O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Dorivor o‘simlik xom ashyolari va ulardan tayyorlangan yig‘malarni qadoqlash, o‘rash va sifatini baxolash. Safro haydovchi Xodjimatov yig‘masi



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə19/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43

Dorivor o‘simlik xom ashyolari va ulardan tayyorlangan yig‘malarni qadoqlash, o‘rash va sifatini baxolash. Safro haydovchi Xodjimatov yig‘masi.
Maqsad: Dorivor o‘simlik xom ashyolaridan olinadigan dori preparatlari xaqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish. Dorivor o‘simlik xom ashyolarini sifatini baxolash borasidagi masalalarni xal etish.

Mavzuning ahamiyati. Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida dorivor o‘simlik xom ashyolaridan dori vositalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan o‘simlik xom ashyosining sifatini to‘g‘ri baholay olish, undan tayyorlangan TDVlarining sifati, turg‘unligi va biosamaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi

Vaziyatli masalalar.

  1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi juda mayda.

  2. Dorivor o‘simlik xom ashyosi ombor zararkunandalari bilan zararlangan.

  3. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibida yot aralashmalar uchraydi.

  4. Dorivor o‘simlik xom ashyosining yirik maydalanmagan qismlari ko‘p.

  5. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibida ekstraktiv moddalar miqdori kam.

Talabalarning bilimini tekshirish uchun savollar.

  1. Dorivor o‘simliklar, ta’rifi, tavsifi va tasnifi.

  2. Dorivor o‘simlik xom ashyosi nima?

  3. Dorivor o‘simlik xom ashyosini qabul qilish tartibi.

  4. Qanday xolatlarda dorivor o‘simlik xom ashyosi qabul qilinmaydi?

  5. Tovaraved taxlil nima?

  6. Dorivor o‘simlik xom ashyosini qanday sifat ko‘rsatkichlari aniqlaniladi?

  7. Qabul qilingan dorivor o‘simlik xom ashyosiga dalolatnoma qanday tuziladi?

  8. Dorivor o‘simlik xom ashyolarini o‘rash, yorliqlash va qadoqlash.

1-laboratoriya ishi.

Dorivor o‘simlik xom ashyosining mayda qismlarini aniqlash.

Vazifa.


  1. Berilgan dorivor o‘simlik xom ashyosidan mayda qismlarini ajrating.

  2. Ajratilgan mayda qismlarni umumiy dorivor o‘simlik xom ashyosiga nisbatan foizinin toping.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

  1. Tekshirish uchun dorivor o‘simlik xom ashyosi – 200,0 g.

  2. Teshigining diametri xar xil bo‘lgan elaklar yig‘indisi.

  3. Tosh va tarozi.

Dorivor o‘simlik xom ashyosi butun, qirqilgan, yanchilgan, kukun, qirqib presslangan xolda, sigaret va briket shaklida bo‘ladi. Xom ashyo qanday xolda yoki qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar u quritish, idishlarga joylash, yuklash, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash kabi jarayonlarda tabiiyki, qisman bo‘lsada maydalanadi. Masalan: quritish jarayonida xom ashyo tez qurishi, qoraymasligi, chirimasligi va mog‘orlamasligi uchun u bir necha marotaba aylantirib turiladi. Ana shu vaqtda xom ashyo qisman bo‘lsada maydalanadi.

Xom ashyoning mayda qismi qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning xavo (kislorod, namlik va boshqalar) bilan tutashgan yuzasi shuncha ko‘p bo‘ladi, natijada oksidlanish – qaytarilish, parchalanish kabi jarayonlar tezlashib, ta’sir qiluvchi moddalarning miqdori kamayadi va dorivor o‘simlikning sifati buziladi.



Ishni bajarish tartibi.

Dorivor o‘simlikning mayda qismini aniqlashda, shu maqsad uchun olingan namuna me’yoriy texnik xujjatda ko‘rsatilgan elakka solinib, asta sekinlik bilan aylanma xarakat qilib elanadi. Elash jarayoni elakda 1% dan kam miqdorda xom ashyo qolgandan so‘ng to‘xtatiladi va uning % miqdori boshlang‘ich namunaga nisbatan xisobalanadi.

Olingan namuna 100,0 g dan ko‘p bo‘lsa, tortishdagi xatolik 0,1 g, agar 100,0 g va undan kam bo‘lsa, xatolik 0,05 g bo‘lishi mumkin.
2-laboratoriya ishi.

Yot aralashmalar miqdorini aniqlash.

Vazifa.


  1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi yot moddalarni aniqlang va ajrating.

  2. YOt moddalar miqdorini dorivor o‘simlik xom ashyosiga nisbatan foiz miqdorini xisoblang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

  1. Tekshirish uchun dorivor o‘simlik xom ashyosi – 200,0 g.

  2. Pinset.

  3. Tosh va tarozi.

Ishni bajarish tartibi.

Aralashmalarni aniqlash uchun pinset yordamida begona, mexanik aralashmalar ajratiladi.

Aralashmalarga quyidagilar kiradi:


  1. O‘z rangini yo‘qotgan xom ashyo.

  2. Dorivor o‘simlikni xom ashyo bo‘lmagan qismlari.

  3. Organik aralashmalar (zaxarli bo‘lmagan boshqa o‘simlik organlari).

  4. Mineral aralashmalar (tuproq, tosh, qum va boshqalar).

Aralashmalarning xar bir turi aloxida-aloxida tortilib, ularning miqdori foizlarda quyidagi tenglama bo‘yicha xisoblanadi:

,

bundan M1aralashmaning miqdori, g;



M2 – analitik namunaning miqdori, g.

Ajratilgan aralashmalardagi analitik namuna 100,0 g dan ko‘p bo‘lsa 0,1 g aniqlikda, undan kam bo‘lsa 0,05 g aniqlikda tortilishi kerak.


3-laboratoriya ishi.

Dorivor o‘simlik xom ashyosini ombor zararkunandalari bilan shikastlanganlik darajasini aniqlash.

Vazifa.


  1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidan ombor zararkunandalarini aniqlang va ajrating.

  2. Ajratilgan ombor zararkunandalarini dorivor o‘simlik xom ashyosiga nisbatan foiz miqdorini xisoblang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

  1. Tekshirish uchun dorivor o‘simlik xom ashyosi – 200,0 g.

  2. Pinset.

  3. Kattalashtiruvchi oyna (5x10).

  4. Tosh va tarozi.

Ishni bajarish tartibi.

Dorivor o‘simliklar zararkunandalar bilan kasallangan o‘simliklardan, ularni yig‘ish, ombor zararkunandalari bor joyda saqlash oqibatida yaroqsiz xolga kelishi mumkin.

Xom ashyoni tashqi ko‘rinishi, mayda qismlari va aralashmalarni aniqlayotgan vaqtda, qurollanmagan ko‘z va kattalashtiruvchi oyna (5x10) yordamida o‘lik va tirik zararkunandalarning borligi tekshiriladi. Bunda ombor zararkunandalari bilan shikastlangan xom ashyoning qismlariga ham e’tibor beriladi. Bundan tashqari xom ashyo joylangan idish materialning choklari, burmalari, yashiklarning tirqishlari qunt bilan qaraladi. Xom ashyoda ombor zurarkunandalari topilgan taqdirda uning shikastlanish darajasi, shu maqsad uchun ajratilgan maxsus analitik namuna orqali aniqlanadi.

Analitik namuna teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Elakdan o‘tgan xom ashyodan kanalarni, elakda qolgan xom ashyodan esa kuya, qayroqchi va ularning lichinkalari va boshqa tirik va o‘lik zararkunandalarning borligi aniqlanadi. Kanalar, kuya, ularning lichinkalari va boshqa zararkunandalar qurorlanmagan ko‘z yoki kattalashtiruvchi oyna yordamida sanaladi. Topilgan zararkunandalarning miqdori 1 kg xom ashyoga nisbatan ifodalanib, uning shikastlanish darajasi aniqlanadi.

1 kg xom ashyoda kanalarning soni 20 dan oshmasa 1-daraja, 20 dan ko‘p bo‘lib, xom ashyoning yuzasida erkin xarakatlansa 2-daraja, agarda kanalar ko‘p bo‘lib, ularning xarakati qiyinlashgan bo‘lsa, 3-darajali shikastlanish xisoblanadi.

1 kg xom ashyoda ombor kuyasi va uning lichinkalari xamda don qayroqchi va boshqa zararkunandalarning soni 5 tadan oshmasa 1-daraja, 6-10 ta bo‘lsa 2-daraja va nihoyat 10 tadan ko‘p bo‘lsa 3-darajali shikastlanish xisoblanadi.

Dorivor o‘simlik xom ashyosi ombor zararkunandalari bilan shikastlangan taqdirda u dezinseksiya qilinadi. Agar kanalar bo‘lsa, 0,5 mm li, boshqa zararkunandalar bo‘lsa 3 mm li elakdan o‘tkaziladi. Ombor zararkunandalari zararsizlantirilgandan so‘ng xom ashyoning shikastlanish darajasiga qarab, turli xil maqsadlar uchun ishlatiladi. Agar xom ashyo 1-darajali zararlangan bo‘lsa, uni tibbiyotda ishlatish mumkin, 2-darajali bo‘lsa toza moddalar olish uchun ishlatish mumkin bo‘ladi.

4-laboratoriya ishi.



Dorivor o‘simlik xom ashyosining qoldiq namligini aniqlash.

Vazifa.


1. Dorivor o‘simlik xom ashyosining qoldiq namligini aniqlang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

  1. Tekshirish uchun dorivor o‘simlik xom ashyosi – 200,0 g.

  2. Qaychi.

  3. Byuks.

  4. Quritgich javoni.

  5. Analitik tarozi.

  6. Eksikator.

Dorivor o‘simlik xom ashyosida ma’lum miqdor qoldiq namlik bo‘lishi katta axamiyatga ega, lekin uning miqdori me’yoriy texnik xujjatda ko‘rsatilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Agar qoldiq namlik me’yoridan ko‘p bo‘lsa, o‘simlikdagi fermentlar ta’sir qiluvchi moddalarni parchalab, gidrolizga uchratish kabi xom ashyoning sifatini pasaytiruvchi yoki to‘la yo‘qatuvchi xollarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ortiqcha qoldiq namlik xom ashyoni chirishiga va mog‘or bosishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ham dorivor o‘simliklardan tayyorlangan xom ashyoni qurigandan so‘ng idishlarga joylash, nam, zax bo‘lmagan va shamollatib turish imkoniyati bor joylarda saqlash maqsadga muvofiqdir. SHu bilan bir qatorda xom ashyoning juda ham qurib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda xom ashyo idishlarga joylash va qayta ishlash vaqtida maydalanib, sifati buziladi.

Xar bir xom ashyoning qoldiq namligi shu o‘simlik uchun belgilangan MTH da keltirilgan bo‘ladi.

Xom ashyoning qoldiq namligi deganda uni doimiy og‘irlikkacha quritish jarayonidagi yo‘qotilgan gigroskopik namlik va uchuvchan moddalar miqdori tushuniladi.

Ishni bajarish tartibi.

Xom ashyoning analitik namunasi taxminan 10 mm qilib maydalanadi va 0,01 g aniqlikda ikkita tortma (3 g dan 5 g gacha) tortib olinadi. Olingan xom ashyo oldindan quritilgan va qopqog‘i bilan tortilgan byuksga solinadi va 100-105oS gacha qizdirilgan quritish javoniga qo‘yiladi. Quritish javonining xarorati yana 100-105oS ga etgandan so‘ng quritish vaqti boshlangan xisoblanadi. Birinchi tortish ishlari barglar, o‘tlar, gullar uchun 2 soatdan so‘ng, ildizlar, ildizpoyalar, mevalar, urug‘lar va po‘stloq uchun esa 3 soatdan so‘ng bajariladi. Quritish doimiy og‘irlikkacha olib boriladi. Oxirigi ikkita tortish natijalari 30 daqiqa quritib, 30 daqiqa eksikatorda sovutilgandan so‘ng tortishdagi farq 0,01 g dan oshmasa, doimiy og‘irlikka erishilgan deb xisoblanadi.

Ta’sir qiluvchi moddalar yig‘indisi va kul miqdorini absolyut quruq xom ashyoga nisbatan xisoblash uchun, namlik ta’sir qiluvchi moddalar va kul miqdorini aniqlash maqsadida tortib olingan analitik namunadan 1-2 g (aniq tortma) olib, yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan bajariladi. Bunda oxirigi ikki tortishdagi farq o‘zaro 0,0005 g dan oshmasligi lozim.

Xom ashyoning namligi (X) foizlarda quyidagi formula bilan xisoblanadi:



;

bunda M - xom ashyoni quritishgacha bo‘lgan miqdori g;

M1 - xom ashyoni quritgandan keyingi miqdori g.

Oxirigi natija qilib, ikki parallel tajribaning noldan keyingi ikkinchi xonagacha bo‘lgan aniqlik bilan xisoblangan o‘rtacha arifmetik birligi olinadi. Ikki parallel tajriba ostidagi ruxsat etilgan farq 0,5% dan oshmasligi kerak.


5-laboratoriya ishi.

Dorivor o‘simlik xom ashyosidagi kul miqdorini aniqlash.

Vazifa.


  1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi kul miqdorini aniqlang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

  1. Tekshirish uchun dorivor o‘simlik xom ashyosi - 200,0 g.

  2. Tigel.

  3. Mufel pechi.

  4. Analitik tarozi.

  5. Eksikator.

Ishni bajarish tartibi.

3-5 g kattalikda maydalangan dorivor o‘simlik xom ashyosi (aniq tortma) oldidan qizdirilgan va aniq tortilgan chinni, kvars yoki platina tigeliga solinadi. So‘ngra tigel asta–sekinlik bilan (xom ashyoni alanga olib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan) past haroratda qizdiriladi. Qolgan ko‘mir bo‘lakchalarini yoqish iloji boricha pastroq haroratda olib boriladi. Ko‘mir deyarli to‘liq yonib bo‘lgandan so‘ng harorat ko‘tariladi.

Ko‘mir bo‘lakchalari to‘liq yonmasa, qoldiq sovutiladi va suv yoki ammoniy nitratning to‘yingan eritmasi bilan xo‘llanib, suv xammomida quritiladi va mufel pechida kuydiriladi. Kerak bo‘lgan taqdirda bu jarayon bir necha marta qaytariladi.

Kuydirish kuchsiz qizil cho‘g‘lanishda (taxminan 500oS), kulni erib ketishi va tigel devoriga yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymasdan doimiy og‘irlikka kelgunga qadar olib boriladi. Kuydirish tugagandan keyin tigel eksikatorda sovutiladi va tortiladi. Kul miqdori olingan dorivor o‘simlik xom ashyosiga nisbatan xisoblanadi.

6-laboratoriya ishi.

Xlorid kislotada erimaydigan kulni aniqlash.

Vazifa.


  1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi xlorid kislotada erimaydigan kul miqdorini aniqlang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

  1. 10% li xlorid kislotasi eritmasi.

  2. Soat oynachasi.

  3. Suv xammomi.

  4. Tozalangan suv.

  5. Filtr qog‘ozi.

Ishni bajarish tartibi.

Dorivor o‘simlik xom ashyosini yoqish va kuydirish natijasida qolgan qoldiqqa 15 ml 10% li xlorid kislotasi qo‘shiladi. So‘ngra tigel soat oynachasi bilan yopilib, 10 daqiqa suv xammomida qizdiriladi. Keyin tigelga soat oynachasini yuvgan xolda 5 ml suv quyiladi. Suyuqlik kulsiz filtr orqali filtrlanadi. Qoldiq bir necha marta issiq suv bilan yuviladi toki xloridlarga reaksiya bermay qolguncha. So‘ng filtrat tigelga qaytib solinib, quritiladi va yuqorida ko‘rsatilgandek kuydiriladi va tortiladi.


7-laboratoriya ishi.



Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi ekstraktiv moddalar miqdorini aniqlash.

Vazifa.


  1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi ekstraktiv moddalar miqdorini aniqlang.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

  1. Dorivor o‘simlik xom ashyosi.

  2. Eksikator (kalsiy xlorid solingan).

  3. Suv xammomi.

  4. Tozalangan suv.

  5. Filtr qog‘ozi.

  6. Analitik tarozi.

  7. Konussimon kolba.

  8. Gaz gorelkasi.

  9. Probka.

  10. Chinni kosacha.

Ishni bajarish tartibi.

Teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tkazilgan 1 g atrofidagi maydalangan xom ashyo (aniq tortma) 200-250 ml li konussimon kolbaga solinib, unga shu xom ashyoning MTH da ko‘rsatilgan erituvchisidan 50 ml qo‘shiladi. Kolba probka bilan yopilib tortiladi (aniqlik 0,01 g) va 1 soatga qo‘yib qo‘yiladi. So‘ngra kolbani tik xolatdagi sovutgich bilan birlashtirib, 2 soat davomida asta-sekin qaynatiladi. Kolba sovugandan keyin uni yana avvalgi probka bilan yopib tortiladi va 1 soatga qo‘yib qo‘yiladi. So‘ngra kolba tik xolatdagi sovutgich bilan birlashtirilib, 2 soat davomida asta sekinlik bilan qaynatiladi. Kolba sovugandan keyin uni yana avvalgi probka bilan yopib tortiladi va yo‘qotilgan og‘irlik erituvchi bilan to‘ldiriladi. Kolbadagi xom ashyo va erituvchi yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma 150-200 ml li quruq kolbaga quruq filtr qog‘oz orqali filtrlanadi. 25 ml filtratni diametri 7-9 sm li, avvaldan 100-105oS haroratda quritib, doimiy og‘irlikka keltirilgan chinni kosachaga solinadi va suv xamomida quriguncha bug‘latiladi. CHinni kosacha qoldiq bilan birga 100-105oS haroratda doimiy og‘irlikkacha quritiladi. So‘ngra 30 daqiqa davomida tagiga suvsiz kalsiy xlorid solingan eksikatorda sovutib tez tortiladi.

Ekstraktiv moddalarning miqdori foizlarda (X) absolyut quruq xom ashyoga nisbatan quyidagi tenglama bilan xisoblanadi:

,

bunda M - quruq qoldiqning miqdori, g;

M1 - xom ashyoning miqdori, g;

W- xom ashyoning foizlarda ifodalangan namlik miqdori, %.
Ko‘krak yig‘masi№2

Tarkibi.

Qizilmiya ildizi (Radix Glycyrrhizae)

(FM 42 Uz-0280-2007) - 3 qism

Katta zubturum barglari (Folia Plantaginis majoris)

(KFM 42 Uz-20900059-1444-2010) - 3 qism

Oqqaldirmoq barglari (Folia Tussilaginis farfarae)

(FM 42 Uz-0285-2005) - 3 qism

Yig‘mani tayyorlash usuli. Yig‘ma tarkibiga kirgan xom-ashyoni har birini alohida zarrachalar o‘lchami bo‘yicha maydalab, diametri 7 mm li bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Maydalangan katta zubturum barglari va oqqaldirmoq barglarining changini teshikning o‘lchami 0.18 mm li bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Yo‘riqnoma bo‘yicha ma’lum miqdordan maydalangan qizilmiya ildizini, katta zubturum barglari va oqqaldirmoq barglarini keng hajmli idishga joylashtiriladi, bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aralashtirilib, fasovka va qadoqga o‘raladi.

Tashqi alomatlar. Diametri 7 mm li bo‘lgan elakdan o‘tkazilgan, barg bo‘laklari va turli xil shakldagi ildizlar aralashmasidan tashkil topgan.

Sarig‘ dog‘lar bilan kul-yashil rangli. Kuchsiz hidli. Ko‘ngilni aynatuvchi, shirin ma’zaga ega.

Yig‘ma qismlarning tarkibini aniqlash. O‘rtacha namunadan 10 g yig‘madan tortma olinadi. Tortmani tekis yuzaga sochib, yig‘ma komponentlarni tarkibiy qismlarga (ildiz va barglar) tashqi ko‘rinish (lupa yordamida) bo‘yicha ajratiladi. Qiyin aniqlanadigan qismni yig‘ma tarkibiga kirgan xom-ashyoni tuzilishiga mos bo‘lishini solishtirilib, mikroskopik tahlil qilinadi.

Yig‘ma komponentlarni qurollanmagan ko‘z orqali yoki lupa bilan (10x) yig‘ma qismining tarkibiga xarakterli quyidagi elementlar ko‘rinadi:

Turli xil shakldagi ildiz bo‘laklari. Ildizning tashqi ko‘rinishida uncha ko‘p bo‘lmagan po‘kak qoldiqlari mavjud. Ildiz och sariq yoki qo‘ng‘ir-sariq rangli, hidsiz; shirin, ko‘ngilni aynatadigan, sal qitiqlaydigan ma’zaga ega. (qizilmiya ildizi)

Turli xil shakldagi barg bo‘laklari. Barg cheti bir xil bo‘lmagan siyrak va mayda tishli, yuqoridan kalli, pastdan uzun sochlarning qo‘shilib ketgan oqishroqdir. Barglarning rangi yuqori tomonidan yashil, pastki tomondan oq kulrangli; hidsiz; shilliqli, kuchsiz achchiq ma’zaga ega. (oqqaldirmoq bargi).

Turli xil shakldagi barg bo‘laklari ham uchraydi. Bargning cheti butun yoki bir oz tishli,ikki tomonlama kaldir. Barglarning rangi yashil yoki qo‘ng‘ir yashil; kuchsiz hidli; kuchsiz achchiq ma’zaga ega. (katta zubturum bargi).

Mikroskopiya. Tashqi ko‘rinish bo‘yicha chinligini aniqlashda ildiz va barglar turli xil bo‘laklarga bo‘lib, ulardan mikropreparatlar tayyorlanadi. Bu mikropreparatlarni mikroskop ostida (×70 - 280) qaralganda, quyidagi elementlar aniqlanadi: ildizni ko‘ndalang kesim yusasidan qaralganda, birlamchi qobiq va po‘kak yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari keng ikkilamchi qobig‘i kuchli rivojlangan. Ikkilamchi qobig‘da keng o‘zak nur hujayralari tashqariga kengaygani yaxshi ko‘ringan bo‘lib, elaksimon naylardan tashkil topgan lub, lub tolalari va parenxim hujayralari bilanketma ket joylashagan bo‘ladi. Elaksimon naylar kambiyga yopishishdantashqari ingichka qatlamdan iborat bo‘lib, qisilgan va shakli buzilgan lubdan iborat. Lub konusi uzunlashgan, keng asosi tomoni kambiyga qaratilib, uzaygan yuqori qismi lub tolalarning guruhining orasidan qiyshayib o‘tadi. Lub tolalari kuchli qalinlashgan devor va kichkina guruhga bo‘lib yig‘ilgan kichkina nuqtali bo‘shliq va kristalar bilan o‘ralgan. Qobig‘ning parenxim hujayralari va o‘zak nur hujayralari oddiy, dumaloq yoki tuxumsimon shakldagi kraxmal donachalarini saqlaydi. YOg‘ochlashgan po‘stloq qismi turli xil ingichka va keng diametrdagi tomirlardan iborat bo‘lib, kraxmal saqlaydigan paranxim va kristall qoplamli sklerenxim guruh xujayralardan iborat. O‘zak nur va parenxima yod eritmasi bilan bo‘yalganda ko‘k rang hosil bo‘ladi, shakli buzilgan lub bo‘yalmaydi va kul rangli, tomirlari sariq, qobig‘ tolalari guruhi va yog‘ochlashgan qismi to‘q sariq rangda qoladi. Uzunasiga – radial bo‘ylab kesilganda po‘stloq va yog‘ochlashgan qismida uzun, kuchli qalinlashgan sklerinxim tolalari kristalsimon qobig‘ bilan o‘ralgani ko‘rinadi; yog‘ochlashgan qismining ingichka tomirlari – to‘rsimon, o‘rtacha kovak poralari va keng – bochkasimon qisqa bo‘g‘imlarga va qiyshiq qatorlarda joylashgan rombiksimon hoshiyalanganporalardan iborat.(1 rasm, qizilmiya ildizi)

Bargni yuqori tomondan qaralganda tepa qismida epidermis qatlami ko‘p burchakli to‘g‘ri, kamdan kam aniq- qalin yon devorli hujayralardan iborat. Epidermis hujayralarning tomiri cho‘zilgan – qolganlari izodiametrik. Kutikula qismi qalin, buchmaygan – qatlamli, uzunasiga tomirlari qatlamli.

Hujayraning pastki qismidagi epidermisi mayda, kuchli egri bugri devorli. Kutikula qismi yupqa, buchmaygan – qatlamli, uzunasiga qatlamli tomirlardan iborat. Epidermis havoli bo‘shliqlar ustida ko‘tarilgan bo‘lib, unda 1-2 og‘izchalar joylashgan. Og‘izchalar yirik, oval, anomitsit turiga ega. Bargning yuqori qismida og‘izchalar kam uchraydi, 4-5 og‘izsimon hujayralar joylashgan; pastkii qismda – ko‘p sonli 7-9 og‘izsimon hujayralar radial bo‘ylab joylashgan. Bargning ikkala tomonidan kutikula qismining atrofi radial bo‘o‘ylab og‘izchalar qatlam hosil qiladi.

Bargning yuqori tomoni yarim yalang‘och, pastki qismi ko‘p sonli oddiy sochlar bilan o‘ralgan. Sochlari qisqa asosli, 3-6 hujayradan paydo bo‘lgan, oxirgi qismi uzun, ipsimon, egri bugri hujayralardan iborat. Sochlari o‘zaro bog‘lanib ketadi (oqqaldirmoq bargi).

Boshqa barglarini yuqori qismini tepadan qaraganda epidermis qatlami hujayralari ko‘p burchakli, to‘g‘ri yoki oz egri bugri devorlardan iboratligi ko‘rinadi. Kutikula qismining ayrim joylari qatlamlarni hosil qiladi. . Og‘izchalar dumaloq , (anomitsit turli) 3-4 epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan. Sochlari oddiy va boshchali. Oddiy sochlari asos qiismiga qarab kengaygan, kshp hujayrali, silliq. Boshchali sochlari ikki turdagi: bir hujayrali oyog‘i uzaygan ikki hujayrali boshchadan, kamdan kam hollarda boshchali hujayralar ko‘p hujayrali oyog‘li dumaloqsimon yoki ovalsimon bir hujayrali boshchadan iborat. Hujayrani epidermis qismiga sochlarning biriktirilgan qismi rozetkani hosil qiladi.





Sifat reaksiya. Yig‘madan ildizlarni 2 g miqdorda ajratib olinadi.

Ildizlarni maydalaniladi va teshiklar o‘lchami 0,25 mmli elakdan o‘tkaziladi, hajmi 50 ml kolbaga solib, 20 ml suv qo‘shiladi va suv hammomida 5 daqiqa davomida qizdiriladi. Ajratmani hajmi 50 ml kolbaga qog‘ozli filtr orqali filtrlanadi (DST 12026-76).

5 ml probirkadagi ajratmani kuchli qo‘zg‘atilganda turg‘un ko‘pik hosil bo‘ladi (saponinlar).

5 ml probirkadagi ajratmaga 2-3 tomchi 80% sulfat kislota qo‘shiladi. Sariq va to‘q sariq rang hosil bo‘ladi (glitserrizin).

10 ml eritmagaA (“Miqdoriy tahlil” bo‘limiga qarang) 30 96% li spirt qo‘shib, aralashtiriladi; paxtasimon quyqalar hosil bo‘lib,turgan holatida cho‘kmaga tushadi (polisaxaridlar).

Eritmani POR16 shishali filtr orqali cho‘kmani filtrlab, 2 ml suyultirilgan xlorid kislota qo‘shiladi, bir necha daqiqa qizdiriladi, 10 ml Feling reaktivi qo‘shib va yana qizdiriladi; to‘q sariq-qizil rangli cho‘kma hosil bo‘ladi (qaytarilagan shakar).



Sonli ko‘rsatkichlar. Polisaxaridlar 6% kam bo‘lmasin; suv bilan ajratib olingan, ekstraktiv moddalar 3% ko‘p bo‘lmasin (IX DF, 1 jild, 295 bet); namligi 14% (IX DF, 1 jild, 285 bet); umumiy zollar soni 20% ko‘p bo‘lmasin (IX DF, 2 jild, 24 bet); 10 % li xlorid kislotada erimagan zollar soni 10% dan ko‘p bo‘lmasin (IX DF, 2 jild, 25 bet); qoraygan va qo‘ng‘ir li barglarni va zangalagan qo‘ng‘ir rangli dog‘lar 5% dan ko‘p bo‘lmasin (IX DF, 1 jild, 276 bet); ildiz qisminig qoraygan yuzasi 5% dan ko‘p bo‘lmasin (IX DF, 1 jild, 276 bet); 7 mm diametrli teshikli elakdan o‘tmagan zarrachalar 15% ko‘p bo‘lmasin (IX DF, 1 jild, 275 bet); 0,5 mm diametrli teshikli elakdan o‘tmagan zarrachalar 15% ko‘p bo‘lmasin (IX DF, 1 jild, 275 bet); organik aralashmalar 1,5% ko‘p bo‘lmasin (IX DF, 1 jild, 276 bet); mineral aralashmalar 1,5% ko‘p bo‘lmasin (IX DF, 1 jild, 276 bet).

Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə