O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Tayyor dori vositalarini saqlanish muddatini ta’minlash va belgilash



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə36/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43

Tayyor dori vositalarini saqlanish muddatini ta’minlash va belgilash.

Saqlanish davomida qattiq dorilarga tashqi muhit xarorati, namligi, yorug‘ligi va boshqalar ta’sir etadi.

Harorat tabletkalar turg‘unligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Harorat oshishi bilan gidrolizlanishga va oksidlanishga moyil bo‘lgan moddalarning parchalanishi birmuncha tezlashadi.

Saqlash davomida tashqi muhitdagi namlik dori vositalariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tabletka tarkibidagi qoldiq namlik yoki kristallizatsion suvni tabiiy qurishi, dozaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Namlikni me’yoridan ko‘p bo‘lishi, tabletkalarning gidrolitik parchalanishiga, hamda fizik-mexanik ko‘rsatgichlarini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Tashqi muhit namligini natriy-paraaminosalitsilat granulasi va tabletkasining fizik-mexanik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etishi tajribalar asosida isbotlangan. Presslanadigan massaning qoldiq namligi tabletkaning tashqi ko‘rinishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Ultrabinafsha nurlar ta’sirida oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini tezlashtirishi, kvant energiyasini adsorbsiyalash natijasida molekulalar faolligining oshishi isbotlangan.

Dori turlarini yaratishda farmatsevtika sanoati, qadoqlanadigan materiallarga katta e’tibor berishni taqozo etadi. Qadoqlanadigan materiallar tabletkani tashqi muhit ta’siridan saqlaydigan asosiy to‘siq bo‘lib, ularni saqlanish muddatini uzaytirishga yordam beradi. SHunga ko‘ra, qadoqlanadigan materiallarni to‘g‘ri tanlash tabletkaning sifat va miqdor ko‘rsatgichlarini saqlashga yordam beradi. Dorilar bilan birlamchi muloqotda bo‘ladigan qadoqlanadigan idishlar har xil materiallardan tayyorlanishi mumkin: shisha, metall, sellyuloza va yuqori molekulali sintetik birikmalar (plastmassa) va ularning kombinatsiyalari. Keng tarqalgan qadoqlanadigan materiallardan biri shishadir. SHisha idish preparatlarni fotokimyoviy parchalanishini oldini oladigan muhim omillardan hisoblanadi.

Keyingi yilarda plastmassadan tayyorlangan idishlar, shisha idishlarga nisbatan ko‘proq ishlatilmoqda. Plastmassa idishlarga dorilar qadoqlanganda kimyoviy mos kelishini hisobga olish lozim. Dori preparatlari bilan muloqotda bo‘lganlarida plastmassa idishlar yorilishi, yumshashi va erishi mumkin. Aynan shu moddaga kimyoviy betaraf plastmassa turini tanlash bilan dorilarni saqlab qolish mumkin.

Farmatsevtika sanoatida tabletkalarni qadoqlash uchun sellofandan tayyorlangan “Aut” kontur-uyachali materialdan keng ko‘lamda foydalaniladi. Ammo bu turdagi materiallar oson gidrolizlanadigan, kuchli gigroskopik va uchuvchan preparatlarni to‘liq saqlab bera olmaydi.

Respublikamizda polivinilxlorid va laklangan alyuminiy folgasidan tayyorlangan “Servak” qadoqlanadigan materiallari suv bug‘larini va quyosh nurlarini mutlaqo o‘tkazmaydi.

Yuqorida qayd qilinganlar asosida, uzoq muddat mobaynida tabletkalarning turg‘unligini o‘rganish, ularning sifatini saqlab qolishda, to‘g‘ri tanlab olingan qadoqlanadigan materiallar va saqlash sharoiti katta ahamiyatga ega.



Indometatsin quruq qiyomini gigroskopikligini o‘rganish.

Faol substansiyalarni xavodan suv bug‘ini tortib olish xossasi – gigroskopiklik deb ataladi. Moddalarning bu xossasi xavo tarkibidagi bug‘larning tarangligi, modda zarrachalarining yuzasidagi taranglikka nisbatan ko‘p bo‘lganda sodir bo‘ladi, bunda gigroskopik xossaga ega bo‘lgan moddalar xavo tarkibidagi bug‘larni yutib, shu yutilgan namlikda eriy boshlaydilar. Fizikaviy jixatdan bu xodisani kengroq talqin etish uchun nam xavoning asosiy omillarini va faol substansiyalar tarkibidagi namlikni bog‘lanish turlariga to‘xtalib o‘tish lozimdir.

Nam xavoni ta’riflovchi asosiy omillarga absolyut va nisbiy namlik, yoki xavoning to‘yinish darajasi, xavoning namlik va issiqlik (entalpiya) saqlashi kabi tushunchalar kiradi. Nam xavo bu quruq xavo va suv bug‘laridan tashkil topgan aralashma, u bir vaqtning o‘zida namlik va issiqlik saqlovchi yoki tashuvchi manbaa bo‘lib xizmat qiladi.

Absolyut namlik deb, bir kubometr nam xavo tarkibidagi suv bug‘i miqdoriga (kg) aytiladi.

Nisbiy namlik yoki xavoning to‘yinish darajasi ma’lum, teng sharoitdagi (xarorat, xajm, barometrik bosim) bir kubometr nam xavo tarkibidagi suv bug‘i massasining bir kubometr xavo tarkibidagi maksimal suv bug‘i massasidagi to‘yingan bug‘ zichligiga nisbatidir. Nisbiy namlik xavoning nam yutishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri. Suv bug‘i bilan to‘yinish borasida xavo namlanadi, uning xarorati pasayadi va xajmi o‘zgaradi. SHuning uchun xavoning namligini ifodalovchi “absolyut namlik” tushunchasi o‘rniga absolyut quruq – xavo massa birligi tarkibida saqlangan namlik miqdorini aniqlash qulay. Xavoning namligi deb bir kilogramm absolyut quruq xavo hisobiga to‘g‘ri keladigan nam xavo tarkibidagi suv bug‘ining (kg) miqdoriga aytiladi. Nam xavoning issiqlik saqlashi deb (entalpiya) ma’lum xavo xaroratida (oS da), absolyut quruq xavo Sqx t va suv bug‘i x ip (Dj/kg quruq xavo) entalpiyalarining summasiga aytiladi:

I = Sqx t + x ib

bu erda

Sqx t – absolyut quruq xavoning o‘rtacha solishtirma issiqlik saqlashi, bu son 1000 Dj/(kg grad)(0,24 kkal/(kg grad) tashkil etadi;

ib – suv bug‘ining entalpiyasi, Dj/kg.

Texnologik jarayonlarga ta’sir etishini izoxlash uchun nam xavoning asosiy xossalarini to‘la ifodalovchi doimiy bosim r=760 mm sm ust. (=99 kN/m2 ) uchun nam xavo I – x diagrammasi L.K.Ramzin tomonidan taklif etilgan. Ushbu diagramma xavoning doimiy entalpiyasiga ega sharoitda nam xavoning quruq material bilan muloqotga kirishi, ayniqsa bug‘-xavo aralashmasidan suvni kondensatsiyaga uchrashini (tr) izoxlaydi. Boshlang‘ich ma’lum bir haroratga ega (t1) va doimiy namlik saqlagan xavoning “shudring nuqtasi”gacha sovushi (tsh), uning tarkibidagi namlikning kamayishiga sabab bo‘lmaydi, biroq “shudring nuqtasi” dan haroratni ko‘proq pasayishi, xavo tarkibidagi namlikni ma’lum bir qismini kondensatsiyaga uchrab, miqdori kamayishiga olib keladi. Xavoning nisbiy namligi Wnisb=100% ni tashkil etganda suvning erkin bog‘lanish energiyasi E=O ga teng bo‘ladi. Qanchalik qattiq jismda namlik kam saqlansa shunchalik undan namlik bug‘latish uchun ko‘p ishchi kuchi sarflash lozim. Ma’lum bo‘lishicha stexiometrik nisbatda material bilan kimyoviy bog‘langan namlik eng mustaxkam deb hisoblanadi va u faqat o‘ta yuqori haroratda yoki kimyoviy reaksiya natijasida qattiq jismni tark etishi mumkin. Bu namlikni quritish jarayonida bartaraf etish mumkin emas. Quritish jarayonida qattiq jismlar fizik-kimyoviy va asosan mexanik bog‘langan namlikni yo‘qotadi. Fizik-kimyoviy bog‘langan namlikka misol qilib, adsorbsion (polimolekulyar va monomolekulyar qatlamlar namligi) va osmotik bog‘langan namliklarni keltirish mumkin.

Adsorbsion namlik – lipofil guruxlarning molekulalar aro kuch maydoni (Van-der Vaals, vodorod, elektrostatik kuchlar) yordamida zarrachalarning atrof muxit chegarasida ushlab turadigan namlikka aytiladi. Bu namlik umumiy bo‘kish namlik hisobiga kiradi. Adsorbsion namlik material bilan qattiq birikishi tufayli bog‘langan namlik ham deb yuritiladi. Qattiq jismlarning sirti erkin potensial energiyaga ega bo‘lishi sababli gaz va suv bug‘larini adsorbsiyalaydi. YUqorida ta’kidlaganimizdek xavodagi bug‘larning tarangligi modda zarrachalarining yuzasidagi taranglikka nisbatan ko‘p bo‘lganida, namlikning adsorbsiyalash xossasi kuzatiladi. Adsorbsiyalanish natijasida suv bug‘ining hajmi kamayadi va kondensatsiyaga uchrab suvga aylanadi. Adsorbsiya jarayoni kolloid jismlarning nafaqat sirtida, balki ichki qatlamlarida ham kuzatiladi. Adsorbsiya jarayonining sodir bo‘lishi bilan birga gidrotatsiya issiqligi ajralib chiqadi, bunga sabab materialni sirtqi potensial energiyasi issiqlikka aylanishidir. Material tarkibidagi namlik miqdori ortib borishi bilan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori kamayadi va oxiri 0 ga teng bo‘ladi. Issiqlik ajralib chiqishi bilan yutilgan namlik miqdori va qattiq jism, suyuqlik hamda nam materialning hajmlarining ayrimasiga teng son - gidrotatsion namlik deb yuritiladi. Demak gidrotatsiya adsorbsion namlikni birikish jarayonidir. Gidrotatsion namlik esa adsorbsiyalangan namlik miqdori qanchalik materialning sirtki maydoni ko‘p bo‘lsa shunchalik adsorbsiya jarayoni tez kechadi. G‘ovakli materiallarda qanchalik g‘ovak katta bo‘lsa, shuncha adsorbsiya sekin ketishi kuzatiladi.

Fizikaviy jihatdan namlikni adsorbsiyalash jarayoni uchun tezlik, qaytaruvchanlik, harorat ko‘tarilishi bilan adsorbsiyalangan namlikning miqdorini kamligi kabi sifatlar bilan tavsiflanadi. Qattiq jismlar namlikni adsobsiyalashi natijasida qattiq yoki ayrim xollarda suyuq eritmalar xosil qiladi. Ko‘pincha adsorbsiyalangan namlikda qattiq jismlarning butkul erib ketmasligiga adsorbsion qatlamda namlikni ma’lum bog‘langan xolda bo‘lishi, adsorbsiyalangan namlikning zichligi birdan farq qiladi va u nisbatan past haroratda muzlaydi.

Fizik-mexanik bog‘langan namlikka mikro va makro kapillyarlardagi va bo‘kish namlikni misol qilib keltirish mumkin. G‘ovak materiallarda kapillyar kondensatsiya jarayoni kuzatiladi. Bu faqat kritik haroratdan past bo‘lgan haroratda kondensatsiyaga uchraydi. Kondensatsiyaga uchragan suyuqlik g‘ovak devorlarini yaxshilab namlasa, kapillyarlar ichidagi suyuq adsorbsion qatlamlar tutashishi natijasida ichki botiq menisk xosil bo‘ladi. Botiq menisk ustidagi bug‘ to‘yinishi natijasida kondensatsiya sodir bo‘lib, materialning g‘ovaklari suyuqlikka to‘ladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonning o‘ziga xosligi bir xil haroratda botiq menisk ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi yassi yuza ustidagi to‘yingan bug‘ bosimiga nisbatan kichik bo‘ladi. Bu xol kapillyarlarda bug‘ kichik bosimda ham kondensatsiyaga uchrashi kuzatiladi. Qanchalik kapillyar radiusi kichik bo‘lsa, shunchalik botiq menisk ustidagi bug‘ bosimi kam bo‘ladi. SHuning uchun avval kichik so‘ngra yirik kapillyar kondensatsiyaga uchragan suvga to‘ladi.

Kapillyar kondensatsiya jarayoni ikkilamchi jarayon bo‘lib, adsorbsion kuchlar evaziga emas, balki kapillyar ichidagi suyuqlik xosil qilgan ichki botiq menisk sirtiga bug‘ molekulalarini tortish kuchi hisobiga sodir bo‘ladi. Kapillyar kondensatsiya tez-bir necha daqiqa ichida sodir bo‘ladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonini tasvirlovchi sorbsiya izotermasi S shaklida bo‘ladi. Bu izotermaning o‘ziga xos ta’rifi to‘g‘ri chiziq boshida ma’lum adsorbsiya chegarasi mavjud bo‘lib, kondensatsiyaga uchragan bug‘ning miqdori ortishi natijasida ma’lum bosimda egri chiziqning tepaga ko‘tarilishi kuzatiladi. Kapillyar kondensatsiya jarayonining o‘ziga xosligi sorbsion gisterzis natijasida sorbsiya va desorbsiya izotermalarini bir biriga mos kelmasligi, bu xol g‘ovakdagi xavoni kapillyar devorini to‘la namlanashiga xalaqit berishi va kapillyarning shakli va o‘lchami turli bo‘lishiga bog‘liq. Makrokapillyar ichidagi namlik qattiq bog‘langan bo‘lmaganligi sababli uni erkin namlikka tavsiflash mumkin.

Bo‘kish namligi deb, materialning osmotik zarrachalari tomonidan bo‘kilgan yoki kolloid tizimda immobillashgan ma’lum namlikka aytiladi. Bo‘kish namligi material tomonidan yutiladi va bunda uning hajmi ortishi kuzatiladi. Sochiluvchan materiallar tarkibida faqat kimyoviy bog‘langan namlik saqlansa, u quruq deb hisoblanadi. Agar sochiluvchan material tarkibida bog‘langan namlik bo‘lsa, biroq erkin namlik bo‘lmasa, bunday material quruq yoki tabiiy nam deb ataladi.

Dori substansiyalarini nam tortish xossasini o‘rganish katta amaliy ahamiyatga ega, xususan bu ko‘rsatkich tayyor dori vositalarini turg‘unligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Nam tortish xossasi yuqori bo‘lgan faol substansiyalardan olingan granulalarning adgezion xossasi yuqori bo‘ladi, bu esa quruq qiyomning sochiluvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda parchalanishi bo‘yicha ko‘pincha talab darajasida bo‘lmaydi.

Tekshirilayotgan quruq qiyom nam tortish xossasini sun’iy ravishda yaratilgan, har xil nisbiy namliklarga ega bo‘lgan muhitlarda o‘rganish lozim deb topildi.

Tekshirilayotgan quruq qiyomning nam totish xossalari S.A.Nosovitskaya va uning muallifdoshlari taklif etgan usulga muvofiq aniqlandi.

Bunda eksikatorlarda mos ravishda 58, 79, 90 va 100% nisbiy namlikka ega bo‘lgan muhitlar hosil bo‘ladi. Har bir aloxida eksikatorda joylashgan kukun tomonidan sorbsiyalangan namlikning miqdori xar 3 soatda so‘ng 3 kun davomida aniqlandi.

Indometatsin kuruk kiyomining gigroskopikligini aniklash natijalari

(Petri kosachasida olib borilgan tajribalar)


Vaqt, soat

Urganilgan nisbiy namliklar

58% (NaBr)

79% (NH4Cl)

90% (ZnSO4)

100% (N2O)

m1

m2

%

m1

m2

%

m1

m2

%

m1

m2

%

3

5,066


5,124

1,14

5,025


5,236

4,20

5,104


5,365

5,11

5,043


5,610

11,24

6

5,191

2,46

5,282

5,11

5,553

8,81

5,673

12,50

9

5,254

3,71

5,341

6,30

5,650

10,70

5,754

11,11

12

5,279

4,21

5,418

7,83

5,782

13,30

5,890

16,80

24

5,338

5,38

5,475

8,97

5,942

16,41

5,981

18,61

48

5,410

6,80

5,505

9,56

6,033

18,20

6,066

20,30

72

5,429

7,18

5,537

10,20

6,153

20,55

6,209

23,12

144

5,527

9,10

5,611

11,66

6,212

21,70

6,215

23,24

216

5,597

10,48

5,614

11,72

6,218

21,82

6,221

23,36

Jadvaldagi natijalardan kurinib turibdiki, indometatsin kuruk kiyomining namlikni yutishi 100% nisbiy namlikda, 216 soat davomida maksimum 23,36% ni tashkil kilgan. SHu bilan birga 90%, 79% va 58% nisbiy namliklarda mos ravishda 21,82%, 11,72% va 10,48% ni tashkil kilgan.

Olingan natijalarni rasm kurinishida ifodalaydigan bulsak (2-rasm), 90 va 100% nisbiy namlikda olib borilgan tajriba natijalari 72 soatda maksimum natijani namoyon kilib, 216 soatgacha bulgan vakt oraligida deyarli uzgarmagan. Bundan xulsoa shuki, indometatsin kuru kiyomining maksimum darajada namlikni yutishi 72 soatda namoyon bulib, u urtacha 22,6% ni tashkil kilgan.

Shu bilan birga 58 va 79% nisbiy namliklarda olib borilgan natijalar indometatsin kuruk kiyomini maksimum darajada namlikni yutishi 144 soatda namoyon bulib, kolgan vaktda deyarli uzgarmagan. Natijada bu nisbiy namliklardagi tajriba natijalari indometatsin kururk kiyomini urtacha 11,1% gigroskopiklikka ega ekanligini kursatadi.

Olib borilgan tajriba natijalariga kura indometatsin kuruk kiyomi ishlatish davomida urtacha 79% gacha bulgan namlikda uzining turgunligini namoyot kila oladi deb xulosa kilishimiz mumkin.



Tashqi muxit namligini indometatsin quruq qiyomining sifatiga ta’sirini o‘rganish.

Tayyor dori turlariga qo‘yiladigan asosiy talabalardan biri ularni saqlanish jarayonida turg‘unligini ta’minlashdan iboratdir. Dori vositalarining turg‘unligiga tashqi muxitning qator omillari ta’sir qiladi. Nisbiy namlik, yorug‘lik kuchi, muxit xarorati va boqa omillar shular jumlasidandir. Bundan tashqari dorilarning turg‘unligi ularning tarkibiga kirgan yordamchi moddalarning turi va miqdoriga, tanlab olingan texnologik usulga, shuningdek ular joylashtirilgan idishlarga xam bog‘liqdir. SHu sababli yangi dori turlari texnologiyasi yaratilganda yoki mavjud bo‘lgan texnologiya takomillashtirilganda oxirigi xulosalar yaroqlilik muddati o‘rganilgandan so‘ng chiqarilishi lozim.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chikib, tayyorlangan indometatsin kuruk kiyomining turgunligiga kadoklovchi idish va tashki muxit namligini ta’sirini urganishni maksadga muvofik deb topdik. Buning uchun tayyor kuruk kiyom 2-bobda keltirilgan idishlarga 10,0 g dan solinib kadoklandi va 58, 79, 90 va 100% nisbiy namlik saklagan eksikatorlarga joylashtirildi.

Eksikatorlarga joylashtirilgan kadoklangan indometatsin kuruk kiyomining namlikni yutishi xar 3 soat davomida 3 kun mobaynida urganib borildi. Tajriba natijalari jadvalda keltirilgan.



Indometatsin quruq qiyomining turg’unligiga qadoqlovchi idish va tashqi muxit namligining ta’sirini o’rganish natijalari

(Burama plastmassa qopqoqli TST 64-2087-81 qo’ng’ir rangli shisha idishga TST 64-2-71-80 qadoqlangan quruq qiyom)

Vaqt, soat

O’rganilgan nisbiy namliklar

58% (NaBr)

79% (NH4Cl)

90% (ZnSO4)

100% (N2O)

m1

m2

%

m1

m2

%

m1

m2

%

m1

m2

%

3

10,111


-

-

10,061



-

-

10,019


-

-

10,021


-

-

6

-

-

-

-

-

-

-

-

9

-

-

-

-

-

-

-

-

12

-

-

-

-

-

-

10,126

1,05

24

-

-

-

-

10,127

1,08

10,142

1,21

48

-

-

10,082

0,21

10,150

1,31

10,164

1,43

72

10,146

0,35

10,105

0,44

10,174

1,55

10,189

1,68

144

10,165

0,54

10,129

0,68

10,186

1,67

10,204

1,83

216

10,173

0,61

10,144

0,83

10,201

1,82

10,231

2,10

Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə