O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə2/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43


I.ISHCHI DASTUR

Kirish

“Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanining o‘quv fani sifatidagi ahamiyati, talabalarda mutaxassislik mahoratini mukammal shakllantirish, ularda sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan tayyor dori vositalarining sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash bo‘yicha umumiy ko‘nikmalar hosil qilish hamda zamonaviy texnologiya nuqtai-nazaridan farmatsevtik ishlab chiqarishda tayyor maxsulotning sifatini baholashni ta’minlashdan iborat.

O‘quv dasturida farmatsevtika fani va amaliyotining, farmatsevtik ishlab chiqarishning uzoq kelajakka mo‘ljallangan istiqbollari yoritilgan shuningdek, fanni farmatsevtik ishlab chiqarish va sog‘liqni saqlash amaliyotiga yaqinlashtirish to‘laligicha asoslab berilgan.
Fanning maqsad va vazifalari

“Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanining o‘quv fani sifatidagi vazifasi, mutaxassislik mahoratini egallash, dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan umumiy ko‘nikmalarni ularni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash orqali xosil qilish, hamda ularni zamonaviy texnologiya nuqtai-nazaridan sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash usul va uslublarini takomillashtirish, saqlash sharoitlarini belgilash va turg‘unligini ta’minlashdan iborat.

O‘quv dasturida dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyasi asosida ularni sifatini nazorat qilish, qadoqlash va o‘rash bo‘yicha fanning va amaliyotining uzoq kelajakka mo‘ljallangan istiqbollari yoritilgan. Bu kurs qattiq, yumshoq, suyuq va boshqa turdagi dori shakllari, shuningdek oddiy va murakkab dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rashni o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda dori va yordamchi moddalarning o‘zaro mutanosibiligi, ular orasidagi bog‘lanishlar, ularni tayyor mahsulotning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri, qadoqlash va o‘rash turlarini tayyor mahsulotning saqlanish muddati va turg‘unligiga ta’siri bayon etilgan.
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar

“Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:

- dori vositalarini ishlab chiqarish borasida farmatsevtik ishlab chiqarish, bu ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy texnik hujjatlar, unga qo‘yilgan talablar, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy va yordamchi moddalar, asbob-uskunalar va apparatlar, shuningdek tayyor dori vositalarining ta’rifi, tavsifi va tasnifi, dori vositalarini sifatini nazorat qilish, qadoqlash va o‘rash uchun eng qulay va oddiy hamda sodda usulni tanlashni bilishi kerak;

- dori vositalarini ishlab chiqarish uchun farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqarishga va asosiy va yordamchi moddalarga qo‘yilgan talablar, dori va yordamchi moddalarni to‘g‘ri tanlash, dori vositasini tayyorlash bo‘yicha ularni umumiy va o‘ziga xos tayyorlanish texnologiyalariga, shuningdek ularni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan ishlay olish va tayyor dori vositasini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash borasida alohida ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

- dori vositalarini tayyorlashda farmatsevtik ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil qilish, unda ishlatiladigan dori va yordamchi moddalarni to‘g‘ri tanlash, dori vositasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va apparatlarni ishlatish, ularni tegishli parametrlarini ish rejimiga moslashtirish, ularni ish unumdorligini oshirish va tayyorlangan dori turini umumiy va xususiy sifat nazorati bo‘yicha zamonaviy asbob-uskunalaridan foydalangan holda tegishli usullar bo‘yicha o‘z malakalariga ega bo‘lishi kerak.
O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

“Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fani ixtisoslik fani hisoblanib, 7 va 8-semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy fanlar (oliy matematika, informatika va informatsion texnologiyalar, fizika, anorganik kimyo, organik kimyo, fiziologiya anatomiya asoslari bilan, botanika, ekologiya), umumkasbiy fanlar (analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, biologik kimyo, kimyoviy mikrobiologiya, farmakologiya, sanoat gigienasi, muxandislik grafikasi, hayot faoliyati havfsizligi, kimyo-farmatsevtik ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari, metrologiya va standartizatsiya, umumiy kimyo texnologiyasi, lotin tili, elektrotexnika, farmakognoziya, farmatsevtik kimyo, ishlab chiqarish menejmenti, dori vositalarini ishlab chiqarish, energotexnologiya), shuningdek ixtisoslik fanlari (biofaol moddalar texnologiyasi, texnologik jarayonlarni optimallashtirish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish)dan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.



“Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishini nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, laboratoriya ishlar.

O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va talabaning birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi.

“Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi sohaga tеgishli ma’lumotlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.


Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:

t/r

Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza

Laboratoriya mashg‘uloti

Mustaqil ta’lim



Tayyor dori vositalarining sifat ko‘rsatkichlari va ularga qo‘yilgan umumiy va xususiy talablar. Jahon standartlari. Namuna olish tartibi.

6

2

4






Dori va yordamchi moddalarga qo’yilgan umumiy va хususiy talablar. Ularning sifatini baholash. Sifatini baholashda qo’llaniladigan usullar.

12

2

4

6



Dori vositalarini qadoqlash va o’rash. Qadoqlash va o’rashda ishlatiladigan matеriallarni tanlash. Qadoqlash va o’rashda qo’llaniladigan asbob-uskunalar.

22

2

8

12



Tayyor dori vositalarini yorliqlash va tashish.

10

2

4

4



Kukunlarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

10

2

4

4



Dorivor o‘simlik xom ashyolari va ulardan tayyorlangan yig’malarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

10

2

4

4



Granulalarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

10

2

4

4



Tabletkalarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

10

2

4

4



Drajelarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

10

2

4

4



Kapsulalarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

10

2

4

4



Surtmalar, linimentlar, kremlar, pastalar va gellarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

14

2

8

4



Shamchalarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash. Anuzol shamchasi.

10

2

4

4



Farmatsevtik eritmalarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

22

2

8

12



Ajratmalarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

21

2

8

11



Ampuladagi in’eksion dori turlarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

10

2

4

4



Ko’z tomchilarini sifatini baholash, qadoqlash va o’rash.

10

2

4

4



Aerozol dori vositasini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

10

2

4

4



Boshqa turdagi dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

6

2

4

-



Biofarmatsiya. Biologik samaradorlik va unga ta’sir qiluvchi omillar.

10

2

4

4



Biologik samaradorlik va uni aniqlash usullari.

14

2

8

4



Biofarmatsеvtik tahlil. Biofarmatsеvtik tahlil uslublarini tanlash prinsipi va usullari. Biofarmatsеvtik tahlil usullarini o’ziga хosligi.

6

2

-

4



Dori vositalarining bioekvivalеntligi.

2

2

-

-



Korellyasion koeffitsientni xisoblash va tahlil qilish usullari.

6

2

4

-



Tayyor dori vositalarining turg‘unligini ta’minlash.

10

2

4

4



Tayyor dori vositalarining saqlanish muddatini belgilash.

10

2

4

4



Yaxshi ishlab chiqarish amaliyotini “Dori vositalari sifatini boshqarish”ga nisbatan talablari

2

2

-

-



Yaxshi ishlab chiqarish amaliyotini “Dori vositalari sifat nazorati”ga nisbatan talablari

2

2

-

-



Validatsiya

2

2

-

-




Jami

277

56

112

109


Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida etkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.

Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Ma’ruza mashg‘ulotlari

Tayyor dori vositalarining sifat ko‘rsatkichlari va ularga qo‘yilgan umumiy va xususiy talablar. Jahon standartlari. Namuna olish tartibi. Dori vositalarini ishlab chiqarish va uni tashkil qilish asoslari, dori vositalarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan dori va yordamchi moddalar, texnologik jarayonlar, tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskuna va apparatlar ularni ishlash me’yorlari va ish unumdorligini oshirish, ularni qadoqlash va o‘rash, ularni turg‘unligini ta’minlash va saqlanish muddatlarini belgilash to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Dori vositalarini ishlab chiqarish sifatini standartlash bo‘yicha respublikamizdagi ijtimoiy-iktisodiy islohotlar natijalari, xududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, o‘z-o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.

Dori va yordamchi moddalarga qo’yilgan umumiy va хususiy talablar. Ularning sifatini baholash. Sifatini baholashda qo’llaniladigan usullar. Sanoat miqiyosida ishlab chiqariladigan dori prеparatlarini tayyorlashda qo’llaniladigan dori va yordamchi moddalar. YOrdamchi moddalar klassifikaцiyasi va nomеnklaturasi. Ularga qo’yilgan umumiy va хususiy talablar, ularning sifatini baholash. Baholashda qo’llaniladigan uslub va usullar, asbob va uskunalar haqida ma’lumot.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ajurali arra, bumerang, 3×3 usuli, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.

Dori vositalarini qadoqlash va o’rash. Qadoqlash va o’rashda ishlatiladigan matеriall va asbob-uskunalar. Dori vositalarini qadoqlash va o’rashda ishlatiladigan matеriallar haqida ma’lumot. Qadoqlash elementlari, tara guruxlari, qadoqlash funksiyalari va qadoqlash turlari. Qattiq, yarim qattiq va yumshoq qadoqlash vositalari. Qo‘shimcha qadoqlash vositalari. Qadoqlashda qo’llaniladigan asbob-uskunalar va qadoqlash tartib qoidalari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, blits-so‘rov, “baliq skeleti”, guruhlarda ishlash metodi.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.

Tayyor dori vositalarini yorliqlash va tashish. Dori vositalarini yorliqlash va tashishda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Tashishda qo’llaniladigan vositalar va matеriallar haqida ma’lumot. Dori prеparatlarini yorliqlash jarayoni bilan tanishish. Dori prеpеratlarini sifatini tashqi ko’rinishi, yorlig’i va qadoq sifati bo’yicha baholash tartib-qoidalari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ma’ruza, namoyish etish, savol-javob, “Bumerang”, “Klaster”, “Blits-so‘rov”, “Fikrlash xaritasi” “Ajurali arra”, “Veer”, Charxpalak, B.B.B jadvali, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.

Kukunlarni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan kukunlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar. Kukunlarni qadoqlash, o‘rash va sifatini baholash. Bu jarayonlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar va apparatlar. Sifat me’yorlari, talablar va sifatga ta’sir qiluvchi omillar. Kukunlarni sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash: kukunlarni qadoqlash; kukunlarni o‘rash; tashqi ko‘rinishi; maydalik darajasi; chinligi; miqdori.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Ajurali arra, bumerang, 3×3 usuli, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5.


Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə