Oʻzbekiston respublikasi


Xalqaro korporativ moliyaviy siyosat va uning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 442,7 Kb.
səhifə4/9
tarix03.06.2022
ölçüsü442,7 Kb.
#88650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shukrullo kurs ishi xalqaro korporativ moliya.

3.Xalqaro korporativ moliyaviy siyosat va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining kuchayib borishida transmilliy korporatsiyalar muhim o‘rin tutadi, ya’ni aynan transmilliy korporatsiyalar globallashuv jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch sifatida qaraladi. Chunki transmilliy korporatsiyalar fiiiallarining dunyo mamlakatlari bo'ylab tarqalishi, mazkur mamlakatlar iqtisodiyotida ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamda eksport hajmining oshishiga olib keladi. Eksportimport operatsiyalarining rivojlanishi esa, o‘z navbatida mamlakatlar iqtisodiyotining ochiqligini ta’minlaydi.
Transmilliy korporatsiyalarda kapitalning harakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bo‘layotgan jarayonlardan mustaqil ravishda sodir bo‘ladi.
Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiya va yuqori malakali mutaxassislarni talab qiluvchi yuqori texnologiyaii, ilmtalab sohalarga kirib boradi. Ushbu sohalarni transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya qilish tendensiyasi ro‘y bermoqda.
Transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi birlashish va qo‘shib olishlar kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish va boshqalarga ega bo‘lish imkoniyati yuzaga keladi. Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar o‘rtasidagi birlashish va qo‘shib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta'sir etuvchi muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bu holat o‘z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko'rsatishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Transmilliy korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida muhim o‘rin egallaydi. Chunki aynan transmilliy korporatsiyalarning faoliyati orqali butun dunyo bo‘ylab investitsiyalar oqimi harakat qiladi. Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar milliy
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham keyingi yillarda dunyodagi yetakchi transmilliy korporatsiyalar tomonidan investitsiyalar jalb etilmoqda. Bunday transmilliy korporatsiyalar jumlasiga, Coca Cola, Jeneral Motors, Mitsui, Hyundai, Nestle, Samsung va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan mamlakatlar milliy iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar natijasida mazkur mamlakatning jahon xo'jaligi bilan aloqalari rivojlanib boradi. Bu holat esa, xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Chunki transmilliy korporatsiyalar bir vaqtning o‘zida, xalqaro investitsiya munosabatlari, eksport-import operatsiyalari, xalqaro valuta munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar rivojlanishiga o'zining ta’sirini o‘tkazadi. Mazkur munosabatlarning barchasini xalqaro moliya munosabatlari o‘zida mujassam etadi.
Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhimligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi. Kapital va ishlab chiqarishning keng ko‘lamda bir joyga to‘planishi asosida yuzaga keluvchi birlashgan korporativ tuzilmalar bugungi kunda milliy va jahon iqtisodiyotining muhim subyektlari bo‘lib hisoblanadi. Biroq ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri ijobiy hamda salbiy bolishi mumkin. TMKlar quyidagi afzalliklarga ega:

    • o‘z tuzilmasida ta'minot, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, taqsimlash va sotish korxonalarini birlashtirgan barcha yirik kompaniyalar uchun muhim hisoblangan raqobatbardoshlikni kuchaytirish va samaradorlikni oshirish imkoniyati;

    • aktivlarni samarali boshqarish imkoniyati;

    • xorijiy mamlakatlarning resurslaridan foydalanish (qabul qiluvchi mamlakatlarning moliyaviy resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, ilmiy-tadqiqot salohiyati, xomashyo resurslari hamda yuqori malakali ishchi kuchlaridan foydalanish) yo‘li bilan raqobatbardoshlikni kuchaytirish va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari;

    • qabul qiluvchi mamlakatlardagi raqobatchilarning salohiyati, bozorlarning istiqboli haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati hamda xorijiy bo‘linmalar mahsulotlarining iste’molchilarga yaqinligi. Shuningdek, TMKlar bo‘linmalari asosiy kompaniya va bo‘linmalarning boshqaruv va ilmiy-texnik salohiyatining yuqoriligi natijasida qabul qiluvchi mamlakatlardagi korxonalarga qaraganda muhim afzalliklarga ega bo‘ladi;

    • mamlakatlar bozorlariga kirishdagi turli xildagi proteksionistik to‘siqlarni tovarlar eksportini kapital eksportiga (jumladan, xorijiy filiallarni tashkil etish) almashtirish yo'li bilan oldini olish imkoniyati;

    • xorijiy bo'linmalarning ishlab chiqarish faoliyatiga asosiy kompaniya tomonidan yaratilgan yuqori texnologiyalar va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishning doimiy ravishda joriy etilishi;

    • dunyoning turli mamlakatlariga o‘zining ishlab chiqarishlarini joylashtirish orqali ishlab chiqarish faoliyatida yuzaga keladigan risklarni kamaytirish imkoniyati.

Korporatsiyalarning yirik kapitalning afzalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan ijobiy tomonlari iqtisodiy adabiyotlarda yetarli darajada o‘rganilgan.
TMKlarning milliy iqtisodiyot uchun quyidagi ijobiy tomonlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:

    • aholi va sanoat uchun keng ko‘lamda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati;

    • milliy iqtisodiyotga yangi fan-texnika yutuqlarining kirib kelishi;

    • iqtisodiyotning turli tarmoqlarida barqaror rivojlanishni ta’minlash;

    • mamlakat mintaqalarida iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash;

    • yangi ish o‘rinlarini yaratish;

    • kadrlar malakasining oshishi;

    • resurslardan samarali foydalanish tizimining vujudga kelishi;

    • milliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro mehnat taqsimotiga qo‘shilishini ta’minlash;

    • investitsion faollikni oshirish;

    • yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati va boshqalar.

TMKlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan salbiy ta'siri ular afzalliklarining davom etishi bo‘lib, asosan, ularning juda yirik o‘lchamdagi moliyaviy resurslarni to‘plashi ularga butun tarmoqlarni va alohida mintaqalarni nazorat qilish imkonini berishi, shuningdek, iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga ta’sir qilishi bilan bogiiq. Shuningdek, TMKlarning milliy iqtisodiyot holatiga salbiy ta’sirlari quyidagilarda namoyon boiadi:

    • milliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlarini cheklab qo‘yilishi;

    • investitsion va ishlab chiqarish jarayonlari rivojlanishida risklarning oshishi;

    • monopollashuv holatining yuzaga kelishi;

Zamonaviy korporatsiyalar shubhasiz, mamlakatda va jahonda yirik iqtisodiy va moliyaviy markazga aylanishi mumkin. Ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi yangi iqtisodiy hududning tashkil topishida, milliy va jahon moliya bozorlarini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Yirik korporatsiyalarning sotish hajmi dunyoning ko‘plab mamlakatlari YIM hajmidan oshib ketadi. Dunyodagi ikki yuzta yirik transmilliy kompaniyalarning umumiy sotish hajmi AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, XRR, Braziliya, Kanada, Ispaniyadan tashqari barcha mamlakatlarning YIM hajmidan ortiqdir. Oxirgi 25 yilda ushbu ko‘rsatkich mazkur tuzilmalar uchun ishchilar soni 14,4 foizga oshgani holda deyarli 4 marta ko‘paygan4.
Malumki, TMKlar zamonaviy jahon xo‘jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalarining xarakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning o‘zlarini xorijdagi filiallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat ko‘rsatishlarining ulushi kattadir.



Yüklə 442,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə