O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Kukunlarni tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə38/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

Kukunlarni tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish

(vaziyat)

“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasida galmanin kukuni 50g dan qalin qog’oz qutichalarda ishlab chiqarmoqda. Quyida ushbu kukunning tarkibi, texnologiyasi va ishlatilgan asbob-uskunalar keltirilgan.

Galmanin kukuni - Pul. Galmaninum.

Tarkibi.

Salitsil kislotasi - 2 g.

Rux oksidi - 10 g.

Talk - 44 g.

Kraxmal - 44 g.

Ishlatilgan asbob uskunalar va yordamchi materiallar.


  1. Elektron tarozi, zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan idishlar, pergament qog‘ozi

  2. Teshigining diametri 350 mkm bo’lgan elaklar.

  3. Qopqog’i zich berkiladigan shisha idish, polietilen xaltacha.

  4. Salitsil kislota, rux oksidi, talk, kraxmal.

  5. Baraban diametri 1000 mm bo‘lgan Zo‘ldirli tegirmon, zo‘ldirlarining diametri 60 mm.

  6. Zetasimon aralashtirgich


Ishni bajarish tartibi:

Salitsil kislotasi, rux oksidi, talk, kraxmal elektron tarozida tortib olindi, xammasi birga zo‘ldirli tegirmonda 48 soat maydalandi. Taxminan 40 soniyadan so’ng, asbob qopqog’i ochilib, maydalangan kukun pergament qog’ozga solindi, xar bir zoldirga yopishgan kukunlarni qirib, slyuda bilan tozalab olindi. So‘ng kukun teshigining diametri 350 mkm li elak orqali o’tkazilib, zetasimon aralashtirgichda 20 daqiqa davomida aralashtirildi. Tayyor kukunda metall qipiqlari borligi va salitsil kislotasining zarrachalari yaxshi maydalanmaganligi SNB xodimlari tomonidan aniqlandi. Kukun qadoqlanmadi. Ushbu muammoni qanday xal qilish mumkin?


AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR

Talabalarga yo‘riqnoma

Ish bosqichlari

Maslahatlar va tavsiyanomalar.

1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

Avvalo keys bilan tanishing. “Kukunlar va uni tayyorlash texnologiyasi” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish

Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu vaziyatni xal qilish uchun kukun va uni tayyorlash usullari, ishlatiladigan asbob-uskunalar, yordamchi moddalar, turli omillarning kukun sifatiga ta’sirini o‘rganish lozim.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish

Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.

Asosiy muammo: Sifatli kukun dori shaklini ishlab chiqish

Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.



  • Kukun nima?

  • Kukun tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar?

  • Kukunlarning afzallik va kamchiliklari.

  • Kukunlarni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi.

  • Kukunlarni tayyorlashda ishlatiladigan tegirmonlar, elaklar, aralashtirgichlar.

  • Kukunlarni sifatini baholash usullari va DFsining talablari.

Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling.

4. Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash

Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirishga kirishing. Muammoni echish uchun barcha vaziyatlarni ko‘rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq echimini toping. Jadvalni to‘ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting

Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring



Vaziyatdagi muammolar

turi


Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqib

ketish harakatlari












Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari

(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)

Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari

Talabalar

ro‘yxati


Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot ob’ekti aniqlangan mak. 1 b

Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari aniq ko‘rsatilgan mak. 2 b

Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari aniq ko‘rsatilgan

mak. 2 b


Jami

mak.5 b

































Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari

Guruhlar

ro‘yxati


Guruh faol

mak. 1 b


Ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdim etildi mak. 2 b

Javoblar to‘liq va aniq berildi mak.

2 b


Jami

mak. 5 b


1













2













3












5 ball – a’lo, 4 ball – yaxshi, 3 ball – qoniqarli


keys – ctadi ASOSIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
O‘quv loyihasi:

Tabletkalar sifatini baholash, qadoqlash va o’rash”





PEDAGOGIK ANNOTATSIYA
Fanning nomi: “Tayyor dori vositalari sifatini baholash, qadoqlash va o’rash”.

Mavzuning nomi: “Tabletkalar sifatini baholash, qadoqlash va o’rash”.

Ishtirokchilar: bakalavriat bosqichi “Sanoat farmatsiyasi” yo‘nalishi, 4-kurs talabalari.

O‘qitishning maqsadi: o‘quv kursi bo‘yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida tabletkalar va ularni sifat ko’rsatkichlari bo‘yicha malaka ko‘nikmalarni shakllantirish.

Rejalashtirilayotgan o‘quv natijalari: Tabletkalar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Tabletka tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo-vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Loyihalashtirish faoliyati bo‘yicha quyidagi amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o‘z faoliyatini rejalashtirish; ma’lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko‘rinishda taqdim etish.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqlari zarur:

Talaba bilishi kerak: matematik va tabiiy-ilmiy fanlar (oliy matematika, informatika va informatsiyaon texnologiyalar, fizika, anorganik kimyo, organik kimyo, fiziologiya anatomiya asoslari bilan, botanika, ekologiya), umumkasbiy fanlar (analitik kimyo, fizik va kolloid kimyo, biologik kimyo, toksikologik kimyo, patologiya, klinik farmatsiya farmakokinetika asoslari bilan, farmakologiya, mikrobiologiya, gigiena, birinchi tibbiy yordam, lotin tili, farmatsevtika ishini tashkil qilish, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya, tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi, farmatsevtika iqtisodiyoti, farmatsevtik kimyo, biotexnologiya) dan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.

Talaba amalga oshirishi kerak:- mavzuni mustaqil o‘rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, mustaqil o‘rganadi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

Talaba ega bo‘lmog‘i kerak:kommunikativ ko‘nikmalarga; taqdimot ko‘nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga.

Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Gosudarstvennaya farmakopeya. Odinatsatoe izdanie. Vipusk 2. Obщie metodi analiza. Lekarstvennoe rastitelnoe sirya. Moskva. «Meditsina». 1990. 400 s.

  2. Dori vositalari sifat standartlari. Asosiy qoidalar. Tarmoq snandarti. Tst 42-01:2002. 54 s.

  3. Katalog texnologicheskogo oborudovaniya ximiko-farmatsevticheskoy promishlennosti. Uchebnoe posobie dlya studentov dnevnoy i zaochnoy formi obucheniya spetsialnosti «Texnologiya farmatsevticheskix preparatov». Vinnitsa. NOVA KNIGA, 2010. 266 S.

  4. Pravila proizvodstva i kontrolya kachestva lekarstvennix sredstv. Izdanie ofitsialnoe. 2009 «Standartinform» Moskva.131 S.

  5. Xaydarov V.R., Djalilov X.K. Tayyor dori vositalarini sifatini baholash, qadoqlash va o’rash fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2014. – 214 b.

  6. Aladisheva J.I., Beregovix V.V., Meshkovskiy A.P. i dr. Osnovnie prinsipi provedeniya validatsii na farmatsevticheskom proizvodstve. Moskva. 2005. 185 S.

  7. Menshutina N.V., Mishina YU.V., Alves S.V. Innovatsionnie texnologii i oborudovanie farmatsevticheskogo proizvodstva. – T.1. – M.:Izdatelstvo BINOM. 2012. – 328 s.

  8. Menshutina N.V., Mishina YU.V., Alves S.V., Gordienko M.G., Guseva E.V., Troyankin A.YU. Innovatsionnie texnologii i oborudovanie farmatsevticheskogo proizvodstva. – T.2. – M.:Izdatelstvo BINOM. 2013. – 480 s.

  9. Promishlennaya texnologiya lekarstv /Pod red. Prof. V.I. CHueshova. Tom 1. Xarkov. 2002. 327 s.

  10. Promishlennaya texnologiya lekarstv /Pod red. Prof. V.I. CHueshova. Tom 2. Xarkov. 2002. 398 s.

Turlanish belgilari bo‘yicha loyihaga tavsif: turi amaliy; predmet va mazmun jihatdan ko‘lami ko‘p fan bo‘yicha foydalaniluvchi poliloyiha; talabalar o‘quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita; ishtirokchilar soni guruh talabalari 2 ta ishchi guruhga bo‘linib, har bir ishchi guruhda 5 tadan 8 tagacha ishtirokchi bo‘lishi mumkin (talabalar ko‘proq bo‘lsa, loyiha yo‘nalishlarini ko‘paytirish mumkin); bajarish muddati o‘rta muddatli –7 kun;

Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg‘ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli semestr oxirida, talabalar va pedagog o‘rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.

Loyihaning baholanishi – ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): Ma’lumotnoma (eng yuqori 10 ball); hisobot (maks. Ball – 8 ); loyiha taqdimoti (eng yuqori 5 ball); og‘zaki taqdimot (eng yuqori 2 ball).

Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg‘ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.

Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.

YAkuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg‘ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.

Loyiha asosida o‘qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.

Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.

Ushbu keysdan “Tayyor dori turlari texnologiyasi”, “Tayyor dori vositalari sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash” fanlarida foydalanish mumkin.


KEYS: Tabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Tabletka mashinalari

Kirish. Tabletka so‘zi lotincha - "tabula" "taxta", "tabella" "taxtacha" so‘zidan olingan bo‘lib, dorining taxtakachlangan turidir. X1X asrining birinchi yarmidan boshlab oziq-ovqat sonoatida choyni saqlash, tashish va ishlatish qulay bo‘lgan taxtakach shakli ishlab chiqarila boshlandi. Bu afzalliklardan dorixona sharoitida katta xajmni egallaydigan dori turlari uchun xam foydalanish mumlkinligi aniqlandi. G.Y. Koganning ma’lumotiga qaraganda, dorilarning tabletka xolida ishlatilishi 1844 yilda Brokedon tomonidan taklif qilingan. L.F.Ilin keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, tabletka dori turini birinchi marta Germaniyada 1874 yilda Rozental taklif qilgan. Aslida Rozental 1882 yilda e’lon qilgan maqolasida tabletka xolida dorilarni berishning sababi va axamiyatini izoxlagan. Jumladan Rozental ta’biricha, dorivor o‘simliklarni tabletka xolida chiqarilishi ularning xajmini kamaytiradi, turg‘unligini oshiradi, ishlatilishini osonlashtiriladi.

Shu davrlarda dorixonalarda tabletkalar xususiy retseptlarga binoan eng sodda taxtakachlash asboblari yordamida tayyorlanar edi. Shunga qaramasdan bu yangi dori turiga qiziqish va talab kundan kunga oshib bordi. Bu esa o‘z navbatida tabletka tayyorlash jarayonning asta-sekin takomillashuviga, uning sifatini yaxshilash uchun kerakli choralarni ko‘rishiga xamda dastgoxlarning mexanik usulida ishlashini ta’minlaydigan tadbirlar qo‘llanishiga olib keldi. Germaniya va Shveysariyada XIX asrning oxirlariga kelib qo‘l kuchisiz ishladigan dastgoxlar taklif qilindi.

Tabletkalar dozalalarga bo‘lingan dori moddalar yoki ular bilan yordamchi moddalar aralshmasining taxtakachlangan qattiq dori turi bo‘lib ichish, surtish, til ostiga, teri ostiga va in’eksiya uchun ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu dori turi tayyor dori vositalari ichida bir qancha afzalliklarga ega bo‘lganligi tufayli 80%dan ortiqrog‘ini tashkil qiladi. Yiliga sanoatimiz ishlab chiqarayotgan tabletkalar miqdori taxminan 500 nomda bo‘lib 5 milliard shartli qadoqni tashkil etadi.

Mashinaning tuzilishi. Tabletka tayyorlaydigan mashinalar quyidagi asosiy qismlardan iborat:

1. Harakatlantiruvchi.

2. Uzatuvchi.

3. Ish bajaruvchi.

Zarb bilan ishlaydigan mashinaning ish bajaruvchi sozlamasi qolip, ostki va ustki puansonlar va xampadan iborat.

Qolip. U maxsus po’latdan tayyorlangan silindrsimon shaklli bo’lib, unda bitta yoki bir nechta o’ta silliqlangan teshikchalar bo’ladi. Qolip presslanishi lozim bo’lgan moddalarni o’lchashga va shakl berishga mo’ljallangan. Qolip tabletka tayyorlaydigan mashinaning stoliga maxsus o’rama mixlar yordamida mahkamlab qo’yiladi. Bunda qolip yuzasi stol yuzasiga mos bo’lishi va hampa harakatiga halaqit bermasligi kerak.

Quyi puanson. U bir yoki bir nechta silindr shaklidagi o’ta silliqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo’lib, qolipning tubini tashkil qiladi. Ish jarayonida pastki puanson qolip ichida yuqoriga va pastga harakat qiladi. Qolip hajmi puansonning tushish darajasini moslash bilan belgilanadi. Puanson qolip ichidagi teshikcha bo’yicha stol yuzasigacha ko’tarilib, presslangan tabletkani itarib chiqaradi. So’ng boshmoq yoki sirpang’ich tabletkani turtib tushiradi va qolipni presslaydigan massa bilan to’ldiradi.

Yuqori puanson. U bir yoki bir nechta silindr shaklidagi o’ta silliqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo’lib, mashinaning ekstsentrik moslamasiga ulangan bo’ladi. Yuqori puanson ish jarayonida yuqoriga va pastga harakat qiladi. Pastga harakat qilish vaqtida qolip ichiga kirib, massani presslaydi.

Tabletka tayyorlaydigan mashinaning bosim kuchi, yuqori puansonni pastga qanchalik chuqur tushish darajasi bilan belgilanadi. Bu kuch ekstsentrik markaz yordamida amalga oshiriladi. Qolip va puansonlar XVG (DST 5950-73) va X 12 M (DST 5950-3) navli po’lat va boshqa qattiq qotishmalardan tayyorlanadi. Puanson yuza qismining qattiqligi NKS 54-58, qolipniki esa NRS 58-62 bo’lishi kerak.



Xampa. U tabletka tayyorlash uchun mo’ljallangan massa joylashtiriladigan idish. Mashinalarda hampa mashina tanasiga o’rnatilgan bo’lib, u 2 qismdan iborat bo’ladi: harakatsiz (massa saqlovchi) va xarakatli (massani qolipga uzatuvchi) qism.

Qolip hajmini belgilash. Kerakli miqdorda tortib olingan massa qolip teshigiga solinadi. Bunda puanson qolip tubini tashkil qilib, u eng pastki nuqtada joylashgan bo’ladi. So’ng massa qolipning yuzasi bilan teng bo’lguncha quyi puanson ko’tariladi va shu nuqtada mahkamlab qo’yiladi.

Yuqori puansonni moslashtirish. Qolip hajmini moslashtirib bo’lgach, yuqori puanson asta-sekinlik bilan qolip ichidagi quyi puanson ustiga tushiriladi, natijada massa presslanadi. Presslangan tabletka quyi puanson yordamida itarib chiqariladi va tabletka tashqi ko’rinishi, hamda sinishga bo’lgan qattiqligi bo’yicha baholanadi.

Agar tabletka tez uqalanuvchan bo’lib, etarli qattiqlikka ega bo’lmasa, bosimni oshirish maqsadida yuqori puanson yanada pastroqqa tushiriladi. Agar tabletka qattiqligi ortib ketib, uning suvda parchalanishi qiyin bo’lsa, bu bosim kuchini ortib ketganidan dalolat beradi. Bu holda yuqori puanson bir oz yuqoriga ko’tariladi. Shu tarzda olingan tabletka DF talabiga javob beradigan bo’lguncha yuqori puanson moslanadi va shu xolda mahkamlanadi.



Quyidagi keys – Tabletkalar tarkibini to‘g‘ri tanlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini asoslash va mo‘‘tadillashtirish. Tabletka tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tabletkalarni tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.

Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:



  • o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;

  • muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;

  • o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.

Tabletka tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish (vaziyat)

“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasi tabletka va kapsula dori shaklini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Hozirgi zamon talabiga javob beradigan, yuqori unum bilan ishlaydigan tabletka mashinalarini bir me’yorda ishlashini ta’minlash va sifatli tabletka olishning asosiy omillaridan biri, ishlatiladigan yordamchi moddalar turi va miqdorini ilmiy jihatdan asoslagan xolda tanlashdir. Bunda yordamchi moddalarning faolligi biofaol moddalarga, foydalanayotgan asbob-uskunalarga nisbatan befarqligiga, texnologik jarayondagi maydalash, elash, aralashtirish, namlash, quritish, granulalash va boshqa jarayonlarga bog‘liqdir. Tegishli me’yoriy hujjatlar talabiga javob beradigan sifatli tabletka olishning shartlaridan biri presslanadigan moddaning og‘irligi kamida 0,050 g, yaxshi sochiluvchan, tabletka mashinasining imkoniyati darajasidagi bosimda presslanadigan va osonlik bilan qolipdan chiqadigan bo‘lishi lozim. Bu korxonaning tabletka sexida zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinalari mavjud. Bu mashinalarning tuzilishi sodda bo‘lib, ish bajaruvchi sozlamasi qolip, ostki va ustki puansonlar va hampadan iborat. Hampaning ish jarayoniga qarab, bu turdagi mashinalar boshmoqli va sirpang‘ichli bo‘lishi mumkin. Hampa (bunker) - tabletka tayyorlash uchun mo‘ljallangan massa joylashtirilgan moslama. Zarb bilan tabletka tayyorlaydigan mashinalarda hampa mashina tanasiga o‘rnatilgan bo‘lib, ikki qismdan iborat: harakatsiz qismi (massa saqlovchi) va haraktli (massani qolipga uzatuvchi) qismi - boshmoq; sirpanchiqli tabletka mashinalarida esa hampa stol bo‘yicha sirpanib oldinga va orqaga harakat qiladi. Ish jarayonida hampa ichidagi massa qavatlanib qolmasligi uchun, uning ichiga aralashtirgich joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Tabletka mashinasining barcha qismlari, moslashtirilgan ishlash tezligiga binoan, hampa qolip teshikchasi ustiga kelib, uni massa bilan to‘ldiradi va orqaga qaytadi. So‘ng tabletkani presslash va presslangan tabletkani itarib chiqarish jarayoni ro‘y beradi. Hampa navbatdagi qolipni to‘ldirish jarayonida oldin tabletkani turtib yig‘gichga tushiradi. Bu jarayon daqiqasiga 80 martadan oshmaydi. Bu turdagi tabletka mashinalari sodda tuzilgan bo‘lganligi uchun, ularda oz miqdordagi tabletkalarni ishlab chiqarish va laboratoriya sharoitida (ilmiy tekshirish institutlarida) ishlatish maqsadga muvofiqdir.

“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasida 0,3 g li streptotsid tabletkasi ishlab chiqarilmoqda. Quyida ushbu tabletkaning tarkibi, texnologiyasi va ishlatilgan asbob-uskunalar keltirilgan.

Streptotsidning 0,3 g li tabletkalari (Tabulettae Streptocidi 0,3 g)

Tarkibi:

Streptotsid - 0,3000 g.

Kraxmal - 0,0267 g.

Kaltsiy stearat - 0,0033 g.

O’rtacha massasi - 0,3300 g.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:


  1. Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasi.

  2. Quritish javoni.

  3. 9 mm li qolip va puansonlar.

  4. Teshigining diametri 100, 200 va 1000 mkm li elaklar.

  5. Xovoncha, chinni kosacha, slyuda, pergament qog’oz.

  6. Kaltsiy stearat.

  7. Tarozi va toshlar.

  8. Streptotsid substantsiyasi.

  9. Kartoshka kraxmali.

  10. Shisha tayoqcha.

  11. 100 ml li tagi yassi kolba.

  12. Tozalangan suv.

  13. Elektr plitasi.

  14. Tabletkani qadoqlaydigan idish.

  15. Tibbiyot paxtasi va doka.

“Farmtex” MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasining texnologi M.K.Mirzaev boshchiligida №070416 seriyadagi streptotsid tabletkasi ishlab chiqildi. Oldindan maydalangan va teshigining diametri 200 mkm li elakdan o’tkazilgan streptotsid ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda, 17% li kraxmal shilimshig’i bilan yaxshilab namlandi. Massa pergament qog’oziga bir tekisda yoyilib, 40-50°C haroratda quritgich jovonida quritildi. So’ngra diametri 1000 mkm li elak yordamida donadorlanadi va oldindan teshigining diametri 100 mkm li elak orqali elangan kraxmal hamda kaltsiy stearat aralashmasi bilan upalandi. Tayyor massa zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasida diametri 9 mm, og’irligi 0,33 g dan qilib presslandi.

Ammo presslash jarayoni bir me’yorda kechmadi, massa qoliplarga yopishib, tabletka sathi va chetlari silliq chiqmadi. Ushbu muammoni qanday xal qilish mumkin?


Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə