O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


BIR MARTALIK DOZA BILAN O‘TKAZILADIGAN TAJRIBA



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə15/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43

BIR MARTALIK DOZA BILAN O‘TKAZILADIGAN TAJRIBA
 Biologik ta’sir darajasi dorini bir marta yuborilgandan so‘ng uni qondagi miqdorini aniqlash yo‘li bilan olib boriladi. Bu metodni afzalliklaridan biri shuki, sog‘lom tanaga dorini ta’siri minimal darajada bo‘ladi. Dori konsentratsiyasini aniqlash davri dorini uch karra yarim parchalanish vaqtiga to‘g‘ri kelishi kerak. Dori venaga yuborilmay boshqa yo‘llar bilan yuborilganda esa, uning konsentratsiyasi ko‘tarilishida 3 nuqta va pasayishida 3 nuqta aniqlanishi kerak. SHuning uchun ko‘p qon sarflanadi, bu esa albatta tajribada qatnashayotgan odamlarga noqulayliklar tug‘diradi.

TAKROR DOZALARNI YUBORISH ORQALI O‘TKAZILADIGAN TAJRIBA
  Surunkali foydalaniladigan dori preparatlarini biologik ta’sir darajasini aniqlashda tajribalar dorini takror yuborish orqali o‘tkaziladi. Bu usul shifoxona sharoitida kasallarni davolash bilan birga olib boriladi. Dorining ta’sir darajasi esa uni biologik suyuqlikdagi konsentratsiyasi orqali aniqlanadi. Taxlil uchun namunalar dori konsentratsiyasi ma’lum bir turg‘un miqdorga etgandan so‘ng olinadi. Ko‘pincha dori 5 -10 marta yuborilgandan so‘ng uning konsentratsiyasi turg‘unlashadi. Dorini qondagi konsentratsiyasi turg‘unlashgandan so‘ng, uni maksimal konsentratsiyaga etish vaqti bir xil bo‘ladi. SHuning uchun oldin standart dori shaklini qondagi maksimal konsentratsiyasi aniqlanib, so‘ng, tajribadagi dori shakli yuboriladi va belgilangan vaqtdan keyin uni maksimal konsentratsiyasi aniqlanadi.

Analizga qon olish bir doza preparat yuborish oralig‘ida davom etadi va nisbatan kam qon sarflanadi. Agar maksimal konsentratsiya vaqti aniq bo‘lsa, uch marta qon olinib, xulosa chiqarish mumkin. Biologik tartib darajasi to‘g‘risidagi xulosa grafik ostidagi maydonni hisoblash bilan yoki qondagi maksimal konsentratsiya orqali chiqarilishi mumkin.



PREPARATNING PESHOB ORQALI CHIQISHINI TEKSHIRISH ORQALI BIOLOGIK TA’SIR DARAJASINI ANIQLASH

Bu usulda dorini biologik ta’sir darajasini aniqlash uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

- Preparatning hamma qismi yoki ma’lum bir qismi o‘zgarmay siydik orqali chiqishi.

- har bir analiz olinganda siydik qopchig‘i to‘la bo‘shatilishi.

- Analiz olish vaqti va soni qatiy belgilangan bo‘lishi shart.

Asosan preparatning tanada yarim parchalanish davriga teng vaqt ichida 7 – 10 marotaba analiz olinadi. Bu vaqt ichida preparatni 99,9% gacha organizmdan chiqariladi.

Taxlil soni ko‘p bo‘lgani maqsadga muvofiq hisoblanadi. CHunki, preparatning organizmdagi konsentratsiyasining o‘zgarishi aniq belgilanadi. Siydik qopchig‘ining to‘la bo‘shatilganligini kuzatib borishning qiyinligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.

Dori sifatini tekshirish uslublarini topish yo‘lidagi izlanishlar dorilar orasidagi terapevtik tengsizliklardan xoli bo‘lgan metodlar sifatida dori moddasini erish tezligini aniqlash metodlarga katta ahamiyat berilishini taqazo etadi. Dori moddasini erish tezligini aniqlash dori shaklini parchalanishini aniqlaydigan asboblarda olib borilishi mumkin.

Ma’lum vaqt ichida erigan moddani miqdori aniqlanib, jadval tuziladi va shu erigan moddani umumiy miqdoriga nisbatan protsentlarda aniqlanadi. Ma’lum vaqtda erigan moddani protsentdagi miqdori erish grafigini ko‘rsatadi.

Preparatlarni eritmaga o‘tishiga quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin: harorat, eritma miqdori, tarkibi, aralashtirish tezligi, qo‘llanilgan asbob turi va x.k. SHu omillar tajriba qaytarilganda hisobga olinishi kerak.

Erish testi bo‘yicha dori sifatini belgilashning qulayligi bilan bir qatorda kamchiliklari ham bor. Masalan, uzoq vaqt talab etiladi, AQSH XIX farmakopeyasi bo‘yicha to‘liq xarakteristika olish uchun har dori turidan kamida 6 tasini erish vaqti aniqlanishi kerak.

Agar shu seriyadagi 6 ta natija talabga javob bersagina, bu preparatlar qabul qilinadi. Mabodo 1 yoki 2 tabletka erish vaqti talabiga javob bermasa, yana 6 ta tabletka qaytadan tekshirilishi shart. 12 tabletkadan kamida 10 tasini erish vaqti qo‘yilgan talabga javob bersagina bu seriya (turkum) qabul qilinadi.



In vitro usuli bilan yumshoq dori turlarida biosamaradorlikni aniqlash

Dori shakli tarkibidagi dori moddani ajralib chiqish tezligini aniqlash Kruvchinskiy asbobida olib borilishi mumkin. Asbob uzunligi 15 sm, 10 sm2 yuzasidagi ikki tomoni ochiq shisha trubkani bir tomoni sellofan membranasi bilan berkitilgan. Trubkani membrana bilan berkitilgan tomoni 50 ml hajmdagi, 30 ml tozalangan suv quyilgan kimyoviy stakanga 2-3 mm orasida suvga botirilib o‘rnatiladi. Asbobni termostatga o‘rnatib, harorat 370±0,5 0 S ga etkaziladi.

So‘ngra tekshirilayotgan dori shakli (surtma, dori, shamcha, tayoqcha) selllofan membranaga tushiriladi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng (30 daqiqa, 1 soat, 3 soat, 6 soat) tozalangan suvga o‘tgan (dializat tarkibidagi) dori miqdori aniqlanadi. Tajriba oxirida esa dializatga o‘tgan moddani umumiy miqdori aniqlanadi. Olingan natijalar asosida dori shaklidan dori moddasini ajralib chiqish tezligining yordamchi moddaga bog‘liqligi to‘g‘risida xulosa qilinadi.

in vivo usulida shamchalarda biologik samaradorlikni aniqlash

Efedrin gidroxlorid shamchasi misolida biosamaradorlikni aniqlashni ko‘rib chiqamiz. SHamchalarni kakao moyi, lazupol, paxta moyi gidrogenizati kabi 3 xil asosda bir xil miqdordagi efedrin gidroxlorid bilan aralashtirib tayyorlanadi. Tajribalar katetrlangan 10 kg(kamida) og‘irlikdagi itlarda o‘tkaziladi.

SHamchalar yuborilgandan so‘ng, tajriba boshlangan vaqt belgilanadi. Tajriba uchun siydikni har 5 daqiqa, 25 daqiqa ichida olinadi.

Olingan suyuqlikdagi efedrin gidroxlorid miqdori Buzovskiy usulida aniqlanadi. 5 ml miqdordagi suyuqlik ekstraksiya maqsadida ajratish voronkasiga solinadi. Eritmaga 10 % li ammiak eritmasi solib sharoiti ishqoriy hosil qilinadi (rN 8,4 – 8,5). SHaroit ishqoriyligini esa universal indikator qog‘ozi yoki rN metr orqali o‘lchanadi. So‘ngra, eritmaga 25 ml xloroform solinib, asta –sekinlik bilan 3 - 5 daqiqa chayqatiladi. 10 daqiqa saqlab, xloroform qismi suv qismidan ajratilib, chinni idishga quyiladi.

Ekstraksiya shu usulda yana bir marta qaytarilib, shu idishga olinadi. Xloroformli ajratma qum hammomida 400 S haroratda bug‘lantiriladi. Qolgan qoldiq 5 ml 0,1M xlorid kislotada eritilib, filtrlanadi. Parallel ravishda tajriba tarkibida efedrin gidroxlorid bo‘lmagan siydik bilan ham olib boriladi. Ikkala suyuqlik spektrofotometrda 254 nm to‘lqin uzunligida tekshiriladi. Efedrin gidroxloridning 1 ml siydikdagi mkg miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi.

Do – Tekshiriladigan eritmani optik zichligi.

DST – Standart suyuqlikning optik zichligi.

A – 1 ml standart eritmadagi efedrinning miqdori, g.

S – ekstraksiya uchun olingan siydikning miqdori, ml.

V – Siydikni umumiy miqdori, ml.

l – Kyuvetani qalinligi, sm.

Bir seriyadagi shamchani tekshirish uchun kamida 2 ta it ishlatiladi. Tekshirish, hamda hisoblash natijalari jadvalga tushiriladi, efedrin gidroxloridni siydikdagi miqdor o‘zgarishiga qarab, so‘rilish tezligini asos tabiatiga bog‘liqligi to‘g‘risida xulosa qilinadi.

In vivo tajribalarining kamchiliklari:

-odamlarda BS aniqlash qiyinligi;

-ishlab chiqarish sharoitlarida preparatlar sifatini ommaviy baholash uchun qo‘llash mumkin emasligi;

-iqtisodiy jihatdan qimmatga tushishi.

“Erish testi” ilk bor 1970 y. AQSH farmakopeyasining XVIII nashriga 7 preparat, milliy formulyarga 5 preparat uchun kiritilgan.

Bu test 1978 y. Evropa, 1980 y. Britaniya, 1982 y. YAponiya farmakopeyalariga kiritilgan. 1985 y. Sobiq Ittifoq (SSSR) da “Erish” VFM tasdiqlanib, u XI DF “Tabletkalar” umumiy maqolasiga kiritilgan.

Dunyoning aksariyat farmakopeyalarida, shu jumladan XI DF da ham, “Erish testi” ni “Aylanuvchi kajava” asbobida o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bazovыy avtonomnыy tester rastvorimosti eRWEKA DT 626 bыl razrabotan spetsialno dlya laboratoriy i nauchno-issledovatelskix institutov, gde trebuetsya vыsokaya tochnost testirovaniya, no byudjet ogranichen. Dannыy pribor ne otlichaetsya po kachestvu ot lyubыx drugix testerov rastvorimosti eRWEKA, a snijenie stoimosti dostigaetsya za schet otsutstviya avtomatizatsii i bolee prostoy elektroniki. Model izgotavlivaetsya tolko v versii Nigh-Head (verxnee raspolojenie kontrolno-upravlyayuщego bloka), s 6 peremeshivayuщimi elementami i rasschitana na 6 testiruyuщix sosudov ob’emom 1000 ml ili 2000 ml.

Testerы rastvoreniya serii DT 720 imeyut ruchnoy lift, pozvolyayuщiy osuщestvlyat pod’em i opuskanie kontrolno-upravlyayuщego bloka, osnaщayutsya 6-7-8 vraщayuщimi elementami (meshalki, korzinki) , testiruyuщimi sosudami ob’emom 1.000 ili 2.000 ml v sootvetstvii s farmakopeynыmi trebovaniyami. Dizayn vsex priborov predotvraщaet vozmojnost vozdeystviya polzovatelya na protsess testirovaniya. Pravilnost testirovaniya obespechivaetsya blagodarya avtomaticheskoy sentrovke testiruyuщix sosudov i regulirovke vыsotы vraщayuщixsya elementov. SHirokoe ispolzovanie uglerodnogo volokna pozvolyaet otkazatsya ot primeneniya metalla i, takim obrazom, sokraщaet do minimuma risk korrozii. Realnыe parametrы testirovaniya mogut bыt zaprotokolirovanы s pomoщyu USB printera (kak opsiya).

24-maruza. Tayyor dori vositalarining turg‘unligini ta’minlash.

Reja:

Kirish:

1. «Turg‘unlik» termini ifodasi

2. Dorilarning turg‘unligini o‘rganish

3. Dorilarning turg‘unligiga tarir etadigan omillar

Xulosa

Dorilarning turg‘unligini o‘rganish va turg‘un dori turini yaratish farmatsevtik texnologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Belgilangan muddat oralig‘ida dori shaklining texnik shartlar (TSH) yoki DF (FM, VFM)ning barcha talablariga javob bera olishiga turg‘unlik deb ataladi. YUqorida aytilganlarga ko‘ra, turg‘un dori shakli dori shakli saqlanish muddati davomida hech qanday sifat va miqdor o‘zgarishlariga uchramasligi lozim.



«Turg‘unlik» termini dorining kimyoviy, fizik, mikrobiologik, terapevtik i toksikologik xossalariga tegishli bo‘lib, u dori ishlab chiqarilgan vaqtda ega bo‘lgan xossalarni to saqlanish muddatigacha qanchalik darajada spetsifikatsiyada keltirilgan chegara oralig‘ida saqlab qolishi bilan belgilanadi.

Turg‘unlashtirish usullari

1. Fizik usuli – turg‘unlikka ta’sir etuvchi tashqi omillardan ximoya qilishga asoslanadi

2. Kimyoviy usuli - dori shakli tarkibiga kimyoviy jarayonlarni borishini oldini oluvchi yoki sekinlashtiruvchi moddalar qo‘shib, turg‘unlashtiriladi.

3. Antimikrob usuli- aseptik sharoitga rioya qilib dori tayyorlash, sterillash, bir martalik dozali germetik yopilgan steril dori tayyorlash, konservant qo‘shib tayyorlash.

Kimyoviy turg‘unlik deganda, dori preparati tarkibidagi barcha faol ingredientlar saqlanish muddati davomida kimyoviy butunligini va miqdorini me’yoriy xujjatda ko‘rsatilgan chegara oralig‘ida saqlab qolishi tushuniladi.

Fizik turg‘unlik deganda dori preparati o‘zining dastlabki fizik xossalari: tashqi ko‘rinishi, ta’mi, bir turliligi, erishi, suspenziyalanishini va h.k. saqlanish muddati davomida o‘zgartirmasligi yoki saqlab qolishi tushuniladi

Mikrobiologik turg‘unlik – dorining sterillik yoki mikroorganizmlarni o‘sib chiqishga turg‘unligi me’yoriy xujjatda ko‘rsatilgan talab doirasida bo‘lishiga aytiladi. Preparat tarkibida antimikrob konservant saqlasa, u tegishli chegara doirasida o‘z antimikrob samarasini saqlab qolishi kerak. Agar preparat saqlanish muddati davomida turg‘unligini saqlar ekan, demak uning terapevtik samaradorligi ham o‘zgarmaydi, zaxarliligi ortmaydi.

Demak, dori shakllarining turg‘unligi, saqlanish sharoiti va muddatini belgilash masalasi bilan dori ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi barcha mutaxassislar shug‘ullanishi lozim.

Dori vositalarini saqlash davomida yuzaga keladigan fizik-kimyoviy jarayonlar

Dori preparatlarini saqlash davomida uning kimyoviy tarkibi yoki fizik xossalari (cho‘kma tushishi, rangining o‘zgarishi, agregat xolatining o‘zgarishi) o‘zgarishi mumkin.

Tayyor dori vositalari turg‘unligiga eng ko‘p ta’sir etuvchi fizik omillarga: harorat, yorug‘lik nuri va namlik kiradi.

 Haroratning ta’siri

Haroratning keskin ko‘tarilishi kimyoviy reaksiya tezligini ortishiga olib keladi. Masalan, harorat 20°S dan 100°S gacha ko‘tarilganda, (harorat koeffitsienti 2 ga teng bo‘lganda) reaksiya tezligi 256 martaga ortadi.

Dori vositalarining tezlashtirilgan usulda yaroqlilik muddatini belgilash asosida, harorat bilan kimyoviy reaksiya tezligi orasidagi bog‘liqlik yotadi.

Haroratning pasayishi esa, dori vositalarining turg‘unligiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 25-40% li glyukoza , 25% li magniy sulfat, 10% li kalsiya xloridning ampuladagi eritmalarini 0ºS dan -43°S haroratgacha saqlanganda, turg‘unligini yo‘qotmagan.  Ba’zi preparatlar harorat 0 ̊S dan pasayganda (bakteriynыe i dr) parchalanadi. Ayrim antibiotik eritmalari 6 dan 20°S gacha haroratda parchalanadi (eritromitsin, kolmitsin sulfat).

  YOrug‘likning ta’siri

YOrug‘lik ham dori vositalarining turg‘unligiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Dori modda substansiyalari ularning eritmalariga nisbatan yorug‘lik ta’siriga chidamliroqdir. YOrug‘likning ta’siri katalizatorlar ishtirokida kuchayishi ya’ni, kimyoviy jarayonlar yanada faollashishi kuzatilgan. Fenollar, aminlar, sulfanilamidlar yorug‘da saqlanganda, rangi va kristallik shaklini o‘zgartirgan.

Dori vositasining turg‘unligini pasaytiruvchi omillardan biri havoning namligidir.

Gigroskopik xossaga ega moddalarning fizik xossalariga havoning namligi ta’sir ko‘rsatib, gidroliz jarayonini tezlashtiradi. Natijada, dori vositasining tashqi ko‘rinishi, rangi, konsentratsiyasi o‘zgarishi mumkin. Parchalanish maxsulotlari xosil bo‘lib, farmakologik faolligi pasayishi mumkin.

Namlikni me’yoridan ko‘p bo‘lishi tabletkalarning fizik- mexanik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Tashqi muhit namligining natriy –paraaminosalitsilat granulasi va tabletkasining fizik –mexanik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etishi tajribalar asosida isbotlangan.

Kimyoviy jarayonlar

Dori vositalarini saqlashda gidroliz, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, dekarboksillanish, fotokimyoviy desruksiyalanish, izomerlanish kabi kimyoviy jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin.

Gidroliz jarayoni

Gidroliz jarayoni murakkab efirlar, amidlar, laktonlar, laktamlar, imidlar, uretanlar, ureidlar va boshqa sinflarga oid kimyoviy birikmalarga mansub dori vositalarini saqlashda sodir bo‘ladi. Jarayon metall tuzlari (mis, rux, temir) ishtirokida faollashadi.

Ayrim xollarda dori moddalari havo harorati va namligining ortishi natijasida kristall xolida ham gidrolizlanishi mumkin.

Sanoatda gidroliz reaksiyasini sekinlashtirish maqsadida dori shaklida suv miqdorini minimal miqdorga etkazish bilan turg‘unlikka erishiladi. Antibiotiklar, gormonlar va bir qator vitaminlarning in’eksion dori shakllari bunga misol bo‘la oladi.Maksimal suvsizlantirish usuli yordamida dori shakllari turg‘unligi bir necha o‘n va yuz barobar ortadi, saqlanish muddatlari uzayadi. M: benzilpenitsillin eritmasining turg‘unligi salqin erda saqlaganda 1-2 kun, AKTG eritmasiniki - 7 kun. SHu preparatlarning maxsus usulda suvsizlantirib olingan dori shaklining saqlanish muddati 2-3 yilga teng.

Gidroliz jarayonining borishiga erituvchining ta’siri sezilarlidir. Odatda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Suvda gidroliz jarayoni tezlashadi. Unga propilenglikol qo‘shib ishlatilsa, jarayon sekinlashadi. SHuningdek, sirt –faol- modda (SFM)lar ham gidroliz jarayonini ingibirlaydi, natijada eritmaning turg‘unligi 10-20 barobarga ortadi.

Xlorid kislotasi, bufer eritmalar, ishqor eritmalari ta’sirida gidrolizni sekinlashtirish (ingibirlash) mumkin. Bunday moddalar stabilizatorlar deb nomlanib, ular dori moddasining kimyoviy xususiyatiga ko‘ra tanlanadi.

Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari

Oksidlanish ham dori vositalarini parchalanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Fenol xosilalari kristall holatda ham oksidlanishi mumkin. Aldegidlar, gidrozidlar, fenotiazin xosilalari oson oksidlanuvchi moddalardir.  Ularning oksidlanishiga havo tarkibidagi kislorod sabab bo‘ladi. YUqori harorat, namlik, UB(ultra binafsha)-nurlar oksidlanish jarayonini tezlashtiradi. Og‘ir metall tuzlari ( Fe(III), mis (II), qo‘rg‘oshin, nikel va b.q.) oksidlanish jarayonining katalizatorlari bo‘lib xizmat qiladi.

Oksidlanish jarayonini oldini olish uchun havodagi kislorod ta’sirini kamaytirish kerak;- katalizatorlarni yo‘qotish, qadoqlash va saqlash sharoitlariga rioya qilish kerak. Masalan, suvdagi erkin kislorodni chiqarib yuborish uchun, uni 100ºĆ gacha qizdirish kerak bo‘ladi. Engil oksidlanuvchi moddalar: aminazin, askorbin kislotasi, vitamin A in’eksion eritmalari inert gaz oqimida tayyorlanadi.

Izomerlanish

Dori preparatlarini saqlash davomida faol ingredientlari izomerizatsiyalanishi mumkin. Ratsemat shakliga o‘tishi dori preparatining farmakologik ta’sirini kamayishiga olib keladi. Optik izomerlar farmakologik faolligi bo‘yicha ba’zi hollarda bir-biridan bir necha barobar farqlanishi mumkin. Masalan, adrenalin l- izomeri d- izomeriga nisbatan 15-20 marta faolroq ekanligi aniqlangan. Tibbiyot amaliyotida uning l-izomeri qo‘llaniladi. Eritma holida adrenalinnning asta- sekin ratsematlanish jarayoni ketib, ikkala tur izomeri aralashmasi hosil bo‘ladi. Bu jarayon preparat faolligini sezilarli pasayishi bilan kechadi.

YAroqlilik muddati

YAroqlilik muddati bu preparatda yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan sana tugagandan so‘ng, uni maxsus ruxsatnomasiz ishlatib bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Preparat va dori shaklini ishlab chiqaruvchi ishlab chiqargan maxsulotini ma’lum vaqt davomida kerakli xossalarini saqlab qolishini kafolatlashi kerak.



25-maruza: Tayyor dori vositalarining yaroqlilik muddatini belgilash

Reja:

Kirish


1.Tayyor dori vositalarining yaroqlilik muddatini aniqlash usullari:

  • -an’anaviy usul bilan yaroqlilik muddatini aniqlash;

  • -tezlashtirilgan eskirish usuli bilan yaroqlilik muddatini aniqlash:

a) Izotermik usul

b) Arrenius tenglamasidan foydalanib dori vositalarini yaroqlilik muddatini aniqlash

v)Rodjers (noizotermik ) usuli.

An’anaviy usul

Bu usulda dori vositasi uni yaroqliligini saqlab qoladigan muddatgacha qoldirilib, o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunga 2-5 yil kerak bo‘ladi.



Izotermik usul

Bu usul Vant-Goff qoidasiga ko‘ra, harorat har 100S ga ko‘tarilganda kimyoviy reaksiyaning tezligi 2-4 marotaba ortishiga asoslangan qoidaga nisbatan qo‘llanilib, yaroqlilik muddatini aniqlash 400S dan 700S gacha haroratda aniqlanganligi uchun tezlashtirilgan usul bilan yaroqlilik muddatini aniqlash uchun undan foydalanish mumkin.

“YUqori haroratda “Tezlashtirilgan eskirish” usuli yordamida dori vositalarini yaroqlilik muddatini aniqlash bo‘yicha I-42-2-82 sonli yo‘riqnoma” dan foydalanib dori vositalarini yaroqlilik muddatlari aniqlanadi.

Dori vositalarining oddiy sharoitda saqlashdagi yaroqlilik muddati, ularni tajriba sharoitida yuqori haroratda saqlashdagi yaroqlilik muddati bilan bog‘liqligi quyidagi formulada keltirilgan.

S= K *Staj

Bunda


K - reaksiyaning tezlanish koeffitsienti

S – dori vositasining oddiy sharoitdagi saqlanish muddati

Staj - dori vositasining tajriba sharoitida yuqori haroratdagi saqlanish muddati.

Harorat koeffitsientining o‘sib borish natijasida reaksiyaning tezlanish qiymatlari kuyidagi jadvalda aks ettirilgan

Tajriba davomida quyidagilarga e’tibor berish lozim:


  • 1. Termostatda DM solingan idish buzilishi yoki agregat holati o‘zgarmasligi kerak;

  • 2. DV namunalarining tajriba davomida saqlash harorati orasidagi farq (ttaj -tod)(100S dan yuqori bo‘lishi lozim;

  • 3.DV ni termostatda saqlash davomida uni sifati MTX talabi bo‘yicha tekshirib boriladi;

  • 4.”Tezlashtirilgan eskirish” usuli bilan DV larining saqlash muddatini aniqlash jarayonida ularning sifatini tekshirish oddiy sharoitda 6 oy saqlashga teng bo‘lgan vaqt ichida tekshirib boriladi

  • 5.”Tezlashtirilgan eskirish” usuli bilan dori vositasining saqlash muddati (S) uning tajribadagi saqlash muddati (Staj) reaksiyaning tezlanish koeff itsientiga (K) ko‘paytirish bilan topiladi. Agar tekshirilayotgan modda ishlab chiqarilgan kundan, uni termostatga qo‘ygunga qadar 30 kundan ortiq vaqt (S0) o‘tgan bo‘lsa, uning yaroqlilik muddatini aniqlashda bu vaqt (S0) ham xisobga olinadi.

S = Staj * K + S0

  • Masalan: Dori vositasi ishlab chiqarilgan kundan, uni termostatga qo‘ygungacha 60 kun vaqt o‘tgan. Uning oddiy sharoitdagi saqlash muddati Tod = 200 S ga teng. Tajribadagi saqlash haroratidagi saqlash muddati esa 91 kun deb topilgan. Ttaj =600S. Uning saqlash muddati quyidagicha xisoblanadi.

S = Staj * K + S0

S= 91 * 16 + 60 = 1456 + 60 = 1516 kun yoki 1516 : 365 = 4 yil 2 oy



  • Dori moddalarning yaroklilik muddati «Tezlashtirilgan eskirish» usuli buyicha kamida 3 ta seriyada aniqlanadi.

26- maruza: Yaxshi ishlab chiqarish amaliyotini “Dori vositalari sifatini boshqarish”ga nisbatan talablari.

Reja:

Kirish


1. GMP talablari va ularni amaliyotga tadbiq etilishi

1.1. Me’yoriy xavolalar

1.2. Atamalar

1.3. GMP ning bo‘limlari.

2. Dori vositalari sifatini boshqarishga nisbatan talablar.

2.1. Sifat nazorati tamoillari

3. Dori vositasini sifatini ta’minlash.

3.1. Sifat nazorati

Xulosalar

GMP talablari va ularni amaliyotga tadbiq etilishi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (World Health Organization) tomonidan dori vositalarini ishlab chiqarish va sifatini texnik darajasiga baxo berish uchun “Xalqaro savdoda farmatsevtik preparatlari sifatini tasdiqlash tizimi” yaratilib, tizimning amal qilayotgan varianti 1992 yilda qabul qilingan.

Tizimda ishtirok etish uchun mamlakatda uchta sharoit mavjud bo‘lmog‘i darkor:


  1. Dori vositalarini Davlat ro‘yhatidan o‘tkazish idorasi va tizimning mavjudligi.

  2. Vakolatli idoralar tomonidan farmatsevtika korxonalarini muntazam ravishda inspeksiyadan o‘tkazish.

  3. Amaldagi korxonalarning GMP (Good manufacturing practice – YAxshi ishlab chiqarish amaliyoti qoidalari) talablariga mos kelishi.

Bugungi kunda tizimga 140 dan ortiq davlatlar qo‘shilgan. Dori ishlab chiqarish korxonalarining barchasida GMP qoidalari talablariga javob bermasligi sababli O‘zbekiston tizim a’zosi emas. SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, yangi ishlab chiqarilayotgan yoki importga chiqariladigan dori vositalarini ro‘yhatdan o‘tkazishda GMP qoidalariga mos keladigan ishlab chiqarish sertifikati berilishi kerak.

GMP – umumiy boshqaruv qoidalari bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlariva nazorat sinovlari o‘tkazish tartibini belgilab, hamda chiqarishni turi, zamonaviy usulda olib borish bo‘yicha minimal amaliy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.

Turli mamlakatlarda GMP qoidalarini bajarilishini ta’minlash maqsadida, farmatsevtika maxsulotini ayrim turlarini chiqarish jarayonini tashkil qilish va boshqarish sharoitlarini reglamentlovchi hamda aniqlovchi hujjatlar va standartlar ishlab chiqilmoqda.

Bunday talablar ilk bor 1963 yilda AQSH da, (1965, 1971, 1978, 1987, 1989, 1992 yillarda to‘ldirilgan) keyinchalik Kanadada, Italiyada, Buyuk Britaniyada, Avstraliyada va boshqa mamlakatlarda qabul qilingan. Bugungi kunda bunday hujjatlar (GMP milliy qoidalari) 40 dan ortiq mamlakatlarda mavjud. Bunday tashqari GMPning xududiy qoidalari ham mavjud, aniq qilib aytganda bular:

Evropa hamjamiyatiga (European Community - eS) kiruvchi mamlakatlar GMP qoidalari, “Farmatsevtik nazorat bo‘yicha bitim” ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlar GMP qoidalari Janubiy – SHarqiy Osiyo mamlakatlari Assotsiatsiyasi a’zo – mamlakatlari (Convention for the Natural Recognition of Inspection on Respect of the Manufacture of Pharmaceutical Product -PC) va xalqaro GMP qoidalari va Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti GMP qoidalaridir.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida (“Dori vositalarini ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalari” RD 64-125-91) GMPning xalqaro xududiy va milliy yaoidalari yaratilgan hujjatlarni xisobga olgan xolda 1991 yilda ilk bor ishlab chiqilgan. O‘zbekistonda esa 1996 yilda RD 64-125-91 o‘rniga rahbariy hujjat RD O‘z 19-01-96 tasdiqlangan.

Oxirigi yillar GMP da yangi qoidalar va standartlash xalqaro tashkilotida (International Organization for Standartization ISO) bir qator hujjatlar, ya’ni ISO 9000-9004 deb nomlanuvchi standartlar yuzaga kelgan bo‘lib, dastlab kiritilgan tushunchalarni ancha rivojlantirdi yoki sifatni boshqarish, validatsiya va xakozo muhim xolatlarni birinchi marta o‘z ichiga olgan, shuningdek ayrim dori vositalari guruhini ishlab chiqarishga tegishli qoidalarni qo‘llanish sohasini kengaytiradi. Bundan tashqari, oxirigi yillarda O‘zbekistonda GMP qoidalari talablari ma’lum bir darajada e’tiborga olingan yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. SHuning uchun, RD O‘z 19-01-96 o‘rniga vatanimizning yangi taxrirdagi GMP qoidalarini yaratish dolzarb bo‘lib qoldi.

Hujjat tibbiyot ehtiyojidagi dori vositalarini ishlab chiqarish, hamda sifatini nazorat qilish bo‘yicha qoida va talablarni o‘z ichiga olgan majmuadan iborat. Uning qoidalari shuningdek, taysyor dori vositalari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan dori moddalarining oxirigi bosqichiga ham taalluqlidir.

Dori vositalarini ishlab chiqarishga va ularning ayrim guruhlariga qo‘yiladigan talablar maxsus me’yoriy xujjatlarda to‘la aks ettirilgan bo‘lishi kerak.

Ushbu sohaviy standart qaysi idoraga va mulkchilikning qaysi shakliga mansubligidan qat’iy nazar, dori ishlab chiqaruvchi barcha korxona va tashkilotlarga bajarish uchun majburiy.

Ushbu hujjat quyidagi asosiy bo‘limlarni o‘z ichiga oldai: atamashunoslik, sifatni boshqarish, xodimlar, bino va xonalar, jihozlar, ishlab chiqarish jarayoni, xujjatlar, validatsiya, reklama va bozor, taqriz, o‘z-o‘zini tekshirish. Hujjatlarning oxirigi ikki bo‘limi birinchi marta kiritilib, “Sifatni boshqarish”, “Bino va xonalar”, “Ishlab chiqarish jarayoni”, “Xujjatlar” bo‘limlari esa qayta ishlangan.

Me’yoriy xavolalar


  1. GOST 12.1.005-88 “Ish zonasidagi havoga nisbatan qo‘yiladigan umumiy sanitariya-gigiena talablari”

  2. GOST R 50766-95 “Toza xonalar. Tasniflash. Attestatsiya uslubi. Asosiy talablar” M.Gosstandart Rossii. 1995.

  3. OST 42-505-96. “Tabiiy sanoat mahsulotlari. Ishlab chiqarish texnologik reglamentlari. Mazmuni, yaratish tartibi, kelishish, tasdiqlash”

  4. OST 42-506-96. “Dori vositalari va dorivor o‘simlik xom ashyolari uchun me’yoriy hujjat ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi”.

  5. OST 42-507-96. “YAngi dori vositalarini yaratish va sanoatda qo‘llash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish tartibi. Asosiy qoidalar”.

  6. GOST 2874-82 “Iste’mol suvi. Gigiena talablari va sifat nazorati”.

  7. OST 42-504-96. “Sanoat korxonalari va tashkilotlarda dori vositalari sifat nazorati. Asosiy qoidalari”.

Atamalar ta’rifi.

Aseptik sharoitlar – tayyor mahsulotga mikroorganizmlar yoki mexanik zarrachalar tushib qolishini istisno qiluvchi steril dori moddalari yoki tayyor dori vositalari ishlab chiqarish sharoiti.

YAroqsiz (yaroqsiz deb topilgan mahsulot) – texnologik hujjat talabalariga amal qilinmay chiqarilgan yoki belgilangan standartga mos kelmaydigan maxsulot.

Validatsiya – ishlab chiqarish sharoiti, texnologik jarayoni, jihozlar, yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulot sifatini belgilangan talablarga mosligini hujjatlar asosida tasdiqlash.

Ventilyasiyalangan havo – ventilyatordan ventilyasion tizimga kelayotgan va ishlab chiqarish xonasining tegishli darajadagi tozaligini ta’minlovchi tozalangan havo.

Havo shlyuzi – tozalikning turli darajalariga mansub xonalar orasidagi tutash joyga “toza” xonaga mexanik zarrachalar va mikroorganizmlar kirishini oldini olish maqsadida o‘rnatilgan qurilma. SHlyuzni odamlar, jihozlar va har xil materiallarni bir xonadan boshqa xonalarga o‘tkazish uchun ishlatish mumkin.

YOrdamchi materiallar – tayyor mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan biroq, alohida dori sifatida foydalanishga mo‘ljallanmagan modda yoki materiallar.

Tayyor mahsulot – ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini shu jumladan o‘rash va markalash bosqichini ham o‘tagan dori shakli.

Tayyor dori vositasi – davolash hususiyatiga ega bo‘lgan dori shakli xususiy iste’molchiga davolash uchun qulay bo‘lgan shaklda sotishga tayyorlangan dori vositasi.

Karantin – xom ashyo, yordamchi, o‘rov, markalash materiallarining, yarim tayyor mahsulotning alohida joyda saqlanayotgan yoki ularni ishlatishga qaror chiqarilguncha sotilish va foydalanishni ta’qiqlaydigan huquqiy xolatlardir: sotilish, yaroqsizlarni ajratish yoki qayta tiklash.

Sifat - tayyor mahsulot xususiyati va undan foydalanish uchun belgilangan standartlarga ya’ni ro‘yhatga kiritilgan texnologik jarayonni asosiy parametrlariga mosligini aniqlab beruvchi belgilar yig‘indisidir.

Xonaning tozalik darajasi – xonaning “toza” yoki “tozalik” darajasi 1 m3 havoda ma’lum kattalikdagi mexanik zarrachalar va mikroorganizm miqdoriga qarab belgilanadi.

Kodlashtirish – tayyor mahsulotni avtomat tarzda bir turda ekanligini taqqoslash imkonini beruvchi yozuvlar tizimi.

Ishlab chiqarish jarayoni nazorati – tayyor mahsulot sifatini me’yoriy hujjat talablariga mosligini ta’minlash uchun chiqarilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish jarayonini kuzatish maqsadida tegishli texnologik parametrlarga korrektirovka kiritishni bosqichma-bosqich nazorat qilish turlarini amalga oshirish. Atrof muhit va jihozlar tozaligi nazorati ishlab chiqarish jarayoni nazoratining bir qismi hisoblanadi.

Dori moddalari (substansiyalar) – ishlatishga ruhsat berilgan tabiiy va sun’iy biologik moddalar.

Dori vositalari – profilaktika, diagnostika va davolash uchun foydalanishga ruxsat berilgan bir yoki bir necha dori moddalari (substansiyasi), tabiiy va sun’iy ravishda olingan qo‘shimcha moddalardir. Bular qatoriga immunobiologik, radiofarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, diagnostika va sterilizatsiya vositalari kiradi.

Material balansi – nazariy olinishi mumkin bo‘lgan va amaliy olingan tayyor mahsulotni solishtirmasi.

Seriya raqami – seriyaning bir xilligini taqqoslash va shu seriyani olishdagi ishlab chiqarish hamda nazorat qilish operatsiyalarining bajarilish ketma-ketligini aniqlashga yordam beruvchi raqamli harfli yoki harf-raqamli belgilar.

CHiqindilar – tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida olinadigan qo‘shimcha mahsulot.

Bir tomonlama havo oqimi (laminar oqim) – bir xil tezlikdagi ko‘ndaloang kesim bo‘ylab bir tomonlama o‘tadigan parallel havo oqimi (chiziqli oqim).

Har tomonlama kontaminatsiya – xom ashyo, yarim tayyor mahsulot, tayyor mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida boshqa turdagi xom ashyo, yarim tayyor mahsulot yoki tayyor mahsulot bilan ifloslanish ehtimoli.

Ishlab chiqarish (ishlab chiqarish jarayoni) – tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish operatsiyalarini ya’ni xom ashyo, birlamchi o‘rov, markalash materiallari va qo‘shimcha, yarim tayyor mahsulotlarni sotib olishda to ularni tayyorlash, o‘rash, sotishga ruhsatnomalar olish, saqlash, transportirovkalash va tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish kabi ishlarni o‘z ichiga olgan tamoillardir.

YArim tayyor mahsulot – dori vositasi bo‘lishdan avval ishlab chiqarish jarayonining keyingi bosqichlarini o‘tishi lozim bo‘lgan qisman ishlov berilgan xom ashyo yoki dori moddasi.

Seriya – muttasil sharoitda bir ishlab chiqarish jarayonida tayyorlangan bir jinsli tayyor mahsulotlarning ma’lum miqdori.

Xom ashyo – o‘rov va markalash materiallaridan tashqari, tayyor mahsulot olishda foydalaniladigan birlamchi material.

YAroqlilik muddati – dori vositalarini me’yoriy hujjat talablariga mos ravishda barqarorligini xisobga olib belgilangan sana. Bundan tashqari yorliqda yaroqlilik muddatiga muvofiq yaroqliliik muddati tugashi to‘g‘risidagi ko‘rsatma bo‘lishi shart (expiry, date).

Texnologik kiyim-bosh – xom ashyo, yordamchi va o‘rov materiallari, yarim tayyor va tayyor mahsulotni, jihozlar va xonalar chiqarayotgan mexanik zarrachalar hamda mikroorganizmlar ikkilamchi ifloslanishda ximoya qilishga mo‘ljallangan kiyim-bosh komplekti.

O‘rash – dorilarni o‘rov materiallariga joylash, markalash va ularni tashkil qilishdagi hamma bosqichlar va operatsiyalar.

Steril dori vositalarini ishlab chiqarishda birlamchi o‘ramni to‘ldirish (birlamchi o‘rov material, qadoqlash yoki quyish), qoida bo‘yicha o‘rash bosqichiga kirmaydi.

To‘ldirilgan, lekin birlamchi o‘rov materiali bilan o‘ralmagan mahsulotni yarim tayyor mahsulot deb xisoblash kerak.

O‘rov materiallari – o‘rash yoki dozalashda shuningdek tayyor dori vositalarini saqlashda foydalaniladigan materiallar (transport tarasida tashqari). Ular quyidagi turlarga bo‘linadi:


  • bevosita dori shakllariga tegib turadigan birlamchi o‘rov materiallari;

  • tayyor dori vositalarini o‘rashda ishlatiladigan ikkilamchi o‘rov materiallari (qutilar, karton, plenka, folga va boshqalar).

Farmatsevtik korxona - dori moddalari, dori vositalari yoki shakllarini ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat korxonasi.

“Toza” kamera – ma’lum kattalikdagi mexanik zarracha miqdori me’yorlangan steril havoning laminar oqimini yaratib beruvchi qurilma.

“Toza” xonalar – havoning tozaligi ma’lum kattalikdagi mexanik zarrachalar va mikroorganizmlar miqdori bo‘yicha me’yorga solib turiladigan tayyor sterila dori vositalari ishlab chiqarish mo‘ljallangan xonalar yoki zonalar.

Xonaning tozalik darajasi – 1 m3 havoda ma’lum kattalikdagi mexanik zarrachalar va mikroorganizmlarning miqdoriga qarab belgilanadi.



Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə