Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

 
 
 
ISBN: 978-9943-13-811-7 
                                                       © S.Elmirzayev va boshqalar, 2019 
                                      © “Iqtisod-Moliya”, 2019 


 

 
 
 
KIRISH 
 
Bugungi  kun  iqtisodiyotida  real  sektor  singari  moliyaviy  sektor 
ham  alohida  dolzarblik  kasb  etadi.  Rivojlangan  mamlakatlarning 
moliyaviy-iqtisodiy  taraqqiyotida  va  bugungi  darajaga  erishishlarida 
moliya bozori shak-shubhasiz muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda real 
sektorni  moliyaviy  taʼminlash,  boʻsh  pul  mablagʻlarini  ishlab 
chiqarishga  yoʻnaltirish,  yangi  sohalarni  oʻzlashtirish,  davlat  byudjeti 
defitsitini noinflyatsion yoʻllar bilan mablagʻ jalb qilish orqali qoplash, 
aholi  daromadlarini  moliyaviy  aktivlar  orqali  oshirish  kabilar  alohida 
ahamiyat kasb etadi.  
2017-2021  yillarda  Oʻzbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlan-
tirish  boʻyicha  Harakatlar  strategiyasida  ham  moliya  bozorini  rivoj-
lantirish  masalasiga  alohida  eʼtibor  qaratilganligi  ham  yuqoridagilar 
bilan bevosita bogʻliq. Shuningdek, ehtiyojlarning keskin oʻsib borishi 
sharoitida  real  sektor  va  xizmat  koʻrsatish  subyektlarining  oʻz  fao-
liyatlarini  kengaytirib  borish  maqsadida  nafaqat  mahalliy,  balki  xal-
qaro  bozorlardan  ham    apital  jalb  qilish  masalasiga  alohida  eʼtibor 
qaratilayotgan bir vaqtda mamlakatimizda ham moliya bozorini rivoj-
lantirish  maqsadida  sohani  chuqur  oʻrganish,  bu  borada  xorijiy  ilgʻor 
tajribalarni  amaliyotga  joriy  etishda  “Moliya  bozori”  fani  muhim 
hisoblanadi.  
“Moliya  bozori”  fanini  oʻrganish  orqali  talabalar  moliya  bozori-
ning  iqtisodiy  mohiyati,  vujudga  kelishi,  rivojlanish  bosqichlari  va 
modellari,  pul  bozori  xususiyatlari  va  moliya  bozori  shakllanishidagi 
ahamiyati, aksiyalar bozorining oʻziga xos xususiyatlari va amal qilish 
mexanizmi, obligatsiyalar bozorining oʻziga xos xususiyatlari va savdo 
mexanizmi,  davlat  qimmatli  qogʻozlar  bozori  amal  qilish  shart-sha-
roitlari, hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozorining moliya bozori boshqa 
sektorlari  bilan  bogʻliqligi,  ipoteka  qimmatli  qogʻozlar  bozori 
muomalasi  tartibi,  xorijiy  valyutalar  bozorining  moliya  bozoridagi 
tashkiliy  jihatlari,  kriptovayutalarlar  bozorining  ishlash  mexanizmi, 
qimmatbaho  metallar  va  toshlar  bozori  xususiyatlari,  moliya  bozo-


 

rining  indikatorlari  va  indekslari,  moliya  bozori  risklari  va  ularni 
baholash,  fond  birjalari  va  fond  bozori  ishtirokchilari  faoliyat 
mexanizmi,  markaziy  bank  va  uning  moliya  bozoridagi  faoliyati, 
moliya  bozorida  tijorat  banklari  va  nobank  kredit  institutlarining 
ishtiroki, investitsiya va pay fondlarining moliyaviy operatsiyalardagi 
ahamiyati,  moliya  bozorida  sugʻurta  tashkilotlari  va  nodavlat  pensiya 
fondlarining  faoliyat  mexanizmi,  moliya  bozorini  tartibga  solishning 
iqtisodiy va huquqiy jihatlari bilan yaqindan tanishadilar. Darslikda bu 
jihatlarga eʼtibor qaratilganligiga guvoh boʻlish mumkin. 
Darslikda mavzularning nazariy jihatlari atroflicha yoritilishi bilan 
birga,  amaliy  mashgʻulotlar  boʻyicha  nazorat  savollari,  talabalarni 
fikrlashga undovchi alohida topshiriqlar, test savollari, masalalar ham 
dasturda  keltirilgan.  Bunda  asosiy  eʼtibor  talabaning  mustaqil 
ishlashiga qaratilgan.  
Mavzular  yoritilishida  moliya  bozorining  milliy  amaliyoti  bilan 
birga,  rivojlangan  davlatlar  tajribalariga  ham  alohida  eʼtibor 
qaratilganligini  qayd  etib  oʻtish  lozim.  Shuningdek  mustaqil  tahlimni 
samarali tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilgan.  
Darslik “Moliya”, “Kasbiy taʼlim (Moliya)”, “Bank ishi”, “Kasbiy 
taʼlim (Bank ishi)”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Buxgalteriya hisobi 
va  audit”,  “Sugʻurta  ishi”,  “Pensiya  ishi”,  “Baholash  ishi”,  “Davlat 
byudjeti  gʻazna  ijrosi”,  “Korporativ  moliya”  yoʻnalishlari  uchun 
moʻljallangan boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan “Moliya bozori” fani oʻquv dasturi asosida yozilgan.  

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə