O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi


) CH4  C + 2H2 ; 2CH4  C2H2 + 3H2



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə7/23
tarix08.03.2018
ölçüsü1,38 Mb.
#30799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23

2) CH4  C + 2H2 ; 2CH4  C2H2 + 3H2

3) Cl2  2Cl; CH4 + Cl  CH3 + HCl; CH3 + Cl : Cl  CH3Cl + Cl

4) CH4 + HNO3  CH3NO2 + H2O

5) C4H10  C4H8 + H2 ; C4H10  C2H6 + C2H4


To`yingan uglevodorodlarning ayrim vakillari o`simliklar tarkibida ham bo`ladi. Masalan, Avstraliyada o`sadigan «Neftli yong`oq» o`simligi tarkibida ko`p miqdorda to`yingan uglevodorodlar mavjud.

Laboratoriya sharoitida alkanlar quyidagi usullar bilan olinadi:

1. Natriy atsetatga natron ohagi ta`sir ettirish:

CH3COONa + NaOH  Na2CO3 + CH4

2. Alyuminiy karbidga suv ta`sir ettirish.

Al4C3 + 12H2O  4Al(OH)3 + 3CH4

Sanoatda esa alkanlar quyidagi usullar bilan olinadi:

1. To`yinmagan uglevodorodlarni katalizatorlar ishtirokida gidrogenlash:

CH2=CH2 + H2  CH3–CH3

2. Ko`mirga yoki is gaziga vodorod ta`sir ettirish:

C + 2H2  CH4 CO + 3H2  CH4 + H2O

3. To`yingan uglevodorodlarning galogenli hosilalariga ishqoriy metallar ta`sir ettirish (Vyurs reaksiyasi):

C2H5–Br + 2Na + Br–C2H5  C2H5C2H5 + 2NaBr

4. Ikkita to`yinmagan uglevodorodni biriktirib, hosil bo`lgan mahsulotni gidrogenlash:

2C4H8  C8H16 + H2  C8H18

To`yingan metan qatori uglevodorodlarining fizikaviy xossalari.



Nomi

Formulasi

Tsuyuqlanish, 0C

Tqaynash, 0C

Nisbiy zichligi,

Metan

CH4

–184

–162



Etan

C2H6

–172

–88



Propan

C3H8

–190

–42



Butan

C4H10

–135

–0,5



Izobutan

C4H10

–140

–10



Pentan

C5H12

–132

–36

0,6261

Izopentan

C5H12

–161

28

0,6197

Geksan

C6H14

–94

69

0,6603

Geptan

C7H16

–90

98

0,6834

Oktan

C8H18

–57

126

0,7031

Nonan

C9H20

–54

151

0,7182

Dekan

C10H22

–30

174

0,7301

Fizikaviy xossalari. Gomologik qatorda uglevodorodlar fizikaviy xossalarining asta–sekin o`zgarishi kuzatiladi: qaynash va suyuqlanish haroratlari ko`tariladi, zichliklari ortadi. Odatdagi sharoitda (Тqaynash=22 0C) qatorning dastlabki to`rtta a`zosi–gazlar, C5H12 dan C16H34 gacha–suyuqliklar, C17H36 dan boshlab–qattiq moddalar.

Molekula og`irligi ortishi bilan alkanlarda suyuqlanish, qaynash haroratlari va solishtirma og`irligi ortib boradi. Tarmoqlangan zanjirli izomerlarning qaynash haroratlari normal zanjirli izomerlarning qaynash haroratlaridan past bo`ladi. Masalan, n–pentan 36 0C da, izopentan 28 0C da qaynaydi. Aksincha, uglevodorod zanjiri qancha ko`p tarmoqlangan bo`lsa, suyuqlanish harorati shuncha yuqori bo`ladi.

Alkanlar suvda va kuchli qutbli erituvchilarda yomon eriydi, benzol, efir, xloroform kabi qutbsiz erituvchilarda yaxshi eriydi. Gazsimon va qattiq alkanlar hidsiz, suyuq alkanlar o`ziga xos benzin va kerosin hidiga ega bo`ladi.

Metan–CH4–rangsiz va hidsiz gaz, suvda yomon eriydi, spirtda yaxshi eriydi.



Kimyoviy xossalari. To`yingan uglevodorodlar kimyoviy juhatdan inert moddalar bo`lib, ular oddiy sharoitda oksidlanmaydi va kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun alkanlar katalizatorlar ishtirokida, harorat va yorug`lik ta`sirida o`rin olish reaksiyalariga kirishadi. Masalan:

Yonishi. Alkanlar 300 0C dan yuqori haroratda yonadi va CO2 va H2O hosil qiladi:

CH4 + 2O2  CO2 + 2H2O



Kreking jarayoni. Yuqori haroratda to`yingan uglevodorodlarning C–C bog`lari uzilib radikallar hosil bo`ladi, buning natijasida kichik molekulali alkan va alkenlar aralashmasi hosil bo`ladi. Bunday kreking (inglizcha kreking–parchalanish) jarayoni termik kreking deb ataladi.


CH3–CH2–CH2–CH2–CH2–CH3

 CH4 + CH3–CH2–CH2–CH=CH2

 CH3–CH3 + CH3–CH2–CH=CH2

 CH2=CH2 + CH3–CH2–CH2–CH3

 CH3–CH2–CH3 + CH3–CH=CH2

Agar kreking jarayoni katalizatorlar ishtirokida olib borilsa, bunday kreking katalitik kreking deyiladi. Katalitik kreking sanoatda neftni krekinglashda ishlatilib, kichik zanjirli alkan va alkenlardan tashqari normal uglevodorodlardan izomer uglevodorodlar ham hosil bo`ladi.

→ CH3–CH–CH2–CH3

CH3

CH3–CH2–CH2–CH2–CH3

CH3

→ CH3–C–CH3

CH3



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə