Oʻzbekiston respublikasi


Biznesni tashkil etishning xalqaro shakllari



Yüklə 442,7 Kb.
səhifə3/9
tarix03.06.2022
ölçüsü442,7 Kb.
#88650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shukrullo kurs ishi xalqaro korporativ moliya.

2.Biznesni tashkil etishning xalqaro shakllari
Jahon xo‘jaligida ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning obyektiv natijasiga ko‘ra vujudga kelgan transmilliy korporatsi-yalar o‘ziga xos xususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo'lib, uning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyati doirasining kengayib borishi davlatlar iqtisodiy rivojlanishida sezilarli rol o‘ynamoqda. Transmilliy korporatsiya deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalari tushuniladi.
Transmilliy korporatsiyalarning quyidagi asosiy xususiyatli belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin3

  • TMKlar jahon xo'jaligi rivojlanishining, xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lib, aynan ular globallashuvni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi;

  • milliy chegaralarda sodir bo‘layotgan jarayonlardan birmuncha mustaqil holda kapitalni harakatlantirish imkoniyatining mavjudligi;

  • dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida o‘zining operatsiyalarini amalga oshirgan holda jahon xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etishi;

  • TMKlar o‘z tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonalari, savdo yoki moliyaviy tashkilotlarning xalqaro majmuasi bo‘lib, asosiy mamlakatdagi boshqaruv qarorlariga mos holda faoliyat yo‘nalishini muvofiqlashtirib boradi;

  • aksionerlik kapitalining mulkchilik huquqi faqat ta’sis etuvchi mamlakat vakolatiga tegishli bo‘ladi;

  • xorijiy bo‘linma va sho‘ba korxonalar milliy ishtirok darajasiga ko‘ra aralash bo‘lishi mumkin;

  • TMK kapitalining harakati korporatsiya joylashgan mamlakatdagi sodir bo‘layotgan jarayonlardan erkin bo‘ladi;

  • TMKlar asosiy masalalar bo‘yicha yagona markazdan boshqariluvchi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘linmalar, sho‘ba kompaniyalarini joylashtirishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tizimini shakllantirishadi;

  • TMKlar ularga yuqori darajada afzallik beruvchi ko‘p millatli aksionerlik kapitaliga egalik qilishadi;

  • TMKlar dunyoning turli mintaqa va mamlakatlari o‘rtasida turli xildagi resurslarni (kapital, ishchi kuchlari va boshq.) taqsimlashni samarali tarzda amalga oshiradi;

  • TMKlar ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari, nou-xaular, yangi mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish

  • hamda ommalashtirish, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish sohalarida uzluksiz faoliyat olib borishadi.

  • mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy, ilmiy-tadqiqot va texnologik hamkorlik aloqalarining kengayishiga faol yordam ko‘rsatadi;

Korporatsiyalar yuqoridagi xususiyatli belgilarga ega bo'lgan
holda transmilliy korporatsiya maqomini oladi. Hozirgi kunda faoliyat ko'rsatayotgan ko‘pgina korporatsiyalar mazkur xususiyatli belgilarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotida transmilliy va oddiy korporatsiyalar o‘rtasidagi chegara yetarlicha farqlanmaydi, chunki iqtisodiyot globallashuvining rivojlanishi orqali ta’minot bozorlari, ishlab chiqarish hamda mulkchilik munosabatlarida baynalminallashuv jarayonlari kuchaymoqda. Shuning uchun tadqiqotchilar tomonidan TMKlarni ajratishda turli miqdoriy mezonlardan foydalaniladi.
Dastlab 1960-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan yillik aylanmasi 100 mln dollardan ortiq bo'lgan hamda kamida oltita mamlakatda o‘zining ftliallariga ega bo‘lgan korporatsiyalar TMKlar jumlasiga kiritildi. Keyinchalik esa TMKlarni ajratishda bir qator mezonlar qo'llanila boshladi. Hozirgi kunda BMT tomonidan quyidagi xususiyatli belgilarga ega bo‘lgan korporatsiyalar TMK jumlasiga kiritiladi:

    • markazlashgan boshqaruv tizimi asosida muvofiqlashtirilgan iqtisodiy siyosatni yuritishi;

    • ishlab chiqarish bo‘linmalarining majburiyatlar hamda resurslar almashinuvida bir-biri bilan faol hamkorligi;

    • yillik savdo hajmi 1 mlrd dollardan kam bo‘lmasligi;

    • umumiy moliyaviy aylanma mablag‘larining 1/5 qismidan 1/3 qismigacha xorijdagi operatsiyalarga to‘g‘ri kelishi;

    • xorijdagi aktivlar ulushi 25 foizidan kam bo‘lmasligi;

    • flliallari oltitadan kam bo‘lmagan mamlakatlarda mavjud bo‘lishi.

Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining asosiy sababi milliy davlat chegaralaridan chiquvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida capital va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi hisoblanadi. Kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuvi xorijda ko‘p sonli boiinmalariga ega boigan yirik kompaniyalarni tashkil etish va milliy korporatsiyalarning transmilliyga aylanishi orqali xo‘jalik aloqalarining ekspansiyasi xususiyatiga ega boiadi. Kapitalni xorijga chiqarish xalqaro korporatsiyalarni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining sabablari qatoriga, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning keng ko‘lamligini ta’minlovchi yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish lozim. Kuchli raqobatlashuv sharoitida raqobat kurashiga dosh berish zaruriyati xalqaro ko‘lamda kapital va ishlab chiqarishning bir joyga to‘planishiga imkon yaratadi. Natijada yuqori foyda olish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi hamda global miqyosda oqilona faoliyat shakllanadi.
TMKlar rivojlanishining uchta asosiy bosqichini ajratib ko'rsatish mumkin:
Birinchi bosqich XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, bu bosqichda TMKlar tomonidan iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan xorijiy mamlakatlarning xomashyo tarmoqlariga investitsiya mablag‘lari yo‘naltirildi, shuningdek, ta'minot va sotuv bo‘linmalaritashkil etildi. Bu paytda xorijda yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil qilish foyda keltirmasdi. Chunki bir tomondan qabul qiluvchi mamlakatlarda zaruriy malakali mutaxassislar yetishmasdi, texnologiyalar esa hali yuqori darajada avtomatlashgan tizimga ega emasdi. Boshqa tomondan esa, korxonalarga yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida ularning joriy ishlab chiqarish holatida yuzaga keladigan vaziyatni hisobga olish lozim edi. Ushbu davrda transmilliylashuv jarayoni turli mamlakatlarfirmalarining birlashishi, ular tomonidan ta’minot bozorlarining bo‘lib olinishi hamda kelishilgan narx siyosatining yuritilishida namoyon boidi.
Transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining ikkinchi bosqichi XX asrning o‘rtalariga tegishli boiib, bu bosqichda nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlarda, balki rivojlangan mamlakatlarda ham xorijiy ishlab chiqarish boiinmalari rolining kuchayishi sodir boidi. Xorijiy ishlab chiqarish boiinmalari ham oldin TMK uchun asosiy mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshladi. Asta-sekinlik bilan TMKlarning xorijiy boiinmalari mahalliy bozorlardagi talabni qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatini kuchaytirdilar. Oldin jahon xo‘jaligida xalqaro kartellar faoliyat yuritgan boisa, so‘ngra mustaqil tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshiruvchi yetarlicha yirik milliy kompaniyalar vujudga keldi.
TMKlar soni va ular ahamiyatining ortishi ko'proq 1960-yillarda fan-texnika inqilobining ta’siri ostida sodir bo‘ldi. Yangi texnologiyalarning joriy etilishi va ishlab chiqarish operatsiyalarining yanada soddalashtirilishi natijasida faoliyat ko'lamini yanada kengaytirishga imkoniyat yaratildi. Transport va axborot tizimlarining rivojlanishi, o‘z navbatida mazkur imkoniyatni amalga oshirishga yordam berdi.
Shuningdek, mazkur bosqichda TMKlar tomonidan ishlab chiqarish resurslari arzon bo'lgan mamlakatlarda bo‘linmalarni tashkil etishga qaratilgan strategiya amalga oshirilishi kuchaytirildi. XX asrning oxirida TMKlar rivojlanishining zamonaviy bosqichi yuzaga keldi. TMKlar rivojlanishining mazkur bosqichiga xos bo‘lgan xususiyat ular tomonidan ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etishni global ko'lamda amalga oshirilishida namoyon bo‘ldi.
TMKlar tomonidan xorijiy bo‘linmalarni tashkil etish strategiyasida mamlakatlardagi ishlab chiqarish xarajatlari tahlili hamda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab darajasi muhim o‘rin tutadi. TMKlar o‘z faoliyati davomida xalqaro ishlab chiqarish bilan jahon savdosini o‘zaro birlashtirishga erishdilar. Ular o‘zlarining xorijiy bo‘linmalari va sho‘ba korxonalari orqali dunyoning o‘nlab mamlakatlarida yagona ishlab chiqarish va moliya strategiyasi bo‘yicha faoliyat yuritishadi.
Zamonaviy jahon xo‘jaligida TMKlar rolini quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ko‘rish mumkin:

    • TMKlar jahon savdosining qariyb 2/3 qismini nazorat etadi;

    • dunyo sanoat ishlab chiqarishining taxminan 1/2 qismi TMKlar hisobiga to‘g‘ri keladi;

    • TMKlar bo‘linmalarida barcha ish bilan band aholining qariyb 10% faoliyat yuritadi;

    • jahondagi mavjud patent, litsenziya va nou-xaularning deyarli 4/5 qismi TMKlar tomonidan nazorat qilinadi.

TMKlar faoliyati rivojlanishini rag‘batlantirishda davlat muhim rol o‘ynaydi. Bunda hukumat xalqaro shartnomalar, iqtisodiy va savdo birlashmalari, turli xildagi davlatlararo kelishuvlarni tuzish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda ta’minot bozorlari bilan ta’minlash orqali o‘z TMKlari faoliyatini rag'batlantiradi.



Yüklə 442,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə