O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə28/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

bob. Moliyaviy nazorat

    1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti, predmeti, tizimi, vazifalari, printsiplari

Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’yektiv xos bo’lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo’lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo’nalishda (aspektda) qaraladi:



      • barcha iqtisodiy sub’yektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat’iy tartib asosida tashkil etilgan faoliyati;

      • moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elementi.

Moliyaviy nazoratning har ikki yo’nalishi (aspekti) bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazo-ratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi.

Barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo’jalik operatsiya-larining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o’z ichiga oladi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo’lishining baholashni o’z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o’zining analitik yo’nalishiga (aspektiga) egadir.

Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiri-ladigan nazorat bo’lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi.

Moliyaviy nazorat nazorat qiluvchi faoliyatning boshqa sohalaridan ajralib turadigan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, uning ob’yekti va predmeti, nazorat sub’yektlari (hokimiyat va

agentlar) va boshqariladigan sub’yektlarning tarkibi, maqsadlari va vazifalari, shakllari va usullari mavjud.

Moliyaviy nazorat ob’ektlari bo’lib iqtisodiyotdagi barcha sub’yektlarning pul jamg’armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish, shuningdek moddiy, mehnat va boshqa resurslarni jalb qilish jarayonidagi pul oqimlari yoki munosabatlari hisoblanadi.

Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko’rsatkichlardan iborat:


      • turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;

      • soliq to’lovlarining hajmlari;

      • xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadlari;

      • xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning muomala xara-jatlari;

      • tannarx va foyda;

      • uy xo’jaliklarining daromadlari va xarajatlari;

      • va boshqalar.

Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko’rsatkichlarning ko’plari hisobli ko’rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o’z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to’g’riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqozo etadi.

Moliyaviy nazorat sub’yektlari bo’lib vakolatli davlat organlari, shuningdek, moliyaviy qonunlarga rioya qilini-shini tekshirish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan nodavlat tashkilotlar va muassasalari hisob-lanadi.

Nazorat ostida bo’lgan sub’yektlarga davlat hokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va moliyaviy bitimlarni bajaruvchi jismoniy shaxslar kiradi.

Davlat moliyaviy nazoratining maqsadi davlat moliyaviy faoliyatining qonuniyligi va samaradorligini ta’minlash sifatida belgilanishi mumkin.

Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadini amalga oshirish (vipolneniya), ya’ni moliyaviy faoliyatning qonuniyligi va samaradorligini ta’minlash davlatning moliyaviy siyosatiga bog’liq ravishda muayyan vazifalarni hal qilish orqali amalga oshiriladi:


  • Davlat markazlashtirilgan va markazlashmagan pul mablag’larini shakllantirishda davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;

  • Davlat daromadlarini shakllantirish va ulardan oqilona foydalanish ustidan tegishli nazoratni ta’min-lash;

  • nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va takomillashtirish;

  • hokimiyat organlarii tomonidan tegishli moliyaviy resurslarni to’plash, taqsimlash va ulardan foydalanish funksiyalarini bajarilishini nazorat qiladi;

  • tashkilotlar va jismoniy shaxslarning davlat organ-lari va tashkilotlari oldidagi moliyaviy majburiyat-larning bajarilishini tekshirish;

  • Byudjetdan mablag’ oluvchilarni byudjet mablag’la-ridan maqsadli foydalanishni tekshirish;

  • korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning moliyaviy faoliyatini tekshirish;

  • sub’yektlar tomonidan naqd pul hisob-kitoblari va kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga amal qishlinishini tekshirish;

  • valyuta va valyuta operatsiyalarni o’tkazish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;

  • moliya sohasida jinoyatlarning oldini olish va oldini olish.

Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo’lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.

Moliyaviy nazorat, bir tomondan, o’zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, mustaqil bo’lgan ikki sohaga bo’linadi36:



    • davlat moliyaviy nazorati;

    • nodavlat moliyaviy nazorati.

Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kom-pleksli va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir.

Davlat moliyaviy nazoratning ahamiyati va o’rnini ob’yektiv baholansh uchun uni ikki jihatdan ko’rib chiqish kerak: tor va keng ma’noda.

Keng ma’noda davlat moliyaviy nazorati - samarali davlat moliya siyosatini amalga oshirish uchun mamlakat iqtisodiy




36 Ayrim iqtisodchi olimlarning fikricha, moliyaviy nazorat tizimi o’z ichiga quyidagilarni oladi: davlat moliyaviy nazorati; kontragentlar bilan moliyaviy-hisob-kitob munosabatlari jarayonidagi nazorat; nodavlat moliyaviy nazorati. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-e, dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.23).

xavfsizligini ta’minlash va davlat moliyaviy jarayonida davlat manfaatlarga rioya etilishini ta’min-laydigan tartibga solish chora- tadbirlarining yig’indi-sidir.

Tor ma’noda davlat moliya nazorati esa mamla-katning samarali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi maqsadida davlat va mahalliy hokimliklarning davlat pul fondlari mablag’larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonining qonuniy va maqsadga muvofiqligi ustidan davlat hokimiyat organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratdir.

Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoit-larni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar u umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo’lsa, bu holda davlat moliyaviy nazorat-chilari ham davlat sektorida, ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo’ladi. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.

Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo’linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik)37.

Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko’rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish metod-larining o’xshashligiga qaramasdan, o’zlarining pirovard maqsadlari bo’yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo’lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazorat-ning (ayniqsa, firma ichidagi moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi





37 Nodavlat moliyaviy nazorat xususida ushbu bobning 6.4-paragrafida batafsilroq to’xtalaniladi.

ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo’yilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar davrida moliyaviy nazoratning o’rni quyidagilarni tekshirish jarayonida namoyon bo’ladi:

birinchidan, davlat va jamoat tashkilotlari, korxona-lar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar tomonidan moliyaviy faoliyat jarayonida belgilangan qonuniy tartibga rioya qilinishida,

ikkinchidan, qabul qilingan chora-tadbirlarning samara-dorligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hamda davlat vazifalariga mos kelishida.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo’lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi:



      • bevosita mamlakatning parlamenti yoki Preziden-tiga bo’ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag’larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o’rnatishdir;

      • asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo’ysunuvchi soliq muassasi;

      • quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlarining tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar;

      • hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari;

      • asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo’lgan ichki nazorat xizmatlari.

Moliyaviy qonun bilan tartibga solinadigan munosa-batlarda moliyaviy nazoratning asosiy yo’nalishlari (tarkibi) quyidagilar:

  • davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o’z vakolatlari doirasida moliyaviy resurslarni to’plash, taqsimlash va ulardan foydalanish funksiyalarini bajarilishini tekshirish;

  • davlat va hokimiyat organlarining fuqarolar va tashkilotlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajari-lishini tekshirish;

  • tashkilot va fuqarolarning davlat va mahalliy boshqaruv organlari olddidagi majburiyatlar bajarili-shini tekshirish;

  • davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotla-rining moliyaviy mabalag’lari (byudjet mablag’lari, o’z mablag’lari, bank kreditlari, byudjetdan tashqarida va boshqa mablag’lari)dan foydalanishning qonuniyligini va maqsadga muvofiqligini (samaradorligini) tekshirish;

  • korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan moliyaviy bitimlar tuzish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va pul mabalg’larini saqlash qoidalariga rioya etilishini tekshirish;

  • ichki ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash - iqtisodiyotning rentabelligini oshirish, mehnat unumdor-ligini oshirish, moddiy va pul resurslaridan yanada tejamkor va samarali foydalanish imkoniyati;

  • moliyaviy intizom buzilishining oldini olish va bartraf etish; moliyaviy intizom buzilishi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga va fuqarolarga nisbatan choralar qo’llaniladi va davlatga, tashkilotlarga va fuqarolarga etkazilgan moddiy zarar qoplanadi.

Bozor xo’jaligi asoslarining mustahkamlanib borishi bilan moliyaviy nazoratni tashkil etish masalalari yanada huquqiyroq xarakterga ega bo’lib, sekin-astalik bilan g’arb modeliga yaqinlashadi. Bu model amaliyotda o’zining samaradorligini yaqqol ko’rsatgan38.

Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy printsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga dunyoning har bir tsivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Bu printsiplar INTOSAI39ning Lima deklaratsiyasida o’z aksini topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:



    • mustaqillik;

    • ob’yektivlik;

    • kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik);

    • oshkoralik.

Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion xarakteri bilan ta’minlanishi kerak. Ob’ektivlik va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka so’zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini amalga oshirishning belgilangan (o’rnatilgan) standartlariga (andozalariga) qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo’lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat



38 AQSh Kongressining ma’lumotlariga ko’ra, 50 yilda federal nazorat-taftish organlarining faoliyatidan olingan jami iqtisodiy samara 500 mlrd. dollardan kam bo’lmagan. Qarang: Somenkov A.D. Parlamentskiy kontrol za ispolneniem gosudarstvennogo byudjeta. – M.: Ekonomika, 1998. s. 79.

39 INTOSAI – dunyoning 178 mamlakati oliy nazorat organlarining Xalqaro tashkiloti. Uning doirasida mintaqaviy tashkilotlar ham amal qiladi. Ulardan biri EVROSAI bo’lib, u oliy nazorat organlarining Evropa tashkilotidir.

nazoratchi-larining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bo’lishini ko’zda tutadi.

Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatuvchi qonunlar qabul qila turib, har bir davlat, odatda, yuqoridagi printsiplarga tayanadi (asoslanadi). Bir vaqtning o’zida, har bir davlatda nazorat harakatlarining o’z reglamenti (tartibi va ketma-ketligi) mavjud bo’lib, bu narsa pirovardida moliyaviy nazoratning natijalariga o’z ta’sirini, albatta, ko’rsatadi.


    1. Yüklə 1,07 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə