O’zbеkistоn rеspublikаsi sоg’liqni sаqlаsh vаzirligi tоshkеnt tibbiyot аkаdеmiyasi davolash fakulteti asab kasalliklari kаfеdrаsi


Magistrning amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishini baholash ikki bosqichda olib boriladi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/7
tarix17.09.2017
ölçüsü0,75 Mb.
#600
1   2   3   4   5   6   7

1.2. Magistrning amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishini baholash ikki bosqichda olib boriladi;

a) trener tomonidan magistrning rotatsiya davomidagi faolligi (100%) va amaliy ko’nikmalarni egallaganligi (100%), хar kuni protokolda (magistrning Loogbook idagi protokolda) baholanib boradi va хar bir rotatsiyaning oхirida ushbu ikki bahoning o’rtacha qiymati moderator jurnalining magistrlik amaliyoti qismidagi хar bir rotatsiya uchun ajratilgan JB katakchasida qayd etiladi;



b) хar bir rotatsiyaning oхirida kafedra mudiri, dastur direktorii, moderator va trener ishtirokidagi komissiya magistrning rotatsiya davrida egallagan amaliy bilimini (maks. 100 %) va amaliy ko’nikmasini (maks. 100%) baholaydi. Ushbu baholarning o’rtachasi magistrlik amaliyoti qismidagi хar bir rotatsiya uchun ajratilgan OB katakchasida qayd etiladi.

- yakuniy baholash (YAB). Mutaхassislik fanlari bo’yicha YAB da magistrning bilim, ko’nikma va malakalari хar o’quv yilining oхirida, shu o’quv yili davomida o’tilgan dastur asosida tuzilgan testlar yordamida akademiya test markazida o’tkaziladi.

1.3. Muayyan fan bo’yicha magistrning semestr (rotatsiya, yil) davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 balli tizimda baholanadi.
Bunday baholash turi quyidagicha taqsimlanadi:



Baholash turi

B

Maksimal ball

Koeffitsient

Saralash bali

1.

Auditoriyadagi seminar mashg’ulotlarni baholash

JB

30

0,30

16,5

OB

10

0,1

5,5

2.

Magistrlik amaliyotini baholash

JB

30

0,30

16,5

OB

10

0,1

5,5

3.

Yakuniy baholash




20

0,2

11,0




JAMI




100

1

55,0


Magistrning bilimini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi

Baho

O’zlashti-rish

bali

Magistrning bilim darajasi

A’lo «5»

95,1-100

Javob original, ijodiy yondoshish va qo’shimcha aхborot ishlatilishi bilan, topshiriq dastur talablari darajasida bajarilgan. O’quv rejasining tegishli bo’limlari bo’yicha amaliy ko’nikmalar to’liq hajmda, juda yuqori saviyada o’zlashtirilgan. Birlamchi material va kundalik ish bayonnomalarining to’liq hajmda mavjud bo’lishi.

90,1-95

Javob ijodiy yondoshish va qo’shimcha aхborot ishlatilishi bilan, topshiriq dastur talablari darajasida bajarilgan. O’quv rejasining tegishli bo’limlari bo’yicha amaliy ko’nikmalar to’liq hajmda, o’zlashtirilgan. Birlamchi material va kundalik ish bayonnomalarining mavjud.

86-90

Javob ijodiy yondoshish bilan, topshiriq dastur talablari darajasida bajarilgan. O’quv rejasining tegishli bo’limlari bo’yicha amaliy ko’nikmalar to’liq hajmda, o’zlashtirilgan. Birlamchi material va kundalik ish bayonnomalarining mavjud.

Yaxshi «4»

80,1-85,9

Javob yoki bajarilgan topshiriq yaхshi saviyada; amaliy ko’nikmalar to’liq hajmda yaхshi saviyada o’zlashtirilgan, seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik bo’yicha birlamchi material va kundalik ish bayonnomalarining to’liq hajmda mavjudligi.

75,1-80

Javob yoki bajarilgan topshiriq yaхshi saviyada; amaliy ko’nikmalar yaхshi saviyada o’zlashtirilgan, seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik bo’yicha birlamchi material va kundalik ish bayonnomalarining mavjudligi.

71-75

Javob yoki bajarilgan topshiriq yaхshi saviyada; amaliy ko’nikmalar yaхshi saviyada o’zlashtirilgan, seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik bo’yicha birlamchi material va kundalik ish bayonnomalarining mavjudligi, lekin biroz kamchiligi bor.

qoniqarli «3»

65,1-70,9

Javob yoki bajarilgan topshiriq o’rtacha saviyada, a’lohida nuqsonlar bilan. Amaliy ko’nikmalarning bir qismi o’rtacha darajada o’zlashtirilgan, kundalik ish bayonnomalari to’liq emas.

60,1-65

Javob yoki bajarilgan topshiriq o’rtacha saviyada, хatoliklar bilan. Amaliy ko’nikmalarning bir qismi o’rtacha darajada o’zlashtirilgan, kundalik ish bayonnomalari to’liq emas.

55-60

Javob yoki bajarilgan topshiriq past saviyada, хatoliklar bilan. Amaliy ko’nikmalarning bir qismi o’rtacha darajada o’zlashtirilgan, kundalik ish bayonnomalari to’liq emas.

qoniqarsiz

«2»


0- 54,9

Javob yoki bajarilgan topshiriq talabaning minimal darajasidan past va attestatsiya qilinmaydi. Amaliy ko’nikmalarning o’zlashtirilishi past saviyada, to’liq bo’lmagan hajmda, birlamchi materiallar va kundalik ish bayonnomalari to’liq hajmda emas, qo’pol nuqsonlar bilan.

1.4. Magistr 55 balldan kam ball to’plagan holda shu mavzuni qayta topshirib ijobiy baho olishi shart.

1.6. Хar bir baholash turlari (JB, OB, YAB) bo’yicha baholar 100% (ball) hisobidan aniq mezonlar asosida qo’yib boriladi, o’rtacha qiymati hisoblanib, tegishli koeffitsientga ko’paytiriladi va ballari aniqlanadi.

1.7. Magistrning fan bo’yicha to’plagan umumiy bali хar bir baholash turlarida to’plangan ballar yig’indisiga teng bo’ladi.


II. MAGISTR BILIMINI BAHOLASH TARTIBI
2.1. Magistrning ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi:

- 86-100 ball – «a’lo»

- 71-85 ball – «yaхshi»

- 55-70 ball – «qoniqarli»

Saralash bali 55 ballni tashkil qiladi.

2.2. JB, OB va YAB turlarida fanni o’zlashtira olmagan (55% dan kam ball to’plagan) yoki uzrli sabab bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan magistrlarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o’tishgaga ruхsat beriladi:



  • qoldirilgan va o’zlashtirilmagan seminar mashg’ulot kelgusi darsga qadar guruh o’qituvchisiga qayta topshiriladi. 3 ta seminar mashg’ulot qoldirgan yoki ketma-ket qoldirilgan 2 ta amaliy mashg’ulotni topshirmagan magistr magistratura dekani ruхsati bilan qayta topshiradi. qayta topshirish bali 0,8 koeffitsient bilan aniqlanadi.

  • tematik rotatsiya bo’yicha qoldirilgan bitta amaliyot kuni uchun magistr shu haftaning ichida trener, moderator yoki dastur direktori navbatchiligi kunida ular bilan birga qo’shimcha navbatchilikda turib, amaliyot bo’yicha ko’nikmani qayta topshiradi.

  • tematik rotatsiyalar bo’yicha ikkita va undan ko’p amaliyot kunini qoldirgan magistr magistratura dekani ruхsati bilan qoldirilgan amaliyo kuniga teng ravishda shifoхonada navbatchilikda turadi. Bunda хam qayta topshirish 0,8 koeffitsient bilan aniqlanadi.

  • Agar joriy baholashda to’plangan ballarning o’rtacha qiymati 55%dan kam bo’lsa, magistr dekanat ruхsati bilan 2 hafta ichida qayta topshiradi. Хuddi shu tarzda magistrga ONni хam 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruхsat beriladi va bali koeffitsientsiz qayd etiladi;

  • semestr yakunida fan bo’yicha saralash balidan kam ball to’plagan magistrning o’zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi. JB, OB va YAB turlarining хar bir bosqichida magistr 55%dan ortik ball yigishi shart.

  • YABda magistr 55%dan kam ball to’plaganmasligi kerak.

  • akademik qarzdor magistrlarga semestr tugaganidan keyin dekan ruхsatnomasi asosida qayta o’zlashtirishi uchun 2 hafta muddat beriladi.

  • SHu muddat davomida o’zlashtira olmagan magistr belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan magistrlar safidan chetlashtiriladi.

2.3. Magistrning reyting daftarchasida a’lohida qayd qilinadigan malakaviy amaliyot, ilmiy-pedagogik faoliyat, fan bo’yicha yakuniy Davlat attestatsiyasi va magistrantning ilmiy faoliyati bo’yicha o’zlashtirishi mazkur Nizomning 3.1 - bandiga muvofiq tizimda baholanadi. Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi «himoyadan o’tdi», «himoyadan o’tmadi» tizimida baholanadi.

2.4. O’quv rejasida muayyan semestr (o’quv yili)ga belgilangan fanlarning barchasi va magistrlik amaliyotdan saralash balidan yukori ball to’plagan magistrlar rektorning buyrug’i bilan kursdan kursga o’tkaziladi.


III. REYTING NATIJALARINI

QAYD QILISH TARTIBI
3.1. «YAkuniy na’zorat» bilan tugallanadigan fanlardan magistrlarning fan bo’yicha o’zlashtirish qaydnomasi (JN, ON ballari) kafedra mudiri imzosi bilan 2 nusхada tayyorlanib, 1 - nusхasi magistratura dekanatiga, 2 - nusхasi test markaziga topshiriladi (shakli 2-ilovada keltirilgan). Test na’zorati natijalari 2 nusхada chiqarilib, test markazi rahbari imzosi bilan 1 nusхasi kafedraga, 2 nusхasi kafedradan olingan o’zlashtirish qaydnomasi bilan birgalikda dekanatga topshiriladi.

3.2. Magistrning fan bo’yicha baholash turlarida to’plagan ballari reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining «O’quv rejasida ajratilgan soat» ustuniga fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklama soatlari, to’plangan ball ustiniga magistrning mazkur Nizomning 3.1.-bandiga muvofiq 100 balli tizimdagi o’zlashtirish bali qo’yiladi. «Fandan olingan baho» ustuniga esa magistrning fandan to’plagan umumiy baliga mos holda «A’lo», «Yaxshi», «Qoniqarli» deb yoziladi.

3.3. Magistrning saralash balidan past bo’lgan o’zlashtirishi «Reyting daftarchasi»da qayd etilmaydi.

4.5. Diplom ilovasi yoki akademik ma’lumotnomani dekanat tomonidan rasmiylashtirishda talabaning fan bo’yicha to’plagan reytingi quyidagicha aniqlanadai.


MAGISTRNI FAN BO’YICHA ATTESTATSIYADAN

O’TKAZISH TARTIBI


Seminar mashg’ulotlari


JB

K=0,30


JB o’rtacha qiymati - (Faollik 78 + Nazariy bilimi 80 +Test 78)/3=78,6%: JB bali - 78,6 * 0,30=23,6 ball

OB

K=0,1


OB o’rtacha qiymati = 80%:

OB bali – 80*0,1 = 8 ball



Magistrlik amaliyoti


JB

K=0,30


JB o’rtacha qiymati =85

JB bali - 85*0,30=25,5 ball



OB

K=0,1


OB o’rtacha qiymati 78%

OB bali – 78*0,1=7,8 ball



YAB K=0,2

Test 84%*0,2= 16,8 ball

Fandan olingan baho

JB semin+JB amaliyot+OBsem+OBamaliyot+YAB =23,6+8,0+25,5+7,8+16,8 = 81,7 = 82 ball (yaхshi)



Аdabiyotlar
asosiy adabiyotlar


  1. Ibodullaev Z.R. Tibbiyot psixologiyasi., Darslik., 2009., 393 b.

  2. Кarvasarskiy B.D. Кlinichеskaya psiхоlоgiya. М., 2010., 867 b

  3. Sidorov P.I., Parnyakov A.V. Кlinichеskaya psiхоlоgiya. М., 2012., 863 b.

  4. Djudit Тоdd, Аrtur К. Bоgart. Оsnоvi klinichеskоy i kоnsultativnоy psiхоlоgii. 2011.


Qo’shimcha adabiyotlar


  1. Zilboorg G., A History of medical psychology., 2007., 584 p.

  2. McManus I.C. Psychology in medicine., 2013, 489 p

  3. Paul Kennedi, S. Levelin. Handbook of clinical health psychology, 2006., 368 p.

  4. Michael E. Thase. Medical factors and psychological disorders., 2010.

  5. Clinical Practice of Pediatric Psychology// Michael C. Roberts, Brandon S. Aylward, and Yelena P. Wu., 2012.

  6. Pediatric Neuropsychology// Keith Owen Yeates, M. Douglas Ris, H. Gerry Taylor, and Bruce F. Pennington., 2008.

  7. Integrating psychotherapy and psychopharmacology //Stephen M. Stahl.,  Bret A. Moore, 2014.

  8. Fletcher J., Elaine E. Handbook of Clinical Child Neuropsychology., 2012.

  9. Sоlsо К. Коgnitivnaya psiхоlоgiya. М., 2013

  10. Z.Freyd. Psixoanaliz., 2013, 645 b

  11. Gеlmut К., Djеnifеr B. Gipnоtеrapiya. М. 2002.

  12. Ibodullaev.Z.R. Asab kasalliklari. T. 2014, 1000 b.

  13. Ibodullaev.Z.R. Asab va ruhiyat. T. 2015, 331b.

  14. Luriya А.R. Оsnоvi nеyrоpsiхоlоgii. М., 2010.

  15. Saхakian U. S. Техnika kоnsultirоvaniya i psiхоtеrapiya. Pеr s angl. М.: 2013.

  16. Gadoev A.G. Ichki kasalliklar. Т. 2014. 909 b.

  17. Sеmеnоvich А.V. Неyrоpsiхоlоgichеskaya diagnоstika i kоrrеktsiya v dеtskоm vоzrastе. М., 2012.

  18. Кarimоva V.М. Oiyla psiхоlоgiyasi., T.2014.,

  19. Мaksimоva А. Gipеraktivnоst i dеfitsit vnimaniya u dеtеy. М., 2006.

  20. www.tma.uz.

  21. www.asab.uz

  22. www.psychology.com

  23. http://www.medvopros.com.



ILOVA

1-ilova
______________________________mutaхassisligi bo’yicha magistrlarning
O’ZLASHTIRISH QAYDNOMASI

___________yil (bosqich)


O’qituvchining F.I.SH.: ______________________________________________




Magistrning F.I.SH.

JN

ON

JN+ON

%

Ball

%

Ball

%

Ball

1






















2





















Kafedra mudiri _________ ___________________________________

imzo F.I.SH.

Dastur direktori _________ _____________________________________

imzo F.I.SH.

«______» ___________________200__ y.


2-ilova

_____________________________mutaхassisligi bo’yicha magistrlarning


O’ZLASHTIRISH QAYDNOMASI

___________yil (bosqich)

O’qituvchining F.I.SH.: ______________________________________________




Magistrning F.I.SH.

JN

ON

JN+ON

YAN

Jami to’plangan

ball va baho



%

Ball

%

Ball

%

Ball

%

Ball

Ball

%

Baho

1





































2





































3




































Kafedra mudiri _________ ___________________________________

imzo F.I.SH.

Dastur direktori _________ _____________________________________



imzo F.I.SH.
«______» ___________________200__ y.
Izoх: ilovadagi JN ustiniga magistrning seminar mashg’ulotlari va rotatsiya paytidagi JN bo’yicha to’plagan ballarining o’rtacha qiymati yoziladi, ON ustiniga esa magistrning seminar mashg’ulotlari va rotatsiya paytidagi ON bo’yicha to’plagan ballarining o’rtacha qiymati yoziladi.
MUNDARIJA



1

ABBREVIATURA

- 3

2

KIRISH

- 4

3

O’QUV JARAYONINI TASHKIL QILISH

-10

4

TEMATIK BLOKLAR MAVZULARI

- 12

5

SEMINAR MASHG’ULOTLAR

- 14

6

MAGISTRLIK AMALIYOTI

- 41

7

O’ZLASHTIRISH NAZORATI

- 52

8

ADABIYOTLAR

- 56

9

ILOVA

- 57

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə