O‘zbekiston Respublikasi


Молиявий захираларни шакллантириш омиллари



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə57/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Молиявий захираларни шакллантириш омиллари





Харажатли молиялаштириш








Рағбатлантириш сиёсати




9.3.1-chizma. Moliyaviy zaxiralarni shakllantirish darajalari va omillari



Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim rezerv bu xodimlarning malakasini oshirishdir. Rivojlanayotgan intellektual inqilob, “bilimlar iqtiso-diyoti”ga o’tish va xodimlarning intellektini shakllantirish sharoitida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarida ularning moddiylashuvi iqtisodiy o’sishning strategik omiliga aylanadi.

Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi XYuSning moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish zaxiralari barcha ko’rinishlarini qidirib topish va amalga oshirishning asosiy shartidir. Savodsizlik bilan qabul qilingan moliyaviy qarorlar (mamlakatimizda ayrim XYuSlar faoliyatida bunday qarorlar ko’p uchrab turadi) makro- va mikro darajada juda katta hajmdagi yo’qotish (zarar)larga olib keladi. Shuning uchun ham kadrlarning malakasini oshirish va xodimlarda zamonaviy intellektual salohiyatni shakllantirish kompaniyalar tomonidan murakkab zamonaviy moliyaviy-iqtisodiy muammolarni yechishning o’ta muhim sharti hisoblanadi.

Moliyaviy rezervlar XYuS iqtisodiyotining yagona kompleks sifatida rivojlanishi bilan uzviy bog’langan. Xomashyo va materiallarni iste’mol qilishdagi o’zgarishlar, mehnat unumdorligining o’sishi yoki kamayishi, asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi yoki yomonlashuvi va h.k. – bularning barchasi kompaniyaning daromadi darajasini, uning moliyaviy ahvolini aniqlab beradi. Xuddi shu holat bozor iqtisodiyoti muhim omillaridan baho, raqobatchilarning paydo bo’lishi, xo’jalik va boshqa risk- larning o’zgarishiga ham tegishlidir. Moliyaviy natijalar xo’jalik faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi va u doimiy ravishda ichki va tashqi omillarning ta’siri ostida bo’ladi.

XYuS moliyaviy barqarorligining ichki rezervlari, asosan, taraqqiyotning ishlab chiqarish, tashkiliy va inno-vatsion-investitsion omillari bilan bog’liq bo’ladi.

Moliyaviy barqarorlikning tashqi rezervlari esa bozor kon’yunkturasi, XYuSning marketing va baho strategiyasi, soliqqa tortishni optimallashtirish, hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish, bank kreditlari va kreditorlik qarzlari ko’rinishidagi qarz mablag’larni jalb qilishdan foydalanish va h.k.lar bilan bog’liq. Bir vaqtning o’zida XYuSga tushumlarning o’z vaqtida tushishiga va debitorlik qarzlarining kamayishiga erishish hamda kreditorlik qarzlaridan kapitalning manbai sifatida faol foydalanish ham kerak bo’ladi.

Moliyaviy zaxiralarni izlab topish va ularni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari orasida XYuSning mol-mulkidan yanada samaraliroq foydalanishni alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq. Bu yerda buning asosiy ko’rsatkichi aktivlarning rentabelligi hisoblanib, uni quyidagicha hisoblash mumkin:



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə