O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə13/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43

CHinligi

1 ml preparatga 5 ml Feling reaktivini qo‘shib qizdiriladi. Qizg‘ish-g‘ishtsimon cho‘kma hosil bo‘ladi (glyukoza).

Tinikligi

Preparat tiniq bo‘lishi kerak. (GF X1, 1. s.198)

Rangliligi

Preparat rangliligi №5b etalonidan oshib ketmasligi kerak (GF X1, 1. s.194).

pH yoki kislotalilik yoki ishkoriyligi

-pH 3,0-4,0. gacha (potensiometrik usulda GF X1, 1. s.113).)

Pirogenlik yoki bakterial endotoksinlar (LAL test)

Preparat apirogen bo‘lishi kerak.

Test dozasi -1kg og‘irlikka-10ml 5va 10%li glyukoza eritmasi.

Zaharliligi ------------

Gistamin kabi moddalarning mavjudligi -----------

Sterillik

Preparat steril bo‘lishi kerak. Sterillikka tekshirish XI DF 2 tom. 187 betda keltirilgan usulda aniqlanadi.

Tekshirish jarayonida preparat antimikrob hususiyatni namoyon qilmaydi.

Zarrachalar ulchamlari (suspenziyalar) -----------------

Qadoqlash.

OST 64-2-485-85 ga muvofiq NS-3 navli10 ml li neytral shisha ampulalarga qadoqlanadi.


ampula GOST 7933-89 ga muvofiq xrom erzats navli ist’mol tarasi uchun mo‘ljallangan karton korobkalarga ampulani kesadigan moslama (skarifikator) bilan birga 10 tadan joylanadi yoki TU 13-0281020-97-90 bo‘yicha, pachkaliqog‘ozni gofrirlab tayyorlangan yoki qog‘oz i (GOST 6290-74), makulaturniy xrom erzats kartonidan yasalgan iste’mol tarasiga joylanadi. Korobka ichiga qo‘llanishi bo‘yicha yo‘riqnoma ham joylanadi.

Guruhli va transport tarasi GOST 17768-90 bo‘yicha.



Miqdoriy tahlili

Tekshiriladigan eritma va 1 stakan tozalangan suv 30 daqiqa 20°S haroratda termostatga qo‘yiladi. So‘ngra ularni nur sindirish ko‘rsatkichlari aniqlanadi.Eritmani nur sindirish ko‘rsatkichi 3-4 marta aniqlanib, o‘rtachasi olinadi. 1ml eritmadagi glyukoza miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi:

X=n - n̊ /0h00142x100

Har bitta ampula ustiga pechatlash usuli bilan moviy rangli tez qotadigan bo‘yoqda (TU 64-7-88-86) preparatni nomi (rus tilida), konsentratsiyasi, hajmi (ml), seriya raqami ko‘rsatiladi.



Tashish. GOST 17768-90 bo‘yicha.

Saqlash.+5° dan +30°S gacha haroratda.

Saqlanish muddati. 5 yil.

Farmakologik guruhi. Metobolitik jarayonlarni stimullovchi vosita.

16-maruza: Ko’z tomchilarini sifatini baholash, qadoqlash va o’rash.

Reja:

Kirish


Mavzuning ahamiyati

Kirish


Mavzuning dolzarbligi

1. Ko‘z tomchilarini ta’rifi.

2. Ko‘z tomchilarini sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash.

- Tiniqligi

- Rangliligi

- pN yoki kislotalilik yoki ishqoriyligi

- Mexanik qo‘shimchalar

- Qovushqoqligi

- Osmolyarlik

-To‘ldirish hajmi

- Sterillik

3.Ko‘z tomchilarini qadoqlash va o‘rash.

Ko‘z tomchilari: guttae ophtalmicae Ko‘z tomchilari tomchilab dozalanuvchi (qo‘llaniladigan) suvli, moyli eritmalar, emulsiya yoxud suspenziya xolidagi suyuq dori shaklidir.

Ko‘z dori shakllari (KDSH): qattiq: tabletkalar, lamellar, qalamchalar, sepmalar, ko‘z dorivor plyonkalari;

suyuq: suvli va moyli eritmalar, emulsiya, suspenziyalar;

yumshoq: gomogen va geterogen surtmalar;

gazsimon: aerozollar (ko‘z spreylari);

Ko‘z tomchisini izotoniklash uchun qo‘shiladigan yordamchi modda dorivor modda bilan mos kelish-kelmasligiga qarab tanlanadi. Ba’zi xollarda giper yoki gipotonik eritmalarni qo‘llash ruhsat etiladi va bu haqda xususiy maqolada ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Ko‘z tomchisining me’yordagi qovushqoqligi 5–15 sP oralig‘ida bo‘lib, bu ko‘rsatkich 40 - 50 sP dan oshib ketmasligi kerak.

Ko‘z tomchilarining rangi DF XI nashri 1-jild 194 betda keltirilgan «Suyuqliklarning rangini aniqlash” maqolasi bo‘yicha ranglilik etalonlari bilan solishtirib yoki xususiy maqolada keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha vizual aniqlanadi.



  • Solishtirish uchun olinadigan tekshiriluvchi suyuqlik va etalon hajmi bir xil miqdorda olinishi kerak. Solishtirish diametri va shishasi bir xil bo‘lgan probirkada, oq fonda olib boriladi (pri dnevnom otrajennom svete na matovo - belom fone).

  • Tekshirilayotgan namunaning rangi etalonnikiga to‘g‘ri kelishi yoki yaqin bo‘lishi kerak, lekin intensivligi bo‘yicha ortib ketmasligi kerak.

  • Rangsiz bo‘lishi kerak bo‘lgan suyuqlikni yuqoridan butun suyuqlik qatlami orqali kuzatib, oq fonda tekshiriladi.

  • Rangi bo‘yicha suvdan farqlanmaydigan suyuqliklar rangsiz suyuqlik hisoblanadi (eritmalarda esa erituvchisidan farqlanmaydigan).

  • Ko‘z tomchilari "Sterilizatsiya" maqolasiga ko‘ra va hususiy maqola ko‘rsatmasiga binoan sterillanadi.

  • 1000S xaroratda 30 daqiqa sterillanadigan (stabilizatorsiz) dori modda eritmalari;

  • 1000S xaroratda 15-30 daqiqa sterillanadigan (stabilizator qo‘shib) dori modda eritmalari;

  • Haroratga chidamsiz dori modda eritmalari

Korxona sharoitida termolabil modda eritmalari bakterial filtrlardan o‘tkazilib, mexanik usulda sterillanadi. .

  • Ko‘z tomchilarining sterilligi DF XI nashri,2 jild,187 bet maqolasiga ko‘ra tekshiriladi.

  • In’eksion eritmalarning idishlardagi hajmi nominal hajmdan ortiq bo‘lishi kerak.

Idishlardagi in’eksion eritmalarning hajmi kalibrlangan shprits (idish hajmi 50ml gacha bo‘lsa) yoki kalibrlangan silindr (idish hajmi 50ml dan ko‘p bo‘lsa) yordamida 20±2°S haroratda aniqlanadi.

Ko‘z tomchilarida “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:

1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari

2. Xalkaro patentlanmagan nomi

3. Tarkibi

4. Tavsifi

5. Sterilizatsiya va to‘ldirish shartlari

6. CHinligi

7. Tinikligi

8. Rangliligi

9. pN yoki kislotalilik yoki ishkoriylik

10. Mexanik qushimchalar

11Qovushqoqligi

12. Osmolyarligi

13. YOt aralashmalar (o’xshash birikmalar)

14. Qadoqni to‘ldirish hajmi

15. Sterilligi

16. Mikdoriy tahlili

17. O’rami

18. Yorliqlash

19. Tashish

20. Saqlash

21. YAroklilik muddati

22. Asosiy farmakoterapevtik guruhi



17- maruza: Aerozollarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

Reja

Kirish


Aerozollarni ta'rifi.

Aerozollarni sifat ko’rsatkichlarini aniqlash.

Aerozollarni qadoqlash va o’rash.

Xulosalar

Aerozollar ( grеkcha. «aer» — havo va nam. «zol» — eritma. Lotincha - solutio — eritma) —gaz muhitida muallaq holda tarqalgan mayda suyuqlik tomchilari yoki qattiq modda zarrachalari. Aerozollar dеb, klapan yordamida gеrmеtik yopilgan aerozol ballonlarga siqib chiqaruvchi gaz (propеllеnt) bosimi ostida joylashgan, dori va yordamchi moddalardan tashkil topgan dori shakliga aytiladi. Aerozollar - gеrmеtik yopilgan, klapan-purkagich tizimli qadoqlarga propеllеntlar yordamida bosim ostida joylashtirilgan dori moddalarning eritmalari, emulsiya va suspеnziyalaridir. Aerozol ballonlari mеtall, shisha, plastmassa yoki ularning majmuasidan tayyorlangan bo’ladi. Xorijiy mamlakatlarda aerozol ballonlar asosan mеtalldan (taxminan 80%), yupqa tunuka, alyuminiy yoki ularning majmuasidan yasaladi. MDX davlatlarida esa ular shishadan tayyorlanadi. Shisha aerozol ballonlari sig’imi chеgaralangan - 300 ml gacha bo’lib, ko’proq 15-80 ml hajmlilari ishlatiladi. Aerozollarda (suyuq, quyuq va quruq) “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:

1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari

2. Xalkaro patentlanmagan nomi

3. Tarkibi

4. Tavsifi

5. CHinligi

6. Ballon ichidagi bosim

7. Ballonni germetikligi

8. Ventilyasion qurilmaning butunligi

9. Dozalar og‘irligi

10. Dozalar miqdori

11. Qadoq ichidagi massaning chiqish miqdori

12. Zarrachalar o‘lchami

13. Suv


14. YOt aralashmalar (o‘xshash birikmalar)

15. Mikrobiologik tozaligi

16. Dozalar bir hilligi

17. Mikdoriy tahlili

18. O’rami,

19. Yorliqlash,

20. Tashish

21. Saqlash

22. YAroklilik muddati

23. Asosiy farmakoterapevtik guruhi



Masalan, 80% freon bo‘lsa, zarracha diametri 50 mkm; 30— 70% bo‘lsa, 200 mkm gacha va 30% gacha freon bo‘lsa zarrachalar diametri 200 mkm dan katta bo‘ladi.

Ballon mustahkamligini aniqlash. Ma’lum balandlikdan poMat taxta ustiga tashlangan ballon sinmasa, shu balandlik pastki nuqta deb qabul qilinadi. Eng yuqorigi nuqta deb hamma ballonlar singan balandlikka aytiladi.

Ballon bosimini olchash. Xona haroratida 1 soat qo‘yib qo‘yilgach, ballon ichidagi bosim 2,5 mm aniqlikda o‘lchanadi. Bunday tekshirish propellent sifatida siqilgan gaz ishlatilgan aero- zollarda o‘tkaziladi.

Balonning zich berkitilganligini tekshirish. Qalpoqchasiz yoki purkagichsiz ballon 40—45°C haroratli suv hammomiga tushiriladi. Shisha ballonlar uchun vaqt 15—30 daqiqani, metall ballonlar uchun 10—20 daqiqani tashkil etadi. Ballon ustini kamida 1 sm qalinlikdagi suv qavati qoplab turishi kerak. Bunda gaz chiqmasligi lozim.

Bir doza tarkibidagi ta’sir etuvchi modda miqdorini aniqlash.

Xona haroratida ballon purkagichini 5 marta bosib, 5 dozasi chiqarib yuboriladi va ballon purkagichi bilan 0,01 g aniqlikda tortiladi. Songra har 10-15 soniyada 5 dan 20 martagacha bosib, ballon qaytadan tortiladi. Bir dozaning ortacha miqdori quyidagicha topiladi: Qadoqlash. Himoya qatlam bilan qoplangan metall va shisha ballonlarda chiqariladi. Ballonlar dozalarga bo£lingan yoki uzluksiz ishlaydigan klapanlar bilan taminlangan boiadi

18- maruza: Boshqa turdagi dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash. Gomeopatik dori vositalari

Reja:

Kirish

1.Gomеopatiya haqida tushuncha va uning qisqacha rivojlanish tarixi, hozirgi holati.

2.Xantal qog’ozi, uning sifati

3.Lеykoplastrlar va ularni sifati

Xulosalar

Kukunlar mikroskop yoki lupa ostida (kunduzgi yoruglikda) ko‘riladi. Dori moddasi sutqandida tekis tarqalgan bolishi kerak. Rangli, kuchli hidli va mazali byuretkalar bo’lsa, ularning rangi, mazasi va hidi tekshiriladi.

Kukunlardan tayyorlangan eritmalarning qayta kristallanishi tekshiriladi.

Buning uchun to‘yingan eritma tayyorlanadi va aniq o’lchangan modda o’lchov kolbasiga solinadi hamda ustiga kerakli hajmda suv solib, og‘zi yopiladi va suvli hammomda eritiladi. Iliq holatda 10— 15 daqiqa qoldiriladi va asta-sekin (havoda) sovitiladi.

  1. izomor kristall bilan tezda kristallanadigan moddalarning to‘yingan eritmalari bilan quyidagicha ish olib boriladi. Tayyor­langan eritmadan bir necha tomchi brom oynachasiga tomiziladi. So‘ngra oldin qizdirilgan keyin sovitilgan platina shpatelda kukun olinadi va tomizilgan tomchilarning biriga qo‘shiladi. Bunda agar kukunda izomorf kristall boMsa, tomchining tiniqligi yo‘qoladi va kristallar hosil bo‘ladi, kristal tomchining ustini qoplaydi. Masalan, CH3COONa, segnet tuzi.

  2. izomorf kristall bilan qo‘shilganda kristall kristallashadi, lekin o‘zi esa kristallanmagan moddalarning to‘yingan eritmalari quyidagicha tekshiriladi. Pipetka yordamida bir necha ml to‘yingan eritmadan olib, ehtiyojlik bilan chetlariga tekkizmasdan kichkina probirkaga solib, og‘zi rezina probka bilan yopiladi. So‘ngra platina shpatel yordamida tekshiruvchi qo‘shiladi, probirka yopiladi va qiyshatirilgan holatda bir necha soatga qoldiriladi. Agar namunada mikroskopik kichik izomorf kristallar bo‘lsa, bir necha soatdan keyin probirkaning pastki qismida katta kristallarni yoki turli kattalikdagi druzlami ko‘rish mumkin.

Masalan: Na2B407 , CuS04.

Metalli va ko‘mirli kukunlar zarrachalarining kattaligi mikoskop ostida quyidagicha tekshiriladi.

Buyum oynachasiga (rangsiz, tekislangan va gazlarning pu- fakcha, saqlanmagan) 0,02—0,03 g kukun solinadi, ustiga 1—2 tomchi H20 qo‘shiladi va asta-sekin isitilib, sut shakari eritiladi. So‘ngra past olovda yog‘simon qoldiq qolgungacha bug‘latiladi va mikroskop ostida 200 marta kattalashtirilgan holda ko‘rilad, shilliq bo‘lmagan metall zarrachalarining kattaligi okulyar mikrometrda ko‘riladi.

Mikrotekshirishning 2-usulida 0,02 — 0,03 g buyum oynachasida kanada balzami bilan yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra isitib, havo pufakchalari yo‘qotiladi (isitib) va oynacha bilan yopib, yuqoridagidek tekshiriladi.

Inyeksion dori shakllari (inyeksiya uchun eritmalar, suspenziya, emulgatorlar) albatta quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha me’yoriy hujjatda keltirilgan «Inyeksiya uchun dori shakllari» va xususiy maqolalarda keltirilgan talablarga binoan tahlil qilinadi: tashqi ko‘rinishi (tavsiflanishi); sterilizatsiya va quyish shartlari; chinligi; tiniqligi; rangliligi; kislotaliligi yoki ishqoriyligi, pH i mexanik aralashmalar; zichligi; quyushqoqligi; yot moddalar; osmolyarligi; to‘ldirilish hajmi (ampula, flakon va b.); pirogenligi yoki bakterial endototsinlar (LALtest); toksikligi (zaharliligi); sterilligi; zarrachalar kattaligi (suspenziyalar uchun); miqdoriy tahlil.

Inyeksiya uchun ishlatiladigan quruq dori shakllari quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilinadi: tashqi ko‘rinishi (tavsiflanishi), chinligi o'rtacha og‘irligi va og‘irligi bo‘yicha bir xilligi; tiniqligi; ranglilik; kislotalik yoki ishqoriyligi, pH i mexanik aralashmalar yot moddalar; lar (LAL test); toksikligi (zaharliligi) — xloridlar, sulfatlar va b.; quritkichdagi massaning yo‘qotishi yoki suv (K.Fisher usulida aniqlanadi); idishdagi dori modda og‘irligi (ampula, flakon va b.); sulfat kuli va og‘ir metallar sterilligi; dozalarning bir xilligi; miqdoriy tahlil.

Parenteral dori moddalaming rangi DF XI nashrida keltirilgan «Suyuqliklarning rangini aniqlash» maqolasi bo‘yicha ranglilik etalonlari bilan yoki xususiy maqolada keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha aniqlanadi.

Inyeksion eritmalarning idishlardagi hajmi nominal hajmdan ko‘p bo‘lishi kerak. Hajmi 50 ml gacha bo‘lgan idishlarga to‘ldirilgan eritmasi kalibrlangan shprits yordamida 50 ml va undan ko‘p bo‘lganida — kalibrlangan silindrlarda harorat 20±2°C da aniqlanadi.

Eritmalar hajmi nominal hajmdan kam bo‘lmasligi kerak. Parenteral dori vositalari umumiy yoki xususiy maqolalarda keltiril­gan usullarda sterilizatsiya qilinadi.

Shuningdek, bunday dori vositalari mexanik aralashmalarga tekshiruvdan o‘tishi kerak.

Quruq parenteral dori vositalarining o‘rtacha og‘irligi tek­shiriladi. Bunda 20 ta ochilgan idish 0,001 g aniqlikda alohida- alohida og‘irliklari o‘lchanadi, idish ichidagi dori moddasi suv yoki maqolada keltirilgan erituvchi yordamida yuviladi, 100—105°C haroratda 1 soat davomida quritiladi. Idish va boshqa vositalarining og‘irligi yana oichanadi.

So‘ngra 20 ta idishning o‘rtacha og‘irligi va har bir idishdagi dori moddasining og‘irligi hisoblanadi.


Bitta idishdagi modda og'irligining chetlanishi



Idishdagi modda, g

Yo*l qo‘yilgan chetlanish, %

0,1 va undan kam

10,0

0,1 dan ko‘p va 0,3 dan kam

7,5

0,3 va undan ko‘p

5,0




0‘rtacha og‘irlikdan farq har bir idishdagi og‘irlik jadvalda keltirilgan chetlanishlarga mos kelishi va bu chetlanishlar ±15% dan oshmasligi kerak.

Agar 2 ta idishdagi modda og‘irligidagi chetlanish jadvaldagiga mos kelmasa, lekin ±15% dan oshmasa, unda tekshiruvlar yana 40 ta idishda olib boriladi.

Bunda topilgan chetlanishlardan bittasi ham jadvaldagidan katta bo‘lmasligi kerak.

20 ta idishdagi moddaning o‘rtacha og’irlikdagi chetlanishi xususiy maqolada keltirilgan nominal miqdorga nisbatan ±5% gacha bo’lishi kerak. 0,05 g va undan kam og’irlikda dori moddasini saqlaydigan inyeksiya uchun quruq steril dori vositalari va sus- penziyalarda dozalar bir xilligi tekshiriladi.

Tekshirishlar 10 ta idishda alohida-alohida xususiy maqoladagi miqdoriy tahlildagi usullar yordamida olib boriladi. Idishlardagi dori modda miqdori nominaldan ±15% gacha chetlanishi mumkin. Agar har bir idishdan chetlanish ±15% oshib ketsa-yu, lekin ±25% gacha bo‘lsa, unda tekshiruvlar qo‘shimcha yana 20 ta idishda olib boriladi.

Bunda har bir idishdagi modda miqdordagi chetlanish ±15% dan oshmasligi kerak.

Suspenziyalar uchun qatlamlar ajralishi tekshiriladi. Bunda agar xususiy maqolalarda boshqa yo‘riqlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, suspenziyalar chayqatib boMgandan so‘ng qatlamlarning ajralish vaqti 5 daqiqadan kam bo’lmasligi kerak. Suspenziyalar 0840 sonli ignadan shpritsga osongina oMishi kerak.

Gomeopatiya qattiq dori turlarining sifatini baholash. Gomeopatiya qattiq dori turlarining sifatini baholashda ularning tashqi ko‘rinishiga e’tibor beriladi.

Gomeopatiya trituratlarining sifatini baholash kukunning bir hilligini baholash bilan boshlanadi. Vizual ravishda tekshirilganida tayyor triturat kukunining rangi va zarrachalarning tarqalganligi bir xil boMishi, ko‘zga tashlanadigan kattalikdagi zarrachalar boMmasligi kerak.

Mikroskop yordamida trituratlarning katta-kichikligini aniq- lashda obyektiv — 8, okulyar — 15 dan foydalaniladi, bunda oMchami 25 mkm li zarrachalardan tashkil topgan boMishi va 50 mkm dan katta zarrachalar trituratlarda boMmasligi kerak.

Bo‘yalgan dori moddalar va metallardan tayyorlangan triturat­larning bir xil aralashganligi (75—205 marta kattalashtirilgan) lupa yordamida aralashma 20—25 sm balandlikdan qarab aniqlanadi. Bunda dori modda bir tekisda tarqalgan bo’lishi kerak.

IX, 2X, 3X li suyultirishdagi trituratlarda chinligi va miqdorini aniqlash bo‘yicha tahlil o‘tkaziladi. Dori modda miqdorining chetlanishi quyidagicha taqsimlanadi:

  • IX (10%) suyultirish darajasiga ega dori moddalar miqdo­rining chetlanishi 5% dan oshmasligi kerak;

  • 2X (1%) suyultirish darajasiga ega dori moddalar miqdorining chetlanishi 5% dan oshmasligi kerak;

  • 3X (0,1%) suyultirish darajasiga ega dori moddalar miqdo­rining chetlanishi 10% dan oshmasligi kerak.

Kapillyar-lyuminissent tahlil trituratlarning 5,0 g namunalarida V. Shvabe qollanmasining korsatmasi boyicha olib boriladi.

Gomeopatiya qattiq dori turlarining qadoqlanishi. Gomeopatiya dori vositalari MH da keltirilgan tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi shisha, plastmassa idishlarda, qog‘oz yoki polietiien paketlarda beriladi. Bunda IX, 2X va 3X suyultirish darajasidagi zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar saqlaydigan dori vositalari belgilangan (A va В guruhdagi dori vositalar) tartib bo‘yicha jihozlanadi va saqlanadi.

Gomeopatiya qattiq dori turlarining saqlanishi. Gomeopatiya trituratlari og‘zi zich berkitilgan shisha idishda, quruq, qorong‘i va salqin joyda 5 sutka mobaynida saqlanadi. Bemorga berib yuborilishdan oldin yaxshilab havonchada aralashtiriladi, biroq silkitilmaydi.

Gomeopatiya granulalari va tabletkalari 10-25°C haroratda quruq, qorong‘i joyda, xususiy MH keltirilgan tartibda saqlanadi. Saqlash muddati 2 yil.

Gomeopatiya dori vositalarining potensiyasi uzoq vaqt saqlanib qolishi uchun elektr va magnit maydonidan uzoq bo‘lgan joyda saqlash tavsiya etiladi.

Gomeopatiya qattiq dori turlarining ishlatilishi. Gomeopatiya qattiq dori turlari aksariyat hollarda til ostiga (sublingval) qabul qilinadi. Shifokor dorilarni qabul qilish tartibini belgilaydi. Til ostiga qabul qilingan dori vositalari mahalliy va umumiy ta’sir etadi: og‘iz shilliq qavati orqali dori moddasi tez so‘riladi; oshqozon-ichak va jigar to‘siqlaridan xalos bo‘ladi va tez umumiy qon aylanish tizimiga qo‘shilib ketadi. Odatda, til ostiga kuchli ta’sirga ega bo‘lgan va kichik dozadagi dorilar tavsiya etiladi.

19-maruza: Biofarmatsiya. Biologik samaradorlik va uni aniqlash.

Reja:

Kirish


1. Terapevtik noekvivalentlik ifodasi, uni kelib chiqish sabablari.

2. Tabletkalarni biosamaradorligini aniqlash usullari.

3. In vitro moxiyati, unda ishlatiladigan asboblar.

4. Aylanadigan kajava asbobini ishlash moxiyati.

5. In vivo tajribalari moxiyati.

6. Famakokinetik usul moxiyati.

7. Farmakodinamik usul moxiyati.

8. Tayyor dori turlari farmakokinetikasi.


Har qanday dori moddani davolay olish ta’siri, uni potensial xossasi bo‘lib, olingan substansiyaga, yordamchi modda turi va miqdoriga, texnologik operatsiyaga, ishlatilgan asbob-uskunalarga, dori turiga bog‘liq bo‘ladi. Tayyorlangan dori turi tashqi ko‘rinishi, qattiq - yumshoqligi ta’sir qiluvchi modda miqdori bo‘yicha DF yoki MTH lar talabi to‘la javob berishi mumkin, lekin erish testi va organizmga so‘rilishi boshqacha bo‘lishi mumkin.

Terapevtik noekvivalentlik deb, bir xil dori turida (masalan, tabletka), bir xil dozada turli xil firmalar ishlab chiqargan dorilarni har xil biosamaradorlikni namoyon etishiga aytiladi. Bunda bir xil dozadagi dori turi organizmga yuborilganda turlicha terapevtik darajasini ko‘rsatadi. Terapevtik noekvivalentlik sababi turlicha bo‘lishi mumkin: u substansiyani fizik va kimyoviy xolatiga, yordamchi moddalar turi va miqdoriga, texnologik jarayonga, ishlatilgan asbob uskunalar xam ta’siri bo‘lishi mumkin. Qattiq dori turlarini terapevtik noekvivalentlik xodisasi tayyor dorilarni tayyorlash, sifatini baholashga boshqacha ko‘z bilan qarashni taqozo etadi.

Qattiq tayyor dori turi faqatgina DF va MH talabiga javob berishigina kifoya qilmas ekan, balki dori turi organizmga qanday so‘riladi, qondagi qonsentratsiyasi qanday bo‘lishini ham hisobga olish kerak ekan. Buning uchun tayyor dorilar organizmga qanday so‘rilishi, ya’ni biosamaradorligini bilish lozim.

DORILARNI BIOSAMARADORLIGI

Tayyor dorilarni biosamaradorligi (BS) tegishli dori turidagi ta’sir qiluvchi moddani umumiy miqdoridan ma’lum vaqt oralig‘ida qonga so‘rilgan miqdori, so‘rilish tezligi va qondagi konsentratsiyasi qancha vaqt saqlanib qolishini aniqlash orqali topiladi. BS ni aniqlash dori turidagi ta’sir qiluvchi moddani qancha qismi qonga so‘rilganligi, so‘rilish tezligi, qancha vaqt qonda bo‘la olishi kabi savollarga javob beradi.

BS - tushunchasi 1974 yili Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini XVII assambleyasida qabul qilingan edi. Tayyor dorilarni biosamaradorligi, asosan ikki hil - in vivo va in vitro usullar yordamida aniqlanadi.

in vitro - instrumental usul bo‘lib, turli hil asbob uskunalar yordamida dori turidagi dori moddani ajralib chiqish tezligini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Amalda kupincha in vitro va in vivo tajribalarni korrelyasiyasi aniqlanadi, lekin buni aniqlash shart emas. SHunday qilib tayyor dorilarni erish testi dorini biosamaradorlini aniqlashda birinchi bosqichdir.

Erish testi birinchi marta 1970 yili AQSH XVIII farmakopeyasining nashriga kiritligan edi va 7 ta preparatning erish testini aniqlash usuli keltirilgan.

SHu vaqtdan boshlab AQSHda qattiq dorilarni erish testini ishlab chiqish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Masalan, 1975 yilga kelib 20 ta preparatni, 1981 y. - 71 preparatni, 1983 yilga kelib 203 ta preparatni, 1985 yilga kelib XXI AQSH farmakopeyasida 700 preparatni erish testi keltirilgan.

Erish testi 1982 yili YAponiya farmakopeyasiga, 1978 yili evropa farmakopeyasiga, 1977 yili SEV ga a’zo bo‘lgan davlatlar uchun Kompendium medicamentorum ga kiritldi. 1985 yili erish testi uchun VFM (VFS) tasdiqlandi, keyinchalik bu asbob va usul XI DF ga kiritildi.

Qattiq dori turlarini erish tezligini aniqlaydigan bir nechta usullar mavjud. Odatda ular erituvchi muhitni hajmi, uni xarakatlanishi yoki xarakatlanmasligi, erituvchi muhitni rN bilan bir-biridan farq qiladi. Dunyodagi ko‘pchilik farmakopeyalar, shu jumladan bizda ham "aylanadigan kajava" asbobi rasmiy deb qabul qilingan.

Qattiq dori turlarini erish testini aniqlaydigan asbob. Asbobning asosiy ishchi qismi silindr shaklidagi diametri 0,25 mm li to‘r kajava bo‘lib, tekshiriladigan tabletka solinadi. U hajmi 1 l gacha bo‘lgan suyuqlikda tezligi har daqiqada 50 - 200 marta aylanadi, harorat 37+10S ta’minlab turiladi. Bunda asbobning hech qaysi qismi tebranmasligi shart. Erituvchi muhit sifatida suv yoki xususiy moddalarda ko‘rsatilgan boshqa erituvchilar (xlorid kislota, rN ko‘rsatkichi turlicha bo‘lgan bufer eritmalar va h.k.) olinishi mumkin.

Tekshiriladigan bir dona tabletka kajavaga solinadi va uni suyuqlikka tushiriladi. Bunda kajava idish tubidan 20+2 mm balandroq bo‘lishi kerak. Idish qopqog‘ini yopib kajava xususiy moddaga ko‘rsatilgan yoki bir daqiqada 100 marta tezlik bilan aylantiriladi. Hususiy moddada ko‘rsatilgan vaqtdan yoki 45 daqiqadan so‘ng eritma namunasini olib, filtr orqali suziladi va ko‘rsatilgan usul bilan ta’sir qiluvchi modda miqdori aniqlanadi.

Qo‘llaniladigan analitik usul aniq bo‘lishi kerak, lekin dori turidagi ta’sir qiluvchi moddaning miqdori aniqlanadigan usuldan boshqachabo‘lishi mumkin.

Dori turining har bir seriyasi uchun 5 ta tabletkadan eritmaga o‘tgan modda miqdori aniqlanadi. Bunda tabletka tarkibidagi modda miqdori 100% deb qabul qilinadi. Agar xususiy moddalarda boshqacha talab qo‘yilmagan bo‘lsa, 45 daqiqa davomida suvda aylanish tezligi daqiqasiga 100 marta bo‘lganda ta’sir qiluvchi moddaning erigan miqdori dori turidagiga nisbatan 75% dan kam bo‘lmasa, seriya qoniqarli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda erish testini aniqlaydigan, takomillashgan avtomatlashtirilgan, hamda oshkozon-ichak sharoitiga yaqin bo‘lgan asboblar ishlab-chiqarishga tadbiq etilmoqda. Masalan, "Rezomat-1" (Germaniya) asbobida dori turidan dori moddani ajralib chiqish tezligi suv fazada amalga oshiriladi (rN 1,2 dan 7,8 oralig‘ida bo‘ladi), bu muhit lipid qatlam xloroform bilan gidrostatik muvozanatda bo‘ladi. Suvli faza oshqazon-ichak tarmog‘i muhitini eslatadi. Lipid erituvchi esa lipid membrana orqali so‘rilishni ko‘rsatadi. Ta’sir qiluvchi moddani u yoki bu faza aniqlash biofaol moddani dori turidan ajralib chiqishi va so‘rilishini ko‘rsatadi.

"Sartorius" (Germaniya) firmasi ikki modeldan iborat qurilmani ishlab chiqarmoqda, uni yordamida qattiq dori turidan biofaol moddani ajralib chiqish va so‘rilish tezliklarini o‘rganish mumkin. Erish tezligini aniqlashda oshkozon-ichak tarmog‘i xarakatini modellashtiradi. Buning uchun erish kamerasidagi sun’iy oshqozon shirasi (rN 1,2), 30 daqiqadan so‘ng, ichak shirasiga (rN 6,5) almashtiriladi. Tadqiqot vaqtida kamera gorizontal o‘q atrofida aylanib oshqozon ichak xarakatini ko‘rsatadi. Belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng kameradagi suyuqlikni ma’lum qismidan namuna olinadigan idish (kodektor) ga avtomatik usulda chiqarib beriladi. Oshqozon-ichak tarmog‘i orqali so‘rilish modeli (andozasi) ikkita bo‘linmasi (otseki) bo‘lgan diffuzion kamerasidan tashkil topgan bo‘lib, bo‘linmalar lipid to‘siq bilan bir-biridan ajralib turadi, lipid to‘siq sifatida membrana filtrdan foydalanilgan. Bunda ikki hil filtr mavjud: oshqozon va ichak orqali so‘rilishni o‘rganishga xizmat qiladi. Bo‘linmalarni biriga sun’iy oshqozon yoki ichak shirasi, ikkinchi bo‘linmaga

esa sun’iy zardob solinadi. Dori moddaning sun’iy zardobga diffuziyalanish vaqt davomida diffuziya konstantasining tezligi aniqlana-

di. Odatda diffuziya konstantasining tezligi so‘rilish tezligi konstantasiga to‘g‘ri proporsionaldir. Dori moddani membrana orqali diffuziya tezligi quyidagi tenglama bilan hisoblash mumkin.


dM1 dM2 M1

Vd = ---- = -----= KdF -----,

dt dt V
bu erda: Vd - sun’iy oshqozon yoki ichak shirasidan sun’iy zardobga diffuziyalanish tezligi (bunda teskari diffuziya nolga teng), sm/min;

t - vaqt, min;

M1 - oshqozon yoki ichak shirasida erigan modda miqdori, mg/ml;

M2 - sun’iy zardobdagi modda miqdori, mg/ml;

V - oshqozon yoki ichak shirasining hajmi, ml;

F - membrana sathi, sm2;

Kd - diffuziya konstatasining tezligi (ma’lum qalinlikdagi membrana), sm/min.

Diffuziya konstantasi tezligini oshqozon yoki ichakdagi dori modda miqdorini kamayishiga qarab ham hisoblash mumkin. Xar qanday asbob yoki usulni qimmati in vivo usullarini korrelyasiya berishiga qarab baholanadi. In vitro usullardan mikrobiologik usularni ham aytib o‘tish kerak. Bunda maxsus idishda ozuqa muhit bo‘lib, unda qattiq dori eritmasi yoki suspenziyasi ekiladi. Mikroorganizmlarni o‘sishini to‘xtash darajasiga qarab BS to‘g‘risida fikr yuritiladi. BS aniqlashni qiyin tomoni ishonarli ussularni yo‘qligidadir. In vitro yoki xayvonlarda olib boriladigan tajribalar asosida odam uchun preparatlarni BS belgilash/ mumkin bo‘lsin. In vitro va hayvonlarda olib boriladigan tadqiqotlar dori to‘g‘risida muxim ma’lumotni beradi, lekin bu ma’lumatlar o‘sha vaqtda biror qimmatga ega bo‘ladi, qaysiki ixtiyoriy yollangan odam yoki klinika sharoitidagi kasallardan olingan ma’lumotlar mos kelsa.

BS in vivo aniqlashni ikki hil usuli mavjud. Birinchi farmakokinetik ussul bo‘lib , bunda qon zardobidagi dori moddani konsentratsiyasini ma’lum vaqt oralag‘ida o‘zgarishini yoki dori moddani umumiy miqdorini, uni metabolitlarini peshob orqali bitta yoki bir nechta dozani yuborgandan so‘ng ajralib chiqishi aniqlanadi.

Ikkinchi - farmakodinamik usul bo‘lib, dori moddaga farmakodinamik yoki biokimyoviy reaksiyalar ta’sirini o‘lchashgan asoslangan. Bu eng xaqqoniy dori turini qanchalik foyda bera olishini ko‘rsatadi, lekin xamma vaqt xam bu usulni qo‘llab ijobiy natija olib bo‘lmaydi. SHuning uchun kupincha farmakokinetik usuldan foydalaniladilar.

Masalan, gipotenziv preparatlarni BS farmakodinkamik usulda aniqlaydilar. Qattiq dori turini odam yoki hayvonga yuborilganda arterial bosim qanchagacha pasayishiga qarab taklif etgan dori turini BS haqida fikr yuritadilar. BS darajasi standart dori turiga nisbatan aniqlanadi. Standart dori turi qonga 100% so‘riladi deb qilingan. Bu odatda ineksion dori turidir. Odamlar yoki xayvonlarga bir xil dozadagi standart va tekshiraladigan dori turi yuboriladi. BS foizda ifodalanib quyidagi tenglama shaklida berish mumkin:

bu erda: BS- dori turini yuborgandan song surilgan miqdori, %;

A - standart dori turidan so‘rilgan miqdor, mg/ml;

V - taklif etilgan dori turidan so‘rilgan miqdor.


BS absolyut va nisbiy bo‘lishi mumkin. Absolyut BS ni aniqlashda standart dori sifatida venaga yuboriladigan in’eksion dori turi olinadi, bunda aniq natija olinadi, chunki dori to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta qon aylanish doirasiga tushadi. Amalda ko‘pincha nisbiy BS aniqlanadi, bo‘nda standart dori sifatida ichishga mojalangan dori shilatiladi (asosan suyuq dori turi).

Farmakokinetik ussulda qattiq dori turlarini biosamaradorligini aniqlash mohiyati : vivariy sharoitida saqlangan hayvon yoki ixtiyoriy yollgan odamlarga ma’lum dozada taklif etilgan dori turi beriladi. Song aniq vaqt oralig‘ida qondan yoki peshobdan namuna olib, aniq analitik ussul yordamida namunadagi dori modda konsentratsiyasi aniqlanadi. Olingan natijalar asosida grafik chizib ma’lum vaqt oralig‘ida dori moddani so‘rilish kenetikasi topiladi, so‘ngra farmakokinetik ussul yordamida BS hisoblab topildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) BS aniqlash bo‘lgan dorilar guruhini belgilab bergan. Ularga yomon eriydigan, ta’siri uzaytirilgan dorilar kiradi. Bularga steroid garmonlari, yurak glikozidlari, gipoglikemik ta’siriga ega bo‘lgan preparatlar, kumarinlar guruhiga kiradigan antikoagulyantlar, ayrim antibiotiklar kiradi.

BS aniqlashni murakkabligi har vaqt xam odamlarni tajribada ishlatish imkoniyati bo‘lavermasligi, olimlarni boshqa ussularni qidirishga undadi. Undan tashqari in vivo ussulini korxona sharoitida amalga oshirish ancha murakkab.


Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə