O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə20/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

bob. Moliyaviy boshqaruv




    1. Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati

“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’ektni rivojlan-tirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko’rsatishni anglatadi. Moliyaviy tizim doirasida moliyaviy resurslarni tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish har doim muayyan bir maqsadlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ma’lum bir tarzda boshqaruv tizimini tashkil etishni taqozo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko’rinishda boshqaruv sub’yektining boshqaruv ob’yektiga maqsadga yo’naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.

Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani bajarish moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.

Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo’lib, boshqa- riladigan (ob’ektlar) va boshqaruvchi (sub’yektlar) tizim-larning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) to’plamidan (majmuidan) iborat bo’lgan moliyaviy tizimni nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari to’plamidan (majmuidan) iborat bo’lgan moliyaviy tizimni o’z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bo’lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’ektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’yektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham o’z ichiga oladi.

Moliyaviy boshqaruvning ob’yekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli ko’rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzilishi, mamlakatdagi siyosiy kuchlarning mavqei (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan o’ziga xos bo’lgan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasida moliyaviy boshqa-ruvning sub’yekti bo’lib moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi.

Davlatning xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va uy xo’jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi o’zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini boshqarish (tartibga solish), moliya bozorini

tartibga solish, davlatning qo’llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va h.k.lar orqali amalga oshiriladi.

Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kama-yishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkam-ligida va, nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy metodologik printsiplari quyidagilardan iborat:



    • pirovard maqsadga bog’liqlik;

    • xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvo-zanatliligi;

    • jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;

    • iqtisodiy qonunlardan foydalanish;

    • real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakl-lari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

    • moliyaviy rejalashtirish;

    • bashoratlash (prognozlashtirish);

    • dasturlashtirish;

    • moliyaviy tartibga solish;

    • moliyaviy nazorat;

    • moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;

    • moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.

Eng umumiy ko’rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini 4.1.1- chizmadagidek tasavvur qilish mumkin.



Prezident; Parla-ment; Hukumat; Moliya vazirligi; Davlat soliq qo’mitasi; Markaziy bank; Hisob palatasi;

va boshqa- lar.

Boshqaruv printsip- lari; Moliyaviy bashorat- lash; Moliyaviy dasturlash; Moliyaviy rejalash- tirish; Moliyaviy tartibga solish; Moliyaviy nazorat; Moliyaviy qonunchi- lik; Moliyaviy tahlil.




Byudjet fondlarini shakl-lantirish va foyda- lanish bo’- yicha muno- sabatlar; Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlarini shakllan-tirish va foydala- nish bo’yicha munosabat- lar;

Sug’urta fondlarini shakllan-tirish va foydanish bo’yicha mu- nosabat-

lar.

Makro- iqtisodiy muvo- zanat; Byudjet rejala- rining profi- tsitligi; Davlat qarzining mavjud emasligi; Mustah- kam (barqa- ror)

milliy valyuta.






Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə