O‘zbekiston respublikasi


Tadqiqot ob’yekti va predmeti



Yüklə 113 Kb.
səhifə3/11
tarix16.06.2022
ölçüsü113 Kb.
#89592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yuqori energiyali adron-adron va yadro-yadroto’qnashuvlarida

Tadqiqot ob’yekti va predmeti: Yuqori energiyali adron-adron va yadro-yadroto’qnashuvlarida C12 va He4 yadrolarning paydo bo’lish mexanizmlarini bilan jarayonidan suratga olingan kadrlardagi voqealarni o‘rganish,
reaksiya natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi zaryadlangan zarralarni identifikatsiya qilish, ularning impulsi, chiqish burchagi, tezkorligi kabi kinematic o‘zgaruvchilarini kompyuter dasturlari orqali hisoblash.
Tadqiqot usuli va uslubiyati: Adron-adron va yadro-yadroto’qnashuvlarida C12 va He4 yadrolarning paydo bo’lish mexanizmlarni chizmalashtirish, maxsus belgilar va kriteriyalar yordamida zarralarni identifikatsiya qilish, o‘rganilishi zarur bo‘lgan kattaliklar taqsimotlari va spektrlarini olish uchun maxsus algoritmik dastur tuzish, spektator zarrachalarni,impulsi yaxshi o‘lchanmagan zarrachalar uchun uslubiy me‘yorlardan foydalanish.
Mazkur bitiruv ishi (BMI) kirish qismi, 3 bob, ish natijalari bo‘yicha xulosa
qismi hamda foydalanilgan va tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kirish qismida tanlangan mavzuning yo‘nalishi, hozirgi kunda bu sohada mavjud bo‘lgan ba‘zi muammolar, bu sohada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning dolzarbligi ko‘rsatilgan va asoslangan.
Malakaviy bitiruv ishining I-bobi yuqori energiyali yadro-yadro
to‘qnashuvlari nazariyasi ga bag‘ishlangan.
1.1.Adronlar va ularning klassifikatsiyasi
Elementar zarralar massa, spin, elektr zaryadi, magnit moment, lepton zaryadi, izotopik spin va uning proyeksiyasi, g’alatilik, juftlik, o’rtacha yashash vaqti kabi qator xususiyatlari bilan xarakterlanadilar. Umuman zarralarni xarakterlovchi kattaliklar ko’p va xilma-xildir.Shunday bo’lsa ham ulardan birortasini elementar zarralarning klassifikasiyasi uchun asosiy xarakteristika sifatida ajratish qiyin.
Elementar zarralarni o’zaro ta’sirlashuviga, barqaror yoki beqarorligiga, qaysi statistikaga bo’ysunishiga massasi va boshqa hususiyatlariga qarab turli sinflarga bo’lish va turlicha nomlarbilan atashlik mumkin.Kuchli o’zaro ta‟sirda qatnashuvchi zarralarga adronlar deb ataladi. Yashash vaqti ~10-23s
bo’lgan zarralarga rezonans zarralar, qanday statistikaga bo’ysunishiga qarab fermion va bozonlarga bo’linadi. Bozonlarga kiruvchi barqaror adronlar mezonlar deb ataladi va barqaror fermion adronlar esa barionlar deb ataladi. Xuddi shuningdek rezonanslar ham mezon rezonanslar va barion rezonanslarga bo’linadi.
Kuchli ta’sirda qatnashmaydigan fermionlar leptonlar sinfini tashkil etadi, masalan, electron pozitron, myuon, taon va ularga tegishli neytrino va antineytrinolar. Kuchli o’zaro ta’sirda qatnashmaydigan va massasi nolga teng bo’lgan bozonlar klassik maydon kvantlari hisoblanadi(foton, graviton).
1.Massa. Har bir zarra tinch holatdagi massasi bilan xarakterlanadi. U zarraning dinamik xususiyatini anglatadi. Dastlab elementar zarralar massalariga qarab leptonlar, mezonlar,barionlar deb nom olgan, yengil, o’rta va og’ir zarralar sinfiga bo’lingan edi. Endi bu terminlar saqlanib qolgan bo’lsada, bazilari o’zining oldingi ma’nosini yo’qotdi. Haqiqatdan ham,yuqorida ko’rilgan -leptonning massasi proton massasidan ikki marta katta, -epsilon mezon
massasi esa, barion hisoblangan proton massasidan 11 marta katta va h.k. Massa saqlanish qonuni hamma ta’sirlashuvlarga ko’ra kechadigan jarayonlarda bajariladi.

Yüklə 113 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə