O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 240,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix05.06.2018
ölçüsü240,95 Kb.
#47437
1   2   3   4   5   6   7   8   9

 

15 


Qo’shimcha  faktorlarga  lixoradik  ahvol,  charchash,  qayg’urish,  menstrual  davr, 

uyqu, ba’zi medikamentlar, masalan, kamfora, kardiadol, alkogol, piramidon strixnining 

va hk. 

Shunday  qilib,  epilepsiya  butun  organizmning  faoliyatida  rang-barang  buzilish 



sodir bo’lishidan paydo bo’ladi. 

Ta’kidlash  kerakki,  bunday  kasallikni  davolashda  terapevtik  davolash  samara 

beradi, u organizmning barcha f’zolari faoliyatiga ta’sir qiladi. 

Kasalni davolashda hamisha quyidagi printsiplarga amal qilish lozim: 

1.

 



Davolash  uzoq  vaqt  uzluksiz  bo’lishi.  Xuruj  to’xtashi  bilan  davolashni  to’xtamaslik 

kerak.  Oxirgisi  uch  yildan  kam  bo’lmasligi,  ehtiyotlik  bilan  dori-darmonlarni 

kamaytirish, terapiya bekor qilinguncha. 

2.

 



Ko’pchilik hollarda epileptikaga qarshi har xil preparatlarni qo’llash. 

3.

 



Har qaysi bemorga optimal dozirovkani, preparatlarni topish. 

4.

 



Epilepsiyaga  qarshi  dorilar  hamma  holatlarda  modda  almashuvi  jarayoni 

yaxshilaydigan bo’lishi lozim (glyutaminlar, kislota, vitaminlar). 

5.

 

Epilepsiyani  davolash  bilan  birga  albatta,  organizmdagi  boshqa  kasalliklarga  e’tibor 



berish. 

6.

 



Har bir holatda ham yuqori natijalarga  erishishning muhim sharti: bola  hayoti rejimi, 

tarbiya, o’qitish va mehnat faoliyatini to’g’ri tashkil qilish. 

Epilepsiyaga qarshi davolash usularini to’g’ri qo’llay bilish kerak. 

Hozirgi  paytda  antiepileptik  dori-darmonlar  ko’p,  ammo  shundan  eng  muhim 

lyuminal hisoblanadi. Geksamedik turli qaltiroq xurujlarida qo’llaydilar.  Uning ta’sirida 

ruhiy holat ham yaxshilanadi, bemorlar yumshaydi, xotirjam bo’ladilar. 

 

Benzonal  tutli  hurujlarda  qaltirashga  qarshi  ishlatiladi.  Psixomotorli  xurujda  esa 



kam samara beradi. 

Difenin yirik qaltiroq xurujlarda ishlatiladi. 

Bura tonik qaltirashda qo’llaniladi. 

Xlorakan homiladorlarga va bolalarga tavsiya qilinadi. 

Kichik xurujlarda trimetin, piknolepsin, suksilep samaralidir. 

Epilaktin xiralanish holatida, kichik va aralash xurujlarda qo’laniladi. 

Tegretol (Shveytsariya) psixomotor xurujida ayniqsa samaralidir. 

Finlepsin tegretolga o’xshash, lekin ko’p ta’sirli emas. 

Epilepsiya  davolashda  turli  dorivor  giyohlar  qo’llaniladi  (Sereysk,  Vorobyov, 

Bexterev, Brodskiy va boshqalar). 

Tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  Brodskiy  miksturasi  va  aminazin  yaxshi  ta’sir  ko’rsatadi 

(ayniqsa  katta  qaltirash  xurujida).Epileptik  status  shoshilnch  xolat,  tez  tibbiy  yordam 

ko’rsatish lozim. 

Harorat  darajasi  yuqori  ko’tarilgan-antibiotiklar,  yurak  faoliyati  buzilganida 

kordiamin, kofein, nafas yo’li buzilganida-lobelin. 

Dori-darmonlarning  faqat  o’zi  epilepsiyani  davolashda  to’liq  samara  bera  olmaydi. 

Kasallikka qarshi kurashda bolaning to’g’ri hayot kechirish ahamiyatli. Bola ko’p vaqtini 

toza  havoda  o’tkazishi  lozim.  O’z  vaqtida  doimiy  va  etarli  uyqu  bo’lishi  kerak.  To’g’ri 

ovqatlantirish, ovqat to’yimli va vitaminlarga boy bo’lmog’i  lozim. O’tkir, tuzli ovqatlar 

to’g’ri  kelmaydi.  Spirtli  ichimliklar  ichmasligi  kerak.  Uyqu  oldidan  yuvintirish  zarur. 

Quyosh nuridan saqlanish kerak. Jismoniy tarbiya bilan shug’ulanish, ko’p cho’zilmagan 



 

16 


holatda.  Tajriba  ko’rsatadiki,  hech  qanday  ma’lumot  bilan  shug’ullanmagan  kishilarda 

epilepsiya  ko’proq  bo’ladi.  Bola  kasallikka  qaramasdan  maktab  programmasini 

o’zlashtira  olsa,  maktabga  boradi,  sinfda  og’ir  kechikmalar,  xuruj  bo’lsa,  vaqtincha 

to’xtatiladi,  bu  bolalar  bog’chasiga  ham  tegishlidir.  Katta  epilepsiya  bilan  kasallangan 

o’smirlarni mehnatga jalb qilish vrach nazorati orqali bo’ladi. Har qanday foydali mexnat 

miya faoliyatini yaxshilaydi, kasalga qarshi kurashishda yordam beradi. 



Qiyosiy tashhis 

Epilepsiya tutqanog’i 

Isterik tutqanoq 

1. Xech bir psixogen omilsiz yuzaga 

kelishi mumkin 

1. Ruhiy jarohatlovchi omil natijasida, 

hech bir xabarchisiz yuzaga keladi 

2. Aura turidagi xatarchilarga ega 

2. Ruhiy jarohatlovchi omil natijasida, 

hech bir xabarchisiz yuzaga keladi 

3. Tutqanoqni keyingi kechishi: qisqa 

tonik faza, so’ngra klonik tutqanoq 

fazasidan iborat. Xurujning umumiy 

davomiyligi 1 ½ - 2 minut 

3. Tutqanoq xaotik tomtarqoq, xarakterga 

ega bo’lib, davrlar ketma- ketlikka ega 

bo’lmaydi, davomiyligi 10 minutdan bir 

necha soatgacha 

4. Tutqanoq xuruji vaktida ko’z 

qorachig’ i yorug’likka reaktsiyasi  yo’q, 

ixtiyorsiz siydik ajralishi va defikatsiya, 

tilni tishlab olish kuzatiladi 

4. Bunday belgilar kuzatilmaydi 

5. Tutkanok xurujini ishontirish yuli 

tuxtatish mumkin emas 

5. Xurujni psixoterapevtik yo’l bilan yoki 

tashhis  ta’sirlovchilar bilan to’xtatish 

mumkin. 


6. To’liq amneziya 

6. Amneziya, ko’pincha qisman. 

 

Tutqanoqqa qarshi dorilarni ta’sir mexanizmi 

 

Karbamazepinni 

ta’sir mexanizmi 

Karbamazepinni  asosiy  ta’siri  benzodiazepin  retseptorlariga  va 

kaltsiy 

kanallariga 

ta’siri, 

kindling-effektini 

pasaytirishi 

(“tebranish”  effekti),qachonki  uzilgan  signallar  affektiv  bosqichni 

shakllanishiga  olib  kelishi  mumkin.Valproat  kislota  tuzini 

terapevtik effekti GAMKergik neyrotransmissiyaga asosiy ta’sirini 

ta’minlaydi. 

Rp:Carbamazepini 0,2 

Dtd №50 in tabul. 

S.ichishga. 

 

Valproatni  ta’sir 



mexanizmi 

Valproatni  bosh neyroximik ta’sir mexanizmi hisoblanadi GAMK 

metobolizmiga ta’sir qilib neyromediatorni asosiy markaziy 

tormozlanishiga olib keadi,pre- va postsinaptik razryadlarni 

pasaytirishi va postsinaptik membranani qo’zg’alishini 

kamaytiradi. 

Rp:Convultxi 0,3 



Yüklə 240,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə