O‘zbekiston Respublikasi


bob. Moliyaviy tizim Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə14/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

bob. Moliyaviy tizim

    1. Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari

Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllana-digan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxona-larning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliyaviy tizim deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: Xo’jalik sub’yektlari, uy xo’jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining pul mablag’larini taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri bilan bog’liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, bo’g’inlari va sohalarining yig’indisi moliyaviy tizim deyiladi”.

“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va printsipial jihatdan butunlay yangi bo’lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlariga nisbatan ob’yektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo’linadi27:


O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog’liq ravishda bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin:

  • davlat byudjeti;

  • byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;

  • davlat krediti.

Shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi quyidagi bo’g’inlardan iborat:





27 Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliyaviy tizimning sohalari, ko’pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin qilingan edi. Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A., Jevtyak P.N., Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko’ra, moliyaviy tizim odatda, ikki sohadan, ya’ni 1) korxonalar va xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan iborat bo’lgan. Moskva maktabining vakillari (Shermenev M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va boshqalar) fikricha esa, moliyaviy tizimning sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab chiqarish sohasi moliyasi. Shunday bo’lishiga qaramasdan ularning har ikkalasi ham SSSRning iqtisodiy bazisiga va u tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga mazmunan mos kelgan edi.

Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko’rinishda quyi-dagicha ifodalash mumkin:





Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə