O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə7/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43

2 BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari

2-modda. Davlat standartlashtirish tizimi

3-modda. Standartlashtirish ishlarini o‘tkazish

4-modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

5-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar



1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari

Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:

- mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda "mahsulot" deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;

- mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan;

- fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;

- barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan;

- ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan;

- tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlashdan;

- iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;

- mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan;

- o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.

2-modda. Davlat standartlashtirish tizimi

O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.

Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:

- xalq xo‘jaligi tarmoqlarida - O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O‘zstandart" agentligi);

- qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan, loyihalash va konstruksiyalashda - O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;

- tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida - O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;

- tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dori vositalari sohasida, shuningdek mamlakat sanoati ishlab chiqarayotgan, shu jumladan, import bo‘yicha ‘etkazib berilayotgan mahsulotlardagi inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

- mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik mahsulotlar sohasida - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi. (O‘zR 03.04.2009 y. O‘RQ-202-son Qonuni taxriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buyon matnda "standartlar" deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi qism)

3-modda. Standartlashtirish ishlarini o‘tkazish

"O‘zstandart" agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

O‘zstandart" agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi standartlashtirish ishlarini bajarishni o‘z vakolatlari doirasida boshqa tashkilotlarga topshirishga haqlidir. (O‘zR 03.04.2009 y. O‘RQ-202-son Qonuni taxriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Standartlarni tasdiqlagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‘armalarini hosil qiladilar va yuritadilar hamda manfaatdor iste’molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‘zbekiston Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta’minlaydilar. (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar.

4-modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

5-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ta’riflanganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi.



3 BO‘LIM. STANDARTLASHTIRISHGA DOIR NORMATIV HUJJATLAR

6-modda. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar

7-modda. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda qo‘llanilishi

6-modda. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar

O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi:

- xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;

- O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi)

- tarmoq standartlari;

- texnik shartlar;

- korxona standartlari;

- xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari;

- ma’muriy-hududiy standartlar. (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi)

Davlat yagona va uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi. (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi modda)

(O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuniga muvofiq ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, ‘ettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, ‘ettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin)

Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi "O‘zstandart" tomonidan belgilanadi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‘llash tartibini "O‘zstandart" va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)

Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi jumla)

Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizasiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yiladi.

Iste’molchilarga realizasiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan o‘zgartishlar "O‘zstandart" organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. "O‘zstandart" organlarida ro‘yxatdan o‘tgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat axborot jamg‘armasini tashkil etadi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavfsizligini ta’minlash uchun, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik faoliyati sub’ektlari rioya etish uchun majburiydir.

Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va ‘etkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin.

Import mahsulot, basharti u O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, ‘etkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas.



7-modda. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda qo‘llanilishi

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazorat qilish va sinash usullarini o‘z ichiga olishi lozim.

Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va tartiblarga muvofiq qo‘llanilishi lozim.

4 BO‘LIM. STANDARTLAR USTIDAN DAVLAT NAZORATI

8-modda. Davlat nazorati organlari va ob’ektlari

9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi

10-modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

8-modda. Davlat nazorati organlari va ob’ektlari

Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini "O‘zstandart" agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi. (O‘zR 03.04.2009 y. O‘RQ-202-son Qonuni taxriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)

Idoraviy bo‘ysunuvi va mulk shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan, sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, ta’mirlash va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati ob’ekti hisoblanadi.

Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart.

Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini:

- standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi), (Oldingi tahririga qarang)

- standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi), (Oldingi tahririga qarang)

- standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi), (Oldingi tahririga qarang)



9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi

Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.

Davlat inspektori:

- xo‘jalik faoliyati sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish; (O‘zR 10.10.2006 y. O‘RQ-59-son Qonuni tahriridagi xat boshi)

- xo‘jalik faoliyati sub’ektidan davlat nazoratini o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni olish;

- davlat nazoratini o‘tkazishda xo‘jalik faoliyati sub’ektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;

- standartlashtirish bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o‘tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o‘lchovlarni) o‘tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi;

- mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizasiya qilish (etkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;

- xo‘jalik faoliyati sub’ekti tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizasiya qilishni man etish huquqiga ega.

Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari: (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi), (Oldingi tahririga qarang)

- standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo‘jalik faoliyati sub’ektlariga nisbatan jarimalar qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;

- standartlar buzilishida aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish;

- tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda realizasiya qilishni (‘etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) taqiqlash yoki to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi)

- tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizasiya qilishni (‘etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish.

Davlat inspektorlarining mahsulotni realizasiya qilishni (etkazib berishni, sotishni) man etish yoki to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini buzganlik uchun xo‘jalik faoliyati sub’ektlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima to‘laydilar.

Jarima solish sud tomonidan, xo‘jalik faoliyati sub’ekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zR 10.10.2006 y. O‘RQ-59-son Qonuni tahriridagi qism)

O‘zR 10.10.2006 y. O‘RQ-59-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar tegishincha oltinchi va ‘ettinchi qismlar deb hisoblansin

Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko‘rsatmalar va qarorlarni bajarmagan taqdirlarida davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar.

Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.

10-modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Ushbu Qonun qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.



4 BO‘LIM. DAVLAT YO‘LI BILAN STANDARTLASHTIRISH VA NAZORAT QILISHGA DOIR ISHLARNING MOLIYAVIY TA’MINOTI.

STANDARTLARNI QO‘LLASHNI RAG‘BATLANTIRISH

11-modda. Davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti

12-modda. Standartlar qo‘llanilishini rag‘batlantirish

11-modda. Davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta’minoti

Ctandartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan:

- xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish;

- aniq standartlashtirish ob’ektlari bo‘yicha qonun hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek standartlarning tarkibiy tashkiliy-texnik va umumtexnik majmuilarini ishlab chiqish va ularning amal qilishini ta’minlash;

- texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish, ular to‘g‘risida rasmiy axborot tayyorlash va nashr etish, shuningdek ularni barcha manfaatdor foydalanuvchilarga yuborish;

- standartlashtirish bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘zga ishlarni olib borish;

- standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;

- standartlar fondini, texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlarini, xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini, shuningdek standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulot va xizmatlar Davlat re’estrini shakllantirish hamda yuritish;

- standartlashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniqlaydigan o‘zga ishlar davlat yo‘li bilan moliyaviy ta’minlanishi shart.

Nashr qilingan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini, mahsulot va xizmatlar Davlat re’estriga kiritilgan, standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulot va xizmatlarning nashr qilingan (qayta nashr etilgan) katalogini sotishdan belgilangan tartibda olinadigan mablag‘lar, shuningdek ushbu Qonun qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat nazorati organlariga yo‘llanadigan qismi ham standartlashtirish, standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir ishlarni moliyaviy ta’minlash manbalari bo‘lishi mumkin.

Respublika budjeti mablag‘laridan to‘liq yoki qisman ta’minlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda mahsulot sifatini normativ jihatdan ta’minlash bo‘limlari nazarda tutilishi lozim.

12-modda. Standartlar qo‘llanilishini rag‘batlantirish

Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni o‘z ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alangan mahsulotni ishlab chiqaradigan xo‘jalik faoliyati sub’ektlari iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishi va rag‘batlantirilishini kafolatlaydi.

Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini olgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi axborotnomasi, 1994 yil, N 2, 46-modda

Bugungi kunda respublikamizda farmatsevtika sohasi xodim- larining malakasini oshirish aynan shu bo‘lim xodimlari tomonidan, shuningdek, Toshkent Farmatsevtika institutida tashkil etilgan kurslar asosida o‘qitilmoqda.

Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasida «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» bo‘yi- cha kurslar quyidagi yo‘nalishlardan iborat:



  • «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» bo‘yicha «Dori vositalar ishlab chiqarish sohasidagi boshqaruvchi xodimlar»ning malakasini oshirish;

  • «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» bo‘yicha «Bevo- sita dori vositalari ishlab chiqarilishini ta’minlovchi xodimlar»ning malakasini oshirish;

  • «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» bo‘yicha «Sifatni nazorat qilish sohasidagi boshqaruvchi xodimlar»ning malakasini oshirish;

  • «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» bo‘yicha «Bevo- sita sifatni nazorat qilishni ta’minlovchi xodimlar»ning malakasini oshirish;

  • «Dori vositalarining ulgurji savdosi qoidalari» bo‘yicha «dori vositalarining ta’minoti, shuningdek, bevosita tarqatilishi va distribyutsiyasini ta’minlovchi xodimlar»ning malakasini oshirish;

  • «Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning bevosita oborotini ta’minlovchi xodimlar» malakasini oshirish;

  • «Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)» bo‘yicha «Ishlab chiqarishning yordamchi xodimlari»ning malakasini oshirish.

Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasida «Yaxshi laboratoriya amaliyoti (GLP)» bo‘yicha:

  • «Yaxshi laboratoriya amaliyoti (GLP)» bo‘yicha oliy va o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari»ning malakasini oshirish.

Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasida «Yaxshi klinik amaliyoti (GSP)» bo‘yicha:

  • «Yaxshi klinik sinovlari amaliyoti (GSP)» bo‘yicha oliy va o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish.

Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasida «0‘zbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar ayirboshlashni ta’minlashning tashkil etishning qonuniy asoslari» bo‘yicha:

  • «0‘zbekiston Respublikasida narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar ayirboshlashni ta’minlashni tashkil etishning qonuniy asoslari» bo‘yicha farmatsevt-tashkilotchi, shifo- kor-tashkilotchilarning malakasini oshirish.

  • Namuna olishda kontaminatsiya, mahsulot aralashishi yoki uning sifatiga boshqa bir salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimolining oldini olish yoki minimumga keltirish kerak. Mahsulot bilan muloqotdagi kontaktdagi namuna olish jihozlarining barchasi toza va kerak bo‘lganda steril bo‘lishi kerak. Namuna olingan idish, tegishli dara- jada yorliqlangan va namuna olingandan keyin muhrlanishi yoki tiqin bilan yopilishi kerak. Zaharli, giyohvand sensibilizatsiya va kuchli ta’sir etuvchi preparatlar hamda mikroorganizmli dori vosita­lari bilan ishlaganda maxsus ehtiyot choralariga amal qilish kerak.

  • Namuna olish jihozlari tozalangan va har bir namuna olishdan oldin va ishlatilgandan keyin sterilizatsiya qilinishi lozim. Uni boshqa laboratoriya jihozlaridan alohida saqlash kerak.

  • Olingan namunalar va ular uchun ilova hujjatlari namuna olish jurnalida ro‘yxatga olinadi, kartoteka yoki kompyuterga kiritiladi.

  • Yüklə 3,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə