O‘zbekiston Respublikasi


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə9/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar





  • “Moliya” iborasi qanday ma’nolarni anglatadi?

  • Moliyaning vujudga kelish shart-sharoitlarini tushun-tirib bering.

  • Moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasavvurlar vaqt o’tishi bilan o’z ko’rinishini qanday o’zgartirib borgan?

  • Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli nimalar bilan belgilanadi?

  • Tarixiy kategoriya sifatida moliyaning vujudga kelishi sabablarini izohlab bering.

  • Moliyaning ta’rifi.

  • Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgilarini ayting.

  • Moliya o’zining xarakterli belgilarini tushuntirib bering.

  • Moliya kimlar (nimalar) o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi?

  • O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya nimalarni ifoda etadi?

  • Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati qanday savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo’ladi?

  • Taqsimlash jarayonlarida moliyadan tashqari yana qanday iqtisodiy kategoriyalar ishtirok etadi?

  • Moliyaning baho, ish haqi, kredit va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o’zaro bog’liqligi va farqli jihatlari aytib bering.

  • Moliyaning mohiyati nimalar orqali namoyon bo’ladi?

  • Moliya qanday funksiyalarni bajaradi?

  • Moliyaning taqsimlash funksiyasi, eng avvalo, qayerda namoyon bo’ladi?

  • Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash jarayonida qanday guruhlarga bo’linadi?

  • Qanday qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” daromadlar tashkil topadi?

  • Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadini tushuntirib bering.

  • Moliyaning taqsimlash funksiyasi nimalarni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib beradi?

  • Moliya nazorat funksiyasining asosini nima tashkil etadi?

  • Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalari nimalardan iborat?

  • Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi nimalarga yo’naltiriladi?

  • Moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda qanday organlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi?

  • Moliyaning funksiyalari nima orqali amalga oshiri-ladi?

  • Takror ishlab chiqarish jarayoni o’z ichiga qanday bosqichlarni oladi?

  • Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o’ziga tegishli bo’lgan daromadni qanday qismlarga bo’ladi?

  • Jami ijtimoiy mahsulot va yalpi ichki mahsulotning bir-biridan farqlari, ularning afzallik va kamchilik tomonlarini aytib bering.

  • Jami ijtimoiy mahsulotning umumiy taqsimlanish tartibi qanday?

  • Jami ijtimoiy mahsulot qanday ikki asosiy qismdan iborat?

  • Nega hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromad-larni chegaralab (cheklab) qo’ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o’sish bazasiga (asosiga) ega emas, deb qabul qilingan?

  • Iste’mol fondining tarkibiy qismlarini ayting.

  • Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi nima orqali amalga oshiriladi?

  • Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida moliya qanday shaklda va tartibda ishtirok etadi?

  • Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balans-lashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni buziladimi? Nega?

  • Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning farq-lanishi qanday sabablar bilan belgilanadi?

  • Jamiyat hayotida moliya rolining oshib borishini nimalar belgilab beradi?

  • Moliya qanday qilib umumiylik xarakteriga ega bo’ladi?

  • Quldorlik, feodal va kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning shakllanishi va taraqqiyoti qanday o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi?

  • Muomalaga “finansi” (“moliya”) atamasini ilk bor kiritgan muallif kim?

  • Moliya bo’yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga kimlarni kiritish mumkin?

  • XUII-XUIII asrlarda moliya fanini boyitishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan nemis olimlari kimlar?

  • Mumtoz maktab vakillarining moliya to’g’risidagi ta’limotlarini qanday to’rtta asosiy yo’nalishga keltirsa bo’ladi?

  • XIX asr oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari qatoriga kimlarni kiritish mumkin?

  • Moliya sohasidagi ilmiy ishning birinchi rus muallifi kim va u nimalarning tarafdori bo’lgan?

  • Yu.Krijanich va G.Kotoshixinlarning moliya xususidagi qarashlarini tushuntirib bering.

  • XUIII asrning boshlarida moliya nazariyotchilarining yirik vakili kim hisoblanadi va uning moliya sohasidagi taklifini qanday ifodalash mumkin?

  • Rossiyada birinchi bo’lib kimning asarida “soliq” atamasi ishlatilgan?

  • Moliya to’g’risidagi birinchi rus monografiyasi kim tomondan va qachon yozilgan?

  • XIX asrning oxirlarida o’z asarlari moliya nazariyasini rivojlantirishga o’zining munosib hissasini qo’shgan rus olimlari kimlar edi? Ularning qanday asarlarini bilasiz?

  • Kimning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, balki munosabatlardir?

  • XX asrning boshlarida moliyaga oid kimlarning asarlari paydo bo’ldi?

  • Sho’rolar davrida moliya fanining taraqqiy etishiga munosib hissa qo’shgan iqtisodchi olimlarni aytib bering.

  • Qur’oni Karim va Hadislarda qaysi islomiy soliqlar haqida qanday fikr va tavsiyalar berilgan?

  • “Avesto”da hamda “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi doston-larda bayon etilgan moliyaga daxldor g’oya va fikrlarni aytib bering.

  • Marg’inoniy va Nizomulmulkning qaysi asarlarida moliya bo’yicha qanday fikrlar mavjud?

  • Al-Farg’oniyning soliqqa tortish tartibiga qo’shgan nazariy va amaliy hissasining ahamiyati qanday?

  • Buyuk Temurning moliya fani va amaliyotini rivoj-lantirish sohasidagi xizmatlarini aytib bering.

  • Buyuk Bobur va boburiy Akbar moliya va soliq fani va amaliyotini qanday rivojlantirishgan?

  • Xoja Ubaydulloh Ahrorning moliya va soliq sohasida qilgan xizmatlarini tushuntirib bering.

  • Alisher Navoiy moliya fani va amaliyotini rivoj-lantirishda qanday xizmatlar qilgan?

  • O‘zbek mutafakkirlaridan yana kimlar moliya faniga daxldor asarlar yozishgan?

  • O‘zbek mutafakkirlarining moliya sohasidagi ta’li-motlarini o’rganishga qanday sabablar to’sqinlik qilyapti?

  • 2016-2018 yillarda mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini o’rganish sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va bu borada amalga oshirilgan chora- tadbirlar haqida gapirib bering.

  1. Yüklə 1,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə