Oʻzbekiston respublikasi


Kurs ishining obyеkti va predmeti



Yüklə 442,7 Kb.
səhifə2/9
tarix03.06.2022
ölçüsü442,7 Kb.
#88650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shukrullo kurs ishi xalqaro korporativ moliya.

Kurs ishining obyеkti va predmeti. Obyеkti sifatida jahonda faoliyat olib borayotgan yirik korporativ tuzilmalar hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida korporativ moliyaviy boshqaruv tizimi va u bilan bog’liq korporativ munosabatlar tizimi tadqiqot prеdmеtini tashkil etadi.
Kurs ishining maqsadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yirik korporativ tuzilmalar misolida moliyaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish borasidagi aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishida qo’yilgan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalarni hal etish ko’zda tutilgan:
- korporativ moliyaviy boshqaruv shakllanishining nazariy asoslarini o’rganish nеgizida uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ochib bеrish;
- korporativ moliyaviy boshqaruv tizimining samaradorligini tahlil qilish va baholashning ilmiy uslubiyatini takomillashtirish;
- хorijiy davlatlardagi korporativ moliyaviy boshqaruvning ilg’or tajribalarini O’zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiyotiga tadbiqan o’rganish va umumlashtirish;
- korporativ moliyaviy boshqaruv mехanizmlaridan oqilona foydalanish va rеjalashtirishni takomillashtirish;
- bozor munosabatlari sharoitida korporativ moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

1.Xalqaro korporativ moliyanlng iqtisodiy mohiyati va prinsiplari
Hozirgi davrda xalqaro korporatsiyalar jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining muhim elementlaridan hisoblanadi. Oxirgi yillarda ularning jadal ravishda rivojlanishi jahon xo‘jaliklari aloqalarining globallashuvida, kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuv jarayonlarida namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro korporatsiyalar jahon xo'jaligi aloqalarining barcha sohalarida faol ishtirokchi bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro korporatsiyalar bir tomondan jadal rivojlanib borayotgan xalqaro moliya munosabatlarining mahsuli, boshqa tomondan esa, mazkur munosabatlarga ta’sir etuvchi qudratli mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi.
Xalqaro korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlariga faol ta’sir ko‘rsatgan holda yangi munosabatlar shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Xalqaro korporatsiyalarning paydo boMishi va taraqqiy etishida jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga bo‘lgan zaruratning kuchayishi hamda xo'jalik hayoti baynalminallashuvining jadallashuvi muhim o‘rin tutdi.
Transmilliy korporatsiyalardan farqli ravishda xalqaro korporatsiyalar egalari yagona davlatning emas, balki ikki yoki undan ortiq davlatlar kapitallarining egalari hisoblanadi. Ular faoliyatining muhim xususiyati, aksiyadorlik kapitalini xalqaro ko‘lamda bo‘lib-bo‘lib joylashtirishdadir.
Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodiyotiga ta’siri eng avvalo ishlab chiqarishning nihoyatda keng tarqalishi orqali yuzaga keladigan afzalliklarda namoyon bo‘ladi.
Xalqaro korporatsiyalar faoliyatining xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha shakllarga ajratiladi:
1. Transmilliy korporatsiyalar — asosiy kompaniya bir mamlakat kapitaliga tegishli bo‘lib, filiallari esa dunyo bo‘ylab tarqalgan kompaniyalardir.
2. Ko‘p millatli kompaniyalar — asosiy kompaniya ikki va undan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli bo‘lib, xorijiy bo‘limlari turli mamlakatlarda joylashgan kompaniyalar.
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda xalqaro monopoliyalarning ko‘pgina tasniflarini uchratish mumkin, ular jumlasiga, ko‘p millatli korporatsiyalar, xalqaro korporatsiyalar, transmilliy va global korporatsiyalar kiradi. Taniqli amerikalik marketolog olim F. Kotler xalqaro kompaniyalarni tashkil topishi jihatidan to‘rt turga bo‘lgan edi, ya’ni global kompaniya, transmilliy kompaniya, ko‘p millatli kompaniya va baynalminal kompaniya.
Rossiyalik iqtisodchilar xalqaro korporatsiyalarni quyidagicha tasnif etadilar. Xalqaro korporatsiyalar bu xorijiy aktivlarga ega bo‘lgan milliy monopoliyalar bo‘lib, ularning mahsulot ishlab chiqarishi va savdo faoliyati bir mamlakatdan tashqarida amalga oshiriladi.
Amerika qo‘shma shtatlarida korporatsiyalar sifatida aksiyadorlik jamiyatlari ta’riflanadi. Jahon iqtisodiyotidagi yetakchi transmilliy korporatsiyalarning aksariyati AQSH kompaniyalarining ekspansiyasi tufayli yuzaga kelganligi bois mazkur atama keng miqyosda tarqalgandir.
Transmilliy korporatsiyalarning huquqiy tuzilmasi sho‘ba kompaniyalar va filiallarni tashkil etish orqali turli mamiakatlarda amalga oshiriladigan ish faolligini talab qiladi. Ushbu kompaniyalar nisbatan mustaqil ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va boshqa xizmatlarga egadirlar. Umuman olganda, ular yagona yirik ishlab chiqarish majmuini tashkil etgan holda aksionerlik kapitaliga faqat ta'sischi davlat vakillari egalik qilishadi. Ayni vaqtda filial va sho'ba kompaniyalar tashkil etilgan mamlakat kapitali ustunligida aralash
korxonalar bo'lishi ham mumkin.
Ko‘p millatli korporatsiyalar — ishlab chiqarish va ilmiy-texnik asosda bir qator davlatlarning milliy kompaniyalari birlashishidan yuzaga kelgan xalqaro korporatsiyalardir. Mazkur korporatsiyaga inisol sifatida 1907-yildan o‘z faoliyatini boshlagan Angliya - Gollandiya konserni hisoblangan «Royal Datch Shell»ni keltirish mumkin. Mazkur kompaniyaning kapitali 60:40 nisbatda taqsimlangan. Ko‘p millatli korporatsiyaga misol bo'lib, Yevropada birmuncha taniqli bo‘lgan mashinasozlik, elektrotexnika injeneriyasi sohasiga ixtisoslashgan Shveysariya-Shvetsiya kompaniyasi ABB (Asea Brown Boveryjni keltirish mumkin.
Xalqaro huquqiy normalar nuqtayi nazaridan ko‘p millatli korporatsiyalarning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:

  • ko‘p millatli aksiyadorlik kapitalining mavjudligi;

  • ko‘p millatli boshqaruv markazining mavjudligi;

  • xorijiy filiallar ma’muriyatini mahalliy sharoitlarni biladigan kadrlar bilan to‘ldirish.

Oxirgisi, ko'pgina transmilliy korporatsiyalarga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Xalqaro korporatsiyalar yuzaga kelishidan buyon bir qancha bosqichlarni boshdan kechirishgan. Zamonaviy xalqaro korporatsiyalarning birinchi avlodi, umumiy tarzda xomashyo transmilliy korporatsiyalari sifatida namoyon bo‘lgan. Birinchi jahon urushi va urushdan keyingi davrda TMKlar qurol-yarog‘ ishlab chiqarishga ixtisoslashgan holda o‘z faoliyatlarini rivojlantirishdi.Ushbu bosqichda TMKlarning rivojlanishi jahon iqtisodiyotiga va
jahon xo‘jalik aloqalariga unchalik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmadi. XX asrning 40-yillari boshlarida xalqaro monopoliyalarning umumiy soni 300 tadan oshmasdi.
Xalqaro korporatsiyalar yuzaga kelgan davrdan boshlab asta sekinlik bilan o‘z faoliyatlarining istiqboldagi strategiyasini ishlab chiqishdi. Ularning asosiy belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) o‘zining ishlab chiqarishini xorijiy xomashyo bilan ta’minlash;
2) filiallari tarmog‘i orqali xorijiy bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash;
3) asosiy mamlakatdagiga qaraganda ishlab chiqarish xarajatlari past mamlakatlarda ishlab chiqarishni joylashtirish;
4) tabaqalashtirilgan ishlab chiqarish-savdo-moliya faoliyatiga yo‘naltirilganlik.
50-yillarning boshlarida xalqaro korporatsiyalar jahon bozorlarini egallash bo‘yicha faol harakatlarini boshladilar. Bunga xalqaro iqtisodiy aloqalarning erkinlashtirilishi, jahon maydonida ko'plab mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi, jahon iste'mol talabining o‘sishi va boshqa shu kabi omillar imkon yaratdi. Xalqaro korporatsiyalarning miqdori bo‘yicha ham, faoliyatining hajmi va ko‘lami bo'yicha ham jadal rivojlanishi ularning jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin egallashiga sabab bo‘ldi.
Milliy kompaniyalarning xalqaro kompaniyaga aylanishi bir qator bosqichlarda sodir bo‘ladi.
Birinchi bosqichda xorijiy xo‘jalik faoliyati amalda butun kompaniya holatiga kam ta’sir ko‘rsatadi. U faqat xorijiy iqtisodiy faoliyatni eksport shaklida rivojlantirishdan boshlanadi. Ushbu bosqichda kompaniya yuridik jihatdan bitta davlatga tegishli bo'ladi.
Ikkinchi bosqichda xorijiy xo‘jalik faoliyati nisbiy mustaqi iikka ega bo‘ldi.Kompaniyaning xorijdagi faoliyati kompaniya faoliyatining boshqa barcha tomonlari bilan o‘zaro bog’liqlikning murakkab tizimiga kiradi. Xalqaro faoliyat markazi eksportdan xorijiy ishlab chiqarishga o‘tadi. Xorijiy faoliyatni ichki bozordagi faoliyatdan ajralishi sodir bo‘ladi. Bu esa, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasiga ta’sirni yuzaga keltiradi. Kompaniya xalqaro xususiyatga ega boiadi. Uchinchi bosqichda kompaniya xorijiy faoliyatning roli oshadi. lchki bozor ustuvorligi yo‘qolgan holda bir qator tashqi bozorlarda faoliyat shakllanadi. Aynan mazkur bosqichda kompaniya yuqorida qayd etilgan belgilar bilan haqiqatda xalqaro kompaniya boiadi.
Qayd etilgan uchta bosqich barcha mamlakatlarda biznesni baynalminallashuv jarayonlari uchun taalluqli hisoblanadi.
Mamlakatlar iqtisodiyotiga kapital kiritishiga muvofiq xalqaro korporatsiyalar bir nechta shaklda namoyon boiadi:

  • xorijiy korxona shaklida, bunda ushbu norezident korxona jami kapitalning 50 foizidan kam boigan qismiga egalik qiladi;

  • sho‘ba korxona, norezident korxonaning ulushi umumiy kapitalning 50 foizidan oshishi mumkin;

  • xorijiy boiinmalar shaklida, bunda korxona toiiq TTXl hisobidan tashkil etilishi mumkin.

Xalqaro korporatsiyalarning tashkiliy qobigi, ularning milliy negizi va ko‘p miqdordagi sho‘ba va boshqa tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishining zamonaviy xalqaro mehnat taqsimoti uchun muvofiq shakl sifatida namoyon bo‘ldi.
Yetakchi xalqaro korporatsiyalar jahon miqyosida kapital va mehnat kuchlarini umumlashtirib, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirgan va raqobatbardoshlikni oshirgan holda xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etadi. Natijada ular o‘zlarining global korporatsiyalar shaklidagi yangi darajasiga aylanishadi.
Global korporatsiyalar o‘zida yirik moliya-sanoat, ilmiy-texnikaviy va savdo birlashmalarni ifodalaydi. Global korporatsiyalar zamonaviy jahon moliya kapitalining butun qudratini jamlaydi. Xalqaro ishlab chiqarishning yirik salmog‘i, shu jumladan, asosiy ilmiy sig'imli qismi, global korporatsiyalar tomonidan nazorat qilinadi. Globallashuvda nisbatan yuqori darajada kimyo, elektrotexnika, neft sanoati, avtomobilsozlik va bank tarmoqlari faol ishtirok etmoqda.
Mazkur bosqichning xarakterli xususiyati bo‘lib nafaqat xo‘jalik yuritishning baynalminallashuvi balki, mulkchilikning baynalminallashuvi ham hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida uchinchi jihatning, ya’ni boshqarishning baynalminallashuvi ham yuzaga keladi.
Xalqaro korporatsiyalar faoliyati orqali iqtisodiyotda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

  • ishlab chiqarishning yirik hajmi va ko‘lami hisobiga mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni kamaytirish;

  • ishlab chiqarishning samarali tashkil etilishi hisobiga mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvni yanada chuqurlashtirish;

  • tashqi muhit o‘zgarishlariga tezda moslashish;

  • xorijiy bo‘linmalar orqali ular joylashgan mamlakatlardagi bozorlar holatining va mahsulotlarga bo‘lgan talab darajasining o‘zgarishiga tegishli ma'lumotlarni to'plash hamda tahlil etib borish;

  • jahon bozoridagi talabning o‘zgarishiga muvofiq strategik loyihalarni amalga oshirish.

Agar kompaniya jahon bozorlarida faoliyat yuritishning quyidagi talablarini kompleks tarzda hisobga olsa, xalqaro korporatsiyalarning strategiyasi global bo‘lib hisoblanadi:

  • raqobat va bozorlarning umumjahon holatini doimiy muhokama qilish;

  • o‘zining raqobatchilarini va global raqobat kurashida faoliyat yuritish usullarini yaxshi bilishi;

  • o‘z faoliyatini umumjahon yoki yirik mintaqaviy ko‘lamda amalga oshirishi;

  • o‘z foydasining ma’lum qismini ilmiy tadqiqot ishlariga yo'naltirishi va yuqori texnologiyali tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatishi;

  • tez moslashuvchan axborot, ishlab chiqarish, moliyaviy texnologiyalar yordamida o‘z faoliyatini muvofiqlashtirishi;o‘zining korxona va ishlab chiqarish filiallarini yagona xalqaro boshqaruv tarmog‘iga birlashtirish va boshqa transmilliy korporatsiyalar bilan o‘zaro yaqin aloqalar o'rnatishi.

Hozirgi davrda xalqaro korporatsiyalar faoliyati rivojlanishiga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:

  • jahon bozoridagi talabning o‘zgarishiga tezda moslashishi;

  • umumjahon global strategiyasi doirasida faoliyat ko‘rsatib jahon bozorining barcha tarkibiy qismlariga ta’sir o‘tkazish imkoniga egaligi;

  • ishlab chiqarishning global omillaridan keng tarzda foydalanishi;

  • xalqaro korporatsiyalar deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida xalqaro ishlab chiqarishning global tizimini yarata olishganligi.

Zamonaviy transmilliy korporatsiyalarning faoliyat yuritish mexanizmida bank va moliya institutlari juda muhim rol o‘ynaydi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va baynalminallashuvi jarayonlari, moliya sohasidagi kuchli raqobatlashuv kurashi transmilliy banklarning shakllanishiga va faoliyatining kengayishiga imkon yaratdi.
Transmilliy banklarning xususiyati, birinchidan, o‘zlarining milliy bozorlarida yetakchi rol o‘ynovchi yirik banklarning faoliyati bilan belgilanadi. lkkinchidan, ularning faoliyatida xalqaro operatsiyalarning ulushi yuqori bo‘ladi. Shuningdek, ular tomonidan xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish xorijdagi bo‘limlarining bir-biri bilan o‘zaro aloqador tarmog‘i orqali sodir bo‘ladi. Uchinchidan, transmilliy banklar turli xildagi xizmatlarni ko‘rsatish qobiliyatiga va yirik moliyaviy kapitalga ega bo‘lgan moliyaviy institut hisoblandi.



Yüklə 442,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə