Oʻzbekiston respublikasi


 Pul bozori instrumentlari



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

 
2.3. Pul bozori instrumentlari 
 
Xalqaro  tajribaga  koʻra,  pul  bozori  instrumentlariga  quyidagilar 
kiradi: 
- davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari;  
- qayta sotib olinuvchi shartnomalar
- depozit sertifikatlari
- tijorat qogʻozi; 
- bankir kafolati; 
- yevrodollar. 
Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari (T-Bills) asosan davlat 
qarzini qoplash uchun emissiya qilinadi. Yaʼni davlat oʻzining soliqlar 
orqali  byudjetiga  tushuvchi  mablagʻlari  kelguniga  qadar  qisqa 
muddatli qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qogʻozlarni emissiya 
qiladi. Ayrim davlatda bu qimmatli qogʻoz Moliya vazirligi tomonidan 
emissiya  qilinsa,  boshqalarida  Gʻaznachilik  tomonidan  emissiya 
qilinadi.  AQSH  misolida  koʻradigan  boʻlsak,  ushbu  qimmatli  qogʻoz 
Gʻaznachilik boshqarmasi (Treasury Department) tomonidan emissiya 
qiladi  hamda  T-Bills  deb  ataladi.  Ularning  muddati  asosan  28; 91  va 
182 kunni tashkil etadi. 1998-yildan beri AQSH hukumati investorlar 
uchun  ushbu  turdagi  qimmatli  qogʻozlarni  internet  orqali  sotib  olish 
imkonini  yaratdi  va  bu  oʻz  navbatida  ularni  individual  investorlar 
orasida  yanada  kengroq  tarqalishiga  olib  keldi.  Gʻaznachilik  ushbu 
qimmatli  qogʻozlar  uchun  hech  qanday  foiz  toʻlovini  amalga 
oshirmaydi.  Ular  oʻzining  nominal  narxidan  past  bahoda  bozorga 
joylashtiriladi  hamda  soʻndirilish  muddatida  nominal  narx  boʻyicha 


 
22 
soʻndiriladi.  Ularning  bozorga  joylashtirilish  hamda  soʻndirilish 
baholari  orasidagi  farq  asosan  muddatga  bogʻliq  hisoblanadi.  Ushbu 
turdagi  qimmatli  qogʻozlarning  risklilik  darajasi  nolga  teng  deb 
hisoblanadi,  sababi  hattoki  davlatda  ularni  soʻndirish  uchun  yetarli 
mablagʻ  boʻlmay  qolgan  taqdirda  ham,  davlat  shunchaki  qoʻshimcha 
valyuta  emissiya  qilish  orqali  ularni  soʻndirishi  mumkin.  Ularning 
muddati  qisqa  boʻlganligi  sababli  inflyatsiya  darajasining  taʼsiri  ham 
unchalik yuqori hisoblanmaydi.  
 
2.2-jadval 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə