O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə34/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43

Mikrobiologik tozalik. Tekshirish DF XI, 2 nashr, 193 b. va 29.09.2005 y. dan O’zgartirish №2, kategoriya 3B ga asosan, tekshiruv davomida antimikrob faollikka ega preparat sifatida o’tkaziladi.

1 ml preparat tarkibidagi aerob bakteriyalarning umumiy soni 104 va zamburug’larning umumiy soni 2 x 102, enterobakteriyalar va boshqa grammanfiy bakteriyalarning soni 102 dan ko’p bo’lmasligi kerak. 1 ml preparat tarkibida Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa va Staphylococcus aureus va 10 ml preparat tarkibida Salmonella bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.

Valerian kislotasining miqdori. 10 ml preparatga 150 ml suv qo’shiladi va 0,1 mol/l natriy gidroksidi eritmasi bilan titrlanadi (indikator - fenolftalein).

1 ml 0,1 mol/l natriy gidorksidi 0,01021 g valerian kislotasiga to’g’ri keladi, preparatdagi valerian kislotasining miqdori 0,2% dan kam bo’lmasligi kerak.



Qadoqlash. 20, 25, 40 va 50 ml hajmdan TSh 64-2-208-79 yoki TSh 64-17490735-01:2006 ga asosan FK-OS tipidagi tomizgichli-flakonlarga, TSh 64-2-282-84 yoki TSh O’z 10-03-0334056-3-95 yoki TSh O’z 64-16965647-01-98 ga ko’ra zich berkitilgan tomizgich tiqinli, yoki 20, 25, 40 yoki 50 ml hajmli qo’ng’ir rangli flakonlarga, TSt 64-2-87-81 yoki TSh 64-17400735-01:2006 ga ko’ra vintli bo’yinli, TSt 64-2-87-81 yoki TSh O’z 10-03-0334056-3-95 ga ko’ra yoki TSh 64-17707896-02:2002 yoki TSh O’z 64-16965647-01-98 ga asosan polietilen tiqinli va plastmassa qopqoqchali yoki TSh 64-17707896-02:2001 yoki TSh 64-17385978-01:2001 ga asosan perforirlangan bo’lakli halqaga ega bo’lgan alyumin qalpoqchali idishlarga qadoqlanadi.

20, 25, 40 va 50 ml hajmdan polietilentereftalatdan yasalgan flakonlarga, TSh 64-15390981-02:2003 va O’zg. №1 TSh 64-15390981-02:2003 ga ko’ra qopqoqli yoki TSh 64-22956650-01:2009 ga asosan polietilentereftalatdan yasalgan va plastmassa qopqoqli flakonlarga qadoqlanadi.

Har bir tomizgichli flakon yoki flakonga DSt 7625-86E ga ko’ra yorliq qog’ozidan tayyorlangan yopishqoq yorliq yoki DSt 18510-87E ga ko’ra yozuv yoki o’zi yopishadigan yorliq yopishtiriladi.

Flakonlar 5-10 ta qo’llash yo’riqnomasi bilan birgalikda DSt 7376-89 ga asosan gofrirlangan karton yoki DSt 7933-89E ga ko’ra quti uchun foydalaniladigan qutiga qadoqlanadi. Qutilar DSt 18251-87 ga asosan yopishtiruvchi tasma yoki DSt 6309-87 ipak iplar yordamida, yoki TSh 17-05-009-80 ga ko’ra propilen iplar yordamida boylanadi, bog’lam ohiriga DSt 7625-86E ga ko’ra yorliq qog’ozidan yoki DSt 18510-87E ga asosan yozuv qog’ozidan yasalgan yorliq yopishtiriladi.

Guruh va transport tarasi DSt 17768-90E talabiga javob beradi.

Yorliqlash. Yorliqda ishlab chiqaruvchi nomi, uning manzili va tovar belgisi, preparatning lotin, o’zbek va rus tillaridagi nomi, preparatning millilitrdagi hajmi, saqlash sharoiti, ro’yhatdan o’tish raqami, seriya raqami, yaroqlilik muddati, shtirx kodi (zarur bo’lsa).

Guruh qadog’ida qo’shimcha ravishda qadoq miqdori ko’rsatilgan bo’ladi.

Transport tarasini yorliqlash DSt 14192-96 ga asoslanadi.

Ilova. Preparatni O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport qilingan holatlarda yorliqlash matni importyor davlat talabi yoki shartnomaga asosan belgilanadi.



Tashish. DSt 17768-90 ga asosan.

Saqlash. Yorug’likdan himoyalangan joyda va 25ºC dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlanadi.

Yaroqlilik muddati. 5 yil.

Asosiy farmakologik ta’siri. Tinchlantiruvchi vosita.

Ilova. Quyidagi korxona farmakopeya maqolasida keltirilgan reaktivlar, titrlovchi eritmalar va indikatorlar DF XI, 1- va 2-nashrning tegishli bo’limlarida keltirilgan.


Tinctura crataegi - Do’lana nastoykasi

Tarkib:

Do’lana mevalari (yanchilgan) - 100 g

(FM 42 O’z-0208-2007)

Etil spirti 70 % - 1 litr nastoyka hosil bo’lguncha

(DSt 5962-67, FM 42 O’z-0243-2010,

FM 42 O’z-0171-2010, O’z DSt 958:2000)



Tavsif. Sariq-zarg’aldoq yoki sariq-qizil rangli, shirin ta’mli, tiniq suyuqlik. Nastoykaning tashqi ko’rinishi DF XI, 2 nashr, 148 b. talabiga mos kelishi kerak.

Chinligi. 2 ta probirka olib unga preparatning 3 ml miqdoridagi hajmi solinadi; birinchi probirkaga 2 ml konsentrlangan xlorid kislotasi solinadi, ikkinchi probirkaga 2 ml suv solinadi. Ikkala probirkani suv hammomida 5 daqiqa davomida qizdiriladi, Birinchi probirkadagi eritmani ikkinchi probirkadagi eritmaga solishtiriladi, bunda birinchi probirkadagi eritma qizil rangga bo’yaladi (antotsianlar).

10 ml preparatni bug’latish kosachasiga solinadi va suv hammomida quruq qoldiq qolguncha bug’latiladi. Qoldiqni 2 ml 70 % li etil spirtida eritiladi, 0,05 g magniy metali yoki magniy qirindisidan qo’shiladi va 0,5 ml konsentrlangan xlorid kislotasidan solinadi, aralashtiriladi, 30 daqiqa davomida 45-50ºC haroratda suv hammomida qizdiriladi, eritma sovutiladi va 5 ml hajmdagi probirkaga solinadi; eritma asta-sekin qizil-jigarrang rangga bo’yaladi (flavonoidlar).

Peparatning 5 ml miqdoriga 0,3 ml natriy gidroksid va 3 ml Feling reaktividan solib qaynaguncha qizdiriladi; qizil cho’kma hosil bo’ladi (qand).

Quruq qoldiq. 1,0% dan kam bo’lmasligi kerak (DF XI, 2 nashr, 148 b.).

Zichligi. 0,885 g/sm3 dan 0,910 g/sm3 gacha (DF XI, 1 nashr, 24 b., 1-usul).

Qadoqni to’ldirish hajmi. TSt 64-492-85 talabiga javob berishi kerak.

Hajmi 20 ml dan 25 ml gacha bo’lgan qadoqlar uchun chetlanish ±5% ga, hajmi 40 ml dan 50 ml gacha bo’lgan qadoqlar uchun esa chetlanish ±3% ga teng bo’lishi kerak.

Nazorat natijasida olingan natijalar qoniqarsiz bo’lsa tekshirish ikki marta ko’p miqdordagi namunalarda olib boriladi.

Og’ir metallar. Preparat og’ir metallarga hos bo’lgan tekshiruv talabiga javob berishi kerak ( 0,001 % dan ko’p emas; DF XI, 1 nashr, 171 b., DF XI, 2 nashr, 148 b.).

Mikrobiologik tozalik. Tekshirish DF XI, 2 nashr, 87 b. va 12.10.2005 y. dan O’zgartirish №2, kategoriya B ga asosan, tekshiruv davomida antimikrob faollikka ega preparat sifatida o’tkaziladi.

1 ml preparat tarkibidagi aerob bakteriyalarning umumiy soni 104 va zamburug’larning umumiy soni 2 x 102, enterobakteriyalar va boshqa grammanfiy bakteriyalarning soni 102 dan ko’p bo’lmasligi kerak. 1 ml preparat tarkibida Pseudomonas aeruginosa va Staphylococcus aureus va 10 ml preparat tarkibida Salmonella bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.



Miqdoriy tahlil. 1-usul. 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 6 ml alyuminiy xlorid eritmasidan qo’shiladi, eritmani 3 daqiqa davomida qaynab turgan suv hammomida ushlab turiladi, tezda sovutiladi, pH 4,0 bo’lgan bufer eritmadan 2 ml qo’shiladi, eritma hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.

Hosil bo’lgan eritmaning optik zichligini spektrofotometrda 409 nm to’lqin uzunligida qalinligi 10 mm bo’lgan kyuvetada aniqlaniladi. Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasida tayyorlangan 5 ml preparat, 2 ml pH 4,0 bo’lgan bufer eritma va hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkazib hosil qilingan eritmadan foydalaniladi.

Parallel ravishda tarkibida 1 ml giperozid GSN saqlagan eritmaning optik zichligini ham o’lchanadi, ushbu eritmani tayyorlash uchun tekshiriluvchi eritmani tayyorlash jarayoni bayonidagi “25 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinadi” so’zlaridan boshlab davom etgan amallar takrorlanadi. Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml o’lchov kolbasida tayyorlangan, 1 ml giperozid GSN, 2 ml pH 4,0 bo’lgan bufer eritma va hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkazib hosil qilingan eritmadan foydalaniladi.

Flavonoidlarning giperozid uchun hisoblangan umumiy foiz miqdori (X) quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:



bu yerda: D1 – tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;

D0 – giperozid GSN eritmasining optik zichligi;

m0 – tortib olingan giperozid GSN ning og’irligi, grammlarda.

Preparatdagi flavonoidlarning giperozidga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,002% dan kam bo’lmasligi kerak.

Ilova. 1. Giperozid GSN eritmasini tayyorlash. Oldindan 130-135ºC haroratda 3 soat davomida quritilgan giperozid GSN (FM 42-1088-81) dan 0,05 g (aniq tortma) olib hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirti bilan suv hammomida qizdirilib turgan holda eritiladi, eritmani xona haroratigacha sovutiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt bilan kolba belgisigacha yetkaziladi, aralashtiriladi.

Eritmaning yaroqlilik muddati 1 oy.

2. pH 4,0 bo’lgan bufer eritmasini tayyorlash. 10 ml 1 mol/l natriy gidroksidini hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 57 ml sirka kislotasi qo’shiladi, belgisigacha suv bilan yetkaziladi va aralashtiriladi.

Eritmaning yaroqlilik muddati 2 oy.

3. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75) hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirtida eritiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt bilan belgigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.

Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy.

2 – usul (alternativ). 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 6 ml alyuminiy xlorid eritmasidan qo’shiladi, suv hammomida 3 daqiqa davomida qizdiriladi, tezda sovutiladi, belgisigacha 70% li etil spirti bilan yetkaziladi va aralashtiriladi.

Eritmaning optik zichligi spektrofotometrda 430 nm to’lqin uzunligida va qalinligi 10 mm li kyuvetada o’lchanadi.

Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml li o’lchov kolbasida tayyorlangan 5 ml preparat va hajmi belgisigacha 70 % li spirt bilan yetkazilgan eritmadan foydalaniladi.

Preparat tarkibidagi flavonoidlarning kversetinga nisbatan hisoblangan foiz miqdori (X) nisbiy yutish ko’rsatkichi  yordamida topiladi:



bu yerda: D1 – tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;

475 – kversetin va alyuminiy xlorid kompleksining 430 nm to’lqin uzunligidagi nisbiy yutish ko’rsatkichi  .

Flavonoidlar yig’indisining kversetinga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,002% dan kam bo’lmasligi kerak.

Ilova. 1. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75) hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasida 50 ml 70% li etil spirti bilan eritiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt bilan kolba belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.

Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy.



Qadoqlash. 20, 25, 40 va 50 ml hajmdan TSh 64-2-208-79 yoki TSh 64-17490735-01:2006 ga asosan FK-OS tipidagi tomizgichli-flakonlarga, TSh 64-2-282-84 yoki TSh O’z 10-03-0334056-3-95 yoki TSh O’z 64-16965647-01-98 ga ko’ra zich berkitilgan tomizgich tiqinli, yoki 20, 25, 40 yoki 50 ml hajmli qo’ng’ir rangli flakonlarga, TSt 64-2-87-81 yoki TSh 64-17400735-01:2006 ga ko’ra vintli bo’yinli, TSt 64-2-87-81 yoki TSh O’z 10-03-0334056-3-95 ga ko’ra yoki TSh 64-17707896-02:2002 yoki TSh O’z 64-16965647-01-98 ga asosan polietilen tiqinli va plastmassa qopqoqchali yoki TSh 64-17707896-02:2001 yoki TSh 64-17385978-01:2001 ga asosan perforirlangan bo’lakli halqaga ega bo’lgan alyumin qalpoqchali idishlarga qadoqlanadi.

20, 25, 40 va 50 ml hajmdan polietilentereftalatdan yasalgan flakonlarga, TSh 64-15390981-02:2003 va O’zg. №1 TSh 64-15390981-02:2003 ga ko’ra qopqoqli yoki TSh 64-22956650-01:2009 ga asosan polietilentereftalatdan yasalgan va plastmassa qopqoqli flakonlarga qadoqlanadi.

Har bir tomizgichli flakon yoki flakonga DSt 7625-86E ga ko’ra yorliq qog’ozidan tayyorlangan yopishqoq yorliq yoki DSt 18510-87E ga ko’ra yozuv yoki o’zi yopishadigan yorliq yopishtiriladi.

Flakonlar 5-10 ta qo’llash yo’riqnomasi bilan birgalikda DSt 7376-89 ga asosan gofrirlangan karton yoki DSt 7933-89E ga ko’ra quti uchun foydalaniladigan qutiga qadoqlanadi. Qutilar DSt 18251-87 ga asosan yopishtiruvchi tasma yoki DSt 6309-87 ipak iplar yordamida, yoki TSh 17-05-009-80 ga ko’ra propilen iplar yordamida boylanadi, bog’lam ohiriga DSt 7625-86E ga ko’ra yorliq qog’ozidan yoki DSt 18510-87E ga asosan yozuv qog’ozidan yasalgan yorliq yopishtiriladi.

Guruh va transport tarasi DSt 17768-90E talabiga javob beradi.

Yorliqlash. Yorliqda ishlab chiqaruvchi nomi, uning manzili va tovar belgisi, preparatning lotin, o’zbek va rus tillaridagi nomi, preparatning millilitrdagi hajmi, saqlash sharoiti, ro’yhatdan o’tish raqami, seriya raqami, yaroqlilik muddati, shtirx kodi (zarur bo’lsa).

Guruh qadog’ida qo’shimcha ravishda qadoq miqdori ko’rsatilgan bo’ladi.

Transport tarasini yorliqlash DSt 14192-96 ga asoslanadi.

Ilova. Preparatni O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport qilingan holatlarda yorliqlash matni importyor davlat talabi yoki shartnomaga asosan belgilanadi.



Tashish. DSt 17768-90 ga asosan.

Saqlash. Salqin, yorug’likdan himoyalangan joyda.

Yaroqlilik muddati. 4 yil.

Asosiy farmakologik guruhi. Yurak qon-tomir sistemasiga ta’sir qiluvchi vosita.

Ilova. Quyidagi farmakopeya maqolasida keltirilgan reaktivlar, titrlovchi eritmalar va indikatorlar DF XI, 2-nashrning tegishli bo’limlarida keltirilgan.


Biofarmatsiya. Biologik samaradorlik va uni aniqlash. Ibuprofen tabletkasi misolida.

Biofarmatsiyaning asosiy vazifasi dorilarning biosamaradorligini oshirish, shu bilan birga ularning zaharliligini va qo‘shimcha ta’sirini kamaytirishdir. Dorilarning biosamaradorligiga fiziologik, biokimyoviy va farmatsevtik omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan biz uchun eng muhimi farmatsevtik omillardir. Ularga dorishunos bevosita ta’sir ko‘rsata olishi mumkin. Hozirgi vaqtda biofarmatsevtik tadqiqotlar bir necha yo‘nalishda olib boriladi. Ular farmatsevtik omillarning ta’sirini, dorilarning so‘rilishini va xarakatlanishini, biotransformatsiyasini, dori moddalarining organizmda taqsimlanishini va ajralib chiqishini, preparatlarni biologik o‘zlashtirish imkoniyatlarini va ularni aniqlash usullarini yaratishni, hamda preparatlarning farmakokinetikasini, ya’ni qonda yoki boshqa suyuqliklardagi miqdorini aniqlash usullarini o‘rganadi.



“Farmatsevtik omillar” tushunchasi preparatlarni tayyorlashdagi barcha jarayonlarni o‘z ichiga olmasdan, faqat dori moddaning terapevtik faolligiga ta’siri aniqlangan omillarnigina o‘z ichiga oladi. Farmatsevtik omillar orasida yordamchi moddalar, ularning tabiati va miqdori, dori moddaga ko‘rsatadigan ta’sirining murakkabligi va muhimligi jihatidan qolgan barcha omillardan ajralib turadi. Deyarli barcha preaparatlarning tarkibida yordamchi moddalarning mavjudligi, ularning naqadar muhimligidan dalolatdir. YOrdamchi moddalar biofaol moddalarning o‘ziga xos tarkibiy qismi bo‘lib, u bilan doim aloqada bo‘ladi. Preparatlarning qo‘llanilishida yordamchi moddalar dori modda – organizm tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ular dori modda ta’sirini pasaytirishi, susaytirishi yoki turli sabablarga ko‘ra uni o‘zgartirishi mumkin. Masalan, amfetaminning tabletkasi, draje, granula, suspenziya yoki qiyomini tayyorlashda yordamchi modda sifatida karboksimetilsellyuloza qo‘llanilsa preparatning so‘rilishi butunlay yo‘qoladi. Shunday xodisani yordamchi modda sifatida tarkibiga jelatin qo‘shilgan sulfadimezin tabletkasida ham ko‘rish mumkin. Fenobarbitaldan PEO-4000 yordamchi moddasi bilan tayyorlangan shamcha va tabletkada suvda qiyin eriydigan kompleks birikma xosil bo‘ladi, natijada fenobarbitalning organizmga so‘rilishi yomonlashadi. Agar shunday dori turlari natriy barbital yoki boshqa barbituratlar bilan tayyorlansa, ishlatilgan PEO-4000 dorilar ta’siriga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Sut qandi, bentonit, faollashtirilgan ko‘mir ishtirokida tayyorlangan atsetilsalitsil kislotasi, strixnin nitrat, apomorfin gidroxlorid dori turida ham so‘rilishning keskin kamayishi va terapevtik unumdorligining susayishi kuzatilgan. PVP ishtirokida tayyorlangan levomitsetin tabletkasining mikroblarga qarshi faolligi keskin kamaygan va aksincha salitsilamid, prednizalon kabi dorilarning so‘rilishi va terapevtik samaradorligi oshgan. Tabletkalarning biofarmatsevtik xususiyatlarini takomillashtirish usullaridan yana biri bu dori preparatlarini siklodekstrin ishtirokida yaratish hisoblanadi. Masalan, to‘ldiruvchi sifatida -siklodekstrindan foydalanib tayyorlangan digoksin va kavintonning parchalanishini keskin ravishda yaxshilangan, -siklodekstrin bilan tayyorlanagan salitsil kislotasi va diazolin tabletkasining parchalanish tezligi, biosamaradorligi oshgan, shuningdek oshqozon devorlarini qitiqlash xususiyatlarini ancha kamaytirgan. Shuningdek -siklodekstrin ishtirokida oddiy salibum o‘simligidan ajratib olingan flavonoidlar yig‘indisidan iborat salibor preparatidan tabletkalar olingan va uning biosamaradorligi o‘rganilgan. Ba’zan preparatlarning biosamaradorligini oshirish va dori moddaning organizmdagi konsentratsiyasini ma’lum vaqt oralig‘ida bir me’yorda ushlab turish uchun tabletkalarni tayyorlashda shunday yordamchi moddalar qo‘shiladiki, ular dori moddaning ajralib chiqish tezligini sekinlashtiradi. Masalan, salbutomol tabletkasining uzoq muddat ta’sir etuvchi turi ishlab chiqilgan bo‘lib, yordamchi modda sifatida akril smolasidan foydalanilgan.

Bularning hammasi yordamchi modda turi, miqdori, kiritish usuli dori moddaning faollik darajasi va biosamaradorligiga ta’sir etishini ko‘rsatadi. YOrdamchi moddalarning biofaol moddalar so‘rilishiga ta’siri nafaqat tabletkalarda, shuningdek turli farmakologik guruhlarga mansub dori modda saqlovchi shamcha, surtma va eritmalarda ham o‘rganilgan.

Demak, har bir dori modda uchun ishlatiladigan yordamchi modda biofarmatsevtik nuqtai nazaridan baholangan bo‘lmog‘i lozim.

Biofaol moddalarning fizik-kimyoviy xossalari nafaqat texnologik, shuningdek biofarmatsevtik nuqtai nazardan ham katta ahamiyatga ega. Masalan, sulfadimetoksin, digoksin va atsetilsalitsil kislota kukuni zarrachalarining maydalanib borishi bilan, ularning shamcha va tabletkalardan so‘rilish darajasi va tezligini oshirib boradi. Sulfadimezin kukunida esa o‘lchami 10 mkm dan kichik bo‘lmagan zarrachalarning mavjudligi uning so‘rilishiga salbiy ta’sir qiladi.

Dori turini tayyorlashdagi texnologik jarayonlar ham dorilarning turg‘unligi, sifati va biosamaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Nam donadorlash usuli qo‘llanilganda ayrim dorilar faolligining pasayishi tajribalar asosida isbotlangan. Masalan, rauvolfiya alkaloidini donadorlashda spirt va suv bilan namlanganda alkaloidni miqdori kamaygan. Tritritsin va neomitsinni donadorlashda NaKMS eritmasi ishlatilsa, ularning terapevtik unumdorligi ancha pasayadi va hakozo. To‘g‘ridan-to‘g‘ri presslab olingan tabletkalardagi dori moddalarning so‘rilish tezligi ko‘pincha donadorlash orqali olinganga nisbatan yuqori ekanligi amaliyotda tasdiqlangan.

Shunday qilib, farmatsevtik omillarni o‘rganish amaliy ahamiyatga ega, chunki me’yoriy texnik hujjat va adabiyotlarda keltirilgan tarkib va texnologiyaning to‘g‘riligi, biofarmatsevtik nuqtai nazardan baholanishi keltirilmagan. Ular to‘liq samara bermay, nobioekvivalentlikka sabab bo‘lishi mumkin.

1974 yilda biosamaradorlik “testi” Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining 17-assambleyasi tomonidan qabul qilindi va shu tashkilotning tavsiyasi bilan bu test in vitro tajribalarida olib boriladi. So‘rilish tezligi preparatning suyuqlikda maksimal konsentratsiyasining hosil bo‘lish vaqti bilan ifodalansa, so‘rilish darajasi esa, dori moddani tekshirilayotgan va andoza dori turidan so‘rilgan miqdorining nisbati bilan belgilanadi. Ammo bu ko‘rsatkichlar so‘rilish to‘liq bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligini ifodalab bera olmaydi. Bunda farmakokinetik taxlil yordam beradi. Farmakokinetik tahlil farmakoterapevtik va farmatsevtik omillarni to‘g‘ri tanlashga imkoniyat beradi. Biosamaradorlik testi tirik organizmlarda olib boriladi va aniqligi bilan ajralib turadi, ammo ular murakkab va uzoq vaqt talab qilganligi uchun ishlab chiqarishda kam qo‘llaniladi. Buning uchun Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasi bilan biosamaradorlikni nistrumental – in vitro usuli qo‘llanila boshlandi. In vitro usullari orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani dializ, “aylaniladigan kajava” va “aylanadigan kolba” usullaridir. “Aylanadigan kajava” usuli qattiq dori turlaridan biofaol moddaning ajralib chiqishini o‘rganishga qaratilgan, XI-DF ga rasmiy usul sifatida kiritilgan. In vivo va in vitro tajribalari asosida olingan ko‘rsatkichlarning bir-biriga mos kelishini bilish uchun ularning korrelyasiya koeffitsientini aniqlash lozim bo‘ladi. Korrelyasiya koeffitsienti qanchalik birga yaqin bo‘lsa, olingan natija shunchalik ijobiy hisoblanadi va bunday holatda korxona sharoitida ishlab chiqarilgan tabletkaning biosamaradorligi in vitro usuli bilan baholansa etarli bo‘ladi.

Tabletkaning biosamaradorligini in vitro usulida tekshirish uchun ishlatilgan “aylanadigan kajava” asbobi va uning tuzilishi.

Muayyan sharoitda, ma’lum vaqt ichida qattiq dori turidan ta’sir qiluvchi moddaning eritmaga o‘tgan miqdori tabletkaning erishi deyiladi. Tabletkalar erishini aniqlash uchun XI DF da keltirilgan «Aylanadigan kajava» asbobidan foydalaniladi.

Asbobning asosiy ishchi qismi silindr shaklidagi diametri 0,25 mm li to‘r kajava bo‘lib, unga tekshiriladigan tabletka solinadi, u xajmi 1 l gacha bo‘lgan suyuqlikda, tezligi xar daqiqada 50-200 marta aylanadi va 37+10S xarorat ta’minlab turiladi. Bunda asbobning xech qaysi qismi tebranmasligi shart. Erituvchi muhit sifatida suv yoki xususiy maqolalarda ko‘rsatilgan boshqa erituvchilar (xlorid kislota, pH ko‘rsatkichi turlicha bo‘lgan bufer eritmalar va x.k.) olinishi mumkin.

Tekshiriladigan bir dona tabletka kajavaga solinadi va u suyuqlikka tushiriladi. Bunda kajava idish tubidan 20+2 mm balandroq bo‘lishi kerak. Idish qopqog‘ini yopib, kajava xususiy maqolada ko‘rsatilgan tezlikda yoki daqiqasiga 100 marta tezlikda aylantiriladi. Xususiy maqolada ko‘rsatilgan vaqtdan yoki 45 daqiqadan so‘ng, eritma namunasi olinib, filtr qog‘ozi orqali suziladi va ko‘rsatilgan usul bilan ta’sir qiluvchi modda miqdori aniqlaniladi.

Qo‘llaniladigan analitik usul aniq bo‘lishi kerak, lekin dori turidagi ta’sir qiluvchi moddaning miqdori aniqlanadigan usuldan boshqacha bo‘lishi mumkin.

Dori turining xar bir seriyasi uchun 5 ta tabletkadan eritmaga o‘tgan modda miqdori aniqlanadi. Bunda tabletka tarkibidagi modda 100 % deb qabul qilinadi. Agar xususiy maqolalarda boshqacha talab qilinmagan bo‘lsa, 45 daqiqa davomida, suvda aylanish tezligi daqiqasiga 100 marta bo‘lganda ta’sir qiluvchi moddaning erigan miqdori dori turidagiga nisbatan 75 % dan kam bo‘lmasa seriya qoniqali hisoblanadi.

Buning uchun XI DF ning talabi bo‘yicha “aylanadigan kajava” asbobidan foydalanildi.

Asbobning kajavasiga bitta tabletka tortib solinib, 1000 ml natriy ishqorining 0,1 mol/l li eritmasi solingan idishga tushirildi.

Kajava 45 daqiqa davomida daqiqasiga 100 marta aylanish tezligi bilan aylantirildi. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng eritma filtr qog‘ozi orqali filtrlandi. Filtratning boshlang‘ich 5 ml tashlab yuboriladi. Filtratdan 10 ml olib, hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga solinadi va belgisigacha natriy ishqorining 0,1 mol/l li eritmasi bilan etkaziladi. Eritmaning optik zichligi spektrofotometrda, qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetada, 264 nm to‘lqin uzunligida o‘lchanadi.

Bir vaqtning o‘zida ibuprofenni standart ishchi eritmasi ham tayyorlanib, uning ham optik zichligi xuddi shu sharoitda aniqlanadi.

Eslatma: Ibuprofen standart ishchi eritmasini tayyorlash.

0,1 g (aniq tortma) ibuprofen substansiyasi, hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga miqdoran o‘tkazilib, natriy ishqorining 0,1 mol/l li eritmasida eritiladi va belgisigacha shu eritma bilan etkaziladi. Eritma filtrlanib, filtratdan 1 ml miqdorida namuna olinadi va hajmi 100 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga o‘tkazilib, belgisigacha yuqoridagi eritma bilan etkaziladi. Eritmannig optik zichligi spektrofotometrda, qalinligi 10 mm bo‘lgan kyuvetada, 264 nm da o‘lchanadi.

Tabletka tarkibidagi ibuprofenni erituvchi muhitga erib o‘tgan miqdori quyidagi tenglama bo‘yicha xisoblandi va olingan natijalar 6-jadvalda keltirildi. Undan ko‘rinib turibdiki, tabletka eruvchanligi bo‘yicha talab darajasida. X! DF talabi bo‘yicha 45 daqiqada 75% dan kam bo‘lmagan asosiy ta’sir etuvchi modda erituvchi muxitga erib o‘tishi kerak.

Do . S . V1 . V2 . 100

X = -----------------------

Dc . Va . b

Bu erda,

Do – tekshiriluvi eritmaning optik zichligi

Dc – tekshiriluvi eritmaning optik zichligi

S – 1 ml standart ishchi eritmasi tarkibidagi ibuprofen miqdori, g

V1 – birinchi suyultirish miqdori, ml

V2 – ikkinchi suyultirish miqdori

Va – suyultirish uchun olingan namuna miqdori, ml

b – bitta tabletka tarkibidagi ibuprofen miqdori, g.



Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə