O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi


H + Cl = HCl 2H + O  H  O  H



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə2/23
tarix08.03.2018
ölçüsü1,38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

H + Cl = HCl 2H + O  H  O  H


Kovalent bog`lanish bir elektronli bulutlarning bir birini qoplashi hisobiga vujudga kelsa-bu bog`lanish hosil bo`lishining almashinish mexanizmi deyiladi. Kovalent bog`lanish hosil bo`lishining donor-akseptorli mexanizmida kimyoviy bog`lanish 1 ta atomning 2 elektronli buluti bilan boshqa atomning erkin orbitali hisobiga vugudga keladi, masalan:

+
H

H: N:+ H+ H: N : H: :H

H


Bir atomning 2 elektronli buluti va boshqa atomning bo`sh orbitall hisobiga kovalent bog`lanish hosil bo`lish mexanizmi donor-akseptorli yoki koordinatsion bog`lanish deyiladi.

H bog`lanish kimyoviy bog`lanishning o`ziga xos turidir, u molekulalararo yoki ichki molekulyar bo`lishi mumkin.

Molekulalararo H bog`lanish H xamda juda elektromanfiy element-F, O, N, Cl, S kiradigan molekulalar orasida vujudga keladi. Bunday molekulalarda umumiy elektron jufti H dan elektromanfiy element tomonga ko`proq siljiydi, H ning musbat zaryadi esa kichik hajmda yo`nalgan ekanligi sababli proton boshqa atom yoki ionning bo`linmagan elektron jufti bilan o`zaro ta`sirlashib, bu juftni umumlashtirib oladi. Natijada 2-ancha kuchsiz bog`lanish vujudga keladi, u vodorod bog`lanish deyiladi.


H-O…H-O


H H (H2O)2

Ionlar orasida elektrostatik tortishuv tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog`lanish elektrovalent yoki ionli bog`lanish deyiladi. Ionlarning bir-biriga tortilish yo`li bilan hosil bo`ladigan birikmalar geteropolyar yoki ionli birikmalar deb ataladi. Na + Cl = Na Cl so`ngra Na Cl = [Na+][:Cl-]

Ko`pchilik metallar atomlarining tashqi energetik pog`onasida elektronlar soni ko`p bo`lmaydi. Masalan: 16 ta element tashqi pog`onasida 1 tadan elektron, 58 tada 2 tadan, 4 elementda 3 tadan va faqat Pd ning tashqi pog`onasida 1 ta ham elektron bo`lmaydi

Metall elementlar oddiy moddalar–metallarni hosil qiladi. Odatdagi sharoitda ular kristall moddalardir (simobdan tashqari). Hamma metallarda atomlar bir-biriga yaqinlashganida kristall panjara hosil bo`lishi natigasida qo`shni atomlarning valent orbitallari bir-birini qoplaydi, shu tufayli elektronlar bir orbitaldan boshqasiga bemalol o`tib, metall kristalidagi barcha atomlar orasida bog`labish hosil qiladi. Kimyoviy bog`lanishning bunday turi metall bog`lanish deb ataladi.

Qutbli kovalet bog`lanishli molekulalarda bir tomonlama qutblanish molekulada elektron zichlikning notekis taqsimlanishiga olib keladi. Masalan, HCl molekulasida elektron zichlik vodorod yadrosi atrofidagiga qaraganda Cl yadrosi atrofida katta bo`ladi. Molekulada + va – zaryadlarning elektr markazlari bir nuqtada ustma-ust tushmaydi, balki bir-biridan ma`lum L masofada bo`ladi.
Molekula umumiy neytral bo`gani bilan Cl atomida –q zaryad va H atomida +q zaryad bor elektr dipoldan iborat. Bunday bog`lanish va molekulalar qutbli deyiladi (HCl molekulasida qCl = -18, qH= +18, bog`lanishning ionlilik darajasi 18%).

Bog`lanish va molekulaning qutblilik o`lchovi–dipolning elektr momenti  (myu) quyidagicha aniqlanadi: =ql (3. 1), bunda q-effektiv zaryad; l- dipolning uzunligi.

CI sistemasida dipolninig elektr momenti birligi 3,33 X 10-30 kl.m (kulon. metr) qiymat bilan ifodalanadi.

Qutbsiz kovalent bog`lanishli molekulalar qutbsiz yoki gomeopolyar molekulalar deyiladi. Ularda bog`lovchi elektron bulut 2 la atom yadrolari orasida simmetrik taqsimlanadi va yadrolar unga bir hil darajada ta`sir etadi. Bularga 1 ta elementning atomlaridan tarkib topgan H2, F2, Cl2, O2, N2 molekulalari misol bo`la oladi. Bunday molekulalar dipolining elektr momenti 0 ga teng hisoblanadi.

Qattiq moddalar, odatda, kristall tuzilishli bo`ladi. Ular zarrachalarining fazoda qat`iy muayyan nuqtalarda to`g`ri joylashuvi bilan harakterlanadi. Bu nuqtalar bir birini kesib o`tuvchi to`g`ri chiziqlar bilan fikran birlashtirilsa, kristal panjara deyiladigan fazoviy karkas hosil bo`ladi. Zarrachalar joylashgan nuqtalar kristall panjaraning tugunlari deb ataladi.

Zarrachalarning turiga va ular orasidagi bog`lanish xususiyatiga qarab, kristall panjaraning to`rtta turi bo`ladi: ionli, atomli, molekulyar va metall panjaralar.

Ionlardan tuzilgan kristal panjaralar ionli panjara deyiladi. Ularni ionli bog`lanishli moddalar hosil qiladi. Masalan, NaCl kristalli.

Kristallda yoki alohida molekulada ayni zarrachaga zich yaqinlashib kelgan qo`shni zarrachalar soni koordinatsion son deyiladi.

Tugunlarida alohida atomlar bo`ladigan kristall panjaralar atomli panjaralar deyiladi. Bunday panjaralarda atomlar o`zaro puxta kovalent bog`lanishlar bilan birikkan bo`ladi. Masalan, olmos strukturasi.

Qutbli va qutbsiz molekulalardan tarkib topgan kristall panjaralar molekulyar panjaralar deyiladi. Bunday panjaralarda molekulalar bir-biri bilan nisbatan bo`sh molekulalararo kuchlar vositasida birikkan bo`ladi, masalan, muz, qattiq CO2, qattiq HHal lar, inert gazlar, ikki (F2, Cl2, Br2, I2, H2, O2, N2), uch (O3), to`rt (P4), sakkiz (S8) atomli molekulalardan hosil bo`lgan qattiq oddiy moddalar.

Qattiq holatda metallar metal kristall panjaralar hosil qiladi. Ular odatda valent elektronlar, ya`ni manfiy zaryadlangan «elektron gaz» bilan yagona bo`lib bog`langan metall kationlarining birikmasi sifatida tasavvur qilinadi.

Kimyoviy birikmalarning tarkibi kimyoviy formulalar: empirik, elektron, tuzilish formulalari ko`rinishida tasvirlanadi.

Empirik formulalar: H2, H2O, NH3, СH4

Elektron formulalar: HH, HOH, Na:Sl, KOH,

Tuzilish formulalari: H-H, H-O-H, Na-Сl, K-O-H.

Takrorlash uchun savollar.

1. Qutbli kovalent bog`lanish deb qanday bog`lanishga aytiladi?

2. Qutbsiz kovalent bog`lanish deb qanday bog`lanishga aytiladi?

3. Ion bog`lanish deb qanday bog`lanishga aytiladi?

4. Vodorod bog`lanish deb qanday bog`lanishga aytiladi?

5. Metall bog`lanish deb qanday bog`lanishga aytiladi?

6. Donor-akseptor bog`lanish deb qanday bog`lanishga aytiladi?

Mavzuga oid tayanch iboralar.


  1. Kimyoviy bog`lanish – bu atomlararo ta sir etuvchi va ularni birgalikda ushlab turuvchi kuchlardir.

  2. Qutbli kovalent bog`lanish – elektromanfiyligi bir-biridan unchalik keskin farq qilmaydigan elementlarning atomlari ozaro tasirlashganida umumiy elektron juft elektromanfiyligi kattaroq bolgan atom tomonga siljiydi.Natijada qutbli kovalent molekulalar hosil boladi.

  3. Qutbsiz kovalent bog`lanish – elektro manfiyligi bir xil bolgan atomlar ozaro tasirlashganda qutbsiz kovalent molekulalar hosil bolishidir.

  4. Ion bog`lanish – bir atomdan ikkinchi atomga valent elektronlarning otishi hisobiga hosil bolgan ionlar orasida elektr statik tortishuv tufayli vujudga keladigan kimyoviy boglanishdir.

  5. Metall bog`lanish – bunda atomlar bir-biriga yaqinlashganida kristall panjara hosil bolishi natijasida qoshni atomlarning valent orbitallari bir-birini shu tufayli elektronlar bir orbitadan boshqasiga bemalol otib metall kristalidagi barcha atomlar orasida boglanish hosil qiladi.

  6. Vodorod bog`lanish – tarkibida vodorod hamda yuqori elektromanfiy element – ftor, kislorot, azot, ba zan xlor, oltingugurt kiradigan molekulalar orasida vujudga keladi.

  7. Donor-akseptor bog`lanish – bu bir atomning (donorning) ikki elektronli buluti va boshqa atomning (akseptorning) bosh orbitasi hisobiga kovalent boglanish hosil bolishidir.

  8. Kristall panjara – qattiq moddalar zarrachalarining bir-biriga nisbatan tartibli joylashuv korinishidir.

  9. Tuzilish formulalari - bular har qaysi boglovchi elektronlar jufti chiziqcha bilan tasvirlangan formulalardir.

  10. Oksidlanish darajasi – bu birikmadagi atomning birikma faqat ionlardan tarkib topgan, degan taxmin asosida hisoblab topilgan shartli zaryadidir.

  11. Valentlik – ayni element atomi boshqa element atomlarining nechtasini biriktira olsa yoki nechtasi bilan almashina olsa, osha son ayni elementning valentligini korsatadi.


Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996.

3. G. Ye. Rudzitis, F. G. Feldman. Kimyo. 7-8-sinf darsliklari. Toshkent,

« O`qituvchi», 1992

Mavzu - 3 : Dispers sistemalar.

Reja:

- Eritmalar tarkibining son ifodasini;

- Moddalarning suvda eruvchanligin;.

- Erishda bo`ladigan issiqlik hodisalarini;

- Dispers sistemalar va chin eritmalarni.

Tabiatda va texnikada eritmalarning katta ahamiyati bor. O`simliklar moddalarni eritmalar holida o`zlashtiradi. Ovqatning hazm bo`lishi oziq moddalarning eritmaga o`tishi bilan bog`liq. Tabiatdagi barcha suvlar hamda fiziologik suyuqliklar-qon, limfa va boshqalar eritmalar hisoblanadi. Ko`pchilik kimyoviy reaksiyalar eritmalarda sodir bo`ladi.



Eritmalar deb ikki yoki undan ko`p komponentlar (tarkibiy qismlar) va ularning o`zaro ta`sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli sistemalarga aytiladi. Masalan, H2SO4 ning eritmasi erituvchidan-suvdan (birinchi komponent), erigan moddadan-kislotadan (ikkinchi komponent) va ularning o`zaro ta`sir mahsulotlaridan-gidratlangan ionlardan: H+, HSO4-, SO42- lardan tarkib topgan bo`ladi.

Agregat holatiga ko`ra eritmalar suyuq, qattiq va gazsimon holatda bo`ladi. Suyuq eritmalarga moddalarning suvdagi eritmalari; qattiq eritmalarga metallarning qotishmalari; gazsimon eritmalarga gazlarning aralashmalari va havo misol bo`la oladi. Bular orasida eng katta ahamiyatga ega bo`lgani suyuq (suvdagi) eritmalardir.

Har qanday eritmaning muhim hususiyati uning tarkibi hisoblanadi. Eritmalar tarkibini son bilan ifodalashning har xil usullari bor: erigan moddning massa ulushi, molyar konsentratsiya va boshqalar.

Erigan moddaning massa ulushibu o`lchamsiz fizikaviy kattalik bo`lib, erigan modda massasining eritmaning umumiy massasiga nisbatiga teng, ya`ni

m = mm  m (5.1)

bunda m–erigan moddaning massa ulushi; mm–erigan moddaning massasi va m– eritmaning umumiy massasi.

Erigan moddaning massa ulushi m odatda birning ulushlarida yoki foizlarda ifodalanadi. Masalan, suvdagi H2SO4 ning massa ulushi 0,05 ga yoki 5 % ga teng, bu degani 100 g massali H2SO4 eritmasida 5 g H2SO4 va 95 g H2O bor, demakdir.



Molyar konsentratsiyabu erigan modda miqdorining eritmaning hajmiga nisbatiga teng kattalik, ya`ni C(X) = n(X)  V (5. 2)

Bunda C(X)-X zarrachalarning molyar konsentratsiyasi, n(X)-X modda zarralarining eritmadagi miqdori, V-eritmaning hajmi, uning asosiy birligi moll. Masalan, C(HCl)=0,1 moll, C(H3PO4)=0,5 moll,

C(NH4+)=10 moll, C(H+)=110-5 moll.

Bir litrida bir mol erigan modda bor eritma molyar eritma deyiladi. Masalan, 1L 1M NaOH eritmasini neytrallash uchun ushbu reaksiyalar tenglamalariga ko`ra:

a) NaOH + HCl = NaCl + H2O ; b) 2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O

HCl va H2SO4 eritmalaridan quyidagi hajmda olish zarur:

1 L 1 M HCl yoki 0,5 L 1 M H2SO4. Ravshanki, 0,5 L 2 M NaOH ni neytrallash uchun 0,5 L 2 M HCl yoki 0,25 L 1 M H2SO4 kerak bo`ladi.

Eruvchanlik–bu moddaning suvda yoki boshqa erituvchida erish xossasidir. Suvda qattiq, suyuq va gazsimon moddalar erishi mumkin. Suvda eruvchanligiga ko`ra barcha moddalar uchta guruhga bo`linadi: yaxshi eriydigan, kam eriydigan va amalda erimaydigan moddalar. Amalda erimaydigan moddalar to`g`ridan-to`g`ri erimaydigan moddalar ham deyiladi. Eruvchanlik moddalarning tabiatiga bog`liq, bundan tashqari u temperatura va bosimga ham bog`liq bo`ladi. Erish jarayonining o`zi erigan modda zarrachlari bilan erituvchining o`zaro ta`sirlashuvidan iborat bo`lgan hamda o`z-o`zidan sodir bo`ladigan jarayondir.

Eritmalar erigan modda miqdoriga qarab uch xil bo`ladi: to`yingan, to`yinmagam va o`ta to`yingan eritmalar. Erigan moddaning ortiqchasi bilan dinamik muvozanatda turgan eritma to`yingan eirtma deyiladi. To`yinmagan eritmada to`yingan eritmadagiga qaraganda kamroq, o`ta to`yingan eritmada esa ko`proq modda bo`ladi. O`ta to`yingan eritmalar ancha beqarordir. Idishni salgina chayqatish yoki eritmaga tuz kristalidan qo`shish ortiqcha erigan moddaning cho`kmaga tushishiga sabab bo`ladi.

Ko`pincha kam eriydigan va amalda erimaydigan moddalar umumiy nom bilan kam eriydigan moddalar deyiladi.

Eruvchanlik miqdoriy jihatdan to`yingan eritmaning konsentratsiyasi bilan ifodalanadi. Ko`pincha u berilgan temperaturada 100 g erituvchida erish mumkin bo`lgan moddaning eng ko`p grammlar soni bilan ifodalanadi. Bu miqdor ba`zan eruvchanlik koeffitsienti yoki oddiygina qilib moddaning eruvchanligi deb ataladi. Masalan, 18 0C da 100 g H2O da 51,7 g Pb(NO3)2 eriydi. (ya`ni Pb(NO3)2 ning eruvchanligi 18 0C da 51,7 ga teng).

Moddaning eruvchanligi haqida gapirilganda erishdagi temperaturani albatta ko`rsatish kerak. Ko`pincha qattiq moddalarning eruvchanligi temperatura ko`tarilishi bilan ortadi. Bu eruvchanlik egri chiziqlari yordamida yaqqol tasvirlanadi. Abssissalar o`qiga temperatura, ordinatalar o`qiga eruvchanlik koeffitsienti qo`yiladi. Eruvchanlik egri chiziqlari yordamida moddalarning turli temperaturadagi eruvchanlik koeffitsienti oson aniqlanadi. Temperatura pasayganida eritmadan moddaning ajralib chiqishi kristallanish deyiladi.

Moddalarning erishida issiqlik effekti sodir bo`ladi: moddaning tabiatiga qarab issiqlik chiqadi yoki yutiladi. Erish jarayonida issiqlik chiqqanida ekzotermik jarayon (H0), issiqlik yutilganida endotermik jarayon (H0) amalga oshadi. Erish issiqligi H-bu 1 mol modda eriganida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdoridir. Masalan, KOH uchun H0=-55,65 kjmol, NH4NO3 uchun esa H0=+26,48 kjmol.

Erigan moddaning erituvchi bilan kimyoviy o`zaro ta`siri natijasida solvatlar (erituvchi suv bo`lganida gidratlar) deyiladigan birikmalar hosil bo`ladi. Bunday birikmalarning hosil bo`lishi jihatidan eritmalar kimyoviy birikmalarga o`xshaydi.

Rus kimyogari D. I. Mendeleyev eritmalarning kimyoviy nazariyasini yaratdi, uni juda ko`p tajribalar bilan asoslab berdi va 1887 yilda “Suvdagi eritmalarni solishtirma og`irligiga ko`ra tekshirish” nomli kitobida bayon qilib berdi.

Moddalar suv bilan aralashtirilganda bir jinsli (eritmaga xos xususiyat) hamda ko`p jinsli sistemalar, ya`ni suspenziya va emulsiyalar hosil qilishi mumkin. Erish jarayonida dastlab moddalar maydalanadi, shu sababli haqiqiy eritmalar, shuningdek, suspenziya va emulsiyalar dispers sistemalar jumlasiga kiradi (disperslanish-maydalanish demakdir). Dispers sistemalar juda ko`p bo`ladi, ular bir-biridan qanday zarrachalar (qattiq, suyuq va gazsimon) ekanliklari va qanday muhitda (suyuq va gazsimon holatlarga) aralashganliklari bilan farq qiladi. Masalan, tutun yoki havodagi chang, bunda havo gazlar aralashmasi, tutun yoki chang-maydalangan qattiq jism zarrachalaridir.

Tarkibi–dispers muhiti–suv va boshqa suyuqliklar bo`lgan dispers sistemalar dispers zarrachalarning o`lchamlariga qarab haqiqiy eritmalar yoki eritmalar, kolloid eritmalar, dag`al dispers sistemalar yoki suspenziya va emulsiyalarga bo`linadi.

Haqiqiy eritmalarning dispers zarrachalari juda kichik o`lchamlarga ega, shuning uchun ularni bir jinsli sistemalar deb ataladi. Zarrachalarning o`lchamlari 1 nm (10-9 m) dan kichik bo`ladi.

Kolloid eritmalarda dispers zarrachalarning o`lchamlari 1-100 nm, hatto undan ham katta bo`lib, bu zarrachalar juda ko`p molekula yoki atomlardan iboratdir. Kolloid eritmalar ba`zi yuqori molekulyar moddalarni, masalan, oqsillarni suvda eritish natijasida, shu bilan birga kimyoviy reaksiyalar oqibatida ham hosil bo`ladi. Ularning xarakterli hossasi tiniqligi hisoblanadi.

Ba`zi kolloid eritmalar qaynatilganida elektr zaryadga ega bo`lgan ionlar desorblanadi, natijada kolloid zarrachalar yiriklasha boshlaydi va idish tubiga cho`kib qoladi.

Kolloid zarrachalarning bir-biriga yopishib, eritmadan cho`kish hodisasi koagulyatsiya deb ataladi. Ba`zi kolloid eritmalar koagulyatsiya natijasida iviq massa holatiga o`tadi, bu holatdagi modda gel (yoki iviq) deb ataladi. Masalan, 3 % li jelatina issiq suvda gelga yoki iviqqa aylanadi. Buning sababi shundaki, kolloid zarracha juda ko`p suv molekulalarini o`z atrofiga yig`adi. Ko`p gellar kundalik turmushda (masalan, jele, marmelad, ba`zi bir nozu-ne`matlar) ko`plab ishlab chiqariladi va foydalaniladi.

Dag`al dispers sistemalar suspenziyalar va emulsiyalarga bo`linadi. Suspenziyalardispers zarrachalarning o`lchami 100 nm dan katta, zarrachalarni asbobsiz ko`z bilan ko`rish mumkin, oson cho`kadi, ba`zan bir necha daqiqa mobaynida cho`kadi, oddiy filtrlarda (qog`oz filtrda) ushlanib qoladi. Emulsiyalar–dispers zarrachalarning o`lchami 100 nm dan katta, ayrim tomchilarni asbobsiz ko`z bilan ko`rish mumkin, masalan o`simlik moyi

yoki benzinning suv bilan aralashmasi.

Takrorlash uchun savollar.

1. Eritmalar deb nimaga aytiladi?

2. Erigan moddaning massa ulushi deb nimaga aytiladi?

3. Molyar konsentratsiya deb nimaga aytiladi?

4. Eruvchanlik qanday tushuncha?

5. Eritmalar qanday turlarga bo`linadi?

6. Moddaning eruvchanligi qanday tushuncha?

7. Qanday eritmalar kolloid eritmalar deyiladi?

8. Qanday eritmalar dag`al dispers sistemalar deyiladi?

Mavzuga oid tayanch iboralar.

1. Eritma – ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistemadir.

2. Eritma konsentratsiyasi – bu eritmaning yoki erituvchining ma lum massa miqdorida yoki ma lum hajmida erigan modda miqdori bolib uni bir necha usulda ifadalash mumkin: erigan moddaning massa ulushi, molyar konsentratsiya va boshqalar.

3. Eruvchanlik – moddaning biror erituvchida eriy olish xususiyatidir.

4. To`yingan eritma – erigan moddaning ortiqchasi bilan dinamik muvozanatda turgan yoki mavjud sharoitda erigan moddaning imkon darajasida maksimal miqdoriga ega bolgan eritmasidir.

5. To`yinmagan eritma – toyingan eritmadagiga nisbatan erigan moddaning konsentratsiyasi past bolgan va shunday sharoitda eruvchi moddadan yana muayyan miqdorda eritish mumkin bolgan eritmadir.

6. O`ta to`yingan eritma – eritmada eruvchanligidan ortiqcha modda erishidir.

7. Eruvchanlik koeffitsienti – ayni moddaning ma lum haroratda 100g erituvchida erib toyingan eritma hosil qiladigan massasidir.

8. Kristallash – erigan moddani eritmadan ajratish usullaridan biri bolib bunda eritma suvi qisman buglatilib ancha konsentrlangan eritma hosil qilinadi, bu eritma sovutilganda erigan modda kristallar holiday ajralib chiqadi.

9. Solvatlanish – erigan modda bilan erituvchi zarrachalari orasidagi elektr statik ozaro tasirdir. Solvatlanish natijasida hosil bolgan malekulalar agregatlariga solvatlar deyiladi.

10. Kolloid eritmalar – unda dispers faza zarrachalarining olchami 1mmk dan 100mmk gacha boladi.Ular tiniq filtr qogozdan otadigan eritmalardir.]

11. Koagulyatsiya – (quyuqlanish) kolloyid zarrachalarining molekulyar kuchlar ta sirida ozaro birlashib yiriklasha borish jarayonidir.

12.Gel – (muzlagan, ivish) , kolloyid zarrachalararo yoki polimerlarning makromolekulalari orasida molekulali tutinish kuchlari ta sir etishi tufayli ichki strukturalar hosil qilish natijasida oz oquvchanligini batamom yoqotgan va ichki qismiga suyuqlik tarqalgan qatiqsimon dispers sistemalardir.

13.Emulsiyalar – bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikdan iborat suyuq mikrogeterogen dispers sistemadir.



Mavzuga oid adabiyotlar.
1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun. Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. K. R. Rasulov va boshqalar. «Umumiy va anorganik kimyo». Toshkent, «O`qituvchi», 1996.

3. G. Ye. Rudzitis, F. G. Feldman. Kimyo. 8-9-sinf darsliklari. Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

4. A. G. Muftahov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

5. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

6. S. Masharipov. I. Tirkashev. Kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.



Mavzu – 4: Gidroliz jarayoni va ion almashinish

reaksiyalari.

Reja:

-Tuzlar gidrolizi turlarini.

-Gidrolizni oshirish va kamaytirishni.

- Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining asosiy qoidalarini.

- Dissotsilanish mexanizmi va darajasini.

- Kation va anionlarni aniqlash.

- Kislota, asos va tuzlarning dissotsilanishini.
Kuchsiz elektrolit bo`lgan suv oz darajada H+ va OH ionlariga dissotsilanadi, bu ionlar dissotsilanmagan molekulalar bilan muvozanatda bo`ladi.

H2O H+ + OH

Ionlarning konsentratsiyasi odatda 1 litrdagi ionlarning mollari bilan ifodalanadi. Bir litr suvda 220C da faqat 10 mol suv dissotsilanishi va bunda

10 H+ ionlari va 10 OH ionlari hosil bo`lishi tajribada aniqlangan.

Suvdagi H+ ionlari bilan OH ionlar konsentratsiyalarining ko`paytmasi suvning ion ko`paytmasi deyiladi va u KC bilan belgilanadi. Muayyan temperaturada KC – o`zgarmas kattalik bo`lib, 22C da son jihatdan 1014 ga teng.

KC = [H+] – [OH] = 10– 10 = 1014 (6. 2)

Kislota, asos yoki tuzning suvdagi har qanday eritmasi tarkibida H+ ionlar ham, OH ionlar ham bo`ladi, toza suv uchun [H+] = [OH] = 10 Agar unga kislota qo`shilsa, u holda [H+] > 10 dan katta, [OH] <10 dan kichik bo`ladi. Aksincha, agar suvga ishqor qo`shilsa [H+] <10 dan kichik, [OH]>10 dan katta bo`ladi. [H+] . [OH] ko`paytmaning o`zgarmasligidan suv ionlaridan birining konsentratsiyasi ortganda boshqa ionning konsentratsiyasi kamayadi, degan xulosa kelib chiqadi. Bu hol agar OHionlarning konsentratsiyasi ma`lum bo`lsa, OH ionlarning konsentratsiyasini hisoblab topishga imkon beradi. Masalan, suvdagi eritmada [H+] = 10–3 bo`lsa, u holda [OH] quyidagicha aniqlanadi:

[OH]= KS/[H+]= 10–14/ 10–3 = 10–11

Eritmaning kislotaliligi va ishqoriyligini H+ ionlarning yoki OHionlarning konsentratsiyasi orqali ifodalash mumkin. U holda neytral eritma uchun [H+]= 10–7, kislotali eritma uchun [H+] >10–7 va ishqoriy eritma uchun manfiy daraja ko`rsatkichli sonlarni ishlatish bilan bog`liq noqulayliklarni yuqotish uchun vodorod ionlari konsentratsiyasini vodorod ko`rsatkich pH orqali ifodalash qabul qilingan.

Vodorod ionlari konsentratsiyasining teskari ishora bilan olingan o`nli logarifmi vodorod ko`rsatkich pH deb ataladi:

pH = – lg [H+] (6. 3) yoki [H+] = 10–pH (6. 4)

bunda [H+] – vodorod ionlarining konsentratsiyasi,





Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə