O'zbekiston respublikasi


 Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi



Yüklə 26,28 Kb.
səhifə3/9
tarix29.05.2022
ölçüsü26,28 Kb.
#88263
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I-Bob Soliqlar Hasan

2. Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarning boshqa to‘lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi.Shuni alohida qayd etish lozimki, soliqlarning belgilari borasida ham iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q. Yahyoev soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni asoslaydi.
1. Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi.

2. Soliqlar xazinaga davlat byudjetiga tushadi. Ammo boshqa turdagi to‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jamg‘armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi.


3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixan asrlab o‘zgarmay harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha qat’iy va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi.
4. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir.[9]Rus iqtisodchisi A.Medvedev o‘zining «Soliqlarni qanday rejalashtirmoq kerak» nomli kitobida soliqlarga xos bo‘lgan ikki belgini, ya’ni majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bizningcha soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Soliq to‘lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to‘lap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga ko‘ra soliq narxdan, (tovar yoki xizmatlarni ixtiyoriy iste’mol qilganligi uchun to‘lanadigan haq sifatida) ruxsatnoma (litsenziya) lar va vositachilik yig‘imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada, biroq hamma vaqt hukumat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‘rilishi bilan bog‘liqdir.Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’mat­lar o‘rtasida bevosita, har bir kishining ko‘zi ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlari uchun sabab bo‘ladi, vaholangki, ular soliqlar hisobidan qilinadigan davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin.Alohida olingan soliq to‘lovchi odatda jamiyat va o‘zining ko‘rgan foydasi yoki manfaatini to‘lagan soliqlari bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu shunga olib keladiki, oqibatda fuqarolarning bir qismi soliqlar to‘lashdan buyin tovlashga, o‘z daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o‘z fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va oshkora tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning iqtisodiy ijtimoiy va boshqa dasturlarini o‘z mablag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlashga rozi bo‘lgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi.
2. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni qattiq jazolaydi.
3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarning, shu jumladan, O‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb mustaxkamlab qo‘yilgan. O‘zining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlashga hech kimning haqqi yo‘q. To‘lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifi hisoblanadi.
4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy byudjetga kelib tushishidir, ya’ni soliqlar byudjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tushmaydi.
5. Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonini yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda korxonalar va aholidan olinadigan soliqlar, aslida ular mulkining ma’lum bir qismini davlat hisobiga o‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli bo‘lgan mulk daromad shaklida majburiy to‘lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi.Demak, yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilar ularni iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: moliya, kredit, sug‘urta, investitsiya kabilar bilan umumiy o‘xshashlikka ega, ya’ni ularning barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning o‘ziga xos yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi.
3. Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo‘lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi xarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim.Soliqlarning funktsiyalari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o‘rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko‘ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas.G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. By kontseptsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L.Xarrot, N.Kaldor, A.Xansen va P.Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funktsiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar.Soliqlarning daromadlarni boshqarish funktsiyasini yuzaga kelishiga frantsuz iqtisodchisi E.De Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib, amerikalik iqtisodchilar A.Ilersik, G.Koul, frantsuz iqtisodchilari M.Klyudo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra, davlat soliqlardan va transfert to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funktsiyasi mavjud degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funktsiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish. Uning fikriga ko‘ra birinchi funktsiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funktsiyasi turli imtiyozlar va engilliklar berish yuli bilan amalga oshiriladi.[10] O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funktsiyasi I.Malmiginda taqsimlash funktsiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo‘lib ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan holatlar soliq funktsiyasi bo‘la olmaydi. Demak, funktsiya kategoriyasi doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqe’likni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak.Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb ta’rif berishadi.Bizning fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir:


1. Soliqning fiskal funktsiyasi
2. Tartibga solish funktsiyasi.
3. Rag‘batlantirish funktsiyaschi
4. Soliqning nazorat funktsiyasi.
5. Soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi.

Yüklə 26,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə