O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
EPILEPSIYA
Tibbiyot oliy o’quv yurtlari 5- kurs talabalari uchun
o’quv-uslubiy qo’llanma
Toshkent – 2010
2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
«TASDIQLAYMAN»
«KELIShILDI»
O’zR SSVning Fan va o’quv
O’zR SSVning Tibbiy ta’limni
yurtlari bosh boshqarmasi
rivojlantirish markazi
boshlig’i prof. Sh.E.Ataxanov
direktori M.S.Yusupova
_______________________________
__________________________
«___»_________________2010y
«___»_______________2010y
№_________bayonnoma
№____________bayonnoma
EPILEPSIYA
Tibbiyot oliy o’quv yurtlari 5-kurs talabalari uchun
o’quv-uslubiy qo’llanma
Toshkent – 2010
3
Tuzuvchilar:
V.K.Talimbekova – ToshPTI psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasi
mudiri, t.f.n., dotsent
A.N.Saxojko - ToshPTI psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasi
assistenti
S.B.Babaraximova - ToshPTI psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasi
assistenti
Taqrizchilar:
N.I. Xodjaeva– TTA psixiatriya kafedrasi mudirasi, t.f.d., professor
Sh.R. Suleymanov– ToshPTI psixiatriya, narkologiya va bolalar psixiatriyasi kafedrasi
katta assistenti, O’zR SSVning bosh mutaxassisi
K.Sh.Turdieva - ToshPTI “O’zbek, rus, lotin tillari” kafedrasi mudiri,
filologiya fanlari nomzodi
«Oligofreniyalar» mavzusidagi o’quv-uslubiy qo’llanma tibbiyot oliy o’quv yurtlari 5
kurs talabalari uchun mo’ljallangan.
O’quv-uslubiy qo’llanma ToshPTI MUKda muhokama qilindi.
2010 « » ____________ № bayonnoma
O’quv-uslubiy qo’llanma ToshPTI Ilmiy Kengashida tasdiqlandi.
2010 « » _________________№ bayonnoma
Ilmiy Kengash kotibi
E.A.Shomansurova
4
Mavzu: «Epilepsiya»
1. Mashg’ulotni o’tkazish joyi, jihozlanishi
- Shahar klinik ruhiy kasalliklar shifoxonasi psixiatriya, narkologiya va bolalar
psixiatriyasi kafedrasi
-shahar bolalar asab-ruhiy kasalliklar markazi.
- ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, tashhis va davolash standartlar,
patopsixologik testlar, tematik bemorlar.
2. Mashg’ulotning davomiyligi.
- 4 soat
3. Mashg’ulotning maqsadi
- epilepsiya kasalligi, uning klinik ko’rinishi to’g’risida umumiy bilim berish;
- epilepsiya kasalligining tasnifini berish;
- epilepsiya kasalligini erta tashhislashni o’rgatish;
- epilepsiya bilan og’rigan bemorlarni davolashda antiepileptik preparatlarni ta’sir
mexanizmlari to’g’risida tushuncha berish;
- epilepsiya bilan og’rigan bemorlar reabilitatsiya tamoyillarni bilishni o’rgatish.
Vazifalari:
Talabalar bilishi lozim:
- epilepsiya kasalligini klinik tashhisini qo’yish;
- boshqa ruxiy kasalliklar bilan qiyosiy tashhisot o’tkazish.
Talaba bajara olishi lozim:
Amaliy ko’nikmalarni bajarish - bemor shikoyatlarini, anamnestik ma’lumotlarni
yig’ish; bemorni klinik tekshiruvdan o’tkazish; taxminiy tashhis qo’yish uchun asosiy
anamnestik va klinik belgilarni ko’rsatish; paraklinik tekshirish uchun reja tuzish;
shoshilinch holatlarda yordam ko’rsatish.
4. Mavzuni asoslash
Epilepsiya – surunkali polietiologik asab-ruhiy kasallik bo’lib, ko’pincha bolalik
va o’smirlik davrda boshlanadi va paroksizmal buzilishlar, hissiy-irodaviy doirasidagi
shaxs o’zgarishlari bilan ifodalanadi. Shuning uchun epilepsiya kasalligini oldini olish
bolalik davrdan boshlanadi va bu kasallik nafaqat tibbiy, balki muhim ijtimoiy
muammodir.
Epilepsiya kasalligining klinikasini bilish, ayniqsa uning boshlanish
darajasini aniqlash, umumiy amaliyot shifokorlari uchun keraklidir, chunki epilepsiya
bilan kasallangan bemorlar ko’pincha uning dastlabki belgilari paydo bo’lganida ushbu
shifokorlarga murojaat qiladilar.
5. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik
Taqdim etilayotgan mavzuni o’qitish talabalarning patologik fiziologiya, tibbiy
genetika, farmakologiya bo’yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan
bilimlar, yangiliklar va natijalar nevrologiya, ambulator tibbiyot yo’nalishida kerak
bo’ladi.
6. Mashg’ulot mazmuni:
6.1. Nazariy qismi