O‘zbekiston Respublikasi


Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə4/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi. MD taqsimlanishidan oldin tovar sotilishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot sotishdan kelib tushishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining o’lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlang’ich asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bo’lgan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali takror ishlab chiqarishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho nafaqa va hatto minimal ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa, ijtimoiy to’lovlarni o’zgartirishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bo’ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko’p mamlakatlarida davlat sotsial ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini boshqarib turibdi. Baho, shuningdek, bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ayrim tovar guruhlari bo’yicha sotib olish bahosi bo’yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar bo’yicha undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar miqdori oshadi.

Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar hisoblanishadi, lekin kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida ko’p hollarda ular bir-biri bilan bog’liq bo’ladi. Ular hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof ko’rinishda tushuniladigan kredit davlatga bevosita bog’liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli etarli darajada aniqlangan - bu daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli hisob-lanadi. Biroq, bir vaqtning o’zida, kredit - byudjet defitsiti va byudjet-kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bo’lgan paytda) qoplashning muhim shakli. O‘z navbatida, agar byudjet mablag’lari tijorat banklarining hisobvaraqlarida saqlanayotgan bo’lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir.

Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o’zining qaytari- luvchanligi va muayyan foiz hisobiga berilishi bilan bilan farq qiladi. Bir vaqtning o’zida, har ikki holatda ham ular pul mablag’larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlarining chegarasidan (doirasidan) chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bo’sh pul mablag’larini yig’adilar va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida mablag’ga ehtiyoj sezgan yuridik va jismoniy shaxslarga beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o’rnatilgan foizlarni qo’shgan holda qaytarilishi kerak.

Yuqorida bayon etilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga ega bo’lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi etarli darajada asoslangan tarzda pulli to’lanma, ya’ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo’lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi.

Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli bo’lgan daromad va ish haqining bir qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) bo’yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisoblanadi.

Demak, yuqorida qayd etilgan barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-birlaridan o’zlarining funksiyalari va muayyan maqsadga mo’ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda katego-riyalarga tegishli bo’lgan barcha belgilarning majmui birgalikda ko’rib chiqilsa, ularning bir-birlaridan farqlarini yanada yaqqolroq ko’rish mumkin. Moliyaning funksiyalari bilan

tanishish uning mohiyatini yanada yaqqol tasavvur etishga yordam beradi.




    1. Yüklə 1,07 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə