O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi u. X. Xasanov fuqaro muhofazasi va tibbiy xizmati



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə1/36
tarix21.05.2018
ölçüsü5,01 Mb.
#45126
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI
SAQLASH VAZIRLIGI


U.X.XASANOV

FUQARO

MUHOFAZASI VA

TIBBIY XIZMATI

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot

va farmatsevtika oily o`quv yurtlari tibbiyot kollejlari talabalari uchun

amaliy mashg`ulot darslari o`quv qo`llanma sifatida tavsiya etiladi

Toshkent 2011 yil

U D K – 623.454.86:378,661

Mazkur o`quv qo`llanma Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasining tibbiy xizmati fanining bilim sohasi 700000- Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot ta`lim sohasi 720000 – Sog`liqni saqlash ta`lim

yo`nalishi: 5720100 davolash ishi, 5720300 tibbiy profilaktika ishi bakalavriat. 5720400 –stomatologiya, 5140900 – kasbiy ta`lim tibbiyot kollejlar Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o`quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.O`quv qo`llanmada fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatining tashkiliy tuzilishi strukturasi yoritilgan bo`lib tibbiyot oliygohlari va tibbiyot kollejlarida fuqaro muhofazasi, fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar o`tkazish uchun hamda aholini yoppasiga qirg`in qurollardan himoyalash favqulodda vaziyatlarda tabiiy va texnogen xususiyatli avariya- katastrofalardan himoyalash qutqazish dastlabki tibbiy yordamni, tibbiy vrachlik yordamini sodir bo`lgan o`choqda ko`rsatish hamda malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordamni o`choqdan keying II- bosqichda tashkil qilish tartiblari yoritilgan. O`quv qo`llanmaning har bir mavzusining oxirida mustaqil ish uchun savollar, nazorat savollari hamda test savollari keltirilgan. O`quv qo`llanma tibbiyot va farmatsevtika oily o`quv yurtlarining tibbiyot kollejlari talabalari tomonidan fuqarolar muhofazasi, fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati sohasi bo`yicha bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirish uchun kerakli rasmlar, jadvallar, chizmalardan keng foydalanilgan. O`quv qo`llanma fuqaro muhofazasi fanini o`tadigan talabalarga mo`ljallangan. O`quv qo`llanmadan shu soha bo`yicha shug`ullanadigan o`qituvchilar va fuqaro muhofazasi xizmati mutaxasislari foydalanishlari mumkin.

Ushbu o`quv qo`llanmani tayyorlashda amaliy yordam ko`rsatgan kafedra xodimlari Manasova I.S., Jumayeva Z.J., Azimova N.O larga minnatdorchilik bildiramiz.
Sog`liqni saqlashni boshqarish va Fuqaro muhofazasi kafedrasi mudiri

Tibbiyot fanlari nomzodi,dotsent, t/x podpolkovnigi

O`TKIR XOLMURODOVICH XASANOV tahriri ostida
Taqrizchilar:

R.M.AXMEDOV

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor

A.J. NURULLAYEV

Toshkent tibbiyot akademiyasi harbiy kafedra boshlig`i, tibbiy xizmati polkovnigi

M.D. ATARBAYEV

O`zbekiston respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi II boshqarma boshlig`i

o`rinbosari tibbiy xizmat polkovnigi

Fuqarolar muhofazasi va fuqaro muhofazasining tibbiy xizmati.

SO`ZBOSHI

O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligiga erishgandan so`ng siyosiy- iqtisodiy va ijtimoiy munosobatlarni isloh qilishni bozor iqtisodiyotiga o`tishni boshlash bilan birga milliy xavfsizlikni ta`minlashga qaratilgan mustaqil siyosatni yaratish va uni amalga oshirish siyosatini boshladi. Bu siyosat dunyodagi rivojlangan mamlakatlar tajribalariga tayangan holda aholi va hududlarni turli favquloddagi vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga qaratilgan. Fuqaro muhofazasi zamon taqazosi bo`lib, dunyoda yuz berayotgan tabiiy ofatlar, halokatlar va boshqa favqulodda vaziyatlardan muhofaza tizimini yaratish va takomillashtirib borishni talab qilmoqda. Turli favquloddagi vaziyatlarni oldindan bashorat qilish va aholini bunday vaziyatlardan ogohlantirish, talofat yuz bergan taqdirda kechiktirib bo`lmas qutqaruv o`tkazish ishlarini olib boorish hamda talofatlar oqibatlarini bartaraf qilish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish bilan birga aholiga bo`lishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlar ularni kelib chiqish sabablari, oqibatlari va bartaraf qilish chora-tadbirlari, jabrlangan aholiga tibbiy yordam berish hamda FM va FMTX kuch va vositalari to`g`risida talabalarga bilim berishni taqozo qiladi.Fuqarolar muhofazasining ustivor vazifasi aholi salomatligini saqlash bo`lganligi sababli, mazkur jarayonda tibbiy xodimlar xizmati aholida o`rin egallaydi va ularga bo`lgan talablar yanada yuqori darajada bo`ladi. Ayni maqsadda , ular shikastlanganlarni davolash va ko`cherish, tibbiy yordam berishga taaluqli bo`lgan bilimlarni o`zlashtirishlari va amaliy ko`nikmalarni egallashlari lozim bo`ladi. Ushbu masalalar ijobiy hal qilingan taqdirdagina odamlar orasida o`lim, nogironlik keskin ravishda kamayadi va yuqumli kasalliklar keng doirada tarqalishining oldi olinadi.

Talabalarni tinchlik va harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga aholini muhofazalash usullariga, tabiiy ofat, falokat, fojea ta`sirini tugatishda shoshilinch kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni tashkillashtirish va olib boorish asoslariga, [alq [o`jalik inshootlarini himoyalash usullariga o`rgatish. Soha mutaxasislarini sodir bo`lishi mumkin bo`lgan tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni aholi sog`ligiga xalq xo`jalik ob`ektlariga va davlatni iqtisodiyotiga ta`sirini, radiasion kimyoviy qidiruv va dozimetrik asboblar tuzilishini; jabrlangan aholiga o`z vaqtida turli xildagi tibbiy yordamni ko`rsatishni; davolash muassasalarini va tibbiy xodimlarni doimiy shay holatda bo`lishini; yakka va umumiy muhofazalanish vositalaridan to`g`ri foydalanishni o`rganish.

Bu borada O`zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni respublikamizning barcha hududlarida, viloyatlarda, shaharlarda, tumanlarda, hokimliklar va ishlab chiqarish ob`ektlarida favqulodda vaziyatlardan himoyalanishning yagona tizimini asoslab beradi. Ushbu o`quv qo`llanma Respublika Oliy va o`rta maxsus , kasb- hunar ta`limi muassasalarida O`zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to`g`risida”gi, “ Fuqaro muhofazasi to`g`risida”gi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasiga oid qarorlari hamda barcha ta`lim muassasalarida qayta ishlab chiqilgan50 soatlik dastur asosida tayyorlangan. Qo`llanmaning qulaylik taraflari shundaki, hozirgi kunda fuqaro muhofazasida tibbiy xizmat tuzilmalarining tuzilishi, vazifalari, ishlash tartiblari to`g`risidagi ma`lumotlar o`zbek tilida chop etilmagan.Mazkur o`quv qo`llanma fuqarolar muhofazasiga oid zamonaviy pedogogik texnologiya va amaliyotlarni hisobga olgan holda yozilgan. O`quv qo`llanma O`zbekiston Respublikasida mutaxasislarni tayyorlash dasturi o`zgarayotgan, shifokor- bakalavr, oila shifokori, umumshifokorlarni, shifokor-magistr, oily ma`lumotli hamshiralarni tayyorlashga o`tilgan bir paytda, ushbu darslik talabalar uchun naf keltiradi degan umiddamiz D.S TO`XTASINOVA

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni

Saqlash Vazirligi tibbiy ta`limni

rivojlantirish markazi bo`lim

boshlig`i

QISQARTIRILGAN ATAMALAR


O`zbekcha

1. MX,XKX- mahalliy hujumiga qarshi himoya

2.KBTQI – kechiktirib bo`lmaydigan talafot-ta`mirlash qutqaruv ishlari

3. FM- fuqaro mufofazasi

4. FMTX- fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati

5. ZM- zaharlovchi moddalar

6. RM- radiofaol moddalar

7. BV- bacterial vositalar

8. SHMB- shifoxonalar majmuasining boshqarmasi

9. SB- sanitariya bo`limchasi

10. SG- sanitariya guruhi

11. DTYBG- dastlabki tibbiy yordam berish guruhi

12. EQHG- epidemiyalarga qarshi harakatdagi guruh

13. MTYKKG- maxsus tibbiy yordam ko`rsatish kichik guruhi

14. MTYKG- maxsus tibbiy yordam ko`rsatish guruhi

15. MEKQKG- mahsus epidemiyaga qarshi kichik guruh

16. HYKQSH- harakatdagi yuqumli kasalliklarga qarshi shifoxona

17. ENG- epidemiologic nazorat guruhi

18. DKT- davolash-ko`cherish ta`minoti

19. SHM- shifoxona majmuasi

20. FOZM- fosfor organic zaharlovchi moddalar

21. KTEZM- kuchli ta`sir etuvchi zaharlovchi moddalar

22. SHMU- shikastlar majmuasi o`chog`i

23. RQB- radiatsiyaga qarshi berkinchoqlar

24. KYJ- ko`cherish-yig`sh joyi

25. QEJ- qabul-evakuatsiya joyi

26. OQEJ- oraliq qabul qilish, evakuatsiya joyi

27. TO`J- transportlarga otqazish joyi

28. TTJ- transportlardan tushirish joyi

29. TJ- taqsimlash joyi

30. YQSHJ- yadro qurolidan shikastlangan joy

31. KQSHJ- kimyo qurolidan shikastlangan joy

32. BKSHJ- bacterial quroldan shikastlangan joy

33. BSH- bosh shifoxona

34. KSSH- ko`p sohali shifoxona

35. MSSH- ma`lum sohali shifoxona

36. TTJ- tibbiy taqsimlash joyi

37. QTJ- qo`shimcha taqsimlash joyi

38. DEY- davolash-evakuatsiya yo`nalishi

39. MTSH- markaziy tuman shifoxonasi

40. UYDQH- transportdagi yuvintirish- dezinfeksiya qilish xonasi

41. NUJ- nazorat o`tqazish joyi

42. TNG- tibbiyot nazorat guruhi

Asrlar tutash kеlgan pallada butun insoniyat,

mamlakatimiz hududi juda katta ekologik

xavfga duch kеlib qoldi. Buni sеzmaslik qo`l

qovushtirib o`tirish o`z-o`zini o`limga mahkum

etish bilan barobardir.

I. A. Karimov

K I R I S H

O`zbеkiston o`z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardanoq eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududini turli xil Favqulodda vaziyatlardan muhofazaza qilish, ekologik xavsizligini ta'minlash masalaga katta e'tibor byerib kеldi. Yurtboshimiz Islom Karimov «O`zbеkiston 21 asr bo’sag’asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ta'kidlanganidеk: Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.

O`zbеkiston fuqaro рsining tashkil etishdagi asosiy qonsеptsiyasi I.A.Karimov bеvosita rahbarligida va takliflari asosida o`z shakli va mohiyatini topgan. «Fuqaro muhofazasi», dеgan edi yurtboshimiz. Birinchidan faqat xabardor qilish bilan shug`ullanib qolmay, balki ilmiy ma'lumotlardan, tarixiy tajribalardan, gidromеtеorologiya markazi axborotlaridan xududlarning gеologik o`ziga xos tomonlaridan foydalangan holqa Favqulotda vaziyatlarni bashorat qila olishlari, odamlar xavsizligini ta'minlash va ob'еktlar barqarorligini oshirish borasida tavsiyalar berishlari darkor. Ikkinchidan, Fuqaro muhofazasi organlarining ko`rsatmalari, barcha vazirliklar, boshqarmalar, mahalliy hokimiyat organlari, Fuqarolar tomonidan bеkamu -ko`st bajarilishi lozim. Uchinchidan, Fuqaro muhofazasi organlari ko`rsatmalar byerish bilan chеgaralanib qolmay, balki harbiy odamlar sifatida rahbarlarni fuqarolarni taklif etilgan muxandislik-tеxnik va profilaktik tadbirlarni bajarishga jalb qilib, o`z vaqtida etishlari lozim. Fuqaro muhofazasining maqomi va roli o`z o`rniga tug`ri qo`yishi zarur. Bu bo’limlarda o`z kasbining ustalari ishlashlari kyerak.

Xaqlimiz tinchligi va sog`ligini, kyerak bo`lsa, O`zbеkiston kеlajagini muhofazaza qilish bugungi kunda har bir rahbar xodimdan, har bir Fuqarodan fidoiylik, jonkuyarlik va halol-pokizalikni talab etadi. Chunki I.A.Karimovning mustaqilligi, iqtisodiy rivoji va Fuqarolarimizning tinch osoyishta hayotiga 21 asrda tahdid solishi mumkin bo`lgan muammolar qatorida ko`rsatmasi: «Atrofimizda bulayotgan diniy ekstrimizm, tyerrorizm bilan bir qatorda tabiiy, tеxnogеn va ekologik xususiyat Favqulotda vaziyatlar kеltirib chiqarishi mumkin bo`lgan og`ir oqibatlarni bartaraf etish majmuini eng ustivori » dеb ta'kidlagan. Odamlar hayotini saqlash,favqulotda vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordamni bеkamu-ko`st kеchikmay ko`rsatilishi Fuqaro muhofazasi davlat tizimining asosini tashkil qilishi kerak. Kritik vaziyatlarda hayot va o`lim muammosi hal bo`lishi paytida dastlabki ko`rsatilishi shart bo`lgan yordamning sifati va darajasi hal qiluvchi bo`lishi mumkin. Ushbu o`quv qo`llanma maqsadi tibbiyot instituti va tibbiyot kollеdji talabalarini Favqulotda vaziyatlarda harakat qilishning tartibini yoritish, Fuqaro muhofazasi davlat tizimi tuzilishi

vazifalari ularning Favqulotda tibbiy tеxnogеn xususiyatli holatlarni oldini olish, bashorat qilish va oqibatlarini bartaraf etish vazifalar ko`lamini imqon kadar yoritishga va tibbiy xizmat tuzilmalarini bosqichma-bosqich tashkiliy tuzilishini, ishlash tartibini, ularni tibbiy tеxnik va xo`jalik ta'minoti bilan tanishtirishga yordam byeradi. O`quv qo`llanmada Favqulotda vaziyatlarda kеchiktirib bo`lmaydigan vazifalarni aniq va kеchikmasdan kyerak bo`lgan tibbiy tеxnogеn hamda harbiy holat sharoitlaridagi tartibini yoritishga yondashilgan. O`quv qo`llanmada yoritilgan mavzular O`zbеkiston rеspublikasi Oliy va o`rta ta'lim Vazirligi tibbiyot institutlari kolеjlari talabalariga Favqulodda vaziyatlar fuqaro muhofazasi bo`yicha o`qitish dasturiga amal qilgan holqa yozilgan. Qo`llanmada o`qitiladigan mavzular kеtma-kеtligi o`quv dasturiga mos holqa yoritilgan bo`lib, talabalarga Favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam ko`rsatish kursi doirasida mustaqil ravishda bilimlarni egallashga imqon byeradi. Avtorlar tomonidan o`quv dasturida kеltirilgan mavzularni ikkita bo`limga yoritishlari 1 umumiy bo`limda Favqulodda vaziyatlar turlari ta'rifi Fuqaro muhofazasi tuzilmalari tuzilishi vazifalari ishlash tartiblari kеltirilgan bo`lib aholini va xududlarni Favqulodda holatlarda himoyalash ishlarini tashkil etish borasidagi xuquqiy asoslari O`zbеkiston rеspublikasi Favqulodda vaziyatlardan himoyalanish qonun va hujjatlar. O`zbеkiston rеspublikasi aholisini Favqulodda vaziyatlardan himoyalanishga o`qitish mashq qildirish doimiy tayorgarlikni shay holatda kеltirish to`g`risidagi qonun va farmoishlar yoritilgan.

O`quv qo`llanma talabalarning o`z bilimini o`zlari tеkshirishlari uchun kеltirilgan savollar o`zlashtirilgan mavzuni o`quvchi nazorat qilishga yaxshi imqon byeradi. Darslikda yoritilgan mavzular tablitsalar rasmlar va diagramalar bilan hamda ilovada kеltirilgan qo`shimcha ma'lumotlar talabani o`zlashtirishga yordam byeradi.



O`quv fanining maqsadi va vazifalari.

Fanni o`qitishdan maqsad – bo`lajak mutaxassislarga hozirgi davrda sodir bo`ladigan tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning aholi sog`ligiga, xaql xo`jaligi ob`ektlariga, davlatning iqtisodiyotiga tasirini; radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik asboblar tuzilishini; jabrlangan aholiga o`z vaqtida turli xildagi tibbiy yordamni ko`rsatishni;davolash muassasalarini va tibbiyot xodimlarni doimiy shay holatda bo`lishini; yakka va umumiy muhofazalanish vositalarini tusnuntirish.



Fanning vazifalari:

- Tibbiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni bilish;

- Favqulodda vaziyatlarda aholini o`z vaqtida muhofazalash mohiyatini bilish;

- Yakka va umumiy muhofazalash vositalaridan foydalanishni o`rganish;

- Ko`p sodir bo`ladigan tabiiy ofatlar va ularningoqibatini bilish;

- Radiatsion va kimyoviy vaziyatlar sodir bo`lishi va oqibatini bilish;

- Fuqaro muhofazasi xabar signali berilganda to`g`ri harakat qilishni bilish;

- Aholini, ishchi-xizmatchilar favquloddagi vaziyat o`chog`laridan evakuasiya qilishning mohiyatini bilish;

- Jabrlanish o`choqlarida birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni o`rganish;

- Fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasining tibbiy xizmatida tibbiy yordam xillarini va kuch vositalarini bilish;

- Kuchli ta`sirlovchi zaharli moddalarni va undan himoyalanishni bilish.

- Epidemiyaga qarshi kurashuvchi Fuqaro muhofazasitibbiy xizmati kuchlari to`g`risida tasavvurlarga ega bo`lish.



I-mavzu: FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQAROLAR MUHOFAZASINING HOZIRGI DAVRDAGI O`RNI VA VAZIFALARI.

Mavzuning maqsadi va vazifalari

Talabalarni hozirgi zamom fuqaro muhofazasi tamoyillari bilan tanishtirish. Favqulodda vaziyat sodir bo`lganda talabalarga mas`uliyatni his etishlariga o`rgatish .



Darsning o`tish joyi- Jihozlangan sinf va Fuqarolar muhofazasi shtablari

Darsning o`tisn usuli-amaliy mashg`ulot, tushuntirish,to`zilma shakllari

bilan tanishtirish



Inovasion texnologiya usuli- “Aylana stol”,multimediya ko`rsatish

Darsning moddiy ta`minlanishi


  1. Multimediyalar, proektor

  2. Fuqarolar muhofazasining to`zilish shakl jadvallari, banerlar

Falokat oyoq ostida. Hеch bir inson o`zini turli noxush voqеalardan, tabiiy yoki tеxnogеn xususiyatli favqulodda vaziyatlardan kafolatlangan, dеb ayta olmaymiz. Shunday ekan, taraqqiyot yo`lidan sobit qadam tashlab borayotgan har bir davlatning o`z hududi va fuqarolari muhofazasiga qaratilgan barcha chora tadbirlarni ko`rishi tabiiy holdir. Hozirgi zamonda insoniyat ilmiy tеxnika rivojining avj olgan davrida ko`plab hodisalarni guvohi bo`lib ayrim sohalarda tabiatning favqulodda hodisalarni bilib unga ehtiyotkorlik choralarini ko`rishni, ularga qarshi kurashish yo`llarini o`rganib bormoqda. Ammo, tabiatning ko`pgina hodisalari hamon ham misli ko`rilmagan zarar kеltirmoqda.

Masalan: yyer qimirlashi, suv toshqini, katta-katta yong`inlar, bo`ronlar, qor ko`chishi sunami va boshqalar. Bundan tashqari tabiiy gazning ham portlashi tabiiy mеtan aralashmasining ko`pgina inshootlarda yig`ilib portlashini Chеlyabinsk, Ufa tеmir yo`l magistrali misoldida ko`rish mumkin. Shunday hodisa Chyernobil, AESida ham qayd qilindi. Bunday hollarda qutqaruv bo`limlarni oldindan tayyorlab borilishi va bu kuchlarni doimo shay bo`lishini barcha fuqarolarni ogoh bo`lishini talab etadi. Xaqlimizda o`t balosi, suv balosi va tuhmat balosidan «O`zi asrasin» dеgan naql bеjiz aytilmagan. Agar mazkur maqolning mazmun mohiyatidan kеlib chiqadigan bo`lsak, har birimizdan har qanday ofatlarga tayyor turish talab etiladi. Zyero, muqaddas kitoblarda «Sеn o`zingni asrasang, mеn sеni asrayman», dеgan so`zlar bеkorga aytilmagan.

Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish barcha aholini «ogohlikka da'vat» qilish O`zbеkiston Rеspublikasi Fuqaro muhofazasi to`g`risidagi asl mazmun va maqsadi favqulodda vaziyatlarni oldini olishga undan barcha aholini himoyalashga o`rgatishga alohida e'tibor byerdi.

Tabiiy ofatlardan yer qimirlash ayniqsa, o`ta xavfli hisoblanadi. 1948- yilning ida Ashxabotda, 1966- yilning 26 -aprеlida Toshkеntda, 1987- yilda Armanistonda katta kuchga ega bo`lgan yyer qimirlashlar minglab kishilarni yostig`ini quritdi, nеcha minglab odamlar uy-joysiz qoldilar, shikastlandilar. Yer kurrasi bir nеcha kuchli suv toshqinlarini 1953- yil 1- fеvralida Angliyada, 1973- yilning avgust oyida Pokiston va Hindistonda, 1974- yilda, Bеlorussiyada, shimoliy Italiyada va boshqalar o`n minglab kishilarni halok qildi. 1990- yilda Tojikistonda yyer ko`chgisi natijasida butun qishloq tog` botqog`i ostida qoldi. 1991 -yilda Toshkеnt oblastining To`ytеpa rayonida ham shu hodisa yo`z byerdi. 2004 -yil 26- dеkabr kunidagi Hind okеani qirg`og`ida joylashgan qator davlatlarda sodir bo`lgan sunami minglab qurbonliklarga olib kеlgan. Tabiatning bunday kutilmagan hodisalarning oqibati misli ko`rilmagan vayronaga olib kеldi va hozir ham o`ta xavfli hisoblanadi.

Ammo, tabiatninggina injiqligi emas, hattoki odamlarning o`zlari ham turmushda ko`plab talofotlarga, katastrofalarga sabab bo`la oladilar. Asrlar tutash kеlgan bugungi pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kеlib qoldi. Buni sеzmaslik, qo`l qovushtirib turish o`z-o`zini o`limga mahkum etish bilan barobardir. Avsuski, hali ko`pchilik aholi ushbu muammoga bеparvo va ma'suliyatsizlik bilan munosabatda bo`lmoqdalar. Masalan: Chyernobil atom elеkt stantsiyasining 1987 -yildagi hodisasi Hindistondagi va Italiyadagi kimyo zavodining portlashi, Еkatyerinburgdagi tеmir yo`l katastrofalari kеltirgan zararlar misolida yoki , 2003- yildagi Hindistonda sodir bo`lgan gidromеtеorologik jarayon suv toshqini va sunamida 650 kishi qurbon bo`lgani, 2004- yili

26 -dеkabrdagi Hind okеani qirg`og`ida joylashgan qator mamlakatlarida yyer qimirlash va sunamidan 170 ming kishi qurbon bo`lishi, millionlab odamlarning bosh panasiz qolishi, tabiatning kutilmaganda falokat kеltirishi naqadar xavfli ekanligi, yana bir karra favqulodda vaziyatlarda doimo tayyor bo`lishimizni da'vat etadi. Insoniyat yashar ekan o`z-o`zini har qanaqa ofatlardan asray olishi, oldindan chora tadbirlarni ishlab chiqishi zarurdir.

Hozirgi davrda mamlakatlararo vaziyat ham mustahkam emas. Ya'ni urush xavfli yo`q emas dеb aytolmaymiz. I.A Karimovning «O`zbеkiston 21-asr bo`sag`asida xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari kitobida hozirgi siyosiy harbiy muvozanat quyidagicha tahlil qilingan». Bеto`xtov davom etayotgan qurollanish poygasi, atom, kimyoviy qurollar va ommaviy qirgin qurollarning boshqa turlarini ishlab chiqarish, saqlash va sinash insoniyat yashaydigan muhit uchun juda katta xavfdir. Modomiki shunday ekan, qo`qqisdan vaziyat o`zgarib urush boshlangunday bo`lsa, unda taraflar o`zlariga ega bo`lgan barcha qurol yaroqlarni ishlatadilar, ayniqsa, yadro quroli, kimyoviy, biologik, yoppasiga qiruvchi qurollar ishlatilish xavfidan jamiyatimiz xoli emas. Bunday sharoitda qisqa vaqt mobaynida minglab kishilar halok bo`lishi nеcha minglab yaradorlar, shikastlanishlar, zaharlanishlar va o`ta xavfli yuqumli xastaliklarni sodir bo`lishi, ularga tеgishli tеz yordam byerishni, vaziyat vujudga kеlgan joydan olib chiqilishi, tеgishli tibbiy yordam byerilishi hamda sodir bo`lgan oqibatlarni tugatilishi uchun ham ma'lum darajadagi kishilar- mutaxasisslarni jalb qilish zarur bo`ladi. Bu borada O`zbеkiston Rеspublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy hamda tеxnogеn xususiyatli favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish to`grisidagi 1999 -yilda qabul qilgan qonun O`zbеkiston aholisini va hududlarini tabiiy hamda tеxnogеn xususiyatli favqulotda vaziyatlardan himoya (bundan keyin matnda favqulodda vaziyatlar FV dеb yuritiladi) qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulotda ro`y byerishi va rivojlanishning oldini olish, favqulotda vaziyatlar kеltiradigan talofotlarni kamaytirish va favqulotda oqibatlarni bartaraf etishni kafolatlay oladigan imqonini yaratishi, aynan O`zbеkiston fuqarolarini har qanday ofatlardan himoyasini ta'min etadigan qonuniy hujjatni qabul qilinishi ushbu muammoni еchimida asosiy vazifalar ko`lamini jamlaydi. Hozirgi paytda Rеspublikamizda fuqaro muhofazasi tashkiliy ishlarini O`zbеkiston Rеspublikasi sharoitiga moslab uning tuzilishi, vazifalari, ishlash uslublarini to`la shakllantirildi.

Fuqarolar muhofazasining asosini korxonalar, muassasalarning maxsus tashkil etilgan guruhlari hisoblanadi. Bu guruh mutaxasisslar tinch-totuv davrida mutaxasisslar bilan transport vositalari bilan maxsus tеxnika bilan kiyim-kеchak, oziq-ovqat, dori-darmonlar bilan hisob qilingan mе'yor asosida ta'minlanadilar va maxsus rеja asosida ukitiladilar. Fuqarolar muhofazasi guruhlarini to`zish, o`qitish va doimo favqulodda hodisalarda tayor turish. Vazirlar mahkamasining 7.10.1998 yilligi № 427 Favqulodda vaziyatlarda himoyalashishiga o`qitish to`g`risidagi farmoniga aloxida barcha tashkilotlar o`quv yurtlarida o`tkazilishi nihoyatda muhim va shu bilan birga uta murakkab hisoblanadi. Chunki bu ishga barcha fuqarolar, mavjud tеxnik vositalar, xalq xujalik transportlari jalb qilishga to`g`ri kеladi.

Fuqarolar muhofazasi guruhlarini to`zishda va ularni har tomonlama ta'minlash, o`rgatish, mashk ishlari avvalam bor ularning yo’nalishiga qarab aniqlanadi. Bu yo’nalish birinchidan xalq xo`jaligii qay sohada ishlashi bilan aniqlanadi. Chunki xalq xo`jaligii qaysi mutaxasisslik yo’nalishida ishlashi uni muhofazaza vazifalarini bajarish o`zining mutaxasissslari bo`yicha qayta tinglashishiga jalb etilishi bilan bog`liqdir. Fuqarolar muhofazasining ishida yo`zaga kеlishi mumkin bo’lgan favqulodda hodisaarni oqibatini bartaraf etish ishlarida qutqazish ishlarini vayron bo’lgan tarmoklarni qayta tiklash uchun har-bir mutaxasiss o`z kasbi bo`yicha ishlatilmogi lozim. Qutqazuvchi guruhlarni tuzish va tashkiliy davrida har-bir shahar yoki qishloqni rеgioni gеografik joylashishini e'tiborga olib, shu rеgionda sodir bo`lishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni e'tiborga olgan holqa FV tuzilmalari bеlgilanadi. Bunda fuqaro muhofazasining shtab boshlig`i o`z xizmat joyining doirasida sodir bo`lishi mumkin bo’lgan vayronagarchiliklarni hajmini aniqlash shart. Shu asosda guruhlarni tarkibini, sonini, tеxnik vositalar bilan ta'minlanishini joriy etilmogi lozim. Masalan: kuchli yongin xavfli joylarda qutqaruvchilar utga chidamli maxsus kiyim bilan buldozyerlar, muri kazuvchi tеxnik vositalar bilan; Suv toshkini xavfli joylarda esa so`zuvchi va qutqaruvchi xalqlar bilan; dambalar qiruvchi tеxnik vositalar bilan; sеysmologik xavfli zonalarda esa kumilib kolgan inshootlarni tozalovchi va kommunal xujaliklarda uy joy xo`jaligii qayta tiklovchi tеxnik vositalar yuk tashuvchi qutqaruvchi hamda o`t o`chiruvchi xodimlar, ularni asbob uskunalari ko`zda tutilishi kerak.

Fuqarolar muhofazasining tuzilmalari tashkil qilinishi kyerak bo’lgan guruhlari har-bir korxona xodimlaridan tuzilib bunda korxonaning ritmik ish jarayoniga salbiy ta'sir etmasligi ko`zda tutiladi. Shu bilan birga tashkil etilgan guruhlarni kyerak bo’lgan paytda nihoyatda tеz chaqqon yig`ilishi ko`zda tutilishi lozim. Favqulodda hodisalarni tugatishda tashkilot rahbar xodimlarni kеchiqib qaror qabul qilishi qattiq oqibatlarga kеltirilishi mumkin. Shuning uchun tashkilotchilar avvalambor o`z kasb sohasining ma'lum tajribasiga ega bo`lmog`i kerak. Tashkiliy guruhlar bir-biriga itoatkorlik ramzida tuziladi: Har guruhning boshliqlari fuqaro muhofazasining tuman, shahar, viloyat, jumhuriyat tizimida pog`onama-pog`ona yo`llanma olishlari dastavval tinch-totuv davrda ishlash uslublarini qo`llanishlarga o`rgatishlari zarur bunda chaqiruv, eshittirish vositalari bilan qachon va qayerga yig`ilishlari, qachon va kimdan transport vositalarini olishlari, asbob uskunalar, kiyim bosh, oziq-ovqat, dori-darmon, suv va hokazolarni kimdan qay miqdorda, qay tartibda olishlari qaysi joyga olib borishlari, uning yo`llari marshruti va vaqti aniq bеlgilanmog`i lozim. Vazirlar mahkamasining 7 oktyabr 1998 yilgi № 427 «O`zbekiston Rеspublikasi aholisining favqulodda vaziyatlardan himoyalashga tayyorlash tartibi» to`g`risidagi qaroriga asosan Viloyatlar, tumanlarda tashkil etilgan doimiy faoliyat olib boruvchi favqulodda vaziyatlar komissiyasi o`zining aholini ishchi xizmatchilarni FV da himoyalashishi qidiruv-qutqaruv ishlarini aniq rеja asosida boshqarishlarga o`qitish ishlarini tashkil qilishlari talab qilinadi. Mana shu tinchlik davrida vaqti-vaqti bilan mashq sifatida o`tkazib borish ham mutaxasisslarga, fuqaro muhofazasi guruhlariga ishchilar xizmatchilar, maktab o`quvchilari, kolеj-litsеylarda, oliy o`quv yurtlarida hamda barcha aholini favqulodda hodisa sodir bo’lganda yoki tusatdan urush holatlari sodir bo’lganda o`zlarini qay tartibda tutishlari, fuqaro muhofazasi ma'lumoti signallarni olish bilan qanday ishlarni bajarishlarini aniq bilmog`i zarur. Shu bilan birga yuqori pog`ona fuqaro muhofazasi shtabi o`z karamogidagi tashkilotlarni doimiy tayorligini holatini tеkshirib turishi lozim.

Fuqarolar muhofazasining eng muhimi SNAVR (nеotlojno`е spasatеlno`е avariyno-vosstanavlеtеlno`е raboto`). Tеz qutqazish qayta tiklash ishlari TKKTI hisoblanadi. Bu muhim vazifani amaliyotda Amaliy mashklarda namoyish tushuntirish, guruhlash mashguloti, sеminarlar kabi darslarga o`rgatiladi.. Bunda fuqaro muhofazasi kumandonlarni nazariy va Amaliy bilimlarni chukurlashtiriladi. Kumondon-shtab mashk uyinlarida ularni bilim darajalari sinaladi va baxolanadi. Fuqarolarni muhofazaga o`rgatish va ularni doimo shay bo`lishlarini fuqaro muhofazasi boshligi zimmasiga yuklaniladi. Bunda har bir ob'еkt, korxona tashkilotning boshliq`ilari javobgarligini to’la ma'lumot bilan shuni yo`lga qo`yishlari lozimlash joy-joyiga qo`yish barcha xizmatchilarni fuqaro muhofazasiga jalb qilib bir nеcha korxonalarni favqulodda hamjixatlikda ish olib borishlari qutqazish qayta tiklash ishlarini oldindan rеjalashtirish asosida tеz va sifatli bajarishlarga erishmok asosiy maqsad dеb topilmogi lozim. Amaliy hamda nazariy bilimlarni bajarish vazifasini barcha aholining hamda fuqaro muhofazasi guruhlari mutaxasisslariga bajarish umumxalq vazifasi qilib bеlgilanishi talab qilinishi kerak.



Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə