O'zbekiston respublikasi


Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni hisoblash tartibini takomillashtirish yo’llari



Yüklə 26,28 Kb.
səhifə8/9
tarix29.05.2022
ölçüsü26,28 Kb.
#88263
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I-Bob Soliqlar Hasan

2.2. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni hisoblash tartibini takomillashtirish yo’llari.
Soliq tizimini takomillashtirishda asosiy e’tibor soliq to’lovchilarning davlat byudjeti bilan majburiy to’lovlar bo’yicha iqtisodiy munosabatlarning eng qulay uyg’unligini ta’minlashga qaratilishi zarur. Boshqa soliq turlari singari jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning mavjud mexanizmini nazariy jihatdan tahlili bu soliq turlarini undirishni yanada takomillashtirilishi lozim degan xulosani chiqarishga imkon beradi. O’zbekiston byudjet daromadlari shakllantirilishida ushbu soliqlarning miqdori va o’rni hozircha unchalik katta emas. Birinchidan, bu soliqlar mukammal xarakterga ega bo’lmagani uchun ularga etarli e’tibor berilmagan. Ikkinchidan, ushbu soliqlarning aksariyat qismi mahalliy byudjetlarning daromadini tashkil etadi. Jismoniy shaxslar turli mol-mulkini soliqqa tortishni rivojlantirish mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining umumiy va moliyaviy mustaqilligini oshirish yo’llaridan biridir. Mol-mulk solig’ining fiskal ahamiyatidan ko’ra, iqtisodiy ahamiyati ko’proqdir. Qayd etish lozimki, jismoniy shaxslar to’laydigan mol-mulk solig’ini undirish mexanizmi boshqa soliq turlarini undirish mexanizmidan bir muncha farq qiladiki, bu farq ularning biroz murakkabligi bilan tavsiflanadi. Biz bu erda murakkablik deganda soliqni hisoblashni emas, balki, bu soliq turlarini undirish mexanizmini nazarda tutyapmiz. Masalan, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i yoki tadbirkorlik faoliyatidan olinadiga qat’iy soliqni undirish jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’iga nisbatan oson va qulayligi bilan ajralib turadi.
Chunki, daromad solig’i shaxs ishlaydigan tashkilot tomonidan ushlab qolinsa, tadbirkor o’z faoliyatini to’xtatmaslik uchun to’lovlarini o’zi ma’suliyat sezgan holda to’lashga harakat qiladi. Bu soliq xizmati organlari ishini engillashtiradi
Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:

  • moddiy yordam summalari: tabiiy ofat, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari – to’laligicha; vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari – eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda; boshqa hollarda – eng kam ish haqining o’n ikki baravarigacha miqdorda;

  • yo’llanmalar qiymatini yuridik shaxslar tomonidan to’liq yoki qisman qoplash summalari, turistik yo’llanmalar bundan mustasno:

  • O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining O’zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan byudjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summada.

  • vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko’magida amalga oshirilayotgan bo’lsa;

  • *soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’laganidan keyin xususiy korxona mulkdori, fermer xo’jaligi boshlig’i ixtiyorida qoladigan foyda summasi;

  • O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg’alarining qiymati;

  • xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti;

  • * donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek qon yiqqanlik uchun tibbiyot muassasalari xodimlari oladigan summalar;

  • jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan molmulkni sotishdan olinadigan daromadlar;

  • xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;

  • yuridik shaxslardan olingan, soliq davrining oxiridagi holatga ko’ra belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, bir yil mobaynidagi eng kam ish haqining olti baravari miqdorigacha bo’lgan summadagi sovg’alarning qiymati;

  • ** jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekin olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot va san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo’rlariga (huquqiy vorislariga) to’lanadigan pul mukofotlari mustasno;

  • ** davlat zayomining obligatsiyalari bo’yicha yutuqlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlar, lotereya bo’yicha yutuqlar;

  • olingan alimentlar;belgilangan summalar doirasida;



XULOSA
Davlat byudjeti daromadlarining uzluksizligini ta’minlash bilan birgalikda, tadbirkorlik faoliyatini samarali amalga oshirish mexanizmining asosiy omillaridan biri bo’lgan soliq tizimini, jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar tizimini davr talablariga mos ravishda takomillashtirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur mavzuni tadqiq etish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar byudjet daromadlarida kam ulush ega bo’lsada, ammo, soliq tizimida alohida ahamiyatga egadir;
2. Er va mulk munosabatlari soliqqa tortiladigan ob’ekt sifatida yuzaga chiqadi;
3. Davlat mulki hisoblangan yerdan foydalanish pulli hisoblanadi;
4. O’z ihtiyorida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i to’lovchilardir;
5. O’z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar yer solig’i to’lovchilardir;
6. Jismoniy shaxslar mol-mulki va yer uchastkalari soliq solish ob’ekti hisoblanadi;
7. Mol-mulk solig’i stavkalari mulkning qayta baholangan va baholanmagan qiymatiga alohida belgilangan, yer solig’i stavkalari esa zonalar bo’yicha tabaqalashtirilgan;

8. Ayrim soliq to’lovchilarni ijtimoiy himoyalash va rag’batlantirish maqsadida ushbu soliq turlaridan imtiyozlarning mavjudligi;


9. Mol-mulk va yer soliqlarini to’lash jismoniy shaxslar uchun qulay muddatlarda undiriladi. Biz jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ini takomillashtirish maqsadida quyidagi takliflarni berishni lozim deb topdik:
1. Mol-mulkdan soliq olish mexanizmining samarali ishlashi bevosita mazkur soliqning amal qilishini ta’minlab turuvchi soliq qonunchiligi va tegishli me’yoriy hujjatlarning barqarorligiga bevosita bog’liqdir.


Yüklə 26,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə