O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə39/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR

Talabalarga yo‘riqnoma

Ish bosqichlari

Maslahatlar va tavsiyanomalar.

1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

Avvalo keys bilan tanishing. “Tabletka va uni tayyorlash texnologiyasi” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang

2. Berilgan vaziyat bilan tanishish

Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu vaziyatni xal qilish uchun tabletka va uni tayyorlash usullari, ishlatiladigan asbob-uskunalar, yordamchi moddalar, turli omillarning tabletka sifatiga ta’sirini o‘rganish lozim.

3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish

Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.

Asosiy muammo: Sifatli tabletka dori shaklini ishlab chiqish

Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.



  • Tabletka nima?

  • Tabletka tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar?

  • Tabletka olish usullari, afzallik va kamchiliklari.

  • Qoldiq namlik, uni aniqlash usullari va me’yorlari.

  • Massaning namligini kamaytirish usullari va mo‘‘tadil namlikni tanlab olish.

  • Tabletkalarni sifatini baholash usullari va DFsining talablari.

Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling.

4. Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash

Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirishga kirishing. Muammoni echish uchun barcha vaziyatlarni ko‘rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq echimini toping. Jadvalni to‘ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting

Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring



Vaziyatdagi muammolar

turi


Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqib

ketish harakatlari












Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari

(mustaqil auditoriyada va auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun)

Auditoriyadan tashqari bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari

Talabalar

ro‘yxati


Asosiy muammo ajratib olinib, tadqiqot ob’ekti aniqlangan mak. 1 b

Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari aniq ko‘rsatilgan mak. 2 b

Vaziyatdan chiqib ketish harakatlari aniq ko‘rsatilgan

mak. 2 b


Jami

mak.5 b

































Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari

Guruhlar

ro‘yxati


Guruh faol

mak. 1 b


Ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdim etildi mak. 2 b

Javoblar to‘liq va aniq berildi mak.

2 b


Jami

mak. 5 b


1













2













3












5 ball – a’lo, 4 ball – yaxshi, 3 ball – qoniqarli




keys ctadi ASOSIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
O‘quv loyihasi:

Nastoykalar sifatini baholash, qadoqlash va o’rash”





PEDAGOGIK ANNOTATSIYA
Fanning nomi: Tayyor dori vositalari sifatini baholash, qadoqlash va o’rash

Mavzuning nomi: “Nastoykalar sifatini baholash, qadoqlash va o’rash”.

Ishtirokchilar: bakalavriat bosqichi “Sanoat farmatsiyasi” yo‘nalishi, 4-kurs talabalari.

Oqitishning maqsadi: o‘quv kursi bo‘yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida farmatsevtika korxonalarida nastoyka dori vositasini ishlab chiqarishda yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha malaka ko‘nikmalarni shakllantirish.

Rejalashtirilayotgan oquv natijalari: Nastoykalar tarixi, ta’rifi, tavsifi, tasnifi va ishlatilishi. Afzallik va kamchiliklari. Nastoykalarni bugungi kundagi ishlab chiqarilish xolati.Ularni ishlab chiqarish. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va ularga qo‘yilgan talablar. Nastoykalarni tayyorlash usullari va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Ularni tuzilishi va ishchi qismlari. Ularni ishga sozlash va samaradorligini oshirish yo‘llari. Ishlab chiqarish jarayoni uchun kirim-chiqim nisbatlarini tuzish va boshqalar orqali amalga oshirishda kerakli ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Loyihalashtirish faoliyati boyicha quyidagi amaliy konikmalarga ega boladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o‘z faoliyatini rejalashtirish; ma’lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko‘rinishda taqdim etish.

Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim va konikmalarga ega bolmoqlari zarur:

Talaba bilishi kerak: “Tayyor dori vositalari sifatini baholash, qadoqlash va o’rash” o‘quv kursi umumkasbiy fanlar blokiga kirib, talabadan kompleks bilim, ko‘nikma va malkalarni egallashni talab qilgani uchun ham o‘quv rejadagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy hamda matematika va tabiiy-ilmiy fanlar blokidagi fanlardan so‘ng, umumkasbiy va ixtisoslik fanlardan avval o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir.

Talaba amalga oshirishi kerak:- mavzuni mustaqil o‘rganadi; muammoning mohiyatini aniqlashtiradi; ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, mustaqil o‘rganadi; o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi; o‘quv ma’lumotlar bilan mustaqil ishlaydi; ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;

Talaba ega bolmogi kerak: kommunikativ ko‘nikmalarga; taqdimot ko‘nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalariga; muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalariga.

Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. Promishlennaya texnologiya lekarstv /Pod red. Prof. V.I. Chueshova. Tom 2. Xarkov. 2002. 715 s.

  2. X.K.Djalilov, V.R.Xaydarov, M.M.Qodirov. “Dori vositalarini ishlab chiqarish” fanidan darslik. Toshkent. 2014. 1- qism.

  3. Usubboev M.U., Yunusova X.M., Xaydarov V.R., Qodirov M.M. “Dori vositalarini ishlab chiqarish” fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma. Toshkent. 2007. 1 va 2 qismlar.

  4. S.M.Maxkamov, M.U.Usubbaev i drugiye. Rukovodstvo k laboratornim zanyatiyam po texnologii lekarstv. Alma ata. 2007.

  5. Bikov V.A., Demina N.B., Skatkov S.A. i dr. Farmatsevticheskaya texnologiya (rukovodstvo k laboratornыm zanyatiyam). Uchebnoe posobie. Moskva. «Geotar - Media». 2009.301 s.

  6. Xorujaya T.G., CHuchalin V.S. Rastvorы, nastoyki, ekstraktы promыshlennogo proizvodstva. Delovaya igra. Uchebnoe posobie. Tomsk. SGMU. 2009. 177 S.

  7. Persev, I.M., Kotenko A.M., CHueshov O.V. i dr. Farmatsevticheskie i biologicheskie aspektы mazey (monografiya).NFaU. 2003. 285 S.

  8. Mimina S.A., Kauxova I.E. Ximiya i texnologiya fitopreparatov. Uchebnoe posobie dlya vuzov. Moskva «Geotar-Med». 2004. 558 S.

Turlanish belgilari boyicha loyihaga tavsif: turi amaliy; predmet va mazmun jihatdan kolami ko‘p fan bo‘yicha foydalaniluvchi poliloyiha; talabalar oquv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita; ishtirokchilar soni guruh talabalari 4 ta ishchi guruhga bo‘linib, har bir ishchi guruhda 4 tadan 6 tagacha ishtirokchi bo‘lishi mumkin (talabalar ko‘proq bo‘lsa, loyiha yo‘nalishlarini ko‘paytirish mumkin); bajarish muddati o‘rta muddatli –7 kun;

Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg‘ulotda taqdim etib boriladi. Loyiha mahsuli semestr oxirida, talabalar va pedagog o‘rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.

Loyihaning baholanishi – ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): Ma’lumotnoma (eng yuqori 40 ball); hisobot (maks. Ball – 32); loyiha taqdimoti (eng yuqori 20 ball); og‘zaki taqdimot (eng yuqori 8 ball).

Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg‘ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.

Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.

Yakuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg‘ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.

Loyiha asosida oqitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.

Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: lavhali bo‘lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob’ekti shaxsga yo‘naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo‘lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o‘rtacha, tizimlashtirilgan bo‘lib, treningga mo‘ljallangan o‘quv mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko‘ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.

Ushbu keysdan “Dori vositalarini ishlab chiqarish” fanidan hamda murabbiylik soatlarida foydalanish mumkin.


KEYS: NASTOYKA SIFATINI BAHOLASHDA YUZAGA KELGAN KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETISH

Kirish. Galen preparatlariga ekstraktlar, nastoykalar, o‘ta tozalangan (novogalen) preparatlar, fitonsidlar, biogen stimulyatorlar, yangi yig‘ib olingan o‘simliklardan tayyorlanadigan, xayvon organlaridan olinadigan preparatlar kiradi. Bularga eramizdan oldin 201—131 yillarda Rimda yashab ijod etgan shifokor va dorishunos olim: Klavdiy Galen asos solganligi uchun Galen preparatlari deyiladp. Uning ta’limotyaga binoan, o‘simlik va hayvon xom ashyolarida ta’sir etuvchi moddalardan tashqari, keraksiz yot moddadar ham bo‘lganligi sababli ulardan ajratma olish lozimligi ta’kidlangan. Bu fikr o‘z davrinipg katta yutuqlaridan biri bo‘ldi. Bu ta’limotni keyinchalik tibbiyot ilmi bilimdoni Abu Ali ibn Sino rivojlantirdi va davom ettirdi. Amaliyotda bu guruh preparatlarini olish usullari va ishlatiladigan ajratuvchilar u davrdagidan butunlay farq qiladi, lekin ularni olishda Galen ta’limotiga amal qilinganligi uchun ularning nomi shartli ravishda saqlanib qolgan. fitopreparatlar yoki kimyofarmatsevtika preparatlari deb ham yuritiladi.

O‘simliklardan tayyorlangan preparatlarga xozir xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda qiziqish ortib bormoqda.

Fitopreparatlar tarkibida turli sinfga mansub bo‘lgan kimyoviy birikmalar bo‘ladi (yurak glikozidlari, steoritlar, antraxinon, pektin, fenol va x.k.). Sanoat miqiyosida ular sun’iy usulda olinmaydi. Fitopreparatlarning afzalligi ular tarkibida ma’lum biofaol moddalar borligidadir. Ular tanada oson zararsizlantiriladi, shuning uchun zaxarli hisoblanmaydi. Modda almashish jarayonida faol ishtirok etadi, allnrgenlik xususiyati sun’iy preparatlarnikidan bir necha marotaba kam bo‘ladi. Bu xossasi xozirgi vaqtda allergiya kassalligi keng tarqalgan davr uchun ayniqsa muhimdir. SHunga qaramay fitopreparatlar ishlab chiqarish o‘ziga xos kamchiliklardan xoli emas.

- biofaol moddaning faqat 50-60% gina ajratib olinadi.

- 40% dan ko‘proq fitopreparatlarning xaqqoniy baholash usullari ishlab chiqilmagan. Shuning uchun ular ular son ko‘rsatkichlari bilan baholanib kelinmoqda.

- ba’zi dorivor o‘simlik turlari kamayib ketgan (Kavkaz dioskereyasi-diosponin olinadi, keng bargli krestovnik-platifillin va boshq.)

- texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sirt faoll moddalar, suyultirilgan karbonat angidridini ishlatish, xom ashyoning maydalik darajasini oshirish

- xalq tibbiyotida ishlatiladin dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda o‘rganish, ularni madaniylashtirish va etishtirishda agrotexnika qoidalariga amal qilish

- mahsulot sifatini baholashning haqqoniy usullarini ishlab chiqish va chiqindisiz texnologik jarayonlarni yo‘lga qo‘yish.

Ajratuvchilar (ekstragentlar). Sanoat miqiyosida fitipreparatlar ishlab chiqarishda ularning turg‘unligini ta’minlovchi ajratuvchilarni tanlab olish muhim ahamiyatga ega.

Fitopreparatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ajratuvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi.

- ta’sir etuvchi moddani yaxshi ajratib olish (diifuzion qobiliyati yuqori bo‘lishi)

- ta’sir etuvchi modda va asbob uskunalarga salbiy ta’sir etmasligi

- zaxarli va oson alangalanuvchan bo‘lmasligi, xidsiz, rangsiz, mazasiz va arzon bo‘lishi kerak.

- nisbatan past xaroratda oson uchuvchan, lekin turg‘un bo‘lishi kerak.

Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan ajratuvchilar yuqoridagi talabalrning xammasiga javob bera olmaydi. SHu sababli muayyan sharoitda u yoki bu ajratuvchi ba’zan ularning xar xil aralashmalari ishlatiladi. Lekin fitopreparatlar ishlab chiqarishda asosiy ajratuvchi bo‘lib, xar xil kuvvatli etil spirti ishlatiladi. O‘simlik xom ashyolaridan ajratma olishda ishlatiladigan asosiy ajratuvchilarning xossalari jadvalda keltirilgan.

Korxona sharoitida ajratma olish uchun xom ashyo tarkibida qaysi guruh ta’sir etuvchi moddalari borligi, ishlatiladigan asbob-uskunalar va boshka jixatlar xisobga olingan xolda ajratuvchi tanlanadi.

Quyidagi keys talabalarni- nastoykalar tarixi, ta’rifi, tavsifi, tasnifi va ishlatilishi. Afzallik va kamchiliklari. Nastoykalarni bugungi kundagi ishlab chiqarilish xolati.Ularni ishlab chiqarish. Ularni tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va ularga qo‘yilgan talablar. Nastoykalarni tayyorlash usullari va ularda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Ularni tuzilishi va ishchi qismlari. Ularni ishga sozlash va samaradorligini oshirish yo‘llari. Valeriana nastoykasini tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni uchun kirim-chiqim nisbatlarini tuzish va undan to‘gri foydalanish va boshqalar orqali amalga oshirishda kerakli ko‘nikmalariga ega bo‘lish zarur.

Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:


  • o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;

  • muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;

  • mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;

  • o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.

Valeriana nastoykasini sifat korsatkichlarini baholashda chokma tushganligi aniqlandi. (vaziyat)
Moskva farmatsevtik ilmiy-tadqiqot oliygohi tomonidan taklif etilgan usul (VNIIF) Perkolyasiya — rangsizlantirish,siqibchiqarish so‘zidan olingan bo‘lib,xar xil tuzilishga egabo‘lgai maxsus idishlar — perkolyatorlarda olibboriladi. Perkolyatorning tubida g‘alvirsimon tubi bo‘lib, ustiga mato qo‘yiladi. Xom ashyo (1—8mm) 50—100% mikdoridagi ajratuvchi bilan bo‘ktirish uchun 4-6 coatga qoldiriladi. So‘ng bo‘kkan xom ashyo jo‘mragi ochiq perkolyatorga o‘tkaziladi. Ustiga «oynasimon yuza» (3—4sm kavat) xosil bo‘lguncha ajratuvchi quyiladi, oqib chiqqan ajratma kaytib perkolyatorga quyiladi va ma’lum vaqtga qolidiriladi (24-48 coat). Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, umumiy olinishi lozim bo‘lgan tayyor mahsulotning 1∕4 qismiga teng miqdorda ajratma quyib olinadi. Prekolyatorga yana «oynasimon yuza» (3—4sm kavat) xosil bo‘lguncha ajratuvchi quyilib, 1-1,5 soatga qoldiriladi. So‘ng yana ∕4 qismiga teng miqdorda ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana ikki marta takrorlanib, olingan ajratmalar birlashtiriladi. Tayyor mahsulotning hajmi kerak bo‘lganda toza ajratuvchi bilan etkaziladi.


Perkolyatorlarning ko‘rinishi
Tarkibi.

Valeriananing maydalangan ildizi

va ildizpoyasi - 200,0 kg

70% li etil spirti - 1000 l nastoyka xosil bo’lguncha.



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. 50 кg maydalangan va changdan tozalangan valeriana ildizi va ildizpoyasi.

  2. Perkolyator - 1 ta.

  3. Druk filtr

  4. Mato va xom ashyoni bostirib qoyish uchun yuk.

  5. 70% li etil spirti - etarli miqdorda.

  6. Tosh va tarozi.

Ishni bajarish tartibi:

Perkolyator tubiga 3-4 qavatli doka joylashtirilib, ajratuvchi bilan namlanadi (70% li etil spirti). 50 кg maydalangan va changdan tozalangan 0,5-0,8 mm da valeriana ildizi va ildizpoyasi, perkolyatordagi mato ustiga bir me'yorda joylashtiriladi va tayoqcha bilan zichlanadi. Ish jarayonida xom ashyo yuzaga qalqib chiqib ketmasligi uchun, uning ustiga filtr qog’ozi qo’yilib, yuk bilan bostirib qo’yiladi. Xom ashyo ichidagi xavoni chiqarib yuborish uchun perkolyatorning jo’mragi ochilib, suyuqlik tusha boshlagunga qadar toza ajratuvchi quyiladi va suyuqlik tusha boshlagach, jo’mrak berkitilib, “oynasimon yuza” xosil bo’lguncha (xom ashyo ustidan 1-2 sm qalinlikda) toza ajratuvchi quyiladi. Jo’mrakdan oqib chiqqan suyuqlik qaytadan perkolyatorga solinadi va perkoloyatorning ustki qismi berkitilib, 24 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng, umumiy olinishi lozim bo’lgan tayyor maxsulotning 1/4 qismiga teng miqdorda ajratma quyib olinadi. Perkolyatorga yana “oynasimon yuza” xosil bo’lguncha toza ajratuvchi quyilib, 1-1,5 soatga qoldiriladi. So’ng yana 1/4 qism ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana ikki marta takrorlanib, olingan ajratmalar birlashtiriladi. Agar umumiy hajm 250 l ga etmasa, toza ajratuvchi ya'na 70% li spirt bilan etkaziladi. Tayyor ajratma begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-100S) bir kunga tindirib qo’yiladi. Valeriana nastoykasining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha baholanganda, ajratma tiniq emasligi va cho‘kma hosil bo‘lganligi kuzatildi. Buning oldini olish choralarini ayting.


AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA – BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TALABALARGA USLUBIY KO‘RSATMALAR

Talabalarga yo‘riqnoma

Ish bosqichlari

Maslahatlar va tavsiyanomalar.

1.Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

Avvalo keys bilan tanishing. Nastoyka dori vositasini ishlab chiqarishda yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang

2.Berilgan vaziyat bilan tanishish

Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling. Ushbu vaziyatda nastoykaning sifatiga putur etganligi oqibatlari ma’lum. Bu birinchi navbatda texnologik jarayonda xatolikka yo‘l qo‘yilganligi, shuningdek dori vositasining sifati talab darajasida emasligiga, bu esa korxonaning moliyaviy holatiga ham salbiy ko‘rsatishini va uni qanday bartaraf etish lozimligini aniqlang.

3.Muammoli vaziyatni tahlil qilish

Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.

Asosiy muammo: Nastoyka dori vositasini ishlab chiqarishda yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar?

Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.



  • Nastoyka qanaqa dori vositasi?

  • Nastoyka tayyorlashning texnologik bosqichlari?

  • Nastoykani tayyorlashda xom ashyoning maydalik darajasining axamiyati.

  • Nastoykani tayyorlashda sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar?

  • Farmatsevtik ishlab chiqaruvchi korxonaning “Galen preparatlari” sexida tayyorlangan valeriana nastoykasida hosil bo‘lgan cho‘kmaning sababi va uni oldini olish choralari....

Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling. Nastoykada hosil bo‘lgan cho‘kmaning salbiy oqibatlari, uning tayyor dori vositasi va korxonaning moliyaviy holatiga qanday zararli ta’siri borligini ko‘rsatib bering hamda va uni qanday bartaraf etish mumkin.

4.Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash

Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirishga kirishing. Muammoni echish uchun barcha vaziyatlarni ko‘rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq echimini toping. Jadvalni to‘ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting

Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldiring



Vaziyatdagi muammolar

turi


Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqib

ketish harakatlari













Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə