O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


LOKOMOTIV VA VAGON XO’JALIKLARI, SUV TA’MINOTI



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə11/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
ПТЭ узб

LOKOMOTIV VA VAGON XO’JALIKLARI, SUV TA’MINOTI
VA OQAVA XO’JALIGI INSHOOTLARI VA QURILMALARI.
TIKLASH VOSITALARI


50. Lokomotiv depolari, lokomotivlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari, ustaxonalar, anjomlash (ekipirovka) qurilmalari hamda lokomotiv xo’jaligining boshqa inshoot va qurilmalarining joylashuvi va texnikaviy jihozlanishi poezdlar harakatining belgilangan miqdorini, lokomotivlardan samarali foydalanishni, sifatli ta’mir va texnikaviy xizmat ko’rsatish, moddiy resurslardan oqilona foydalanish va mehnatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlashi lozim.
51. Vagon depolari va uchastkalari, vagonlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari, yuvish-bug’lash stansiyalari hamda vagon xo’jaligining boshqa inshoot va qurilmalarining joylashuvi va texnikaviy jihozlanishi poezdlar harakatining belgilangan miqdorini, sifatli ta’mir va texnikaviy xizmat ko’rsatishni, moddiy resurslardan oqilona foydalanish va mehnatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlashi lozim.
Ta’mirlash-anjomlash depolari va yo’lovchi texnikaviy stansiyalari yo’lovchi vagonlarni reysga sifatli tayyorlash uchun zarur texnologik jihozlanishi lozim.
52. Suv ta’minoti va suvni qayta ishlash qurilmalari lokomotivlar, poezdlar, stansiyalar va temir yo’l transporti korxonalarini sifatli suv bilan zarur miqdorda uzluksiz ta’minlashi hamda boshqa xo’jalik, yong’inni o’chirish va ichimlik suvga bo’lgan talablarni qondirishi lozim.
Oqava qurilmalari sanitariya talablariga muvofiq ravishda temir yo’l korxonalari va turar joylari oqava suvlarining tozalanishini ta’minlashi lozim.
53. DATK boshgaruvi raisi tomonidan belgilangan punktlarda quyidagilar doimiy tayyor holatda turishi shart:
harakat tarkibining izdan chiqishi va to’qnashuvi oqibatlarini bartaraf etish hamda ularning normal harakatini tiklash uchun tiklash poezdlari, elektr ta’minoti qurilmalarini va yo’lni tiklash uchun avtomatrisalar, drezinalar va avtomobillar, aloqani ta’mirlash-tiklash letuchkalarining vagonlari va avtomobillari, avariya-dala guruhlari;
yong’inlarni oldini olish hamda o’chirish uchun o’t o’chirish poezdlari hamda o’t o’chirish guruhlari.
Tiklash ishlarini olib borishga mo’ljallangan tiklash va o’t o’chirish poezlari, avtomatrisalar va drezinalarning doimiy to’xtash yo’llarini harakat tarkibi bilan egallash taqiqlanadi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə