O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 113 Kb.
səhifə2/11
tarix16.06.2022
ölçüsü113 Kb.
#89592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yuqori energiyali adron-adron va yadro-yadroto’qnashuvlarida

Mavzuning dolzarbligi. Kuchli o‘zaro ta‘sirlashuvlarning xususiyatlarini
tajribaviy va nazariy o‘rganish atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi fanining
asosiy fundamental muammolaridan biridir.
Adronlar va yadrolarning to‘qnashuvlarini bugungi kunda ular tarkibidagi kvarklar va glyuonlarning o‘zaro ta‘sirlashuvlari deb qarash va so‘ngra adronizatsiyalanuvchi kvarklar va glyuonlar hosil bo‘lishiga olib keluvchi jarayonlar deb qaraladi.
Adronizatsiyalanish natijasida klasterlar hosil bo‘ladi (adronlarning rezonans
va yanada yuqori uyg‘onishi) va bular keyinchalik real adronlarga aylanadi.
Shunday qilib to‘plamchilik tug‘ulishi jarayonlarida zarrachalar generatsiyasi
hodisasini o‘rganish adronlarning kvark-glyuon tuzilishi muammosi bilan qattiq
bog‘liqdir va shuning bilan birgalikda kuchli o‘zaro tasirlar dinamikasiga
bog‘liqdir. Yuqori energiyalarda zarrachalarning tug‘ulishi yadro o‘lchamlari
tartibidagi masofalarda yuz beradi.Shuning uchun yadro zarrachalarning
ko‘plamchilik generatsiyasi jarayonining rivojlanishi yuz beruvchi fazo-vaqt
analizatori sifatida qaraladi.
Protonlar va pionlar uchun adron-yadro va yadro-yadro to‘qnashuvlarida
zarrachalar ko‘plamchilik generatsiyasini energiyaning keng sohasida bir vaqtda
tadqiq qilish elementar aktda noelastik jarayonlar uchun mukammal malumotlar
olish imkonini beradi va shuningdek kuchli o‘zaro tasirlashuv haqida ham
malumotlar beradi.Noelastik adronli jarayonlar va ularning adronlar tuzulishi bilan
bog‘liqligi hodisalarni o‘rganish nazariy modellarni rivojlantirish va kuchli o‘zaro
tasirlashuv nazariyasini qurish uchun juda muhimdir.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Yuqori energiyali adron-adron va yadro-yadroto’qnashuvlarida C12 va He4 yadrolarning paydo bo’lish mexanizmlarini tadqiq qilish O‘zaro ta‘sirlashuvlarni tanlash va ajratish kriteriyalarini takomillashtirish, to‘plangan tajriba statistik materiallarini algoritmik dastur orqali qayta ishlash, reaksiyada hosil bo‘luvchi ikkilamchi zarralarning kinematik xarakteristikalarini o‘rganish, tahlil qilish va xulosalar qilish.

Yüklə 113 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə