O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə41/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

Auditoriyada bajarilgan ish uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari

Guruhlar

ro‘yxati


Guruh faol

mak. 1 b


Ma’lumotlar ko‘rgazmali taqdim etildi mak. 2 b

Javoblar to‘liq va aniq berildi mak.

2 b


Jami

mak. 5 b


1













2













3












5 ball – a’lo, 4 ball – yaxshi, 3 ball – qoniqarli



VII.MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI

Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarning mustaqil ishi o’rganilayotgan mavzu yuzasidan ma'lumotlarni axborot tеxnologiyalarining imkoniyatlaridan kеng foydalangan xolda yig’ish, olingan ma'lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish, tahlil qilish va amaliyotda qo’llay olishdan iborat bo’lib, uning shakllari turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Mustaqil ishga mo’ljallangan mavzular quyida kеltiriritilgan. Mustaqil ishni bajarish natijalari baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kеrakli ma'lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, intеrnеt tarmoqlaridan foydalanib ma'lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma'ruzalar tayyorlash kabilar tinglovchilarning mashg’ulotlarda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Мustaqil ta’lim mavzulari

  1. Zamonaviy yordamchi moddalar. Ularning sifatini baholash usullari.

  2. Dori vositalarini qadoqlashda ishlatiladigan zamonaviy qadoqlash matеriallari va asbob-uskunalar.

  3. Dori vositalarini o’rashda ishlatiladigan mahalliy va zamonaviy o’rovchi matеriallar.

  4. Tayyor dori vositalarini yorliqlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar.

  5. Fenasal kukuni sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  6. O‘t haydovchi yig‘ma sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  7. Insti granulasi sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  8. Mukaltin tabletkasi sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  9. Diazolin draje sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  10. Iramoks kapsulasi sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  11. Indometatsin surtmasi sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  12. Anuzol shamchasi sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  13. Lyugol eritmasi sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  14. Na’matak qiyomi sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  15. Qalampir yalpiz nastoykasi sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  16. Qizilmiya suyuq ekstrakti sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  17. Dimеdrol in’eksiya uchun eritmasi sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  18. Lеvomisеtin ko’z tomchilari sifatini baholash, qadoqlash va o’rash.

  19. Ingalipt aerozoli sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

  20. Mumifеr tabletkasini biosmaradorligini aniqlash.

  21. Fеraskofol tabletkasini biosamaradorligini aniqlash va korrelyasion koeffitsientni hisoblash.

  22. Zamonaviy biofarmasеvtik tahlil usullari. Biologik suyuqliklardan dori moddalarini ajratib olish usullari.

  23. Tayyor dori vositalarining saqlanish muddatiga ta’sir qiluvchi omillar.

  24. Tabletkalarning turg‘unligini ta’minlash: askofitin tabletkasi misolida.


VIII.TESTLAR

  1. Reglament nima?

+ reglament (cheklama) – ishlab chiqarishning asosiy qonunlari bo‘lib, farmatsevtik korxonaning xom ashyodan boshlab, tayyor dori shaklini yaratishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi

- tayyor dori sifatini baholash standarti

- xom ashyoning sifatini baholash standarti

- texnologik tarkib va bosqichlarni saqlovchi



2. Standartni reglamentdan farqi

+ standart mahsulot sifatini belgilaydi, reglament esa texnologik jarayon ketma-ketligini belgilaydi

- farqi yo‘q


  • reglament hamma uchun qonun

  • reglament tayer maxsulot sifatini belgilaydi, standart esa texnologik jaraenni belgilaydi

3. DST ni TST dan farqi?

+ DST xalq xo‘jaligining turli soxalarida qo‘llaniladigan mahsulotlar uchun, TST esa ma’lum bir soxaga tegishli mahsulotlar uchun beriladi

- farqi yo‘q

- DST mahsulot sifatini belgilamaydi

- tuzilishi bo‘yicha

4. Korxonalarda dori ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha qanday tasniflanadi?

+ yirik seriyali, o‘rta seriyali va kam seriyali

- yirik tonnali, o‘rta tonnali va kam tonnali

- rentabel va norentabel

- ambulator va statsionar

5. Ingredientlar – bu

+ dastlabki moddalar bo‘lib, dori shakli tarkibiga kam o‘zgargan yoki o‘zgarmagan holda kiritiladi

- dastlabki moddalar bo‘lib, qayta ishlash uchun qo‘llaniladi

- texnologik bosqichlarning oxirgi mahsuloti

- bir yoki bir necha texnologik bosqichlardan o‘tgan yarim tayyor mahsulot

6. Tayyor mahsulot nima?

+ texnologik bosqichlarning oxirgi mahsuloti

- dastlabki moddalar bo‘lib, qayta ishlash uchun qo‘llaniladi

- dastlabki moddalar bo‘lib, dori shakli tarkibiga kam o‘zgargan yoki o‘zgarmagan holda kiritiladi

- bir yoki bir necha texnologik bosqichlardan o‘tgan yarim tayyor mahsulot

7. Oraliq mahsulot nima?

+ bir yoki bir necha texnologik bosqichlardan o‘tgan yarim tayyor mahsulot

- texnologik bosqichlarning oxirgi mahsuloti

- dastlabki moddalar bo‘lib, qayta ishlash uchun qo‘llaniladi

- dastlabki moddalar bo‘lib, dori shakli tarkibiga kam o‘zgargan yoki o‘zgarmagan holda kiritiladi

8. Generik preparatlar bu -

+ tarkibi va texnologiyasi ma’lum bo‘lgan dori vositalarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarishga moslashtirilgan dori turidir

- patentlangan dori turi

- patentlanmagan dori turi

- standart dori turi bo‘lib, boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham ishlab chiqariladi



9. Orginal preparatlar bu –

+ shu davlat olimlari tomonidan sintez qilingan dori moddasidan ma’lum bir tarkib va texnologiya bo‘yicha mahalliy farmatsevtik ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositasidir

- patentlanmagan dori turi

- standart dori turi bo‘lib, boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham ishlab chiqariladi

- tarkibi va texnologiyasi ma’lum bo‘lgan dori vositalarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarishga moslashtirilgan dori turidir

10. Farmakopeya maqolasi -

+ me’yoriy hujjat bo‘lib, dori moddasiga qo‘yilgan talablar, qadoqlash, saqlash, saqlash muddati va sifatini nazorat qilish usullari ko‘rsatilgan

- seriyali ishlab chikarishga mo‘ljallangan va sanoat miqiyosida tajriba sifatida ishlab chiqarilgan yangi dori vositalariga tasdiqlanadi

- fizik – kimyoviy, kimyoviy va biologik tahlil usullari, qo‘llaniladigan reaktivlar, indikatorlar hamda boshqa materiallar haqida ma’lumotlar, dori preparatlariga qo‘yilgan umumiy talablar va normalarni o‘z ichiga oladi

- umumiy qoidalar, talablar, umumiy prinsiplar va xarakteristikalar uchun o‘rnatilgan me’yoriy texnik xujjat

11. Vaqtinchalik farmakopeya maqolasi –

+ seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va sanoat miqiyosida tajriba sifatida ishlab chiqarilgan yangi dori vositalariga tasdiqlanadi

- fizik – kimyoviy, kimyoviy va biologik tahlil usullari, qo‘llaniladigan reaktivlar, indikatorlar hamda boshqa materiallar haqida ma’lumotlar, dori preparatlariga qo‘yilgan umumiy talablar va normalarni o‘z ichiga oladi

- umumiy qoidalar, talablar, umumiy prinsiplar va xarakteristikalar uchun o‘rnatilgan me’yoriy texnik xujjat

- me’yoriy hujjat bo‘lib, dori moddasiga qo‘yilgan talablar, qadoqlash, saqlash, saqlash muddati va sifatini nazorat qilish usullari ko‘rsatilgan

12. Davlat farmakopeyasi –

+ fizik – kimyoviy, kimyoviy va biologik tahlil usullari, qo‘llaniladigan reaktivlar, indikatorlar hamda boshqa materiallar haqida ma’lumotlar, dori preparatlariga qo‘yilgan umumiy talablar va normalarni o‘z ichiga oladi

- umumiy qoidalar, talablar, umumiy prinsiplar va xarakteristikalar uchun o‘rnatilgan me’yoriy texnik xujjat

- me’yoriy hujjat bo‘lib, dori moddasiga qo‘yilgan talablar, qadoqlash, saqlash, saqlash muddati va sifatini nazorat qilish usullari ko‘rsatilgan

- seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va sanoat miqiyosida tajriba sifatida ishlab chiqarilgan yangi dori vositalariga tasdiqlanadi

13. Standart nima?

+ umumiy qoidalar, talablar, umumiy prinsiplar va xarakteristikalar uchun o‘rnatilgan me’yoriy texnik xujjat

- me’yoriy hujjat bo‘lib, dori moddasiga qo‘yilgan talablar, qadoqlash, saqlash, saqlash muddati va sifatini nazorat qilish usullari ko‘rsatilgan

- seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va sanoat miqiyosida tajriba sifatida ishlab chiqarilgan yangi dori vositalariga tasdiqlanadi

- fizik – kimyoviy, kimyoviy va biologik tahlil usullari, qo‘llaniladigan reaktivlar, indikatorlar hamda boshqa materiallar haqida ma’lumotlar, dori preparatlariga qo‘yilgan umumiy talablar va normalarni o‘z ichiga oladi

14. Seriyali ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va sanoat miqiyosida tajriba sifatida ishlab chiqarilgan yangi dori vositalariga tasdiqlanadigan hujjat nima?

+ VFM


- FM

- DF


- TST

15. Qadoqlash deb nimaga ayttiladi?

+ dori moddasini tashqi ta’sirlardan himoya qilish vositasi

- dori moddasini ta’sirini uzaytirish

- dori moddasini eritish jarayoni

- dori moddasini dozalarga bo‘lish jarayoni

16. Tara nima va uning vazifasi?

+ asosiy qadoqlash elementi bo‘lib, dori moddasini solishga mo‘ljallangan

- dori moddasini quritishni ta’minlaydi

- asosiy yordamchi modda

- dori moddasiga aloqasi yo‘q

17. Tara ishlatilishiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

+ 3


- 20

- 40


- 60

18. Aerozollar nimalarga qadoqlanadi?

+ ballonlarga

- tyubiklarga

- blisterlarga

- ampulalarga

19. Surtma, pasta, linimentlar nimalarga qadoqlanadi?

+ tyubiklarga

- ampullalarga

- probirgkalar

- ballonlarga

20. Ko‘z tomchilari nimalarga qadoqlanadi?

+ tyubik-kapelnitsalarga

- ampullalarga

- probirkalarga

- shisha bankalarga

21. Qadoqlash funksiyasi nimadan iborat?

+ mahsulotni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga etib kelguncha davom etadi

- mahsulot ishlab chiqarish vaqti

- mahsulot tayyor bo‘lgan vaqt

- mahsulot sotilgan vaqt

22. Qadoqlash funksiyasi qachon tugaydi?

+ bu funksiya iste’molchi maxsulotni qadoqdan olib, qadoqni tashlab yuborgandan so‘ng to‘xtaydi

- istemolchi dori moddasini sotib olganda

- dori moddasi tayyor bo‘lganda

- dori moddasi dorixonaga etib kelganda

23. Qadoqlash vositalari necha guruhga bo‘linadi?

+ 3 guruhga: qattiq, yarim qattiq, yumshoq

- 2 guruhga: qattiq, yumshoq

- faqat bir xil: qattiq

- faqat yumshoq va suyuq

24. Qadoqlash turlari qaysi hujjatga ko‘ra belgilanadi?

+ DST


- TST

- FM


- DF

25. Shamchalarni tayyorlash va qadoqlashda nimalardan foydalaniladi?

+ kontur uyachali lentadan

- tyubiklardan

- karton karobkalardan

- bankalardan

26. Malxam va o‘simlik hom ashyolarini ishlab chiqarishda qaysi qadoqlash vositalaridan foydalaniladi?

+ yarim-qattiq

- qattiq

- yumshoq

- suyuq

27. Kukun, granula va plastirlarni joylashda ishlatiladigan paketlar nimadan tayyorlanadi?

+ polimerdan

- qog‘ozdan

- shishadan

- tyubikdan

28. Draje, tabletka va dorivor o‘simliklarni joylashda ishlatiladigan paket nimadan tayyorlanadi?

+ qog‘ozdan

- polimerdan

- shishadan

- tyubikdan

29. Ampulalarni qadoqlashda amortizator sifatida nima ishlatiladi?

+ tibbiyot alginini

- jelatin

- kraxmal

- talk

30. Aerozol ballonlarini nimalarga joylash mumkin?

+ termousadkali plyonklarga

- korobkalarga

- paketlarga

- qog‘oz o‘ramlarga

31. Uchuvchan va gigroskopik dori vositalari nimalarda saqlanadi?

+ burama qopqoqli banka va flakonlarda

- qo‘ng‘ir idishlarda

- qog‘oz paketlarda

- korobkalarda

32. Efir saqlovchi tabletkalarni joylashdan oldin nima qilinadi?

+ parafinlangan qog‘ozga o‘raladi

- to‘g‘ridan-to‘g‘ri idishga solinadi

- maxsus probirkada saqlanadi

- yaxshilab aralashtiriladi

33. Hidli yoki uchuvchan dori vositalari qanday qadoqlanadi?

+ boshqa dori vositalaridan alohida

- umumiy

- kukunlarga o‘xshash

- qadoqlanmaydi

34. Tabletka, kapsula, drajelarni taraga joylashtirishda amortizator vazifasini nima bajaradi?

+ tibbiyot paxtasi yoki viskoza lentasi

- kraxmal, jelatin

- glitserin, etil spirti

- polivinilpirolidon, polietilenglikol

35. 10 gr dan 50 gr gacha bo‘lgan qadoq uchun ruxsat etilgan aniqlik qancha?

+ ±4%


- ±5,5%

- ±10,3%


- ±25,6%

36. 100 gr lik qadoq uchun ruxsat etilgan aniqlik qancha?

+ ±2,5%


- ±35%

- ±55%


- ±75%

37. Tabletka, kapsula va drajelarni taraga joylashda tibbiyot paxtasi nima maqsadda ishlatiladi?

+ amortizator

- issiqlikni saqlash

- bir xillikni ta’minlash

- og‘irlikni saqlash

38. Ampulalarni qadoqlashda tibbiyot alginini nima maqsadda ishlatiladi?

+ amortizator

- katalizator

- stabilizator

- emulgator

39. Qadoqlash materiallariga qo‘yilgan talablar:

+ dori moddalari bilan reaksiyaga kirishmasligi kerak

- rangsiz bo‘lishi kerak

- yumshoq

- qattiq

40. YuDSH larini qadoqlovchi eng sifatli idish qaysi?

+ metall tubalar

- polimer tubalar

- sopol idish

- shisha idish

41. Metall tubalar ichki qismi nima bilan qoplangan?

+ oziq-ovqat sanoatida ruxsat etilgan lak

- alyuminiy

- fosfor


- rux

42. Steril yumshoq dorilar qadoqlangan idishlarda dastlabki ochish vaqtida nima bo‘lishi kerak?

+ himoyalovchi membrana moslamasi

- plyonka

- qog‘oz


- ochiq bo‘lishi kerak

43. Dorixona sharoitida kukunlar asosan nimalarga qadoqlanadi?

+ qog‘oz kapsulalarga

- polimer idishlarga

- tyubiklarga

- shisha bankalarga

44. Zaxarli va kuchli ta’sir etuvchi moddalardan tayyorlangan kukunlar qanday qadoqlanadi?

+ mumli kapsulalarga

- pergament kapsulalarga

- qo‘ng‘ir idishlarga

- oddiy kapsulalarga

45. Mumli, kraxmalli, jelatinli kapsulalarda qanday moddalar beriladi?

+ noxush maza va hidga ega bo‘lgan moddalar

- yog‘simon moddalar

- gigroskopik moddalar

- suyultirilgan moddalar

46. Qaysi dori preparatlarini qadoqlashda kontur uyachali qadoqdan foydalaniladi?

+ shamchalarni joylashda

- granulalarni joylashda

- ko‘z tomchilarini joylashda

- kukunlarni joylashda

47. Termousadkali plyonkalarga nimalar joylanadi?

+ aerozol ballonlari

- tabletkalar

- ineksion eritmalar

- shamchalar

48. Qog‘ozli o‘ramlardan nima maqsadlarda foydalaniladi?

+ tabletka va drajelarni joylashda

- surtmalarni joylashda

- ko‘z tomchilarini joylashda

- yumshoq dori turlarini joylashda

49. Yorliq qaysi tillarda yoziladi?

+ rus va o‘zbek tillarida

- ingliz tilida

- faqat rus tilida

- rus va ingliz tillarida

50. Korxona sharoitida tayyorlangan dorilarni yorliqlash qaysi qoidalar asosida amalga oshiriladi?

+ FM va VFM

- faqat FM

- faqat VFM

- DF

51. Yorliq o‘lchami nimaga bog‘liq?

+ dori solinadigan idish xajmiga

- dorining turiga

- dorining xajmi va kattaligiga

- dori vositasining qaysi turga kirishiga

52. Yorliqlarda yozilishi kerak bo‘lgan yozuvlar qaysi javobda to‘liq berilgan?

+ ilon kosa, dorixona nomi, dorixona raqami, retsept raqami, kasalning ismi sharifi, qabul qilish usuli, dori shaklining turi va miqdori, sana, narxi, bolalardan extiyot qiling degan yozuv va h.k

- faqat ilon kosa

- dori shakli va dozasi

- tayyorlagan dorixona nomi, dozasi va qabul qilish tafsiloti

53. Steril yumshoq dorilar qadoqlangan idishlarda qo‘shimcha himoyalovchi qanday moslama bo‘lishi kerak?

+ membranali moslama

- maxsus qistirgich

- surtishga mo‘ljallangan maxsus aplikatorlar

- lateksli halqa

54. Korxona sharoitida tayyorlangan shamchalar yorlig‘iga nimalar yoziladi?

+ seriya raqami va saqlash muddati

- faqat seriya raqami

- saqlash muddati

- ishlatilish tartibi

55. Xantal qog‘ozi nimalarga joylanadi?

+ selofan paketlar va parafinlangan qog‘ozlarda

- shisha idishlarga

- plastmassa idishlarga

- flakon idishlarga

56. Xantal qog‘ozi nechtadan chiqariladi?

+ 10 tadan

- 8 tadan

- 6 tadan

- 12 tadan

57. Xantal qog‘ozining bir tomoniga nima yoziladi?

+ nomi, ishlatilishi, saqlanishi

- faqat nomi yoziladi

- faqat ishlatilishi

- hech narsa yozilmaydi

58. Suspenziya dori vositalari yorliqlarida qo‘shimcha yana nima yoziladi?

+ salqin va qorong‘u joyda saqlansin, ichishdan oldin chayqatilsin

- bolalardan extiyot qilinsin

- maxsus belgisi qo‘yilishi kerak

- xamma javoblar to‘g‘ri

59. Ampula idishlari yorliqlanganda nimalar yoziladi?

+ dori moddasining konsentratsiyasi, nomi va xajmi yoziladi

- ishlatilish usuli va saqlanish muddati

- nojo‘ya tasiri

- ishlab chiqargan korxona va firma nomi yoziladi

60. Urodan granulasi qanchadan qadoqlanadi?

+ polietilen xaltachalarga va og‘zi yaxshi berkitiladigan shisha idishlarga 100 grammdan

- flakonlarga 2 grammdan

- ampulalarga 5 grammdan

- plastmassa idishlarga 5 grammdan

61. Plantaglyusid granulasi nimaga qadoqlanadi?

+ burama plastmassa qopqoqli shisha idishga

- ampulalarga

- flakonlarga

- blisterga

62. Plantaglyusid granulasi idishlarga necha grammdan joylanadi?

+ 50 grammdan

- 2,5 grammdan

- 10 grammdan

- 1 grammdan

63. Tarkibida zaxarli va kuchli tasir qiluvchi modda saqlagan kukunlar nimalarga qadoqlanadi?

+ mumli kapsulalrga

- pergament qog‘oziga

- parafinli kapsulalarga

- shisha idishlarga

64. Zaxarli moddalar saqlagan kukunlar yorlig‘iga nima yoziladi?

+ extiyotlik bilan ishlatilsin va bolalardan extiyot qiling

- ichishdan oldin chayqatilsin

- shifokor maslahati bilan qabul qilinsin

- bolalar uchun ishlatish mumkin emas

65. Xab dorilarni yorliqlash O‘zRsi vazirlar maxkamasining nechanchi sonli buyrug‘iga binaon amalga oshiriladi?

+ 489 sonli

- 500 sonli

- 200 sonli

- 300 sonli

66. O‘zR si Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2002 yil 15 apreldagi 177 sonli qarori nima haqida?

+ dorixona sharoitida tayyorlangan dori vositalarining tashqi bezagiga doir qoidalar to‘g‘risidagi qonun

- O‘zR sida dori vositalari sifatini yaxshilash to‘grisida

- O‘zR sida ishlab chiqarishga doir qonun qoidalar

- aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash to‘g‘risida

67. Bolalar sepmasi ishlatilishi bo‘yicha qanday kukun hisoblanadi?

+ tashqi maqsadga sepish uchun

- surtish uchun

- ichish uchun

- eritma tayyorlash uchun

68. Ko‘z tomchisi dorisi yorlig‘ida qanday yozuv bo‘lishi kerak?

+ tomchi va ko‘zning rasmi

- sterillash

- surtma

- kukun dori

69. Ineksiya uchun ishlatiladigan dori yorlig‘ida qanday yozuv bo‘lishi kerak?

+ sterillangan va ignali shprits rasmi

- kukun dori

- ko‘z tomchisi

- surtma

70. Dorivor o‘simlik xom ashyosi qurib ketgan bo‘lsa u qanday qilib maydalanadi?

+ suv bilan namlanadi, aralashtiriladi, maydalanadi va quritiladi

- 70% li etil spirti bilan ishlov beriladi, maydalanadi 

- tashlab yuboriladi 

- spirt-glitserinli aralashma bilan namlanadi va maydalanadi 

71. Quritishda qanday namlik uchib ketmaydi?

+ kristallizatsion

- erkin

- tashqi

- osmotik

72. SP-30 qaysi tipdagi quritgichlarga kiradi?

+ yolg‘on qaynoq yuzada quritishga asoslangan

- sublimatsion

- infraqizil

- silikagel kolonkali

73. Tabletka tarkibidagi talk va aerosil qaysi usulda aniqlanadi?

+ gravimetrik

- titrometrik

- fotokolorimetrik

- spektrofotometrik

74. Tabletkalarning katta-kichikligi qaysi asbobda aniqlanadi?

+ shtangensirkul


- sirkul
- millimetrli chizg‘ich
- mikrometr

75. Ichakda eriydigan tabletkalar kislotali muhitda qancha vaqt davomida erimasligi kerak?

+ 1 soat davomida


- 2 soat davomida
- 4 soat davomida
- 3 soat davomida

76. DF da kukunlar uchun keltirilgan maydalik darajasini ko‘rsating

+ yirik, o‘rta yirik, o‘rta mayda, mayda, juda mayda, upa xolida (kolloid)

- yirik, o‘rta yirik
- yirik, o‘rta yirik, kolloid
- yirik, mayda, juda mayda

77. Qaysi texnologik ko‘rsatkich tabletka matritsasini to‘lish tezligiga ta’sir etadi?

+ sochiluvchanlik


- sochiluvchan zichlik
- g‘ovaklik
- namlik

Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə