish  hollarda  bemorlar  hurujning 

o’zida  bug’ilish  va  boshqa  baxtsiz  hodisalarda  halok  bo’lishadi.  Kayfiyatning  og’ir 

buzilishi,  suitsidal  urinishlarga  olib  kelishi  ahamiyat  kasb  etadi.  Kasallik  oqibati  va 

epileptik aqliy zaiflik ko’pgina mualliflar fikriga ko’ra 50% holatda kuzatiladi. Bolalikda 

boshlangan kasallik ko’pincha og’ir aqliy zaiflikka olib keladi. 

Epilepsiyaning  rivojlanishida  alohida  holatda  qanday  faktorlar  ahamiyatli? 

Hozircha bu savolga to’liq javob berish qiyinroq. 

Bolalarda turli paroksizmal holatlar kuzatiladi, qaysiki, ular epileptik xuruj sifatida 

xato tushunish  mumkin. Ikkinchi tomondan epileptik xuruj tabiatan epileptik bo’lmagan 

paroksizm  bilan  anglashilmasligi  mumkin.  Epileptik  xurujni  shunday  qilib  quyiidagi 

paroksizmal turlarga ajratishga to’g’ri keladi. 

Spazmofiliya  xuruji.  Spazmofiliya  mineral  almashinishi  buzilishi  bilan  bog’liq 

holda yuz beradi. Bolalarda 1,5 yoshdan 3 yoshgacha kuzatiladi. Asab tomirlari o’ynashi 

kuchayishi bilan xarakterlidir. Xuruj paytida qo’l panjalari “akusher qo’li” holatida, bosh 

egilgan, yuz tomirlari qimirlab turadi, og’izdan ko’pik keladi. Tajriba ko’rsatdiki, birinchi 

qaltiroq  xuruji  maktaboldi  yoshida  yuz  beradi,  keyinchalik  epilepsiya  xususiyati  borligi 

bilinadi.  Shu  sababli  ko’pincha  uni  spazmofil  yanglishadilar.  Spazmofil  bilan  epileptik 




Yüklə 240,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə