O’zbekiston respublikasi



Yüklə 151,5 Kb.
səhifə1/7
tarix07.02.2022
ölçüsü151,5 Kb.
#83531
  1   2   3   4   5   6   7
Mehrobdan chayon


Farg'ona Davlat Unversiteti

Filologiya va tillarni o'qitish (ingiliz tili) yo'nalishi

18-100 A gurux talabasi

Xolmatova Dilafruz G'ayratjon qizi

MAVZU: ABDULLA QODIRIYNING “MEHROBDAN CHAYON” ROMANI TAHLILI

Farg’ona 2022 yil


Reja:
1. “Mehrobdan chayon” romanining o`zbek adabiyoti va o`zbek adabiy tili takomilidagi o`rni

2. Romanning fonetik va morfologik xususiyatlari

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. “Mehrobdan chayon” romanining o`zbek adabiyoti va o`zbek adabiy tili takomilidagi o`rni

O`zbek adabiyoti tarixida o`zining yuksak badiiy mahorat bilan yozilgan roman, qissa, hikoya, felyeton va adabiy lavhalari bilan xalqimiz qalbiga kira olgan Abdulla Qodiriy o`zbek adabiyoti va o`zbek adabiy tili ravnaqiga katta hissa qo`shdi. Yozuvchining mashhur asarlari “O`tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari va “Obid ketmon” qissasidir.

Abdulla Qodiriy tarixiy mavzudagi ijodini davom ettirib, “O`tgan kunlar” asaridan so`ng ikkinchi yirik asari “Mehrobdan chayon” romanini 1928-yilning fevralida yozib tugatadi. Roman 1929-yili Samarqandda bosilib chiqadi. “O`tkan kunlar”dan so`ng qisqa vaqtda “Mehrobdan chayon”ning yozilishi yozuvchining ulg`aygani, g`oyaviy-estetik takomili mahsuli edi.

Abdulla Qodiriyning asarlari, jumladan, romanlari jahon miqyosida tez tarqaldi. “O`tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari rus, ozarbayjon, latish, litva, tatar, turkman, uyg`ur, qirg`iz, qozoq, qoraqalpoq, arab, italyan, ingliz, nemis, turk va boshqa tillarga tarjima qilinib qayta-qayta nashr etilib kelinmoqda.

Sobir Mirvaliev qayd etishicha, Abdulla Qodiriy arab yozuvchisi Jo`rji Zaydonni o`ziga ustoz deb bilgan.

A.Qodiriy iste`dodi, mahorati va tasvirlash uslubi jihatidan ustozidan ancha yuqoriga ko`tarildi. Agar J.Zaydon tarixni tavsif etish yo`lidan borsa, A.Qodiriy uni tasvirlash, ko`rsatish yo`lidan bordi. U J.Zaydon kabi tarixchi-xronikachi emas, yozuvchi-san`atkor sifatida maydonga chiqdi. Bu yozuvchining novatorligi edi.1




1 Мирвалиев С. Роман ва замон. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 11.

A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida Turkiston xalqlarining XIX asrning birinchi yarmidagi hayoti, zulmga qarshi kurashi, yurtning o`zaro nizolar tufayli inqirozga yuz tutishi yoritilgan.

Hayotiy material va manbalar asosida yaratilgan “Mehrobdan chayon” romanining yetakchi maqsadi jamiyat manzaralarini tasvirlashdir. Yozuvchi asar yaratishdagi tayyorgarligi haqida shunday yozadi: “Men materiallarni o`rganish mahalida asarni qaysi xilda yozish haqida bosh qotirib yuraman. Shuning natijasida men o`zimcha asarimning juda ham taxminiy bir sxemasini tuzib olib, keyin ishga tushaman. Shunday sxema bo`lmasa, hech qachon yozuvga o`tira olmayman”. 1

Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanida Qo`qon xoni Xudoyorxon va uning saroyidagi adolatsizlik, buzuqliklar, xon saroyining fisq-u- fasod va fitna uyasi ekanligi ochib tashlangan. Romanning mavzusini yozuvchi- ning o`zi quyidagicha izohlaydi:

“Turkiston feodallarining keyingi vakili bo`lgan Xudoyorxonning o`z xohishi yo`lida dehqon ommasi va mayda hunarmand-kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi keluvchilarga, tilasa kim bo`lmasin, rahmsiz jazo berishi – romanning mavzuidir. Xudoyorning bu yo`ldagi birinchi istinodgohi bo`lgan ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitganligi va qolgani ham ifloslik pardasi ostida sezilmas darajaga yetganligi mundarija sig`dirgan qadar bayon qilinadi. Bular – romanning nomarg`ub – manfiy qahramonlari.

Ikkinchi tarafda – mazkur qora kuchlarga qarshi “tuban” sinf – kambag`al- lar, ularning xonlik tuzilishiga, qora kuch – ulamo alayhiga chiqishi, mehnatkash kambag`allarning axloqi, sajiyasi oilasi va bir-biriga aloqasi, samimiyati” 2.

“Mehrobdan chayon” o`zbek adabiyoti tarixidagi eng mashhur va majzub romanlardan biridir. Abdulla Qodiriy ma`naviyatidan sizib chiqqan bu totli





1 Ёзувчи ўз ижоди тўғрисида. – Абдулла Қодирий. Кичик асарлар. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1969.

2 А.Қодирий, “Меҳробдан чаён”, Тошкент, ЎзССР Давлат бадиий адабиёт нашриёти, 1959, 5-бет. Бундан кейинги кўчирмалар ҳам шу манбадан олиниб, фақат бетларини қавс ичида кўрсатиш билан чегараланамиз.

chashma yetmish yildirki tashna qalblarga orom bag`ishlab keladi. Horg`in ruh- larga yengillik, g`amg`in ko`ngillarga surur va mahzun dillarga zavq ulashadi. 1

Umuman olganda, “Mehrobdan chayon” romani g`oyaviy mazmun jihatidan ham, badiiy mahorat jihatidan ham baquvvat, go`zal asar.2

Mashhur adabiyotshunos olim Umarali Normatov ta`biri bilan aytganda, “Mehrobdan chayon” hayot haqiqatini “orttirmay va kamitmay” o`z holicha jamiki tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini o`ziga xos ohang- lar, bo`yoqlar vositasida teran ifodalab bergan o`xshashi yo`q badiiy obidadir.3

1958-yildan boshlab Abdulla Qodiriyning qutlug` nomi, asarlari xalqqa qaytarila boshlandi. U oqlangandan keyin u haqida va asarlari bo`yicha tadqiqotlar va risolalar yaratildi. Jumladan, adabiyotshunoslik sohasida M.Qo`shjonovning “Abdulla Qodiriyning tasvirlash san`ati” (1966), “Qodiriy – erksizlik qurboni” (1992), “O`zbekning o`zligi” (Qodiriyga armug`on) (1994), A.Alievning “Abdulla Qodiriy” (Adabiy-tanqidiy ocherk, 1967), F.Nasriddinovning “Adibning yo`li” (1971), “Mahorat jilolari” (Abdulla Qodiriy ijodiyoti) (1974), M.Sultonovaning “Yozuvchi uslubiga doir” (1973), I.Mirzaevning “Abdulla Qodiriy” (1975), O.Sobirovning “Sarchashma adib ijodida” (1975), “Abdulla Qodiriyning ijodiy evolyutsiyasi” (1977), Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” (1974-1983), Murodxon Abdug`afforning “Iste`dod jozibasi” (Abdulla Qodiriy hikoyalarining badiiyati va ularning qiyosiy tahlili) (1992), U.Normatovning “Qodiriy bog`i” (Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi haqida, 1995), “O`tgan kunlar” hayrati (1996), X.Lutfiddinovaning “Gullarning ra`nosi” (1997), Bahodir Karimning “Qodiriy qadri” (2003), S.Mirvalievning “Abdulla Qodiriy” (2004) kabi ilmiy risolalari yaratildi.

1 Баҳодир Карим. Мувозанат – талқин таянчи. Қодирий қадри. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2003. – Б. 36.

2 Мирзаев С. Ўзбек романчилиги. – Самарқанд, 1998. – Б.52.

3 Жамоа. ХХ аср ўзбек адабиёти тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1999. – Б. 160.

Abdulla Qodiriy asarlari tili bir qancha ilmiy ishlarga lingvistik tadqiq manbai bo`lgan. X.Doniyorov va B.Yo`ldoshev, Y.Tojiev kabi olimlar va ularning shogirdlari o`z izlanishlarida adib ijodiga jiddiy e`tibor qaratishgan1.

O`zbek tilshunosligida yozuvchi asarlarining til xususiyati xususida so`z ketganda dastlab X.Qahhorovaning nomzodlik dissertatsiyasini tilga olish zarur.2 Olima bu ilmiy ishida Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar”, “Mehrobdan cha- yon”, “Obid ketmon” asarlarida qo`llangan frazeologizmlarning paydo bo`lish sabablarini, muallifning nutqigagina xos iboralarni chuqur tahlil qilgan, tasnifini bergan.

Mustaqilligimizdan keyingi ishlar sirasiga Z.T.Choriyeva hamda L.O.Djalolovalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Z.T.Chorieva nomzodlik dissertatsiyasida 3 adib romanlaridagi maktublarni lug`aviy-ma`noviy va uslubiy jihatdan tahil qiladi. Maktublarni matn mazmunidan kelib chiqqan holda tasniflab va lingvopoetik nuqtai nazaridan o`rganib, yozuvchining badiiy mahoratini ko`rsatishga, maktub janri orqali o`zbek tili uslubining rivojini, adabiy til, nutqiy hodisalarning lisoniy asoslarini ochib berishga harakat qilgan.

L.Djalolovaning Abdulla Qodiriy “O`tkan kunlar” romanining lingvistik tadqiqiga bag`ishlangan nomzodlik dissertatsiyasi 4da Abdulla Qodiriyning badiiy til mahorati, hozirgi o`zbek tilining shakllanishidagi xizmatlari hamda “O`tkan kunlar” romani tilining fonetik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari tadqiq qilingan. Adibning noverbal vositalarning lisoniy ifodalaridan foydalanish maho- rati, o`zbek tilining grammatik imkoniyati va o`zbek xalqining nutqiy madaniyatini yuksaltirishdagi xizmatini ko`rsatuvchi bu ish ham Abdulla Qodiriyning badiiy til mahoratini o`rganishda muhim ahamiyatga ega.



Adib badiiy nutqining leksik, lingvopoetik xususiyatlari tadqiqi borasida O`.Lafasov tadqiqotlari ham e`tiborga molik. Tadqiqotchi romanlardagi leksik

1Дониёров Ҳ., Мирзаев С. Сўз санъати. – Т.: Ўздавнашр, 1962; Мирзаев И. Абдулла Қодирий эволюцияси. – Т.: Фан, 1972; Тожиев Ё. ва б. Ўзбек нутқи маданияти ва услубият асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1974; Қўшжонов М. Ўзбекнинг ўзлиги. – Т.: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1994.

2Каххарова Х. Фразеология Абдулла Кадыри: Автореф. дисс… канд. филол. наук. – Т., 1985.

3Чориева З.Т. Абдулла Қодирийнинг “Ўткан кунлар” романидаги мактубларнинг луғавий-маъновий ва услубий хусусиятлари: Филол. фан. ном. ... дисс. автореф. – Т., 2006.

4Джалолова Л.О. Абдулла Қодирийнинг “Ўткан кунлар” романининг лингвистик тадқиқи: Филол. фан. ном.

... дисс. автореф. – Т., 2007.

birliklarning “iqtisodiyotga doir umumiy atamalar”, “oliq-soliqqa oid atamalar”, “pul-mablag` bilan bog`liq atamalar” kabi turlarini tahlil qiladi. O`. Lafasov bosh- qa bir maqolasida adibning izohlovchilarni qo`llash mahorati yuzasidan fikr yuritadi.1


  1. Qodirova tomonidan Abdulla Qodiriy asarlarida qo`llangan evfemizm va disfemizmlar tadqiq etilgan. Dissertatsiyada adib asarlariga xos evfemizm va disfemizmlarning lisoniy tasnifi berilgan, adibning evfemizm va disfemizmlardan foydalanish mahorati yoritilgan.2 Biroq “Mehrobdan chayon” romaning lisoniy xususiyatlari to`liq monografik aspektda o`rganilmagan.



1 Лафасов Ў. Қодирийнинг изоҳловчиларни қўллаш маҳорати // Ўзбек тили ва адабиёти, 2006, – № 3. – Б.70- 72.

2 Қодирова Х.Б. Абдулла Қодирийнинг эвфемизм ва дисфемизмлардан фойдаланиш маҳорати: Филол. фан. ном дисс. автореф. – Тошкент, 2009. – 24 б.


Yüklə 151,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə