Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

Investitsiya 
kompaniyalari 
Investitsion  portfelni  shakllantirib,  uning  risklilik 
darajasini pasaytirish maqsadida pul bozori instru-
mentlarini sotib oladi;  
Moliyaviy kompaniyalar 
Individual investorlarga kreditlar taqdim etadi
Sugʻurta kompaniyalar 
Oʻz likvidliligini yoʻqotmaslik uchun pul bozoriga 
investitsiya kiritadi
Pensiya fondlari 
Risklilik  darajasi  past  boʻlganligi  uchun  pul  bo-
zori  instrumentlariga  oʻz  mablagʻini  investitsiya 
qiladi; 
Individual investorlar 
Oʻz  mablagʻlarini  pul  bozori  investitsiya  fondiga 
yoʻnaltiradi; 
Pul bozorining 
investitsiya fondlari 
Kichik  investorlarga  oʻz  mablagʻlarini  yirik  miq-
dorda sotiladigan pul bozori instrumentlarini sotib 
olish uchun investitsiya qilish imkonini beradi 
 
Pul  bozori  ishtirokchilarini  qimmatli  qogʻozlarni  sotuvchilar  va 
sotib  oluvchilar  kabi  ishtirokchilarga  boʻlishning  iloji  yoʻq.  Sababi 
ishtirokchilarning  asosiy  qismi  ikkala  vazifani  ham  bajaradi.  Misol 
uchun,  banklar  yirik  miqdorda  depozit  sertifikatlarini  emissiya  qilish 
orqali  mablagʻlarni  jalb  qilishi  hamda  korxonalarga  qisqa  muddatli 
kreditlarni ham berishi mumkin.  
Pul  bozori  ishtirokchilari  va  ularning  pul  bozoridagi  oʻrniga 
atroflicha toʻxtalib oʻtamiz.  
Xalqaro  amaliyotga  koʻra,  Moliya  vazirliklarining  asosiy  vazifa-
laridan biri Markaziy bank bilan hamkorlikda davlatning monetar siyo-
satini barqarorlashtirish hamda byudjet defitsitini qoplash hisoblanadi. 
Bu  vazifani  amalga  oshirish  uchun  ular  qisqa  muddatli  qimmatli 
qogʻozlar  (xazina  majburiyatlari)ni  emissiya  qiladi  va  joylashtirilgan 
qimmatli  qogʻozlar  hisobiga  jalb  qilingan  mablagʻlar  tegishli 
maqsadlarda  ishlatiladi.  Qimmatli  qogʻozlarni  soʻndirish  vaqti 
kelganida esa davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ular qoplanadi.  
Tijorat  banklari  hukumat  tomonidan  emissiya  qilingan  qimmatli 
qogʻozlarning eng asosiy sotib oluvchilaridan biri hisoblanadi. Buning 
asosiy  sabablaridan  biri  banklarga  investitsion  faoliyat  uchun 
qoʻyilgan cheklovlar hisoblanadi. Aniqroq aytadigan boʻlsak, koʻplab 


 
20 
mamlkatlarda banklarga risklilik darajasi yuqori boʻlgan aksiyalar hamda 
korporativ  obligatsiyalarni  sotib  olish  taʼqiqlangan.  Risklilik  darajasi 
pastligi  hamda  likvidlilik  darajasi  yuqori  boʻlganligi  sababli  davlat 
qimmatli qogʻozlarini sotib olish boʻyicha cheklovlar mavjud emas.  
Koʻplab  korxonalar  pul  bozorida  faol  tarzda  ishtirok  etishadi, 
yaʼni  ular  oʻz  qimmatli  qogʻozlarini  emissiya  qilib,  pul  bozoriga 
joylashtirish  orqali  sotishi,  shuningdek  qoʻshimcha  pul  mablagʻlarini 
foyda  koʻrish  maqsadida  pul  bozori  instrumentlariga  investitsiya 
qilishlari  ham  mumkin.  Ammo,  pul  bozori  instrumentlariga  investit-
siya kiritishdan asosiy koʻzlangan maqsad bu foyda koʻrish emas, oʻz 
mablagʻlarini qiymatini hamda likvidliligini ushlab turish hisoblanadi.  
Investitsiya  kompaniyalari  pul  bozorining  likvidlilik  darajasini 
taʼminlovchi  vositachilar  hisoblanishadi.  Chunki,  ular  asosan  indi-
vidual investorlarning mablagʻlaridan investitsion fondni shakllantiradi 
va  kompaniya  menejeri  tomonidan  maʼqul  koʻrilgan  qimmatli 
qogʻozlarga investitsiya kiritiladi. Agarda biror bir individual investor 
oʻz  mablagʻlarini  qaytarib  olmoqchi  boʻlsa,  investitsiya  fondi  ushbu 
investorga  oʻz  mablagʻlarini  qaytarib  beradi.  Shu  sababli  pul  bozori 
instrumentlari  uchun  ikkilamchi  bozor  talab  etilmaydi.  Bundan 
tashqari  investitsiya  kompaniyalari  yuqori  daromadli  investitsion 
loyihaning  uchrab  qolish  ehtimolini  inobatga  olgan  holda,  aksariyat 
mablagʻlarini pul bozori instrumentlarini sotib olishga yoʻnaltiradi.  
Xorijiy  amaliyotga  koʻra  moliyaviy  kompaniyalar  tijorat  qogʻoz-
larini  sotish  orqali  dastlab  mablagʻni  shakllantirib  oladi,  soʻngra  esa 
ushbu  mablagʻni  mijozlarga  qisqa  muddatli  kreditlar  sifatida  taqdim 
etadi va pul bozorida oʻz faolligi bilan ajralib turadi. 
 
Asosan  mol-mulkni  hamda  tabiiy  ofatlarga  qarshi  sugʻurtalovchi 
sugʻurta  kompaniyalari  pul  bozorining  faol  ishtirokchilaridan  hisob-
lanadi.  Sababi  bu  turdagi  sugʻurta  kompaniyalarida  kutilmagan  vazi-
yatda  katta  miqdordagi  mablagʻga  zarurat  tugʻilishi  mumkin.  Shu 
sababdan  ular  oʻzlarining  likvidliligini  yoʻqotmaslik  uchun  oʻz 
mablagʻlarining asosiy qismini pul bozoriga yoʻnaltiradi. Misol uchun, 
2004 yilda AQSHning Florida shtatida yuz bergan kuchli toʻfon tufayli 
sugʻurta kompaniyalari qariyb 1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan 
miqdordagi  mablagʻni  ushbu  toʻfondan  tafolat  koʻrganlarga  sugʻurta 
badali  sifatida  toʻlagan.  Ushbu  majburiyatni  bajarish  uchun  sugʻurta 


 
21 
kompaniyalari  oʻzlaridagi  pul  bozori  instrumentlarining  bir  qismini 
sotgan.  Pensiya  fondlari  oʻz  mablagʻlarining  bir  qismini  aksiya  va 
obligatsiya  bozorida  foydaliroq  investitsion  imkoniyatlar  yuzaga 
kelgan  vaqtda  undan  foydalanish  maqsadida  yetarli  mablagʻga  ega 
boʻlish  uchun  pul  bozoriga  investitsiya  kiritadi.  Sugʻurta 
kompaniyalari  singari  pensiya  fondlari  ham  yuqori  likvidlilikga  ega 
boʻlishi  lozim.  Sugʻurta  kompaniyalaridan  farqli  oʻlaroq  pensiya 
fondlarining  majburiyatlari  miqdori  va  ularni  bajarish  vaqtlarini 
oldindan tahlil qilish unchalik qiyin hisoblanmaydi.  

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə