O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə23/23
tarix08.03.2018
ölçüsü1,38 Mb.
#30799
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23

Tabiiy tolalar o`simlik va hayvonlardan olinadi. Sun`iy tolalar tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni (sellyuloza, oqsil) kimyoviy qayta ishlash yo`li bilan olinadi. Sintetik tolalar esa sintetik monomerlarning polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari yo`li bilan sintez qilib olinadi.

Kapron [HN(CH2)5CO]n tolasi keng tarqalgan poliamid tola bo`lib, uni sanoatda -kaprolaktamdan olinadi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Dastlab, kaprolaktam suv bilan birikib σ–aminogeksan kislotaga aylanadi, so`ngra uning molekulalari o`zaro birikib makromolekulani hosil qiladi, masalan:

CH2–CH2–CO

N–H + H2O → H2N–CH2–CH2–CH2–CH2–CH2–CO–OH

CH2–CH2–CH2

… + H2N–(CH2)5–CO–OH + H2N–(CH2)5–CO–OH + … →

→ …–NH–(CH2)5–CO–NH–(CH2)5–CO–… + nH2O

nH2N–(CH2)5–CO–OH → [–NH–(CH2)5–CO–]n + nH2O

kapron

Hosil bo`lgan polimer smola tuzilishiga ega bo`lib, tola olish uchun bu smola suyuqlantiriladi va filyeralardan o`tkaziladi. Kapron tolasi pishiqligi, yemirilishga chidamliligi bo`yicha tabiiy toladan ustun, lekin kapron tolasi yuqori haroratga chidamsiz bo`ladi. Kapron iplari mustahkam va zararsiz bo`lganligi uchun jarrohlikda ishlatiladi. Kaprondan baliq ovlash to`rlari to`qiladi, ayollar uchun maxsus paypoqlar tayyorlanadi. Kaprondan kord gazmollar tayyorlanib, undan avtomashinalarga karkaslar yasaladi.



Anid (neylon) [–CO–(CH2)4–CO–NH–(CH2)6–NH–]n tolasi geksametilendiamin va adipin kislotaning polikondensatlanish reaksiyasi natijasida olinadigan poliamid polimer hisoblanadi:

… + HOOC–(CH2)4–COOH + H2N–(CH2)6–NH2 + … →

→ …–CO–(CH2)4–CO–NH–(CH2)6–NH–… + 2nH2O

nHOOC–(CH2)4–COOH + nH2N–(CH2)6–NH2

→ [–CO–(CH2)4–CO–NH–(CH2)6–NH–]n + 2nH2O

neylon


Neylon tolasidan chiroyli va pishiq to`qimalar, trikotaj kiyimlar, arqonlar, avia va avtokordlar tayyorlanadi.

Lavsan [–CO–C6H4–CO–O–CH2–CH2–O–]n tolasi tarkibi jihatidan ikki asosli aromatik kislota–tereftal kislota bilan ikki atomli spirt–etilenglikolning murakkab efiri hisoblanadi:

HOOC–C6H4–COOH + HO–CH2–CH2–OH →

→ HOOC–C6H4–CO–O–CH2–CH2–OH + H2O

Ushbu murakkab efir polikondensatlanishi natijasida yuqori molekulyar birikma–lavsan hosil bo`ladi:

nHOOC–C6H4–CO–O–CH2–CH2–OH →

→ [–CO–C6H4–CO–O–CH2–CH2–O–]n + nH2O

Lavsan tolalariga tabiiy tolalar, masalan paxta tolasi qo`shilganda yuqori sifatli gazlama trikotajlar hosil bo`ladi. Bunday gazlamalar yaxshi sifatli to`p gazlamalariga o`xshaydi va g`ijim bo`lmaydi. Bulardan tashqari, lavsandan transportyar lentalari, kamarlar, pardalar ishlab chiqarishda qo`llaniladi.

Nitron [–CH2–CH(CN)–]n tolasi akrilonitrilni CH2=CH–CN polimerlanish yo`li bilan olinadi, masalan:

nCH2=CH–CN → [–CH2–CH(CN)–]n



4. 4. Yuqori molekulyar birikmalar kauchuk sifatida

Tabiiy kauchuk elastik yuqori molekulyar birikma bo`lib, asosan geveya daraxtidan olinadi. Kauchuk olish uchun daraxtning po`stlog`i kesib olinadi va kesilgan joydan sutsimon shira (lateks) ajralib chiqadi. Sutsimon shira kauchukning suvdagi eritmasi bo`lib, bu eritmaga mineral kislotalar qo`shish yo`li bilan kauchuk koagulyatsiyaga uchratiladi. Buning natijasida shiradagi kauchuk mayda zarrachalar holida ajralib chiqadi. Eritmadan ajratib olingan xom kauchuk quritiladi hamda oksidlanishdan saqlash uchun dudlanadi.

Kauchuk benzin, benzol, uglerod sulfid va xloroformda yaxshi eriydi, spirtda kam eriydi, suvda esa amalda erimaydi. Kauchuk elastik xossaga ega bo`lib, suv va gaz o`tkazmaydi hamda eng yaxshi elektroizolyator hisoblanadi.

1823 yilda angliyalik muhandis K. Makintosh birinchi bo`lib kauchukni amaliyotda ishlatish yo`lini topdi, ya`ni u kauchuk eritmasida shimdirilgan gazmoldan suv o`tkazmaydigan buyumlarni ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi. Lekin bu sof kauchukdan tayyorlangan gazmollar past haroratda mo`rt, yuqori haroratda esa yumshab, yopishqoq bo`lib qolar edi. 1849 yilda amerikalik savdogar Charlz Gudyar tomonidan kauchukning vulkanlanish jarayoni, ya`ni rezina kashf qilindi. Shundan so`ng kauchuk sanoatda keng ko`lamda ishlatila boshlandi.

Hozirgi kunda kauchuk va rezina mahsulotlaridan xalq xo`jaligida keng ko`lamda foydalaniladi. Kauchukdan aviatsiya va avtomobil shinalari, elektroizolyatsiya buyumlari, poyabzallar, sport mollari, o`yinchoqlar, turli xil tibbiyot buyumlari, laboratoriya asboblari va ko`plab boshqa buyumlar ishlab chiqariladi.



Kauchukning tuzilishi. Ingliz olimi M. Faradey tomonidan 1826 yilda kauchuk molekulasi uglerod va vodorod atomlaridan tarkib topgan to`yinmagan uglevodorod ekanligi aniqlandi. 1860 yilda ingliz olimi G. Vilyams kauchukni «quruq haydash» yo`li bilan C5H8 tarkibli izoprenni ajratib oldi. Ingliz kimyogari U. Tilden 1882 yilda izoprenni polimerlash natijasida kauchuksimon moddani hosil qildi va tabiiy kauchuk bilan izopren o`rtasida bog`liqlik bor ekanligini aniqladi. 1924 yilda nemis kimyogari G. Shtaudinger tomonidan tabiiy kauchuk izoprenning polimerlanish mahsuloti ekanligi va uning to`liq tuzilishi aniqlandi:

… + CH2=C–CH=CH2 + CH2=C–CH=CH2 + … →

CH3 CH3

→ …–CH2–C=CH–CH2–CH2–C=CH–CH2–…

CH3 CH3

nCH2=C–CH=CH2 → [CH2=C–CH=CH2]n

CH3 CH3

izopren tabiiy kauchuk (sis–1,4–poliizopren)

Rentgenostruktur analiz usuli yordamida olib borilgan tekshirishlar natijasida tabiiy kauchukning sis–1,4–poliizopren tuzilishga ega ekanligi aniqlandi.

Indoneziya va Hindiston yarim orolida o`sadigan ba`zi bir o`simliklar shirasidan kauchuksimon modda–guttapercha ajratib olinadi. Guttapercha tabiiy kauchukning fazoviy izomeri bo`lib, trans–1,4–poliizopren tuzilishga ega bo`ladi:

CH3

…–CH2–C=CH–CH2–CH2–C=CH–CH2–…

CH3

guttapercha (trans–1,4–poliizopren)

Guttapercha kauchukdan farq qilib, odatdagi sharoitda qattiq bo`lib, qizdirilganda yumshaydi, u elektr kabellar ishlab chiqarishda izolyatsiya materiali sifatida qo`llaniladi.

Sintetik kauchuk. Xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida kauchuk va uning vulkanlanish mahsuloti–rezina keng ko`lamda ishlatiladi. Lekin o`simliklardan olinadigan kauchuk xalq xo`jaligining kauchukka bo`lgan talabini qondira olmaydi hamda narxi juda qimmat bo`ladi. Shuning uchun sanoatda sintetik kauchuk ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo`ldi. 1932 yilda dunyoda birinchi bo`lib rus olimi akademik S. V. Lebedev tomonidan sintetik kauchuk ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. S. V. Lebedev usuli bo`yicha sintetik kauchuk–etil spirtidan olingan butadiyen–1,3 ni natriy metali ishtirokida polimerlash yo`li bilan olingan:

nCH2=CH–CH=CH2 → [–CH2–CH=CH–CH2–]n

Hozirgi kunda butadiyen–1,3 butanni degidrogenlash yo`li bilan olinadi. Butadiyen kauchuk elastikligi va yedirilishga chidamliligi jihatidan tabiiy kauchukdan keyin turadi.

Hozirda sanoatda tuzilishi tabiiy kauchuknikiga o`xshash stereoregulyar tuzilishli (makromolekulada metil guruhlar qat`iy muayyan tartibda joylashgan) izopren kauchuk ishlab chiqariladi. Stereoregulyar tuzilishli butadiyen kauchuk ham olingan bo`lib, u divinil kauchuk deb ataladi. Stereoregulyar tuzilishli izopren va divinil kauchuklar xossalari jihatidan tabiiy kauchukka yaqin bo`lib, divinil kauchuk esa yedirilishga chidamliligi jihatidan hatto tabiiy kauchukdan ustundir.

Hozirgi kunda ushbu sintetik kauchuklardan tashqari sopolimerlanish reaksiyasi yo`li bilan butadiyen stirol, butadiyen nitril, hamda tarkibida ftor va kremniy tutgan ko`plab sintetik kauchuklar ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan. Bu kauchuklar o`ziga xos ayrim xossalari bo`yicha tabiiy kauchuklardan ustun hisoblanadi.

Butadiyen kauchuk [–CH2–CH=CH–CH2–]n suv va gazlarni o`tkazmaydi,

elastikligi jihatidan tabiiy kauchukdan keyinda turadi. Kabellar, poyabzallar, turmush uchun zaruriy buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.



Divinil kauchuk [–CH2–CH=CH–CH2–]n chidamliligi va elastikligi jihatidan tabiiy kauchukdan ustun bo`lib, shinalar ishlab chiqarishda qo`llaniladi.

Izopren kauchuk [–CH2–C(CH3)=CH–CH2–]n elastikligi va chidamliligi jihatidan tabiiy kauchukka o`xshash bo`lib, shinalar ishlab chiqarishda qo`llaniladi.

Xloropren kauchuk [–CH2–CCl=CH–CH2–]n yuqori haroratga chidamli bo`lib, unga benzin va moyning yonishi ta`sir etmaydi. O`zidan gaz o`tkazmaydi hamda kabellar, benzin va neft o`tkazish uchun quvurlar tayyorlashda ishlatiladi.

Butadiyenstirol kauchuk [–CH2–CH=CH–CH2–CH(C6H5)–CH2–]n o`zidan gaz o`tkazmaydi, lekin o`tga chidamsiz bo`lib, transportyorlar, avtokameralar ishlab chiqarishda qo`llaniladi.

Butadiyennitril kauchuk [–CH2–CH=CH–CH2–CH(CN)–CH2–]n organik erituvchilar ta`siriga chidamli bo`lib, moy va benzin ta`siriga chidamli shlanglar, quvurlar hamda neft mahsuloti saqlanadigan idishlar tayyorlanadi.

Ftorkauchuk [–CF2–CF(Cl)–CH2–CF2–]n bu kauchukdan yuqori haroratga hamda kimyoviy agressiv moddalarga chidamli materiallar tayyorlanadi.

Kremniy organik (siloksan) kauchuk [–Si(CH3)2–O–Si(CH3)2–O–]n yuqori va past haroratlarda elastiklik xossalarini saqlab qoladi. Shuning uchun ulardan yuqori va past (70 0C–250 0C) haroratlarda chidamli kabel simlari va boshqa detallar tayyorlashda ishlatiladi.

Takrorlash uchun savollar va masalalar

1. Plastmassalar (plastik massalar) deb qanday moddalarga aytiladi?

2. Plastmassalarning qanday xossasi termoplastiklik xossasi deb ataladi, termoplastik polimerlarga qaysi polimer moddalar misol bo`ladi?

3. Plastmassalarning qanday xossasi termoreaktivlik xossasi deb ataladi, termoreaktiv polimerlarga qaysi polimer moddalar misol bo`ladi?

4. To`ldiruvchilar, plastifikatorlar va stabilizatorlar deb qanday moddalarga aytiladi?

5. Hozirgi vaqtda xalq xo`jaligida qanday turdagi plastmassalar ishlatiladi, plastmassalardan qanday turdagi mahsulotlar tayyorlanadi?

6. Tolalar necha turga ajratiladi, ularga qanday tolalar misol bo`ladi?

7. Kapron qanday usul bilan olinadi, undan qanday turdagi materiallar tayyorlanadi?

8. Neylon qanday usul bilan olinadi, undan qanday turdagi materiallar tayyorlanadi?

9. Lavsan qanday usul bilan olinadi, undan qanday turdagi materiallar tayyorlanadi?

10. Tabiiy kauchuk qanday usul bilan olinadi, uning tuzilishi qaysi olimlar tomonidan aniqlangan?

11. Tabiatda kauchukning qanday tabiiy fazoviy izomerlari mavjud, kauchuk va rezinalardan qanday turdagi mahsulotlar tayyorlanadi?

12. Sanoatda sintetik kauchuk birinchi marta kim tomonidan, qanday yo`l bilan olingan?

13. Hozirgi vaqtda xalq xo`jaligida qanday turdagi sintetik kauchuklar ishlatiladi?

14. Sintetik kauchuklardan qanday turdagi mahsulotlar tayyorlanadi?

Mavzu: O`zbekistonda kimyo sanoatining istiqbollari va

atrof–muhitni zararsizlantirish muammolari.

Talaba bilishi kerak:

- O`zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishini;

- O`zbekistonlik kimyogar olimlar va ularning amalga oshirgan ilmiy ishlarini;

- Atrof muhitni zararsizlantirish muammolarini.

Yangi darsning bayoni.

1. O`zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi.

Chor Rossiyasi davrida O`zbekistonda kimyo sanoati kuchsiz va qoloq edi. Cheklangan xillarda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilar, kimyoviy mahsulotlarning ko`pchiligi chet eldan keltirilar edi. Maxsus kimyo oliy o`quv yurtlari va ilmiy–tadqiqot institutlari yo`q edi.

Qizil imperiya davrida O`zbekistonda kimyo sanoati asta–sekin rivojlana boshladi. Metallurgiya kombinatlari, kimyo zavodlari, elektr stansiyalar qurildi, o`quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil qilindi.

Mustaqillik davrida Vatanimiz kimyo sanoati yuksak sur`atlar bilan rivojlanib bormoqda. Chet el kompaniyalari bilan qo`shma korhonalar tashkil qilindi, chiqarilgan mahsulotlar jahon talablariga javob bermoqda. “Zarafshon–Nyumont” qo`shma korhonasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qong`irot soda zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Xorazm shakar zavodi, «Sho`rtangaz» kompleksi va boshqa yirik korhonalar barpo etildi.

Xalq xo`jaligini kimyolashtirish ilmiy-texnika taraqqiyotining muhim yo`nalishi bo`lib, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholiga tibbiyot, madaniy va maishiy xizmat ko`rsatishni yaxshilash maqsadida kimyoning yutuqlari va usullaridan, kimyoviy materiallar va ulardan olingan buyumlardan planli ravishda va keng foydalanishdan iborat.

Qishloq xo`jaligini kimyolashtirishga alohida e`tibor beriladi, bu mineral o`g`itlar, o`simliklarni himoya qilash vositalari, chorvachilikdagi kimyoviy mahsulotlardan keng foydalanish va melioratsiyada turli xil polimer va boshqa materiallarni ishlatishni o`z ichiga oladi.



2. O`zbekistonlik kimyogar olimlar va

ularning amalga oshirgan ilmiy ishlari.

Akademik S. Yu. Yunusov (1909–1995) boshchiligida izoxinolin, eritrin, diterpen, xinolin, indol, xinozolidin, xinozolin, steroid, pirolizidin, piridin, tropan va oltingugurtli alkaloidlar ustida ilmiy ishlar olib borildi. S. Yu. Yunusov o`simliklarning har xil a`zolariga alkaloidlarning dinamik to`planish qonuniyatlarini yaratdi va shogirdlari bilan O`rta Osiyoda, ayniqsa, O`zbekistonda o`sadigan shifobaxsh o`simliklardan 800 dan ortiq alkaloidlar ajratib oldi, ulardan 500 ta yangisining tuzilish formulasini aniqlab, O`zbekiston alkaloidlar kimyosini dunyoda yetakchi o`ringa olib chiqdi. Uning shogirdlari orasidan N. K. Abubakirov, X. A. Abduazimov, F. Yu. Yuldashev, Z. F. Ismailov, S. T. Akromov, R. N. Nuritdinov, M. S. Yunusov, S. I. Iskandarov kabi taniqli kimyogarlar yetishib chiqdi.

Akademik O. S. Sodiqov (1913–1987) dunyoga tanilgan o`zbek kimyogar olimi va tashkilotchi rahbaridir. Uning ilmiy ishlari O`rta Osiyoda o`sadigan yovvoyi va madaniy o`simliklar hamda tabiiy birikmalar kimyosini o`rganishga bag`ishlangan. Uning shogirdlari O`zbekiston, Mo`g`uliston, Betnam va Polshaning taniqli kimyogarlari hisoblanadi. O. S. Sodiqov 1966 yildan 1983 yilgacha Oz`bekiston Fanlar Akademiyasining Prezidenti bo`lib ishlagan.

Akademik A. A. Abduvahobov O`zbekistonda kimyogar–element organiklar maktabini yaratgan yirik olim. U shogirdlari bilan birga element –organik birikmalar kimyosi, nozik organik sintez muammolari, molekulyar darajada quyi molekulyar bioregulyatorlar ta`siri mexanizmining kimyoviy mohiyatini aniqlash, fazoviy kimyo bo`yicha organik kimyo fanining rivojiga katta hissa qo`shib kelmoqda.

Akademik M. A. Asqarov polimerlar kimyosi va texnologiyasi sohasida katta ilmiy ishlar qilgan olimdir. Uning ilmiy ishlari aromatik diaminlarning alifatik ikki asosli kislotalar bilan polikondensatlanish; yangi monomerlarning polimerlanish reaksiyalarini chuqur va har tomonlama o`rganish; tarkibida azot, kislorod, oltingugurt bo`lgan plyonkalar olishga hamda linoleumlar ishlab chiqarishga qaratilgan va joriy qilingan.

Akademik S. Sh. Rashidova yuqori molekulyar birikmalar kimyosi sohasidagi olima. Uning ilmiy ishlari ma`lum kimyoviy tuzilishiga ega bo`lgan biologik faol polimerlar asosidagi dorilar, o`simliklarni himoya qilish vositalarini tanlashning nazariy asoslarini ishlab chiqishga va ularni amaliyotga qo`llashga bag`ishlangan. Bu tadqiqotlar asosida «Kovilon» deb nomlangan plazma o`rnini bosuvchi dori olingan, o`simliklar o`sishini boshqaruvchi modda–benzoil chumoli kislotasi asosida chigit, sholi va qandlavlagi urug`larini ekishdan oldin polimer moddalar bilan kapsullash masalalari o`rganilgan. Fransiya, Shvetsiya olimlari bilan ilmiy hamkorlik amalga oshirilgan.

3. Atrof muhitni zararsizlantirish muammolari.

O`zbekistonda sobiq ittifoq davrida, ayniqsa istiqlol yillarida ko`plab kimyo zavodlari hamda majmualari barpo etildi. Jumladan «Olmaliq kimyo majmuasi», «Chirchiq elektrokimyosanoat» birlashmasi, «Farg`ona furan birikmalari kimyosi» majmuasi, «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi, «Buxoro neftni qayta ishlash» zavodi, Muborak va Sho`rtan «Gazni qayta ishlash» majmualari va boshqa ko`plab kimyo zavodlari mamlakatimizning kimyoviy xom–ashyolarga bo`lgan ehtiyojlarini ta`minlash uchun keng ko`lamda mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.

Masalan, birgina «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi bir yilda 550000 tonna NH3, 751000 tonna HNO3, 951000 tonna NH4NO3, 41000 tonna nitron tolasi, 26000 tonna akrilonitril, 3000 tonna metakril kislotasi, 30000 tonna C2H2, 25000 tonna CH3COOH, 345000 tonna (NH4)2SO4, 4000 tonna sianat kislota tuzlari, 200 tonna mochevina va shu bilan birga poliakrilamid, epoksid smolalari, mochevina formaldegid smolalari, bariyli tuzlar hamda katalizatorlar ishlab chiqaradi.

O`zbekiston kimyo sanoati sintetik kauchuk, plastmassalar, sun`iy tolalar, sun`iy yoqilg`i, bo`yoqlar, dori-darmonlar va boshqa ko`plab moddalar ishlab chiqarmoqda.

O`zbekiston kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari–turli xil mineral kislotalar, turli ishqorlar va tuzlar hisoblanadi hamda ular ko`plab miqdorlarda ishlab chigarilmoqda.

Qishloq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mineral o`gitlar, o`simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, ularning o`sishini tartibga soluvchi moddalar, hayvonlar ozig`iga qo`shiladigan kimyoviy moddalar va oziq konservantlari, ko`pchilik polimer materiallar ishlab chiqarilmoqda.

Mustaqil O`zbekistonimizni industrlashtirishning asosi bo`lgan metallar kimyoviy usullardan foydalanib olinadi, shuningdek, korroziyalanishdan himoya qilinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda O`zbekistondagi kimyo sanoati majmualari mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida har yili bir necha million tonnaga teng miqdorlarda kimyoviy chiqindilarning hosil bo`lishiga ham zamin yaratadi. Bundan tashqari suv resurslaridan noto`g`ri foydalanish, tuproqning ortiqcha mineral o`g`itlar hisobiga sho`rlanishi, havoga toshko`mir va neft mahsulotlarining chala yonishi natijasida ko`plab miqdorda is gazining ajralishi yoki maishiy xizmat ko`rsatish sanoatining chiqindilari ham atrof–muhitning ifloslanishiga olib keladi. Masalan,

2C + O2 → 2CO 2 : 1 chala yonish

C + O2 → CO2 1 : 1 to`liq yonish

Prezidentimiz I. A. Karimov tashabbuslari bilan 1992 yilda mamlakatimizga tashqaridan olib kelinadigan materiallarni o`zimizda tayyorlash va tayyorlangan mahsulotlarni jahon standartlariga javob berishi kerakligi uqtirib o`tilgan edi.

Keyingi vaqtlarda atrof-muhitni muhofaza qilish mamlakatimiz aholisi oldida turgan eng muhim masalalardan biri bo`lib qoldi. Oqar suvlarni tozalash, suv tozaligini nazorat qilib turish, chiqindisiz texnologiya yazatish va hokazo masalalarni hal qilishda O`zbekiston kimyo fani va sanoatining ahamiyati katta.

Shu sababli chiqindilarni, jumladan oziq–ovqat sanoati, plastik va rezina mahsulotlari hamda qog`oz chiqindilarini qayta ishlash majmualarini qurish, mavjudlarini esa zamona talablariga javob beradigan darajada qayta jihozlash zarur. Buning uchun kimyo korxonalarida chiqindisiz ishlaydigan yangi chet el texnologiyalarini joriy qilish yoki shunday texnologiyalarni o`zimizda yaratish kerak bo`ladi.

Takrorlash uchun savollar.

1. O`zbekistonda qanday kimyo sanoati majmualari barpo etilgan?

2. O`zbekistonlik kimyogar olimlardan kimlarni bilasiz?

3. Ozbekistonda qanday turdagi kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqariladi?

4. Atrof–muhit muhofazasi uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak bo`ladi?

Mavzuga oid tayanch iboralar.

Kimyo sanoati, kimyoviy korxonalar, alkaloidlar kimyosi, element organik birikmalar kimyosi, polimerlar kimyosi, biologik faol polimerlar, «Kovilon», kapsullash, chiqindisiz texnologiya.



Mavzuga oid adabiyotlar.

1. G. P. Xomchenko. Kimyo. Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun, Toshkent, «O`qituvchi», 2001.

2. G. E. Rudzitis, F. G. Feldman. Organik kimyo. 10–sinf darsligi, Toshkent, «O`qituvchi», 1992.

3. A. G. Muftaxov, H. T. Omonov, R. O. Mirzayev. Umumiy kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.

4. M. M. Abdulxayeva, O`. M. Mardonov. Kimyo. Toshkent, «O`zbekiston», 2002.

5. A. A. Abdusamatov, R. Mirzayev, R. Ziyayev. Organik kimyo. Toshkent, «O`qituvchi», 2002.



Aromatik uglevodorodlar. Neft va tabiiy gaz.

Aromatik uglevodorodlarning tuzilishi va umumiy xossalari.

Benzol, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Neft va uni qayta ishlash mahsulotlari.

Tabiiy gaz va uni qayta ishlash mahsulotlari.

Kislorodli organik birikmalar.

Bir atomli to`yingan spirtlar, ularning izomeriyasi va nomenklatirasi.

Spirtlarning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Ko`p atomli spirtlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Fenollar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va ularning umumiy xossalari.

Aldegidlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Ketonlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Karbon kislotalar va ularning xossalari.

Chumoli va sirka kislotalar.

Murakkab efirlar, yog`lar, uglevodlar.

Murakkab efirlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Yog`lar, ularning umumiy xossalari, sovunlar va boshqa yuvish vositalari.

Uglevodlar, ularning olinishi, xossalari va ishlatilishi.



Azotli organik birikmalar.

Nitrobirikmalar, olinishi va fizik-kimyoviy xossalari.

Aminlar, anilin, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi.

Aminokislotalar va kislotalarning amidlari.

Oqsillar, ularning tuzilishi va fizik–kimyoviy xossalari.

Karbosiklik va geterosiklik birikmalar.

Karbosiklik birikmalar.

Geterosiklik birikmalar.

Tabiiy va sintetik yuqori molekulyar birikmalar.

Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha.

Polimerlarning olinishi va tuzilishi.

Yuqori molekulyar birikmalar plastmassa sifatida.

Yuqori molekulyar birikmalar tolalar sifatida.

Yuqori molekulyar birikmalar kauchuk sifatida.



O`zbekistonda kimyo sanoatining istiqbollari va atrof–muhitni zararsizlantirish muammolari.

O`zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi.



O`zbekistonlik kimyogar olimlar va ularning amalga oshirgan ilmiy ishlari.

Atrof muhitni zararsizlantirish muammolari.
Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə