O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə10/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

bob. Moliyaviy siyosat


    1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va printsiplari

Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruv-ning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asosla-nadi. Qisqa qilib aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun etarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.

Siyosat davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’yekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to’g’risida so’z yuritiladi. Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan musta-qil sohasi bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro

munosabatlar bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas.

Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:


  • bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun echilishi zarur bo’lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlab olish;

  • qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishila-digan, yaqin davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish;

    • qo’yilgan vazifalarni yechishga qodir bo’lgan kadr-larni tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə