Oʻzbekiston respublikasi


Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarining



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarining  
diskont stavkalari
6
 
 
Qimmatli qogʻozlar turlari 
11.04.2018 
holatiga 
03.2018 
holatiga 
03.2017 
holatiga 
Bir yillik qimmatli qogʻozlar boʻyicha
 
2.09 
2.03 
1.04 
91 kunlik qimmatli qogʻozlar boʻyicha
 
1.72 
1.67 
0.83 
182 kunlik qimmatli boʻyicha
 
1.88 
1.85 
0.95 
 
Qayta  sotib  olinuvchi  shartnomalar  (Repurchase  agreemens). 
Korxonalar davlat qimmatli qogʻozlarini qayta sotib olish sharti bilan 
boshqa  shaxsga  sotishi  mumkin.  Bunda  qancha  miqdorda  va  qachon 
qaytarib sotib olish oldindan kelishib olinadi. Aksariyat qayta sotib oli-
nuvchi  shartnomalar  3  kundan  14  kungacha  boʻlgan  muddatga  ega 
boʻlsada  ayrim  hollarda  bu  muddat  1  oydan  3  oygacha  ham  boʻlishi 
mumkin.  
Depozit  sertifikatlari  bank  tomonidan  emissiya  qilinuvchi  qim-
matli  qogʻoz  boʻlib,  oʻzida  muddatni  hamda  foiz  stavkasini  aks  etti-
radi.  Ushbu  turdagi  qimmatli  qogʻoz  oraliq  instrument  boʻlib,  belgi-
langan  muddat  tugagandan  soʻng  ushbu  sertifikatni  bankga  taqdim 
etgan  shaxs  asosiy  summani  hamda  foiz  toʻlovini  qoʻlga  kiritadi. 
AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, depozit miqdori $100 000 dan $10 
milliongacha boʻladi.  
Real sektor korxonalari tomonidan emissiya qilinadigan pul bozori 
instrumenti bu tijorat qogʻozi (Sommercial paper) hisoblanadi. Tijorat 
qogʻozi  taʼminlanmagan  qarz  majburiyatini  ifodalovchi,  korxonalari 
                                                 
6
 https://www.bankrate.com/rates/interest-rates/treasury.aspx 


 
23 
tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻoz  boʻlib, odatda muddati 
270 kungacha boʻladi. Sababi ushbu qimmatli qogʻoz taʼminlanmagan 
boʻlib, buning muddatini uzaytirish bankrotlik riskini oshirib yuboradi. 
Faqatgina  kreditga  layoqatli  korxonalar  ushbu  turdagi  qimmatli 
qogʻozni emissiya qilish imkoniga ega. Ularni emissiya qilish talablari 
mavjud  boʻlib,  unga  koʻra  ularning  muddati  AQSH  amaliyotida  270 
kundan oshmasligi lozim. Bundan koʻzlangan maqsad ushbu qimmatli 
qogʻozni  registratsiyadan  oʻtkazishdan  qochish,  yaʼni  qonunchilikda 
270 kundan ortiq muddatga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar Qimmatli 
qogʻozlar  va  ularni  ayriboshlash  komissiyasidan  roʻyxatdan  oʻtkazi-
lishi lozim. Asosiy qimmatli qogʻozlar asosan 20 kundan 45 kungacha 
boʻlgan muddatga ega boʻlib, asosan diskontlash asosida emissiya qili-
nadi. Taxminan 60% tijorat qogʻozlari bevosita emitentdan investorga 
sotiladi.  Bu  turdagi  qimmatli  qogʻozlar  uchun  ikkilamchi  bozor 
mavjud emas.  
Shu  oʻrinda  savol  tugʻilishi  tabiiy.  Pul  bozori  instrumentlarining 
daromadlilik  darajasi  qanday  aniqlanadi?  Ular  emissiya  qilingandan 
soʻng  oʻzining  nominal  bahosidan  past  narxda  sotiladi  va  muddati 
kelganda  esa  uni  sotib  olgan  investor  qimmatli  qogʻozni  emitentga 
taqdim  etib,  qimmatli  qogʻozning  nominaliga  teng  boʻlgan  summani 
qaytarib  oladi.  Shundan  kelib  chiqib,  ularning  daromadlilik  darajasi 
quyidagicha aniqlanadi.
7
 
 
 
(1) 
Bunda: 
 – yillik diskont stavka; 
 – 
qimmatli qogʻozning nominal bahosi; 
 – 
sotish bahosi; 
n– 
muddati (kunda); 
Bankir  kafolati  (Bankerʻs  acceptance)  XII  asrdan  boshlab 
qoʻllanila  boshlagan.  Aniqrogʻi  shu  turdagi  operatsiyalar  amalga 
oshirilishining  ilk  bosqichlari  oʻsha  davrga  toʻgʻri  keladi.  Ushbu 
qimmatli qogʻoz sotuvchidan xaridorga hali yetkazilmagan mahsulotni 
                                                 
7
 
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins. 
Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall 
2013, P. 261. 


 
24 
moliyalashtirish  uchun  ishlatiladi.  Tasavvur  qilamiz,  ABC  kompa-
niyasi  Yaponiyaning  XYZ  kompaniyasidan  buldozer  sotib  olmoqchi, 
ammo  XYZ  kompaniyasi  pulni  qoʻlga  kiritishdan  oldin  buldozerni 
yuborish  niyatida  emas,  sababi  u  kompaniya  haqida  unda  yetarli 
maʼlumot yoʻq. Oʻz navbatida ABC kompaniyasi ham buldozerni qa-
bul  qilishdan  avval  pulni  oʻtkazib  berish  niyatida  emas.  Ushbu 
vaziyatda  bank  Bankerʻs  acceptanceni  emissiya  qilish  orqali  eksport 
qiluvchi  tomon  nomidan  import  qiluvchi  tomonga  kafolat  beradi. 
Ushbu qimmatli qogʻoz qisqa muddatli yaʼni 30 kundan 180 kungacha 
boʻlib,  ikkilamchi  bozorda  ushbu  muddat  tugaguniga  qadar  sotilishi 
ham mumkin. Bank bu vaziyatda oʻz xizmati uchun 2-3% atrofida haq 
oladi. 
Yevrodollar (Eurodollars). Dollarning barqaror valyuta ekanligini 
inobatga  olgan  holda  aksariyat  shartnomalar  dunyo  boʻyicha  AQSH 
dollarida  amalga  oshiriladi.  Shu  sababdan  koʻplab  kompaniyalar  va 
davlatlar  dollarda  zaxira  saqlashni  afzal  koʻradi.  Shu  oʻrinda  savol 
tugʻiladi. Yevrodollar nima? Yevrodollar xorijiy banklar yoki Amerika 
banklarining  xorijiy  filiallarida  dollarda  shakllantirilgan  depozitlar 
hisoblanadi. 
Pul  bozori  instrumentlarini  taqqoslaydigan  boʻlsak,  ularning  foiz 
stavkalari  orasida  deyarli  tavofut  yoʻq.  Ularning  barchasi  diskontlash 
amaliyotini  qoʻllash  orqali  soʻndirilishini  inobatga  oladigan  boʻlsak, 
diskont  stavkalarining  yuqori  yoki  past  boʻlishi  faqatgina  ushbu 
qimmatli qogʻozlarning muddatiga bogʻliq hisoblanadi. 
Ularning likvidlilik darajasini taqqoslaydigan boʻlsak, davlat qisqa 
muddatli  qimmatli  qogʻozlarining  likvidlilik  darajasi  tijorat 
qogʻozlarinikiga  nisbatan  yuqoriroq  hisoblanadi,  sababi,  tijorat 
qogʻozlarini  sotishning  aksariyat  hollarda  imkoni  yoʻq,  shu  sababli 
investorlar ushbu qimmatli qogʻozni soʻndirilish muddatini kutadilar. 
Tijorat  banklari  tomonidan  taqdim  etiladigan  overdraft,  overnayt 
kreditlari  ham  pul  bozorida  keng  qoʻllaniladigan  amaliyotlardan 
hisoblanadi.  
Mamlakatimizdagi  tijorat  banklari  tomonidan  overdraft  kreditlari 
keng  doirada  qoʻllanila  boshlanganligini  ham  shu  oʻrinda  qayd  etib 
oʻtish zarur. 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə