Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

 
 
 
II BOB. PUL BOZORI 
 
2.1. Pul bozorining iqtisodiy mohiyati,  
vujudga kelishi va qo
ʻ
llanish xususiyatlari  
 
Davlat,  korporativ  tuzilmalar  va  aholining  pul  mablagʻlariga 
boʻlgan  doimiy  talabi  va  maʼlum  shartlar  asosida  qisqa  muddatlar 
uchun vaqtinchalik pul mablagʻlarini boshqa shaxslardan jalb qilishga 
ehtiyojning  mavjudligi  pul  bozorining  yuzaga  kelishiga  va 
rivojlanishiga  olib  kelgan.  Mamlakatimizda  ham  pul  bozorini 
rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
3
 
Pul  bozori  atamasi  ushbu  bozor  uchun  toʻliq  mos  kelmaydi. 
Sababi, pul bozorida pul yoki valyuta oldi-sotdisi amalga oshirilmaydi. 
Pul  bozorida  savdo  qilinadigan  qimmatli  qogʻozlar  qisqa  muddatli 
hamda  likvidlilik  darajasi  yuqori  boʻlgan  instrumentlar  hisoblanadi 
yaʼni  ularning  pulga  aylanish  jarayoni  tez  amalga  oshadi.  Pul  bozo-
ridagi  qimmatli  qogʻozlarning  uchta  asosiy  xususiyatlari  mavjud. 
Bular quyidagilar
4

- ular asosan yirik, yaʼni koʻp miqdorda sotiladi
- ulardagi defolt riski juda ham past hisoblanadi
- ularning muddati emissiya qilingan sanadan boshlab bir yilgacha 
boʻladi. 
Pul  bozoridagi  aksariyat  qimmatli  qogʻozlarning  muddati  120 
kundan  kam  boʻladi.  Pul  bozoridagi  tranzaksiyalar  aniq  bir  joy  yoki 
binoda  amalga  oshirilmaydi.  Asosan  treyderlar  ishtirokchilar 
oʻrtasidagi  savdolarni  elektron  tarzda  amalga  oshiradilar.  Pul  bozori 
instrumentlarining oldi-sotdi jarayoni ikkimlamchi bozorda birmuncha 
tezlashadi.  Yuqorida  taʼkidlangan  xususiyatlariga  koʻra,  pul  bozori 
instrumentlari birlamchi bozorga joylashtirilgandan soʻng, ularni sotish 
                                                 
3
 Monetar siyosatning 2018-yil uchun  asosiy  yoʻnalishlari.  Oʻzbekiston Respublikasi Marka-
ziy Banki, 2017-yil. 
4
 
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins. 
Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall, 
2012. P. 255  


 
18 
uchun  kelajakda  xaridorlarni  topish  unchalik  qiyin  boʻlmaydi.  Pul 
bozorining yana bir xususiyati ushbu bozor ulgurji bozor hisoblanadi, 
yaʼni undagi aksariyat tranzaksiyalar yirik hajmda boʻlishi kuzatiladi. 
Ilgʻor  xorij  mamlakatlari  tajribasidan  kelib  chiqadigan  boʻlsak,  real 
sektor  korxonalari  pul  bozorining  muhim  ishtirokchilaridan  hisob-
lanadi. Pul bozori asosan insvestorlarga yuqori darajadagi daromadlilik 
darajasini  taklif  etmasada,  oʻzining  yuqoridagi  xususiyatlari  sababli 
ham  investorlar  mablagʻlarini  yoʻnaltiruvchi  investitsiya  obyekti 
sanaladi.  Pul  bozorida  qisqa  muddatli  qimmatli  qogʻozlar  boʻyicha 
bitimlar tuzilishi ushbu bozorning jozibadorligini taʼminlaydi.  
Pul  bozori  vujudga  kelishiga  toʻxtaladigan  boʻlsak,  1970  yillarda 
AQSHda inflyatsiya darajasi oshganligi sababli, banklar taklif etadigan 
depozit  stavkalari  investorlarni  qanoatlantirmagan,  ushbu  holatdan 
foydalangan brokerlik agentliklari depozit stavkalaridan yuqoriroq foiz 
stavkalari  toʻlaydigan  pul  bozori  instrumentlari  reklama  qilishni 
boshlagan.  Bunga  qarshi  banklar  depozit  stavkalarini  oshirish  bilan 
javob  qaytara  olmagan,  sababi  ular  toʻlashi  mumkin  boʻlgan  foiz 
stavkalari  Markaziy  Bank  tomonidan  chegaralab  qoʻyilgan.  Ammo 
Markaziy Bank bu holat boʻyicha qonunchilik hujjatlarini tezda koʻrib 
chiqib, tegishli oʻzgartirishlar kiritdi. Shundan soʻng yana depozitlarga 
nisbatan talab oshgan boʻlsada, pul bozori oʻz mavqeini saqlab qoldi.  
 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə