Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

 


 

 
 
 
I BOB. MOLIYA BOZORINING NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. Moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli 
jihatlari, tarkibiy qismlari 
 
Biznes  samaradorligi  (rentabelligi)ni  oshirish  masalasi  bugungi 
iqtisodiy  sharoitda  eng  asosiy  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Biznes 
samaradorligining  oshib  borishi  oʻz  navbatida  davlat  moliyaviy 
barqarorligi  taʼminlanishi  bilan  birga  keskin  raqobat  sharoitida  jahon 
bozorida mustahkam oʻrin egallashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bunda arzon kapital jalb qilish va boshqa tomondan kapitalni samarali 
joylashtirish  muhim  omillardan  biridir.  Qoʻyilgan  har  ikkala  vazifani 
ijobiy hal qilishda moliya bozorining amal qilish mexanizmi yordamga 
keladi. Aynan moliya bozori iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy 
kuch  sifatida  amal  qilishi  zarar  koʻrib  ishlayotgan  korxonalarning 
bozordan chiqib ketishiga sabab boʻladi, kapital isteʼmolchisining oʻz 
faoliyatini  toʻgʻri  tashkil  etishga  majbur  qiladi,  iqtisodiy  taraqqiyotni 
jadallashtirish  imkonini  beruvchi  texnologik  innovatsiyalarni  doimiy 
qoʻllab-quvvatlaydi,  investitsiya  loyihalaridan  eng  samaralisini 
tanlashni shart qilib qoʻyadi. 
Moliya  bozorida  pul,  kredit,  qimmatli  qogʻozlar,  valyutalar,  su-
gʻurta  polislari,  pensiya  jamgʻarmalari,  qimmatbaho  metallar,  hosila-
viy  moliyaviy  instrumentlar  va  boshqalar  maxsus  tovar  sifatida 
muomalada  boʻladi.  Bunda  tijorat  banklari,  birjalar,  jamgʻarma 
institutlari,  jamoaviy  investitsiyalash  kompaniyalari  va  boshqalar 
asosiy vositachilar sifatida koʻzga tashlanadi. Moliya bozorida capital-
ga  boʻlgan  talab  va  taklif  asosida  vositachilar  yordamida  kapitalni 
kreditor  va  qarz  oluvchi  oʻrtasida  qayta  taqsimlash  mexanizmi  amal 
qiladi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  amaliyotda  pul  mablagʻlari 
oqimini  haqiqiy  egasidan  qarz  oluvchiga  va  aksincha  yoʻnaltiruvchi 
moliya-kredit  institutlari  faoliyati  tashkil  etiladi.  Moliya  bozorining 
asosiy  funksiyasi  boʻsh  pul  mablagʻlarini  ssuda  kapitaliga  aylan-
tirishda  ham  namoyon  boʻladi.  Tashkiliy  nuqtai  nazardan  moliya 


 

bozoriga moliyaviy instrumentlar emissiyasi, xaridi va savdosini amal-
ga oshiruvchi iqtisodiy subyektlar, moliya institutlari jamlanmasi sifa-
tida ham qaralishi mumkin. Har bir moliya instituti moliyaviy instru-
mentlarning  aniq  bir  toʻplami  bilan  u  yoki  bu  operatsiyani  amalga 
oshirish boʻyicha aniq vakolatga egaligini alohida taʼkidlash lozim. 
Moliya bozorining asosiy vazifasi sifatida moliyaviy resurslarning 
yakuniy  isteʼmolchilari  oʻrtasida  jamgʻarmani  samarali  taqsimlashni 
taʼminlash  masalasi  qoʻyiladi.  Bu  masalani  hal  qilish  ham  obyektiv, 
ham  subyektiv  sabablarga  koʻra  murakkablik  kasb  etadi.  Chunki 
moliya  bozori  ishtirokchilari  manfaatlari  bir-biriga  qarama-qarshiligi, 
moliyaviy  majburiyatlarni  bajarish  boʻyicha  risklarning  yuqoriligi  va 
boshqa holatlar vazifaning toʻliq bajarilishiga imkon bermaydi. Moliya 
bozori  aholi  jamgʻarmalarini  investitsiyalarga  aylantirishning  asosiy 
mexanizmi  hisoblanadi,  u  investor  va  jamgʻaruvchi  manfaatlarining 
oʻzaro muvofiqligini taʼminlaydi. Yuqoridagilar asosida moliya bozori 
mohiyatiga toʻxtalib oʻtamiz. 
Gʻarb  iqtisodiy  adabiyotlarida  moliya  bozorlari  pul  mablagʻlari 
oqimini  jamgʻaruvchidan  qarz  oluvchiga  yoʻnaltiruvchi  bozor  insti-
tutlari  jamlanmasi  sifatida  keltiriladi.
1
  Frederik  Mishkin  ortiqcha 
mablagʻlarga  ega  odamlardagi  pul  mablagʻlarini  pul  mablagʻlari 
yetishmayotganlariga  oʻtkazib  berishga  xizmat  qiluvchi  bozorlarni 
moliya  bozorlari  deb  ataydi.
2
  Keltirilayotgan  taʼriflar  asosida  taʼkid-
lash mumkinki, 
moliya bozori – 
moliyaviy instrumentlardan foydana-
nish  asosida  moliyaviy  vositachilar  orqali  vaqtincha  boʻsh  pul 
mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozordir. 
Moliya  bozorisiz  yirik  kapitalni  jalb  qilish  va  yirik  loyihalarga 
investitsiyalash  murakkab  masaladir.  Sotuvchi  va  xaridorlar  sonining 
koʻpligi  natijasida  shakllangan  raqobat  mexanizmi  orqali  bozorda 
moliyaviy  aktivga  nisbatan  yagona  bozor  bahosi  shakllanadi  va 
axborot  shaffofligiga  erishiladi.  Bugungi  yuqori  texnologik 
imkoniyatlar sharoitida maxsus vositachilik tuzilmalaridagi koʻp sonli 
operatsiyalar  hisobiga  pul  va  boshqa  aktivlar  muomalasi  xarajatlari 
                                                 
1
 Долан Э.Дж
., 
Кэмпбелл К
.
Д. 
Деньги, банковское дело и денежно-кредитная политика. 
М. ; СПб., 1993. С. 15.  
2
 
Frederick  S.  Mishkin,  Kent  Matthews  and  Massimo  Giuliodori.
  The  economics  of  money, 
banking  and  financial  markets.  UK.  Pearson,  2013.  P.3.;  Frederic  S.  Mishkin,  Stanley 
G.Eakins. Financial markets and institutions. USA. Prentice Hall, 2012. P.2. 


 

pasaytirilishi,  risklar  sugʻurtalanishi,  sotiladigan  aktivlar  turlari 
kengayishi yuz bermoqda.  
Moliya  bozorining  rolini  chuqurroq  anglash  uchun  uning 
funksiyalarini bilish talab etiladi. 1997 yil iqtisodiyot boʻyicha Nobel 
mukofoti  laureati  Robert  Merton  moliya  bozorining  quyidagi 
funksiyalarini ajratib koʻrsatadi: 
- kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash; 
- kapital jamlash va korxonalarga ulush kiritish
- toʻlov-hisob-kitob; 
- risklarni boshqarish
- axborot; 
-  axborotlar  assimmetriyasi  bilan  bogʻliq  muammolarning  oldini 
olish. 
Moliya  bozorining  ishtirokchilari  sifatida  kapital  jalb  qiluvchilar, 
investorlar,  vositachilarni  ajratib  koʻrsatish  mumkin.  Bunda  oʻz-oʻzi-
dan ayonki kapital jalb qiluvchilar mohiyatan qarz oluvchilar sifatida 
namoyon  boʻladi.  Investorlar  esa  oʻz  kapitallarini  vositachilar  orqali 
joylashtiradilar (1.1-rasm). 
 
 
 
1.1-rasm.
 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə