O‘zbekiston Respublikasi


notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə17/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. 2000-yillar boshida bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulotning o’rtacha 3,5%ini tashkil etgan (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga teng bo’lgan.

Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo’la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi



28 O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan ortiqrog’i har yili xayr-ehson maqsadlariga xayriya qilganlar va ularning bu badallari o’rtacha ular yillik daromadlarining 2%dan ko’prog’ini tashkil etgan. Buyuk Britaniya aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o’rtacha xayr-ehson badali uy xo’jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-e, dop. i pererab.

/Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.183).



29 AQSh katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining 30% ixtiyoriy xizmatlarga haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday ishlarga haftasiga 3,7 soatni sarf qilishadi. (Qarang: o’sha erda).

to’planmoqda va u zamo-naviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.

Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususi-yatlari quyidagilardan iborat:


  • faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo’naltirilganligi;

  • e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;

  • bozor xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoli-yatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo’shib olib borish.

Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy man-balari quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi:

  • byudjet mablag’lari;

  • tijorat faoliyati:

  • tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum;

  • aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va omonatlar bo’yicha olinadigan daromadlar;

  • notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan xo’jalik jamiyat-larining faoliyatidan olinadigan daromadlar;

  • tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik yordamlari;

  • ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o’zida tushib turishi mumkin bo’lgan tushilmalar;

  • qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masa-lan, ko’ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auktsion-lar, ko’ngilxo’shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan tushilmalar.

Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turli-chadir. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda xususiy xayriyalarning miqdori keyingi yillarda 1%dan (Yaponiyada) 20%gacha (AQShda) oraliqda bo’lgan va o’rtacha 11%ni tashkil etgan. Hukumat ajratmalarining salmog’i esa 26%dan (Germaniya) 71%gacha bo’lib, uning o’rtacha darajasi 48%ga teng bo’lgan. Notijorat tashkilotlarining o’zlari tomonidan ishlab topilgan mablag’larning salmog’i 23%dan (Vengriya) 71%gacha tebranib, uning o’rtacha darajasi 41% atrofida edi.

Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida

amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash bevosita va bilvosita shakl-larda amalga oshirilishi mumkin.

Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo’l-lab- quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:



  • to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;

  • hamkorlikda moliyalashtirish;

  • davlat ijtimoiy buyurtmasi.

Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shakli-dan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to’lovlari va boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. Bilvosita moliyalash-tirishning asosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • soliq xarakteriga ega bo’lmagan imtiyozlar;

  • soliqlardan imtiyozlar;

  • boshqa imtiyozlar.

Soliq to’lashda imtiyoz berish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

  • xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar;

  • homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.

Boshqa imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’-ladi:

  • notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, er maydonlarini ajratish;

  • litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish;

  • aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to’lashda imtiyozli tariflardan foydalanish;

  • va boshqalar.

Davlat organlari notijorat tashkilotlarining fao-liyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo’lsa, xarajatlarning yo’na-lishiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.


    1. Yüklə 1,07 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə