O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


Kukunlarning sochiluvchanligini aniqlash



Yüklə 3,79 Mb.
səhifə9/43
tarix08.03.2018
ölçüsü3,79 Mb.
#30796
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43

Kukunlarning sochiluvchanligini aniqlash.

Sochiluvchanlik VP-12 asbobida aniqlanadi. Kukundan 100 g tortib olib, xampaga solinadi. 20 soniya davomida zichlanadi, so‘ng pastki teshik ochiladi va massaning oqib tushish tezligi sekundomer orqali nazorat qilinadi. Sochiluvchanlik quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:



Vsoch - massaning sochiluvchanligi, g/s . 10-3;

m - voronkaga solingan massaning og‘irligi, g;

t - massani oqib o‘tishi uchun safrlangan vaqt, sekund;

20 - massani zichlash uchun ketgan vaqt, sekund.

Aniqlash 5 marta qaytariladi va o‘rtacha natija olinadi.



Sochiluvchan zichlikni aniqlash.

Sochiluvchan zichlik - modda massasini egallagan hajmiga bo‘lgan nisbati bo‘lib, uni aniklash uchun silindr, qolip yoki 545 AK-3 asbobidan foydalaniladi. Teshigining diametri 25 mm li qolipda aniqlash uchun pergament qog‘oz ustiga qolip qo‘yiladi va massa bilan to‘ldiriladi, qolip ustidagi ortiqcha qism massa chizg‘ich yordamida surib tashlanib, qolip ichidagi massa tortiladi va qolip hajmiga bo‘linadi va quyidagi tenglama yordamida

sochiluvchan zichlik xisoblanadi.

bu erda,

ssoch - sochiluvchan zichlik, kg/m3;

m - qolip ichidagi massaning og‘irligi, g;

V - qolipning hajmi (rr2h).

6-maruza: Dorivor o‘simlik xom ashyolari va ulardan tayyorlangan yig‘malarni sifatini baholash, qadoqlash, o‘rash.

Reja:

Kirish


Dorivor o‘simlik xom ashyosining mayda qismlarini aniqlash.

  1. YOt aralashmalar miqdorini aniqlash.

  2. Dorivor o‘simlik xom ashyosini ombor zararkunandalari bilan shikastlanganlik darajasini aniqlash.

  3. Dorivor o‘simlik xom ashyosining qoldiq namligini aniqlash.

  4. Dorivor o‘simlik xom ashyosidagi kul miqdorini aniqlash.

  5. Xlorid kislotada erimaydigan kulni aniqlash.

  6. Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi ekstraktiv moddalar miqdorini aniqlash.

Xulosalar

Dorivor o‘simlik xom ashyolari va yig‘malarda (qadoqlangan mahsulot, briket, paket, filtr-paket, presslangan-kesilgan) “Dori vositalari sifati standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 -01:2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:

1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari

2. O‘simlik va uning oilasini ruscha va lotincha nomlanishi

3. Butun va maydalangan xom ashyoning chinligi

3.1. Tashqi belgilari

3.2. Mikroskopiyasi (rasmi bilan)

3.3. Sifat yoki gistoximik reaksiyalar, xromatografik reaksiyalar

4. Butun va maydalangan xom ashyo uchun son ko‘rsatkichlari

5. CHinligi

6. Kapsula ichidagi massaning o‘rtacha og‘irligi va massaning bir xilligi

7. Erishi

8. Parchalanashi

9. Begona aralashmalar (o‘xshash birikmalar)

10. Mikrobiologik tozaligi

11. Dozalarning bir xilligi

12. Mikdoriy tahlili

13. Urami

14. YOrliklash

15. Tashish

16. Saklash

17. YAroklilik muddati

18. Asosiy farmakoterapevtik guruhi

Dorivor o‘simlik xom ashyosining mayda qismlarini aniqlash.

Dorivor o‘simlik xom ashyosi butun, qirqilgan, yanchilgan, kukun, qirqib presslangan xolda, sigaret va briket shaklida bo‘ladi. Xom ashyo qanday xolda yoki qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar u quritish, idishlarga joylash, yuklash, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash kabi jarayonlarda tabiiyki, qisman bo‘lsada maydalanadi. Masalan: quritish jarayonida xom ashyo tez qurishi, qoraymasligi, chirimasligi va mog‘orlamasligi uchun u bir necha marotaba aylantirib turiladi. Ana shu vaqtda xom ashyo qisman bo‘lsada maydalanadi.

Xom ashyoning mayda qismi qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning xavo (kislorod, namlik va boshqalar) bilan tutashgan yuzasi shuncha ko‘p bo‘ladi, natijada oksidlanish – qaytarilish, parchalanish kabi jarayonlar tezlashib, ta’sir qiluvchi moddalarning miqdori kamayadi va dorivor o‘simlikning sifati buziladi.Dorivor o‘simlikning mayda qismini aniqlashda, shu maqsad uchun olingan namuna me’yoriy texnik xujjatda ko‘rsatilgan elakka solinib, asta sekinlik bilan aylanma xarakat qilib elanadi. Elash jarayoni elakda 1% dan kam miqdorda xom ashyo qolgandan so‘ng to‘xtatiladi va uning % miqdori boshlang‘ich namunaga nisbatan hisobalanadi.

Olingan namuna 100,0 g dan ko‘p bo‘lsa, tortishdagi xatolik 0,1 g, agar 100,0 g va undan kam bo‘lsa, xatolik 0,05 g bo‘lishi mumkin.



YOt aralashmalar miqdorini aniqlash.

Aralashmalarni aniqlash uchun pinset yordamida begona, mexanik aralashmalar ajratiladi.

Aralashmalarga quyidagilar kiradi:


  1. O‘z rangini yo‘qotgan xom ashyo.

  2. Dorivor o‘simlikni xom ashyo bo‘lmagan qismlari.

  3. Organik aralashmalar (zaxarli bo‘lmagan boshqa o‘simlik organlari).

  4. Mineral aralashmalar (tuproq, tosh, qum va boshqalar).

Aralashmalarning xar bir turi aloxida-aloxida tortilib, ularning miqdori foizlarda quyidagi tenglama bo‘yicha xisoblanadi:

,

M1 – aralashmaning miqdori, g; M2 – analitik namunaning miqdori, g.

Ajratilgan aralashmalardagi analitik namuna 100,0 g dan ko‘p bo‘lsa 0,1 g aniqlikda, undan kam bo‘lsa 0,05 g aniqlikda tortilishi kerak.



Dorivor o‘simlik xom ashyosini ombor zararkunandalari bilan shikastlanganlik darajasini aniqlash.

Dorivor o‘simliklar zararkunandalar bilan kasallangan o‘simliklardan, ularni yig‘ish, ombor zararkunandalari bor joyda saqlash oqibatida yaroqsiz xolga kelishi mumkin.

Xom ashyoni tashqi ko‘rinishi, mayda qismlari va aralashmalarni aniqlayotgan vaqtda, qurollanmagan ko‘z va kattalashtiruvchi oyna (5x10) yordamida o‘lik va tirik zararkunandalarning borligi tekshiriladi. Bunda ombor zararkunandalari bilan shikastlangan xom ashyoning qismlariga ham e’tibor beriladi. Bundan tashqari xom ashyo joylangan idish materialning choklari, burmalari, yashiklarning tirqishlari qunt bilan qaraladi. Xom ashyoda ombor zurarkunandalari topilgan taqdirda uning shikastlanish darajasi, shu maqsad uchun ajratilgan maxsus analitik namuna orqali aniqlanadi.

Analitik namuna teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Elakdan o‘tgan xom ashyodan kanalarni, elakda qolgan xom ashyodan esa kuya, qayroqchi va ularning lichinkalari va boshqa tirik va o‘lik zararkunandalarning borligi aniqlanadi. Kanalar, kuya, ularning lichinkalari va boshqa zararkunandalar qurorlanmagan ko‘z yoki kattalashtiruvchi oyna yordamida sanaladi. Topilgan zararkunandalarning miqdori 1 kg xom ashyoga nisbatan ifodalanib, uning shikastlanish darajasi aniqlanadi.

1 kg xom ashyoda kanalarning soni 20 dan oshmasa 1-daraja, 20 dan ko‘p bo‘lib, xom ashyoning yuzasida erkin xarakatlansa 2-daraja, agarda kanalar ko‘p bo‘lib, ularning xarakati qiyinlashgan bo‘lsa, 3-darajali shikastlanish xisoblanadi.

1 kg xom ashyoda ombor kuyasi va uning lichinkalari xamda don qayroqchi va boshqa zararkunandalarning soni 5 tadan oshmasa 1-daraja, 6-10 ta bo‘lsa 2-daraja va nihoyat 10 tadan ko‘p bo‘lsa 3-darajali shikastlanish xisoblanadi.

Dorivor o‘simlik xom ashyosi ombor zararkunandalari bilan shikastlangan taqdirda u dezinseksiya qilinadi. Agar kanalar bo‘lsa, 0,5 mm li, boshqa zararkunandalar bo‘lsa 3 mm li elakdan o‘tkaziladi. Ombor zararkunandalari zararsizlantirilgandan so‘ng xom ashyoning shikastlanish darajasiga qarab, turli xil maqsadlar uchun ishlatiladi. Agar xom ashyo 1-darajali zararlangan bo‘lsa, uni tibbiyotda ishlatish mumkin, 2-darajali bo‘lsa toza moddalar olish uchun ishlatish mumkin bo‘ladi.

Dorivor o‘simlik xom ashyosining qoldiq namligini aniqlash.

Dorivor o‘simlik xom ashyosida ma’lum miqdor qoldiq namlik bo‘lishi katta axamiyatga ega, lekin uning miqdori me’yoriy texnik xujjatda ko‘rsatilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Agar qoldiq namlik me’yoridan ko‘p bo‘lsa, o‘simlikdagi fermentlar ta’sir qiluvchi moddalarni parchalab, gidrolizga uchratish kabi xom ashyoning sifatini pasaytiruvchi yoki to‘la yo‘qatuvchi xollarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ortiqcha qoldiq namlik xom ashyoni chirishiga va mog‘or bosishiga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ham dorivor o‘simliklardan tayyorlangan xom ashyoni qurigandan so‘ng idishlarga joylash, nam, zax bo‘lmagan va shamollatib turish imkoniyati bor joylarda saqlash maqsadga muvofiqdir. SHu bilan bir qatorda xom ashyoning juda ham qurib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aks holda xom ashyo idishlarga joylash va qayta ishlash vaqtida maydalanib, sifati buziladi.

Xar bir xom ashyoning qoldiq namligi shu o‘simlik uchun belgilangan MTH da keltirilgan bo‘ladi.

Xom ashyoning qoldiq namligi deganda uni doimiy og‘irlikkacha quritish jarayonidagi yo‘qotilgan gigroskopik namlik va uchuvchan moddalar miqdori tushuniladi.

Xom ashyoning analitik namunasi taxminan 10 mm qilib maydalanadi va 0,01 g aniqlikda ikkita tortma (3 g dan 5 g gacha) tortib olinadi. Olingan xom ashyo oldindan quritilgan va qopqog‘i bilan tortilgan byuksga solinadi va 100-105oS gacha qizdirilgan quritish javoniga qo‘yiladi. Quritish javonining xarorati yana 100-105oS ga etgandan so‘ng quritish vaqti boshlangan xisoblanadi. Birinchi tortish ishlari barglar, o‘tlar, gullar uchun 2 soatdan so‘ng, ildizlar, ildizpoyalar, mevalar, urug‘lar va po‘stloq uchun esa 3 soatdan so‘ng bajariladi. Quritish doimiy og‘irlikkacha olib boriladi. Oxirigi ikkita tortish natijalari 30 daqiqa quritib, 30 daqiqa eksikatorda sovutilgandan so‘ng tortishdagi farq 0,01 g dan oshmasa, doimiy og‘irlikka erishilgan deb xisoblanadi. Ta’sir qiluvchi moddalar yig‘indisi va kul miqdorini absolyut quruq xom ashyoga nisbatan xisoblash uchun, namlik ta’sir qiluvchi moddalar va kul miqdorini aniqlash maqsadida tortib olingan analitik namunadan 1-2 g (aniq tortma) olib, yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan bajariladi. Bunda oxirigi ikki tortishdagi farq o‘zaro 0,0005 g dan oshmasligi lozim. Xom ashyoning namligi (X) foizlarda quyidagi formula bilan xisoblanadi:

,

M - xom ashyoni quritishgacha bo‘lgan miqdori g;

M1 - xom ashyoni quritgandan keyingi miqdori g.

Oxirigi natija qilib, ikki parallel tajribaning noldan keyingi ikkinchi xonagacha bo‘lgan aniqlik bilan xisoblangan o‘rtacha arifmetik birligi olinadi. Ikki parallel tajriba ostidagi ruxsat etilgan farq 0,5% dan oshmasligi kerak.



Dorivor o‘simlik xom ashyosidagi kul miqdorini aniqlash.

3-5 g kattalikda maydalangan dorivor o‘simlik xom ashyosi (aniq tortma) oldidan qizdirilgan va aniq tortilgan chinni, kvars yoki platina tigeliga solinadi. So‘ngra tigel asta–sekinlik bilan (xom ashyoni alanga olib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan) past haroratda qizdiriladi. Qolgan ko‘mir bo‘lakchalarini yoqish iloji boricha pastroq haroratda olib boriladi. Ko‘mir deyarli to‘liq yonib bo‘lgandan so‘ng harorat ko‘tariladi.

Ko‘mir bo‘lakchalari to‘liq yonmasa, qoldiq sovutiladi va suv yoki ammoniy nitratning to‘yingan eritmasi bilan xo‘llanib, suv xammomida quritiladi va mufel pechida kuydiriladi. Kerak bo‘lgan taqdirda bu jarayon bir necha marta qaytariladi.

Kuydirish kuchsiz qizil cho‘g‘lanishda (taxminan 500oS), kulni erib ketishi va tigel devoriga yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymasdan doimiy og‘irlikka kelgunga qadar olib boriladi. Kuydirish tugagandan keyin tigel eksikatorda sovutiladi va tortiladi. Kul miqdori olingan dorivor o‘simlik xom ashyosiga nisbatan xisoblanadi.



Xlorid kislotada erimaydigan kulni aniqlash.

Dorivor o‘simlik xom ashyosini yoqish va kuydirish natijasida qolgan qoldiqqa 15 ml 10% li xlorid kislotasi qo‘shiladi. So‘ngra tigel soat oynachasi bilan yopilib, 10 daqiqa suv xammomida qizdiriladi. Keyin tigelga soat oynachasini yuvgan xolda 5 ml suv quyiladi. Suyuqlik kulsiz filtr orqali filtrlanadi. Qoldiq bir necha marta issiq suv bilan yuviladi toki xloridlarga reaksiya bermay qolguncha. So‘ng filtrat tigelga qaytib solinib, quritiladi va yuqorida ko‘rsatilgandek kuydiriladi va tortiladi.



Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi ekstraktiv moddalar miqdorini aniqlash.

Teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tkazilgan 1 g atrofidagi maydalangan xom ashyo (aniq tortma) 200-250 ml li konussimon kolbaga solinib, unga shu xom ashyoning MTH da ko‘rsatilgan erituvchisidan 50 ml qo‘shiladi. Kolba probka bilan yopilib tortiladi (aniqlik 0,01 g) va 1 soatga qo‘yib qo‘yiladi. So‘ngra kolbani tik xolatdagi sovutgich bilan birlashtirib, 2 soat davomida asta-sekin qaynatiladi. Kolba sovugandan keyin uni yana avvalgi probka bilan yopib tortiladi va 1 soatga qo‘yib qo‘yiladi. So‘ngra kolba tik xolatdagi sovutgich bilan birlashtirilib, 2 soat davomida asta sekinlik bilan qaynatiladi. Kolba sovugandan keyin uni yana avvalgi probka bilan yopib tortiladi va yo‘qotilgan og‘irlik erituvchi bilan to‘ldiriladi. Kolbadagi xom ashyo va erituvchi yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma 150-200 ml li quruq kolbaga quruq filtr qog‘oz orqali filtrlanadi. 25 ml filtratni diametri 7-9 sm li, avvaldan 100-105oS haroratda quritib, doimiy og‘irlikka keltirilgan chinni kosachaga solinadi va suv hamomida quriguncha bug‘latiladi. CHinni kosacha qoldiq bilan birga 100-105oS haroratda doimiy og‘irlikkacha quritiladi. So‘ngra 30 daqiqa davomida tagiga suvsiz kalsiy xlorid solingan eksikatorda sovutib tez tortiladi.

Ekstraktiv moddalarning miqdori foizlarda (X) absolyut quruq xom ashyoga nisbatan quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:

Bu erda: M - quruq qoldiqning miqdori, g;

M1 - xom ashyoning miqdori, g;

W- xom ashyoning foizlarda ifodalangan namlik miqdori, %.



7-maruza: Granulalar sifatini baholash, qadoqlash, o‘rash.

Reja:

Kirish


Mavzuning dolzarbligi

1. Granulalarning ta’rifi, tavsifi va tasnifi.

2. Granulalarda aniqlanadigan umumiy va xususiy ko‘rsatkichlar.

3. Tashqi ko‘rinishi

4. Granulaning fraksion tarkibini aniqlash.

5. Granulaning parchalanish vaqtini aniqlash

6. Granulalarning erishini aniqlash

Xulosa.

“Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:

1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari

2. Xalkaro patentlanmagan nomi

3. Tarkibi

4. Tavsifi

5. CHinligi

6. O‘rtacha og‘irligi va massaning bir xilligi

7. Erishi

9. Parchalanashi

10. Begona aralashmalar (o‘xshash birikmalar)

12. Mikrobiologik tozaligi

13. Dozalarning bir hilligi

14. Quritishdagi massa yo‘qotish

15. Mikdoriy tahlili

16. O’rami

17. YOrliklash

18. Tashish

19. Sakqash

20. YAroklilik muddati

21. Asosiy farmakoterapevtik guruhi



Tashqi ko‘rishini aniqlash.

Tashqi ko‘rinishi qurollanmagan ko‘z bilan kuzatib bajariladi. Bunda granulalar dumaloq, tuxumsimon, ovolsimon yoki boshqa shaklga ega bo‘lishi kerak. Agar xususiy maqolalarda boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa bir jinsli, bo‘lishi kerak. Diametri 0,2-3 mm bo‘lishi kerak



Granulaning fraksion tarkibini aniqlash.

Buning uchun 100 g granula har xil diametrli (2000, 1000, 500, 250, 150, 125 va 80 mkm) elaklar to‘plamiga solinib, elanadi. Buning uchun massa eng yuqoridagi elakka solinib, tebranma asbobga 5 daqiqa, 36 rad/soniya tezlikka qo‘yiladi. Bir daqiqadan so‘ng elaklar ochilib, elakdagi massa alohida-alohida 0,01g aniqlikda tortiladi va olingan natijalar jadval ko‘rinishida yoziladi. Elak ustida qolgani (+), elakdan o‘tgani (-) ishorasi bilan belgilanadi. Fraksion tarkib mkm, % bilan ifodalanadi.



Parchalanuvchanlikni aniqlash

XI DF ko‘rsatmasiga binoan, bu ko‘rstkich maxsus asbob – identifikator yordamida aniqlanadi. Parchalanish vaqti XI DF ning xususiy maqolalarida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar bunday ko‘rsatma bo‘lmasa, u holda granulalar 15 daqiqagacha parchalanishi kerak.

Asbobning tuzilishi. Aniqlash asbobi yig‘ma korzinka, suyuqlik uchun sig‘imi 1 l bo‘lgan idish, issiqlikni bir me’yorda (37+20S) bo‘lishini ta’minlovchi qurilmalardan iborat bo‘lib, korzinkani tik holda 5-6 sm yuqoriga va pastga qarab, bir daqiqasiga 28-32 marta ko‘tarib tushiruvchi elektromexanik qurilmaga ulangan bo‘ladi. Yig‘ma korzinka uzunligi 77,5 mm, ichki diametri 21,5 mm, devor qalinligi 2 mm bo‘lgan 6 ta shisha naychalardan tashkil topgan. Naychalar vertikal holatda diametri 90 mm va qalinligi 6 mm bo‘lgan, bir-biri va disk markazidan bir xil masofada joylashgan diametri 24 mm bo‘lgan 6 ta teshikli, 2 ta plastmassa disklar yordamida ushlab turiladi. Pastki diskning ostki yuzasiga zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan, teshiklarining o‘lchami 2 mm bo‘lgan sim to‘r o‘rnatiladi (agar xususiy maqolalarda boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa).

Korzinka 6 ta yo‘naltiruvchi plastmassa disklar bilan ta’minlangan bo‘lib, ular shisha naychalar ichiga qo‘yiladi. Diskning umumiy massasi 1,8-2,1 g, diametri 20 mm, balandligi 10 mm. Disklarning qo‘llanilishi xususiy maqolalarda aytib o‘tiladi.



Aniqlash uchun 18 ta, 0,5 g dan granula namunasi olinadi. Xar bir naychaga 1 tadan namuna joylashtiriladi. Bunda tekshirishga olingan 6 ta namuna granulaning hammasi to‘la parchalanishi va to‘rdan o‘tib ketishi kerak. Agar 1-2 ta namuna talabga javob bermasa tekshiruv qolgan 12 ta namunada qaytariladi. Olingan 18 ta namunadan eng kamida 16 tasi to‘liq parchalanib, to‘rdan o‘tib ketishi kerak. Namunalarning suvda parchalanish muddati asboblarning tuzilishiga, ishlash jarayoniga, suyuqlik miqdoriga, xaroratga, tebranish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.



Granulalarning erishini aniqlash

Muayyan sharoitda, ma’lum vaqt ichida qattiq dori turidan ta’sir qiluvchi moddaning eritmaga o‘tgan miqdori erish deyiladi. Granulalar erishini aniqlash uchun XI DF da keltirilgan «Aylanadigan kajava» asbobidan foydalaniladi. Asbobning asosiy ishchi qismi silindr shaklidagi diametri 0,2 mm lito‘r kajava bo‘lib, unga tekshiriladigan granuladan 0,5 g solinadi, u xajmi 1 l gacha bo‘lgan suyuqlikda, tezligi xar daqiqada 50-200 marta aylanadi va 37+10S xarorat ta’minlab turiladi. Bunda asbobning xech qaysi qismi tebranmasligi shart. Erituvchi muhit sifatida suv yoki xususiy maqolalarda ko‘rsatilgan boshqa erituvchilar (xlorid kislota, rN ko‘rsatkichi turlicha bo‘lgan bufer eritmalar va x.k.) olinishi mumkin. Tekshiriladigan bitta namuna kajavaga solinadi va u suyuqlikka tushiriladi. Bunda kajava idish tubidan 20+2 mm balandroq bo‘lishi kerak. Idish qopqog‘ini yopib, kajava xususiy maqolada ko‘rsatilgan tezlikda yoki daqiqasiga 100 marta tezlikda aylantiriladi. Xususiy maqolada ko‘rsatilgan vaqtdan yoki 45 daqiqadan so‘ng, eritma namunasi olinib, filtr qog‘ozi orqali suziladi va ko‘rsatilgan usul bilan ta’sir qiluvchi modda miqdori aniqlaniladi.

Qo‘llaniladigan analitik usul aniq bo‘lishi kerak, lekin dori turidagi ta’sir qiluvchi moddaning miqdori aniqlanadigan usuldan boshqacha bo‘lishi mumkin. Dori turining xar bir seriyasi uchun 5 ta namunadan eritmaga o‘tgan modda miqdori aniqlanadi. Bunda granula tarkibidagi modda 100% deb qabul qilinadi. Agar xususiy maqolalarda boshqacha talab qilinmagan bo‘lsa, 45 daqiqa davomida, suvda aylanish tezligi daqiqasiga 100 marta bo‘lganda ta’sir qiluvchi moddaning erigan miqdori dori turidagiga nisbatan 75% dan kam bo‘lmasa seriya qoniqali hisoblanadi.



Dori modda miqdorini aniqlash

Granula tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddaning miqdorini aniqlash uchun 0,5 g aniq tortma olinadi. Xususiy maqolalarda maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmasa, granulalardagi dori moddalarning miqdoridagi chetlanish +10% ga ruxsat etiladi.



8-maruza: Tabletkalar sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash.

Reja:

Kirish


Mavzuning dolzarbligi

1. Tabletkalarning ta’rifi, tasnifi.

2. Tabletkalarda aniqlanadigan umumiy va xususiy ko‘rsatkichlar.

3. Tashqi ko‘rinishi

4. Tabletkaning o‘rtacha og‘irlik va undan chetlanishni aniqlash.

5. Balandlikni diametrga mutanosibligini aniqlash.

6. Ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi

7. Tabletkaning parchalanish vaqtini aniqlash

8. Tabletkalarning erishini aniqlash

9. Tabletkalarni qadoqlash, o‘rash.

Xulosa.

Tabletkalar va drajelarda “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 -01:2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:

1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari

2. Xalkaro patentlanmagan nomi

3. Tarkibi

4. Tavsifi

5. CHinligi

6. O‘rtacha og‘irligi va massaning bir xilligi

7. Talk, aerosil, titan (II) oksidi

8. Erishi

9. Parchalanashi

10. Ishqalanishga bo‘lgan qattiqligi

11. Begona aralashmalar (o‘xshash birikmalar)

12. Mikrobiologik tozaligi

13. Dozalarning bir xilligi

14. Quritishdagi massa yo‘qotish

15. Mikdoriy taxlili

16. O’rami

17. YOrliklash

18. Tashish

19. Saqlash

20. YAroklilik muddati

21. Asosiy farmakoterapevtik guruhi

Tashqi ko‘rishini aniqlash.

Tashqi ko‘rinishi qurollanmagan ko‘z bilan kuzatib bajariladi. Bunda tabletkalar dumaloq yoki boshqa shaklga ega bo‘lishi, yassi yoki ikki tomonlama qabariq yuzali, chetlari butun bo‘lishi kerak. Agar xususiy maqolalarda boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa tabletkaning yuzasi silliq, bir jinsli, bo‘lishi kerak. Ba’zi xollarda yuzasida yozuvlar va belgilar bo‘lishi mumkin. Diametri 9 mm va undan katta bo‘lgan tabletkalar o‘rtasida chiziqcha bo‘lishi kerak



Balandlikni diametrga mutanosibligini aniqlash.

Bu mutanosiblik tabletkalarni avtomatik ravishda qadoqlashda muhim ahamiyatga ega. Tabletkalarning balandligi mikrometrdan foydalanilgan holda 0,01 mm aniqlikda o‘lchanadi.

Tabletkalarning balandligi va diametri ma’lum mutanosiblikda bo‘lishi kerak, bu TST (OST) 64-7-170-75 da keltirilgan ikki tomoni yassi tabletkalar balandligi va diametrining mutanosibligi uchun berilgan 19-jadval bo‘yicha belgilanadi.

O‘rtacha og‘irlik va undan chetlanishni aniqlash.

Tabletkalarning og‘irlikdagi farqlarini aniqlash uchun 20 ta tabletkani birgalikda 0,001 g aniqlikda tortib, o‘rtacha og‘irligi aniqlanadi. So‘ng xar bir tabletka shu aniqlikda alohida tortilib, o‘rtacha og‘irlikdan farqi, foiz miqdorda topiladi.

0,1 g gacha bo‘lgan tabletkalar uchun bu farq +10%,

0,1-0,3 g - +7,5%,

0,3 g va undan yuqorilari uchun +5% ni tashkil etishi kerak.

Obakilash usuli yordamida olingan, alohida qobiqli tabletkalarning massasi, o‘rtacha massadan farqi +15% dan oshmasligi kerak.

Faqat 2 ta tabletkagina ko‘rsatilgan chegaralardan oshuvchi, biroq ikki martadan ko‘proq oshmaydigan chetlanishga ega bo‘lishi kerak.


Yüklə 3,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə